1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3236]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 27-apreldagi 2022-14-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3364, 29.04.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Rais B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-aprel,
2020-14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 30-apreldagi 2020-14-son qaroriga
ILOVA
Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Kameral soliq tekshiruvi soliq toʻlovchilar (soliq agentlari) (bundan buyon matnda soliq toʻlovchi deb yuritiladi) tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida oʻtkaziladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Mazkur Nizom talablari qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini qoplash va chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan tovarlarni respublika hududidan tashqariga olib chiqilayotganda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish bilan bogʻliq kameral soliq tekshiruvlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kameral soliq tekshiruvi — soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va (yoki) soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boshqa maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish yoʻli bilan soliq organi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruv;
talabnoma — kameral soliq tekshiruvida aniqlangan soliq hisobotidagi tafovutlar va (yoki) xatolarni soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish orqali bartaraf etilishi yoki tushuntirib berilishi shart ekanligini bayon etuvchi soliq organi tomonidan soliq toʻlovchiga yuboriladigan hujjat;
aniqlashtirilgan talabnoma — talabnomaga javoban soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan tafovutlar asosnomasining tahlili asosida soliq hisobotlarida aks ettirilgan koʻrsatkichlar va (yoki) maʼlumotlar orasida yuzaga kelgan soliq hisobotidagi tafovutlarni va (yoki) soliq hisobotidagi xatolarni aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish orqali toʻliq bartaraf etilishi toʻgʻrisidagi soliq organining murojaati;
soliq hisobotidagi xato — soliq toʻlovchi tomonidan soliq solish obyektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda soliq hisobotida notoʻgʻri maʼlumotlarni yoki koʻrsatkichlarni aks ettirilishi;
soliq hisobotidagi tafovut — soliq toʻgʻrisida qonunchilik hujjatlariga muvofiq aks ettirilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar va (yoki) maʼlumotlar, shuningdek soliq organlarida mavjud maʼlumotlar bilan soliq toʻlovchining soliq organiga taqdim etgan soliq hisobotlarida aks ettirilgan koʻrsatkichlar va (yoki) maʼlumotlar orasida yuzaga kelgan farq yoki nomuvofiqligi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
tafovutlarning asosnomasi — talabnomaga javoban soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etiladigan tushuntirishlar berishni nazarda tutuvchi va soliq toʻlovchining vajlarini isbotlovchi hujjatlar toʻplami;
tekshiruvni oʻtkazuvchi (amalga oshiruvchi) mansabdor shaxs — soliq organi buyrugʻiga asosan kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish vazifasi yuklatilgan soliq organi xodimi.
3. Kameral soliq tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) 88-moddasida belgilangan daʼvo muddati oʻtmagan soliq davrlariga nisbatan oʻtkazilishi mumkin.
4. Kameral soliq tekshiruvi soliq organi joylashgan joyda amalga oshiriladi, bundan soliq toʻlovchining hudud va binolarini koʻzdan kechirish bilan bogʻliq holatlar mustasno.
Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish davomida soliq organlari Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchining hudud va binolarini koʻzdan kechirishi mumkin.
Hudud va binolarni koʻzdan kechirish tadbirlari soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar va (yoki) maʼlumotlar hamda soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boshqa maʼlumotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun oʻtkaziladi.
Bunda, hudud va binolarni koʻzdan kechirish tadbirlari soliq toʻlovchilarda belgilangan ish rejimiga asosan bir ish kunidan oshmagan vaqt davomida oʻtkaziladi hamda ushbu tadbir davomida hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hudud va binolarni koʻzdan kechirish tadbirlari Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomda (roʻyxat raqami 3067, 2018-yil 7-sentabr) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan holda “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi” toʻldirilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Hudud va binolarni koʻzdan kechirish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ning toʻldirilgan shakli (qogʻoz shakli toʻldirilganda — elektron shakli toʻldirilmaganligi sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi toʻgʻrisida tekshiruvchi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi.
