1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.01 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.02 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi stavkalari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.05.00 Eksport (olib chiqish) vaqtida aksizning qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.04.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ChETGA OLIB ChIQIB KETILAYoTGAN TOVARLARNING AYRIM TURLARIGA AKSIZ SOLIGʻI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-maydagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Isteʼmol bozorining mutanosibligini taʼminlash, respublika fuqarolari manfaatlarini himoya qilish, taqchil tovarlarning koʻplab miqdorda asossiz ravishda chetga olib chiqib ketilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 10-oktabrdan boshlab respublikadan yuridik va xorijiy shaxslar tomonidan olib chiqib ketiladigan tovarlarga ilovaga muvofiq roʻyxat va stavka boʻyicha aksiz soligʻi joriy etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki:
mahsulotni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qiluvchi tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga;
jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqib ketiladigan bir jismoniy shaxsga bittagacha tovarga aksiz soligʻi solinmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi chetga olib chiqib ketiladigan aksiz soligʻi solinadigan tovarlar uchun aksiz soligʻi toʻlash tartibini besh kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Davlat soliq qoʻmitasi aksiz soligʻi toʻgʻri hisoblanishi va toʻliq toʻlanishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 1-oktabr,
343-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-oktabrdagi 343-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chetga olib chiqib ketilayotgan aksiz soligʻi solinadigan tovarlar uchun aksiz soligʻi