toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Avtomobilsozlik sanoatida raqobat sharoitlarini yaratish va qulay investitsiya muhitini shakllantirish sohasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida:
1. 2020-yil 1-avgustdan boshlab 8701, 8702, 8703 va 8704 TIF TN kodlar boʻyicha transport vositalarini olib kirishda amalda boʻlgan aksiz soligʻi stavkalari bekor qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qarorining 2-ilovasiga oʻzgartirishlar ilovaga muvofiq kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmun-mohiyati, shu jumladan uning ichki bozorni sifatli tovarlar bilan yanada taʼminlash va aholi ehtiyojlarini qondirishdagi taʼsiri keng yoritilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.U. Umurzakov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 3-iyun,
PQ-4739-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-iyundagi PQ-4739-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qarorining 2-ilovasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. “8701 20 90” dan “8704 32 990 7” (ushbu pozitsiya ham kiradi) gacha tovar pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
2. Izohlar chiqarib tashlansin.
Izoh: mazkur oʻzgartirishlar 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2020-y., 07/20/4739/0710-son)