Hudud va binolarni koʻzdan kechirish (amalga oshiruvchi) mansabdor shaxs “Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi”ni toʻldirishdan bosh tortgan taqdirda, soliq toʻlovchi uzining hududi va binolarini koʻzdan kechirish tadbirlarining oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslikka haqli.
5. Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsuloti natijasiga koʻra soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori yoki oʻrtacha boʻlganda;
soliq organiga jismoniy va yuridik shaxslarning soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi haqidagi murojaatlari kelib tushganda;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
soliq hisobotidagi xato va (yoki) soliq hisobotidagi tafovutlar aniqlanganda.
Soliq toʻlovchi tomonidan ilgari taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi kamaytirilgan yoki koʻrilgan zarar summasi koʻpaytirilganligi sababli, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etish holatlari boʻyicha ushbu soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvi oʻtkaziladi. Bunda, kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida boshlanadi.
6. Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi oʻtkazilayotgan boʻlsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi. Mazkur qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qoʻllanilmaydi.
7. Kameral soliq tekshiruvi tugagunga qadar soliq toʻlovchi tomonidan avval hisoblangan soliq summasi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilib, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan taqdirda, kameral soliq tekshiruvi taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda oʻtkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-bob. Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish
8. Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq rasmiylashtirilgan buyrugʻi asosida oʻtkaziladi.
9. Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitta buyruq asosida bitta soliq toʻlovchi tekshiruvdan oʻtkazilishi mumkin.
10. Kameral soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, tekshiruvni oʻtkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlarning va yigʻimlarning turlari koʻrsatiladi.
11. Kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq toʻlovchidan (uchinchi shaxsdan) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan soʻrovnoma orqali:
birlamchi hujjatlarni, buxgalteriya hisobi registrlarini hamda soliqlarni hisoblab chiqarish uchun asos boʻlgan boshqa hisob hujjatlarini;
taqdim etilgan soliq hisoboti va hisob hujjatlariga doir tushuntirishlarni;
soliqlarni va (yoki) yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq boshqa axborotlarni talab qilib olishga haqli.
12. Soʻrovnoma soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi va joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Agar soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, soʻrovnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u joʻnatilganidan soʻng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Soʻrovnoma tekshirilayotgan shaxsga (uning vakiliga) shaxsan imzo qoʻydirgan holda topshirilishi mumkin.
13. Soʻrovnomada nazarda tutilgan hujjatlar va tushuntirishlar soliq organiga soʻrovnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etilishi kerak. Hujjatlarni taqdim etish muddati soliq toʻlovchining hujjatlar taqdim etish uchun sabablari va zarur boʻlgan muddatlari koʻrsatilgan arizasiga koʻra soliq organi tomonidan uzaytirilishi mumkin, bunda ariza soliq toʻlovchi tomonidan soliq organiga soʻrovnoma olingan kundan eʼtiboran keyingi kun davomida taqdim etiladi.
14. Hujjatlarni (axborotni) uchinchi shaxslardan talab qilib olish zarur boʻlgan hollarda soliq organi tekshirilayotgan soliq toʻlovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega boʻlgan kontragentdan yoki boshqa shaxslardan ushbu hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishga haqli.
15. Kameral soliq tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan soliq toʻlovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, soliq organi Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli, bunda mazkur talab tekshirilayotgan soliq toʻlovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega boʻlgan uchinchi shaxslarga tatbiq etilmaydi.
16. Agar tekshirilayotgan soliq toʻlovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlar (axborot) boshqa hududda hisobda turgan soliq toʻlovchidan (uchinchi shaxsdan) olish talab etilsa, kameral soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi soliq organi tegishli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish toʻgʻrisida soliq toʻlovchi (uchinchi shaxs) hisobda turgan joyidagi soliq organiga topshiriqnoma yuboradi.
Topshiriqnomada kameral soliq tekshiruvi jarayonida talab qilib olinadigan hujjatlar (axborot) koʻrsatiladi hamda kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi ilova qilinadi.
