toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobil yo‘llari tarmog‘ini saqlash va avtomobil transportining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, avtomobil yo‘llarida katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishida vazn va hajm parametrlarini samarali nazorat qilishni tashkil etish orqali avtomobil yo‘llarining ta’mirlararo muddatlargacha buzilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishidan oldin avtomobil yo‘llarini o‘rganish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini qurish, modernizatsiyalash va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash bo‘yicha tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar:
a) transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash, jihozlash, maxsus texnika xarid qilish va saqlash bo‘yicha buyurtmachi etib — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash, jihozlash, maxsus texnika xarid qilish va saqlash ishlari bo‘yicha moliyalashtirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xuzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish turg‘un (statsionar) va ko‘chma punktlarini qurish hamda jihozlash loyihalarining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini (asoslarini);
atrof-muhitni muhofaza qilish va harakat xavfsizligi qoidalari talablarini ta’minlash sharti bilan vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish turg‘un va ko‘chma punktlarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash, jihozlash ishlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirishga hamda belgilangan tartibda foydalanishga topshirishga ruxsat berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xuzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi olti oy muddatda:
xorijiy yuk avtotransport vositalarining respublika avtomobil yo‘llari bo‘ylab o‘tishi kilometrini yoki vaqtini hisob-kitob qilish va buning uchun haq undirish bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqsin, bunda xalqaro amaliyotdan kelib chiqib zamonaviy axborot texnologiyalari asosida jihozlash va foydalanish nazarda tutilsin;
ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarning xulosalari asosida xorijiy yuk avtotransport vositalarining respublika avtomobil yo‘llari bo‘ylab o‘tishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-may,
337-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 337-son qaroriga
1-ILOVA
Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralari orqali o‘tkazish punktlarida va O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llarida xorijiy va milliy transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Vazn va hajm parametrlari nazoratining asosiy maqsadi transport vositalarining avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining ta’mirlararo muddatlarigacha buzilishining oldini olish hamda yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirishni ta’minlashdan iborat.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
balandlik bo‘yicha o‘lchovni amalga oshirish — transport vositasining ko‘ndalang (vertikal) ko‘rinishining (yuk va boshqa moslamalar inobatga olinadi) yuqori va pastki nuqtalari orasidagi masofani aniqlash jarayoni;
bir-biriga yaqin o‘qlar — transport vositasining o‘rtasidagi masofa 1,8 metrdan kam bo‘lgan o‘qlari (ikki va undan ortiq);
Oldingi tahrirga qarang.
