Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/3-son qarori (roʻyxat raqami 1291, 2003-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qarori bilan rasmiylashtiriladi.”.
2.
91-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“91. Lombard boshqaruv organining rahbari lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodga qoʻyilgan talablar:
bank-moliya sohasida ikki yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga, shuningdek benuqson ishchanlik obroʻsiga ega boʻlishi kerak.
Bunda, iqtisodiyot sohasidagi yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar benuqson ishchanlik obroʻsiga ega emas deb topiladi.”.
“Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Yigʻim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.”.