Topshiriqnoma olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida hujjatlar (axborot) qaysi shaxsdan talab qilinayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning hisobda turgan joyidagi soliq organi tomonidan uchinchi shaxsga hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisida talabnoma yuboriladi.
Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisida talabnomaga hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish toʻgʻrisidagi topshiriqnomaning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
17. Soliq kodeksining 147-moddasiga muvofiq hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisida talabnomani olgan shaxs ushbu talabnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida uni bajaradi yoki talab qilib olinayotgan hujjatlarga (axborotga) ega emasligi haqida xabar qiladi.
Agar talab etiladigan hujjatlarni (axborotni) mazkur muddatda taqdim etish imkoni boʻlmasa, hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisida talabnomani yuborgan soliq organi hujjatlar (axborot) qaysi shaxsdan talab qilib olingan boʻlsa oʻsha shaxsning iltimosnomasiga koʻra ushbu hujjatlarni (axborotni) taqdim etish muddatini uzaytirishga haqli. Bunday hollarda hujjatlarni (axborotni) taqdim etish muddati uzaytirilganligi haqida topshiriqnoma yuborgan soliq organiga xabar yetkaziladi.
18. Hujjatlar soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxa shaklida taqdim etiladi.
Talab etilgan hujjatlar soliq toʻlovchi tomonidan shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi yoki telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
19. Tekshiruvni oʻtkazuvchi (amalga oshiruvchi) mansabdor shaxsining talabiga koʻra, soliq toʻlovchi elektron shaklda tuzilgan hujjatlarning qogʻozdagi koʻchirma nusxalarini taqdim etishi shart, bundan elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida roʻyxatga olingan elektron hisobvaraq-fakturalar mustasno.
20. Soliq toʻlovchidan avvalgi kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilganda soliq organlariga ilgari taqdim etilgan hujjatlarni, shuningdek soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida tasdiqlangan koʻchirma nusxalar shaklida taqdim etilgan hujjatlarni qayta taqdim etish talab etilmaydi.
Agar hujjatlar ilgari soliq organiga asl nusxalar tarzida taqdim etilib, keyinchalik tekshirilayotgan soliq toʻlovchiga qaytarilgan boʻlsa, shuningdek soliq organiga taqdim etilib, bartaraf etib boʻlmaydigan kuch holatlari oqibatida yoʻqotilgan taqdirda, hujjatlar tekshirilayotgan soliq toʻlovchisidan qayta talab qilib olinishi mumkin.
21. Soliq organlaridan tegishli hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisida talabnomani olgan soliq toʻlovchi ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan talabga rioya etilmasdan yuborilgan talabnoma boʻyicha hujjatlarni (axborotni) taqdim qilishni rad etishga haqli.
22. Hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani olgan soliq organi tomonidan toʻplangan hujjatlar (axborotlar) ikki kun ichida ushbu hujjatlarni (axborotni) topshiriq bergan soliq organiga yetkaziladi.
23. Tekshiruvni oʻtkazuvchi (amalga oshiruvchi) mansabdor shaxs tekshiruvni amalga oshirish chogʻida soliq toʻlovchilarni tekshiruv yuzasidan tushuntirishlar berish uchun, shu jumladan ular tomonidan soliqlarning toʻlanishi (ushlab qolinishi va oʻtkazilishi) munosabati bilan soliq organiga yozma xabarnoma asosida chaqirishga haqli.
24. Soliq organi kameral soliq tekshiruvini amalga oshirishga doir tadbirlarda ishtirok etish uchun:
ahamiyatga ega biror-bir holatlar oʻziga maʼlum boʻlgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxsni koʻrsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirishi;
shartnoma asosida ekspert, mutaxassis va tarjimonni jalb etishi mumkin.
25. Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish jarayonida soliq organlari Soliq kodeksining 14-moddasiga asosan soliq toʻlovchi tomonidan tuzilgan bitimlar, ularning yuridik rasmiylashtirilishidan qatʼi nazar haqiqiy iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib tekshiruvni amalga oshiradi.