bo‘linmaydigan yuk — yuklarni ularga zarar yetkazmasdan bir necha qismlarga bo‘lish va boshqa transport vositasi bilan tashish imkoni bo‘lmagan holatda yoki yukni alohida qismlarga bo‘lgandan keyin uni dastlabki holatiga qaytarish imkoni bo‘lmagan yuklar; ko‘priklar va boshqa inshootlarning temir-beton oraliq qurilmalari, alohida texnologik bloklar (modullar); payvandlangan (parchin mixlangan) ko‘priklar va boshqa texnik-ishlab chiqarish konstruksiyalari; ikkitadan ortiq bo‘lmagan yirik diametrli quvurlar; og‘ir yukli transport vositalari; qurilish texnikasi; qishloq xo‘jalik mashinalari va mexanizmlari; avtokranlar; stanoklar; sanoat transformatorlari, pechlar, generatorlar, yig‘ma tegirmonlar; suyuq kimyoviy moddalar bilan to‘ldirilgan avtotsisternalar; refrijeratorlar; pivo ishlab chiqaruvchi, shakar ishlab chiqaruvchi va neftni qayta ishlovchi zavodlar uchun konteynerlar (reaktorlar); tramvaylar; kemalar (qayiqlar), samolyotlar; temir yo‘l vagonlari; tunnel qazish qalqonlari, startorlar; xarbiy texnika; tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari; texnik-iqtisodiy asoslangan boshqa yuklar;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
vazn va hajm parametrlari nazoratining avtomatlashtirilgan punkti — foto va video suratga olish funksiyalariga ega avtomatlashtirilgan tarzda ishlovchi maxsus vositalardan foydalanuvchi nazorat punkti;
vazn va hajm parametrlari nazorati ko‘chma punkti — transport vositalarining vazn va hajm parametrlari o‘lchovini amalga oshirish uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan avtomobil;
vazn va hajm parametrlari nazorati statsionar punkti — transport vositalari harakati yo‘nalishlarida statsionar joylashgan va transport vositalarining vazn va hajm parametrlari o‘lchovini amalga oshirish uchun jihozlangan nazorat punkti;
vaznni qayta o‘lchash — transport vositalarining vazn parametrlariga aniqlik kiritish maqsadida o‘tkaziladigan qo‘shimcha o‘lchov;
ikki yoki uch o‘qli tirkama (yarimtirkama)ning o‘qqa tushadigan og‘irligi — avtomobil yoki tirkama (yarimtirkama) umumiy og‘irligidan avtomobil yo‘li va yo‘l inshootlariga bir vaqtda ikki yoki uch o‘qli tirkama g‘ildiraklaridan tushadigan og‘irlik;
katta hajmli transport vositasi — har qanday hajm ko‘rsatkichlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari orqali harakatlanishi uchun belgilangan me’yoriy o‘lchovlardan (balandlik, kenglik va uzunlik) ortiq bo‘lgan transport vositasi;
og‘ir vaznli transport vositasi — har qanday vazn ko‘rsatkichlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari orqali harakatlanishi uchun belgilangan me’yoriy o‘lchovlardan vazni (umumiy vazn va o‘qqa tushuvchi og‘irlik) ortiq bo‘lgan transport vositasi;
kenglik bo‘yicha o‘lchovni amalga oshirish — transport vositasining ko‘ndalang ko‘rinishini (yuk va boshqa moslamalar inobatga olinadi) ikkita yon tomoni nuqtalari orasidagi masofani aniqlash jarayoni;
maxsus ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi huquqini beruvchi maxsus hujjat;
transport vositasi vaznini o‘lchash — sertifikatlangan avtomobil tarozilari yordamida transport vositalari o‘qiga tushuvchi va umumiy og‘irlikni aniqlash jarayoni, harakatlanish jarayonida avtoransport vositasining o‘qi bo‘yicha va umumiy vaznini o‘lchash;
uzunlik bo‘yicha o‘lchovni amalga oshirish — transport vositasining bo‘ylama ko‘rinishining (yuk va boshqa moslamalar inobatga olinadi) oldi va orqa nuqtalari orasidagi masofani aniqlash jarayoni;
yakka o‘q — transport vositasining eng yaqin o‘qigacha 1,8 metrdan ortiq bo‘lgan masofada joylashgan transport vositasi o‘qi;
o‘qqa tushadigan og‘irlik (o‘q og‘irligi) — avtomobil og‘irligidan bir o‘q g‘ildiraklari orqali avtomobil yo‘liga va yo‘l inshootlariga tushadigan og‘irlik;
havo podveskasi — amortizatsiya elementi havo hisoblanadigan podveska tizimi.
2-bob. Vazn va hajm parametrlari nazorati punktlariga qo‘yiladigan minimal talablar
4. Vazn va hajm parametrlari nazorati statsionar punkti quyidagi uskuna va jihozlardan iborat bo‘lishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
a) avtomobil yo‘li mintaqasida transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini o‘lchash asboblarini joylashtirish uchun joy;
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
b) transport vositalarining vaznini o‘lchash uchun tarozi uskunalari va hajmlarini nazorat qilish uchun o‘lchov asboblari;
v) foto va videonazorat tizimi;
g) vazn va hajm parametrlari nazorati statsionar punktlari joylashgan hudud, alohida o‘tish yo‘li va ajratilgan joylar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
j) vazn va hajm parametrlari nazorati statsionar punkti tarkibiga kiruvchi o‘lchov vositalaridan foydalanish bo‘yicha hujjatlar;
(4-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
z) kunu tun rejimida ishlaydigan xodimlar uchun mo‘ljallangan va ma’lumot almashish aloqa vositalari bilan jihozlangan xona;
(4-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
i) yo‘lni kunning qorong‘i vaqtida sun’iy yoritish vositalari.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazn va hajm parametrlari nazoratining avtomatlashtirilgan (WIM tizimi) punktida quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) transport vositalarining o‘qiga tushadigan og‘irlikni o‘lchovchi, o‘qlarning soni va ular orasidagi masofani aniqlovchi asbob-uskunalar;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
b) transport vositalari hajmlarini o‘lchash uskunalari;
v) transport vositalarining davlat ro‘yxatiga olish belgilarini tanish va transport vositalarini suratga olish funksiyasi mavjud bo‘lgan foto-video tasvirga tushirish vositalari;
g) yo‘lni kunning qorong‘i vaqtida sun’iy yoritish vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) ma’lumot almashish aloqa vositalari.
(5-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
6. Vazn va hajm parametrlari nazorati ko‘chma punkti zarur uskuna va asboblar bilan jihozlangan avtomobil yoki tirkamada tashkil etiladi.
Vazn va hajm parametrlari nazorati ko‘chma punkti avtomobil yo‘li mintaqasida joylashtiriladi. Vazn va hajm parametrlari nazorati ko‘chma punktida vazn va hajm nazoratini amalga oshirish uchun joy tanlashda yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanishi lozim.
Vazn va hajm parametrlari nazorati ko‘chma punktida quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
a) ko‘chma tarozi uskunasi;
b) transport vositalari hajmlarini nazorat qilish uchun o‘lchov vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
g) vazn va hajm parametrlari nazorati ko‘chma punkti tarkibiga kiruvchi o‘lchov vositalaridan foydalanish bo‘yicha hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
3-bob. Nazoratni amalga oshirish tartibi
7. Avtomobil yo‘llarida transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini o‘lchash uchun uskunalarni qo‘llagan holda nazorat (keyingi o‘rinlarda — vazn va hajm parametrlari nazorati) amalga oshiriladi.
8. Vazn va hajm parametrlari nazorati punktlari uch turga bo‘linadi:
vazn va hajm parametrlari nazorati statsionar punkti;
vazn va hajm parametrlari nazorati ko‘chma (mobil) punkti;
vazn va hajm parametrlari nazoratining avtomatlashtirilgan punkti.
9. Vazn va hajm parametrlari nazorati punktlari (bino va inshootlar) yo‘l elementlari hisoblanadi.
10. Vazn va hajm parametrlari nazorati punktlarida quyidagilar amalga oshiriladi:
transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini aniqlash (og‘irlik, uzunlik, balanlik va kenglik kabilar);
transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini instrumental nazorat qilishning ilg‘or usullarini tashkil etish va ishlab chiqish, shuningdek, punktlarda harakat tezligini cheklashni tashkil etish;
katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar nazoratini amalga oshirish;
vazn va hajm o‘lchov uskunalarining saqlanishi, ularning texnik soz holatda bo‘lishi, texnika xavfsizligi, ekologiya va yong‘in xavfsizligi, mehnat muhofazasi, sanitariya-gigiyena normalari, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
vakolatli organlar tomonidan qoidabuzarlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda bayonnomalar rasmiylashtirish;
transport vositalarining vazn va hajm parametrlari to‘g‘risida statistik ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yaratgan holda jamlanishini ta’minlash va transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish bo‘yicha boshqa ishlarni amalga oshirish.
Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Transport vositalarining umumiy og‘irligi tovar-transport hujjatlari va texnik pasportlar bo‘yicha aniqlanadi. Transport vositasining umumiy og‘irligi (massa) yuk og‘irligini (brutto), shatakchining yuklangan og‘irligini va texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yarimtirkama (tirkama) og‘irligini jamlash yo‘li bilan aniqlanadi.