Bunda, bitim yoki iqtisodiy munosabatlarning yuridik rasmiylashtirilishi uning haqiqiy mazmuniga muvofiq boʻlmasa, soliq organlari soliq solish maqsadida bitimning yuridik tavsiflanishini, soliq toʻlovchining maqomi va (yoki) uning iqtisodiy faoliyati xususiyatini oʻzgartirishga, huquqni suiisteʼmol qilish alomatlariga ega boʻlgan ayrim operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini eʼtiborga olmaslikka va soliqlar summalarini bunday suiisteʼmollikning taʼsirini istisno etadigan tarzda oʻzgartirishga haqli.
Huquqni suiisteʼmol qilish, bitim qalbakiligi (koʻzboʻyamachilik uchun tuzilganligining) holatlarini aniqlash, shuningdek ularning oqibatlarini qoʻllash soliq organlari tomonidan, soliq toʻlovchi norozi boʻlgan taqdirda esa — soliq organlarining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi.
26. Tekshirishda oʻrganilgan hujjat va maʼlumotlar yuzasidan tekshiruvni oʻtkazuvchi (amalga oshiruvchi) mansabdor shaxs mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa tuzadi.
Xulosada, tekshiruvgacha soliq toʻlovchining soliq hisobotlari yoki soliq organlarida mavjud boshqa maʼlumotlar asosida aniqlangan soliq hisobotidagi tafovut va soliq hisobotidagi xatolar, tekshiruv davomida soliq toʻlovchining hudud va binolarini koʻzdan kechirish toʻgʻrisida bayonnomalar, soliq toʻlovchi va uchinchi shaxslardan talab qilib olingan hujjatlarni (axborotni) oʻrganish va tahlil natijalari, aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar, xulosa tuzilgan sana va joy koʻrsatilgan holda batafsil bayon etiladi.
27. Kameral soliq tekshiruvi yuzasidan tuzilgan xulosa soliq organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan uch kun ichida koʻrib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Xulosaga koʻra soliq hisobotidagi tafovutlar va (yoki) soliq hisobotidagi xatolar aniqlangan hollarda, ushbu xulosa tasdiqlanganidan soʻng ikki kunlik muddatda soliq organi tomonidan soliq toʻlovchiga mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda talabnoma yuboriladi.
Talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Agar oʻrganish va tahlil qilish yakunlariga koʻra tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlanmagan boʻlsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan hisoblanadi.
28. Kameral soliq tekshiruvi materiallari Soliq kodeksining 135-moddasiga asosan soliq toʻlovchi hisobda turgan joydagi soliq organida tekshiruv tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
29. Agar kameral soliq tekshiruvi davomida soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi faktlari aniqlangan taqdirda, aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha ish yuritish Soliq kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Kameral soliq tekshiruvi davomida soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi faktlari aniqlanganda, mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda soliqqa oid huquqbuzarlik dalolatnomasi tuziladi. Mazkur dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga topshiriladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Soliqqa oid huquqbuzarlik dalolatnomasi kameral soliq tekshiruvi tugagunga qadar tuzilishi shart. Bunda dalolatnomani koʻrib chiqishda talabnomaga nisbatan soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan tafovutlarning asosnomasi ham birga koʻrib chiqiladi.
3-bob. Kameral soliq tekshiruv natijalari boʻyicha talabnomani yuborish
30. Talabnoma kameral soliq tekshiruvida soliq hisobotidagi tafovutlar va (yoki) soliq hisobotidagi xatolar aniqlangan taqdirda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda yuboriladi. Talabnomada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
aniqlangan soliq hisobotidagi tafovut va (yoki) soliq hisobotidagi xatolar;
qoʻshimcha hisoblangan soliq va yigʻimlar hamda ularga penya, shuningdek ularning asoslari;
talabnomaga javob berish muddati hamda javob bermaslik oqibatida Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan qoʻllaniladigan chora.