12. Vazn va hajm parametrlari nazorati statsionar va ko‘chma punktlarida transport vositalarining ortiqcha yuk ortilganligi yoki transport vositalarining har bir o‘qiga tushadigan ortiqcha yuk og‘irligi uchun belgilangan tartibda jarima solinishiga asos bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1251-moddaci.
13. Avtomatlashtirilgan rejimda ishlovchi foto va video tasvirga tushirish funksiyasiga ega maxsus texnik vositalar mavjud nazorat punktlarida transport vositalariga ortiqcha yuk ortilganligi yoki transport vositalarining har bir o‘qiga tushadigan ortiqcha yuk og‘irligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
14. Vazn va hajm parametrlari nazorati, transport oqimida vazn va hajm parametrlaridan ortiqlik mavjudligi ehtimoli bo‘lgan transport vositasi aniqlanganda, vazn va hajm parametrlari nazorati statsionar yoki ko‘chma punkt joylashgan joyga yuborib aniqlashtirilishi mumkin.
15. Transport vositalarining vazn va hajm parametrlari ortiqligi ehtimoli quyidagilar bilan belgilanadi:
a) transport vositasi kuzovi bortidan yuqori yuklanganligi va/yoki kuzovning qo‘shimcha bortlaridan hamda transport vositasining hajmidan tashqariga chiqib turuvchi yuklarning mavjudligi;
b) podveska uzellarining cho‘kishi;
v) transport vositasining harakat vaqtida dinamik xususiyatlari pasayishi;
g) transport vositasi harakatlanishi mumkin bo‘lgan tezlikda o‘ta sekin harakatlanishi;
d) transport vositasi beshtadan ortiq o‘qqa egaligi va boshqa asosli sabablar.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Avtomobil yo‘llarida ko‘chma va statsionar punktlarida nazoratni amalga oshirish bo‘yicha asosiy ish jarayonlari quyidagilardan iborat:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
transport vositasini to‘xtatish;
vazn va hajm parametrlarini aniqlash bilan bog‘liq transport hujjatlarini tekshirish;
transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini aniqlash, shu jumladan, avtomatlashtirilgan tizim orqali;
katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalari egalarida (foydalanuvchilarda) maxsus ruxsatnomalarning mavjudligini va maxsus ruxsatnomada belgilangan yo‘nalishga hamda yo‘l harakati shartlariga rioya etilishini tekshirish;
nazoratdan o‘tish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar.
17. Vazn va hajm parametrlari nazorati statsionar punktlarida vazn parametrlarini nazorat qilish avtomatlashtirilgan tarzda bevosita harakatlanish vaqtida yoki yo‘l mintaqasida joylashgan muxsus maydonlarda amalga oshirilishi mumkin.
18. Ma’lum bir yo‘nalishda vazn va hajm parametrlaridan ortiqlik mavjudligi ehtimoli bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi aniqlanganda (takrorlangan holatlarda) inspektorlar tomonidan ushbu yo‘nalish bo‘yicha alohida nazorat qilinishi va aniqlashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ko‘chma va statsionar punktlarida:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi inspektorlari (keyingi o‘rinlarda — Inspektor) respublika hududida;
Bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi o‘tish punktlarida quyidagilardan iborat instrumental vazn va hajm nazoratini amalga oshiradi:
transport vositasining hajmlarini o‘lchash (og‘irlik, uzunlik, kenglik va balandlik kabilar);
o‘qlar o‘rtasidagi masofani o‘lchash;
o‘qlarga tushadigan og‘irlikni o‘lchash;
umumiy og‘irligini o‘lchash va boshqalar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
20. Hajm parametrlarini o‘lchashda transport vositalariga o‘rnatilgan quyidagi vositalar hisobga olinmaydi:
a) transport vositasining uzunligini o‘lchashda:
old oynalarini tozalash va yuvish vositalari;
bojxona plombasi va uning himoya elementlari.
b) transport vositasining kengligini o‘lchashda:
bojxona plombasi va uning himoya elementlari.