31. Talabnoma elektron hujjat tarzda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi va yuborilgan sanadan eʼtiboran uch kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Agar soliq toʻlovchida yoki uning vakilida shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, talabnoma soliq toʻlovchi yoki uning vakiliga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va yuborilgan sanadan besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Talabnoma soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga shaxsan talabnoma olingan sana koʻrsatilgan holda imzo qoʻydirib topshirilishi mumkin.
32. Soliq toʻlovchi tekshiruvda aniqlangan soliq hisobotidagi tafovut va (yoki) soliq hisobotidagi xatolar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki tafovutlarni asoslantiruvchi hujjatlarni soliq organiga talabnoma olingan kundan boshlab oʻn kun ichida taqdim etishi lozim.
33. Aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish soliq organiga muayyan soliq davri uchun avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish va uni soliq organiga taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
34. Soliq toʻlovchi talabnoma yuzasidan tushuntirish va tafovutlarning asosnomasi bilan birga soliq hisobotiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart.
35. Soliq toʻlovchi talabnomada koʻrsatilgan tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini taqdim etishga haqli.
Soliq maslahatchilari tashkiloti soliq toʻlovchining nomidan mustaqil ravishda soliq toʻlovchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan asosnomani taqdim etishi mumkin.
36. Talabnomaga javoban soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar, asosnomalar va boshqa hujjatlar soliq organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi. Hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida soliq toʻlovchi yoki soliq maslahatchisi bevosita ishtirok etishga haqli.
37. Aniqlangan tafovutlarning asosnomalarini koʻrib chiqish natijasida soliq organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan tafovutning asosnomasiga toʻliq yoki qisman rozilik berish yoxud tafovutning asosnomasi yetarli emas deb hisoblanishini nazarda tutuvchi xulosa qabul qiladi.
Soliq organi tomonidan taqdim etilgan tafovut asosnomalariga toʻliq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda:
toʻliq summa boʻyicha soliq toʻlovchiga ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirish xati;
qisman summa boʻyicha soliq toʻlovchiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalari toʻgʻrisida aniqlashtirilgan talabnoma yuboriladi.
Soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan talabnomaga javoban aniqlashtirilgan soliq hisobotini soliq organiga ushbu talabnomani olingan kundan boshlab besh kun ichida taqdim etishi shart.
Tafovutning asosnomasi yetarli yoki yetarli emas deb hisoblash haqida xulosaning toʻgʻriligi va adolatliligi boʻyicha javobgarlik aniqlangan tafovutlarning asosnomalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha xulosa qabul qilgan soliq organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) zimmasiga yuklatiladi.
38. Agar soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa(shu jumladan aniqlashtirilgan talabnomadan keyin) yoki aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni taqdim etmasa yoxud taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa soliq organi soliq toʻlovchiga soliq auditini tayinlashga haqli. Bunda soliq auditi Soliq kodeksining 140 — 143-moddalarida belgilangan tartibda va soliq toʻlovchilarning yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq toʻlovchisiga nisbatan oʻtkaziladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
40. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2020-yil 30-aprel
Savdo-sanoat palatasining raisi A. IKRAMOV
2020-yil 30-aprel
Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
NAMUNA
Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga asosan kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish maqsadida
B U Yu R A M A N:
1. Mazkur buyruqning ilovasiga muvofiq _______________________________________ da
(davlat soliq organi nomi)
roʻyxatdan oʻtgan soliq toʻlovchilarda soliqlarning toʻgʻri hisoblanishi va byudjetga toʻlanishi yuzasidan kameral soliq tekshiruvlari oʻtkazilsin.
2. Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish muddati ________ yil _______________ dan boshlab
(yil)
(kun/oy)
__________ yil ___________________ gacha etib belgilansin.
(yil)
(kun/oy)
3. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish ________________________ boshligʻi oʻrinbosari
(davlat soliq organi nomi)
_____________________________________ zimmasiga yuklatilsin*.
Asos: ________________________________________ ning _______ yil ___________ dagi
(jismoniy shaxsning F.I.O. yoki yuridik shaxs nomi)
(yil)
(kun/oy)
murojaati.
Boshliq
_________________________________________
(davlat soliq organi boshligʻining F.I.O.)
Izoh:
* – davlat soliq organi boshligʻi oʻrinbosari boʻlmagan taqdirda, boshliq zimmasiga yuklatiladi.
Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
NAMUNA
_______________________________________________ ga
(soliq toʻlovchi (soliq agenti) yoki uchinchi shaxs) nomi
__________________________________________________ (joylashgan manzili (pochta manzili)
HUJJATLARNI OLISh TOʻGʻRISIDA SOʻROVNOMA
____________________________________ ning 20___ yil ____ ___________ dagi ___-son
(davlat soliq organi nomi)
(kun)
(oy)
buyrugʻiga asosan __________________________________________________________ da
(kam�ral soliq tekshiruvidan oʻtkazilayotgan soliq toʻlovchi nomi)
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasida belgilangan tartibda kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmoqda. Shunga koʻra, Sizdan quyidagi hujjatlarni (axborotlarni) ushbu soʻrovnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida _____________________________ ga taqdim etishingiz coʻraladi.
(davlat soliq organi boshligʻi/oʻrinbosari F.I.O.)
(imzo)
Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
NAMUNA
______________________________________________________ da soliq toʻlovchi sifatida
(davlat soliq organi nomi)
roʻyxatga olingan __________________________________________________ da oʻtkazilgan
(soliq toʻlovchining nomi)
kameral soliq tekshiruvi natijalari yuzasidan X UL O S A
________________________________ ning 20______ yil “_____” ________________ dagi
(davlat soliq organi nomi)
(yil)
(kun)
(oy)
(kameral soliq tekshiruvidan oʻtkazilayotgan soliq toʻlovchi nomi)
______-son buyrugʻiga asosan _______________________________ manzilda joylashgan yuqorida nomi keltirilgan tashkilotda _______ yilning ____________________ kunlarida oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvida quyidagilar aniqlandi. Tekshiruvda quyidagilar amalga oshirildi: 1. Oʻrganilgan soliq turi —_____________________________________________________ 2. Qamrab olingan soliq davri —________________________________________________ 3. ________________________________ ning _____ �il “______” ________________ dagi
(davlat soliq organi nomi)
(yil)
(kun)
(oy)
______-son soʻrovnomasi asosida soliq toʻlovchidan (soliq agentidan, uchinchi shaxsdan) hisobga olish hujjatlari, _____________________________ boʻyicha taqdim etilgan soliq
(soliq turi)
hisoboti va hisobga olish hujjatlariga oid tushuntirishlar, shuningdek soliqlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash bilan bogʻliq _____________________________ axborotlar
(axborotlar turi)
soʻrab olindi. 4. Zarurat tugʻilganligi sababli, tekshiruvga daxldor boʻlgan va aniq harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun:
fuqaro ____________________________________ dan guvoh sifatida koʻrsatmalar olindi;
(fuqaroning F.I.O.)
tekshiruvga mutaxassis sifatida ____________________________________ jalb qilindi;
(mutaxassisning F.I.O.)
tekshiruvga ekspert sifatida _______________________________________ jalb qilindi;
(ekspertning F.I.O.)
tarjimon sifatida _______________________________________________ jalb qilindi.
(tarjimonning F.I.O.)