21. Instrumental tekshiruvlar natijalari belgilangan me’yoriy talablarga mos bo‘lmaganda inspektor tomonidan bayonnoma rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar qayd etiladi:
vazn va hajm parametrlari nazorati punktining raqami yoki nomi, tuzilgan vaqti va sanasi;
vazn va hajm parametrlari nazorati statsionar yoki ko‘chma punktlari joylashgan manzil, shu jumladan, sun’iy yo‘ldoshli global navigatsion tizim ma’lumotlari (mavjud bo‘lganda);
o‘lchov vositasining nomi, turi va seriya raqami, ishlab chiqarilgan yili, o‘lchov vositasining turini tasdiqlash to‘g‘risida guvohnoma (raqami, amal qilish muddati, ro‘yxatga olingan raqami), tekshiruvdan (qiyoslashdan) o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati;
transport vositasining (yakka transport vositasi, shatakchi, tirkama, yarimtirkama) rusumi, modeli va davlat raqami belgisi;
transport vositasi turi (yakka transport vositasi yoki avtopoyezd);
transport vositasining egasi (nomi, manzili, telefoni, texnik pasport raqami);
transport vositasining haydovchisi (familiyasi, ismi, otasining ismi, haydovchilik guvohnomasi seriyasi va raqami);
yuk jo‘natuvchi (tashkilot)ning nomi, manzili va telefoni (ma’lumot mavjud bo‘lganda);
tovar-transport yukxati hujjatlari bo‘yicha yukning xususiyatlari (nomi, bo‘linadigan/bo‘linmaydigan, og‘irligi, hajmlari va boshqalar);
transport vositasi yoki avtopoyezdning ruxsat etilgan vaznining miqdori (tonnada);
o‘qlar orasidagi masofalar va o‘qdagi g‘ildiraklar soni ko‘rsatilgan holda o‘qqa hamda o‘qlar guruhiga tushadigan ruxsat etilgan og‘irlik;
transport vositasi yoki avtopoyezdning uzunligi, eni va balandligining o‘lchamlari (metrda);
umumiy og‘irlikning o‘qqa tushadigan og‘irlik hamda o‘qlar o‘rtasidagi masofa (metrda) va o‘qlardagi g‘ildiraklar soni ko‘rsatilgan holda o‘qlar guruhiga tushadigan og‘irlikning aniqlangan ko‘rsatkichlari (shu jumladan, foto va video tasvirga olish usulida);
belgilangan qatnov yo‘li va yo‘nalish hamda ushbu qatnov yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha bosib o‘tgan masofasi (kilometrda) va boshqalar.
22. Quyidagi hollarda transport vositalarining vazni tarozida takroran o‘lchanadi:
transport vositasi haydovchisi tomonidan vazn o‘lchaydigan tarozi platformasidan o‘tish texnologiyasi buzilishi natijasida vaznni o‘lchash uskunalari nosoz holga kelganda;
tarozida o‘lchash o‘qqa tushadigan og‘irlikni o‘zgartirish maqsadida yukning bir qismini boshqa joyga olish yoki transport vositasidan tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda transport vositasi egasi (foydalanuvchisi) yoki uning vakili tomonidan yozma ravishda ariza berilganda;
transport vositasining yuki bilan to‘liq og‘irligi vazn o‘lchash jarayonidagi ko‘rsatkichi ushbu transport vositasiga tegishli texnik pasport va tovar-transport yukxatida keltirilgan og‘irlik ko‘rsatkichlaridan ikki foiz miqdoridan oshganda, agar transport vositasining egasi (foydalanuvchisi) ushbu vazn o‘lchash natijalariga rozi bo‘lmagan holatda punkt inspektori nomiga bir marotabalik yozma ariza bilan qayta tarozidan o‘lchash uchun murojaat qilishga xaqli. Bunda, tovarlarning og‘irligi va joylashishiga o‘zgartirishlar kiritilmaganligi (transport vositasidan yuk tushirilmagan, boshqasiga qayta ortilmagan) hamda butligi ta’minlangan bo‘lishi, shuningdek, ushbu jarayon punkt inspektorining qayta tarozida o‘lchash to‘g‘risidagi qarori asosida bir soat ichida amalga oshirilishi lozim.