5. Tekshiruv jarayonida qoʻshimcha maʼlumotlarga ehtiyoj yuzaga kelganligi sababli,
___________________________ ning ___________ yil “______” _________________ dagi
(davlat soliq organi nomi)
(yil)
(kun)
(oy)
______-son buyrugʻiga asosan soliq toʻlovchining hudud va binolari koʻzdan kechirilib, tahlillar qilindi.
6. Toʻplangan hujjatlar va axborotlar asosida oʻtkazilgan tekshiruvda quyidagi kamchiliklar aniqlandi. Jumladan:
a) _________________________________________________________________________; (soliq hisobotlarini toʻgʻri toʻldirilishi boʻyicha)
b) ________________________________________________________________________; (normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanilishi boʻyicha)
v) _________________________________________________________________________; (soliq stavkalarini toʻgʻri belgilash va soliqlarni hisoblab chiqarishda)
g) _________________________________________________________________________. (boshqa tafovut, xato va kamchiliklar)
Yuqoridagilarga asosan, soliq toʻlovchi tomonidan bir vaqtning oʻzida tafovut, xato va kamchiliklarni tuzatish bilan:
a) ______________________________ boʻyicha ___________ yilning __________________
(soliq turi)
(yil)
(soliq davri)
uchun qayta hisobot topshirgan holda _________ mln soʻm;
b) ______________________________ boʻyicha ___________ yilning __________________
(soliq turi)
(yil)
(soliq davri)
uchun qayta hisobot topshirgan holda ______ mln soʻm jami ______ mln soʻm soliqlarni toʻlab berilishi lozimligi aniqlangan. 7. Tekshiruv jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan soliq toʻlovlaridan qochish yoki soliqlarni kamroq toʻlash maqsadini anglatuvchi turli sxemalardan foydalanganligini bildiruvchi holatlar aniqlandi. 8. Oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvlari jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 223-moddasida belgilangan huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan. Yuqorida keltirilganlarga asoslanib,
XULOSA QILINDI:
_________________________________________ da oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvida
(soliq toʻlovchi nomi)
aniqlangan tafovut, xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha soliq qonunchiligida belgilangan moliyaviy sanksiyalarni ixtiyoriy toʻlash haqida soliq toʻlovchiga belgilangan tartibda talabnoma yuborilishi lozim.
_________________________________________
____________________________________
_____________________
(davlat soliq organi va tekshiruvni amalga oshirgan masʼul xodim lavozimi )
(xodimning F.I.O.)
Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
NAMUNA
Kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklarni qayd etish _________-son DALOLATNOMASI
“______” ______________ 20_____ yil
_________________________________
(viloyat, tuman, shahar)
I. Oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1.
Soliq toʻlovchining nomi
2.
STIR
3.
Mulkchilik shakli
4.
Rahbarning F.I.O.
5.
Joylashgan manzili
6.
Tekshiruvni oʻtkazgan soliq organi nomi
7.
Tekshiruvchi mansabdor shaxsning lavozimi va F.I.O.
8.
Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq sanasi, raqami hamda tekshiruv boshlangan va tugatilgan sana
9.
Tekshirilgan soliqlar (yigʻimlar) turi va qamrab olingan soliq davri
II. Tekshirish uchun soliq toʻlovchidan talab qilingan hujjatlar toʻgʻrisida (soliq agenti, soliq toʻlovchi bilan aloqador boʻlgan oʻzining hududida joylashgan va boshqa hududda joylashgan uchinchi shaxsdan) maʼlumotlar:
1.
Hujjatlar (axborotlar) turi
2.
Soʻrovnoma sanasi va raqami
3.
Taqdim etilganligi toʻgʻrisida maʼlumot
4.
Taqdim etish muddatining oʻzgartirilishi toʻgʻrisida maʼlumot
III. Tekshiruvga jalb qilingan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1.
Guvohning F.I.O.
2.
Mutaxassisning F.I.O.
3.
Ekspertning F.I.O.
4.
Tarjimoning F.I.O.
5.
Boshqa shaxs lavozimi va F.I.O.
IV. Tashkil etilgan kameral soliq tekshiruvi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1.
Kameral soliq tekshiruvi boshlangan va tugatilgan sana
2.
Qoʻshimcha olinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar turi/nomi
V. Soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari:
1.
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzish boʻyicha hujjatlashtirilgan faktlar
2.
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni:
yengillashtiruvchi holatlar
ogʻirlashtiruvchi holatlar
3.
Soliqqa oid huquqbuzarlik boʻyicha boshqa holatlar
VI. Soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etish va (yoki) moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash yuzasidan tekshiruvchi mansabdor shaxsning xulosasi:
1.
________________________________________ boʻyicha ________________ soʻm (soliq va (yoki) yigʻim turi) miqdorida soliq hisoblansin
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ______, _____, ______-moddalariga asosan _________________ soʻm moliyaviy jarima hisoblansin
3.
Soliqlarni (yigʻimlarni) toʻlash majburiyati kechiktirilgan har bir kalendar kuni uchun joriy yilning ___________________ holatiga _______________ soʻm �enya hisoblansin
4.
___________________________________________________________________ (huquqbuzarlikni bartaraf etish yuzasidan boshqa xulosalar)
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan soliq toʻlovchi dalolatnomada bayon etilgan holatlarga va (yoki) tekshiruvchi mansabdor shaxsning xulosalariga rozi boʻlmagan taqdirda, dalolatnoma olingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida dalolatnomaning barcha yoki ayrim qoidalari yuzasidan yozma eʼtirozlarini sudga yoki yuqori turuvchi soliq organiga taqdim etishga haqli.
_________________________________________
________________
________________
davlat soliq organi nomi va dalolatnoma tuzgan masʼul xodim lavozimi
(imzo)
F.I.O.
T A N I Sh D I M:
_________________________________
________________
________________________
soliq toʻlovchini�g nomi va rahbari
(imzo)
F.I.O.
Soliq toʻlovchi (uning vakili) mazkur dalolatnomani imzolashni rad etdi.
___________________________________________________________________________ hujjatni imzolashdan bosh tortish holatlari
_________________________________________
________________
________________
davlat soliq organi nomi va dalolatnoma tuzgan masʼul xodim lavozimi
(imzo)
F.I.O.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI TOShKENT ShAHAR DAVLAT SOLIQ BOShQARMASI
NAMUNA
Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiyasi
__________________________________________________________________________________ rahbariga (soliq agenti yoki uchinchi shaxs)
Toshkent sh. Yunusobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 95 A-uy. Tel. 71-239-97-16, Faks. 71-239-09-03
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq hamda ______________________ning 20____ yil _____ _________ dagi ___-son buyrugʻiga asosan
(davlat soliq organi nomi)
oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvida Siz tomondan taqdim etilgan soliq hisobotlarida tafovutlar (xat�liklar) aniqlanib, kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha soliqlar hisoblandi:
QQS boʻyicha
2018-yil 12 oyi uchun
25 382 000 soʻm
________________________(soliq va (yoki) yigʻim nomi)
________________________(hisobot davri)
________________________(tafovut summasi)
QQS boʻyicha
2019-yil yanvar-avgust oylari uchun
38 500 000 soʻm
________________________(soliq va (yoki) yigʻim nomi)
________________________(hisobot davri)
________________________(tafovut summasi)
Soliqlarning qoʻshimcha hisoblanish tartibi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni havola boʻyicha ilovada koʻrish mumkin. Ushbu talabnoma olingan kundan eʼtiboran 10 kunlik muddat davomida aniqlangan tafovutlar (xatoliklar)ni tasdiqlovchi hujjatlarini ilova qilgan holda asoslantirish yoki aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishingiz lozim. Ogohlantirish. Tafovutlar (xatoliklar)ni asoslantiruvchi hujjatlar yoki aniqlashtirilgan soliq hisobot belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 111 va 140-moddalariga asosan soliq toʻlovchining bank hisob raqamlaridagi operatsiyalarini toʻxtatib turishga va (yoki) soliq auditini tayinlashga haqli.
________________________
________________
_________________________________
(davlat soliq organi nomi)
(imzo)
(davlat soliq organi boshligʻi/oʻrinbosarining F.I.O.)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 10/20/3236/0695-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)