Transport vositasiga ortiqcha yuk ortilganligi aniqlangan taqdirda, ortiqcha ortilgan yuklar tushirilgandan so‘ng transport vositasining avtomobil yo‘liga chiqishiga ruxsat berilishidan oldin takroran o‘lchanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Nazoratdan o‘tish transport vositasi haydovchisi tomonidan taqdim etiladigan transport hujjatlariga belgi-shtamp bosish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Nazoratdan o‘tgani haqidagi shtamp yo‘l varaqasiga, u mavjud bo‘lmagan taqdirda, tovar-transport yukxatiga bosiladi. Avtomatlashtirilgan punktlar bundan mustasno.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Shtampda inspektor o‘lchov sanasi, “Hujjatlar nazorati” yoki “Hujjatlar va hajm nazorati” belgisini (agar taroziga tortish amalga oshirilmagan bo‘lsa) va o‘z imzosini qo‘yadi.
Hujjatli tekshiruvdan o‘tganlik to‘g‘risidagi belgi tashuvchini harakat yo‘nalishi bo‘yicha vazn o‘lchov uskunalaridan foydalangan holda tekshiruvni amalga oshirishdan ozod eta olmaydi.
Vazn va hajm parametrlari ruxsat etilgan me’yordan ortiq bo‘lgan taqdirda, inspektor tashuvchidan katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomadagi qayd etilgan vazn va hajm parametrlarining haqiqiyligiga mosligini tekshiradi.
Maxsus ruxsatnoma asosida harakatlanayotgan og‘ir vaznli va (yoki) katta hajmli transport vositalarining harakatlanish tezligi soatiga 50 km dan oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi va transport vositasida belgilangan tartibda tezlikni chegaralash belgisi o‘rnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
24. Mumkin bo‘lgan yoki maxsus ruxsatnomada belgilangan parametrlarning bittasi bo‘lsa ham ortib ketishi, maxsus ruxsatnomada belgilangan harakat yo‘nalishidan og‘ish holati aniqlangan taqdirda, inspektor taqdim etilgan ruxsatnomani bekor qiladi, katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositasining butun harakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘tganligi kompensatsiyasini qayta hisob-kitob qiladi va tashuvchi tomonidan qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng unga katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositasi harakati uchun yangi maxsus ruxsatnoma qayta rasmiylashtiriladi.
Ushbu qo‘shimcha to‘lovlar inspektor tomonidan belgilangan tartibda kirim qilingandan so‘ng yuk tashuvchiga tegishli chek yoki kvitansiya beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Maxsus ruxsatnoma bekor qilinganda katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositasi maxsus ruxsatnomasiz harakatlanayotgan hisoblanadi va undan ruxsatnomasiz bosib o‘tilgan yo‘nalish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tariflar hajmidan besh barobar miqdorida qo‘shimcha to‘lov (maxsus ruxsatnomani olganda to‘langan miqdorni hisobga olgan holda) undiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositasi egasida (foydalanuvchida) avtomobil yo‘llaridan o‘tish uchun maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lmagan yoki ruxsatnomada belgilangan harakat yo‘nalishidan chetlangan, shuningdek, yo‘l harakatlari shartlari buzilgan taqdirda, inspektor transport vositasi harakatini to‘xtatadi va bayonnoma rasmiylashtiradi.
Avtomatlashtirilgan punktlarida aniqlangan holatlar bo‘yicha avtomat tarzda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Vazn va hajm parametrlari nazorati punktlari ish jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq va uning hududidagi barcha asbob-uskunalarga yetkazilgan har qanday shikastlar zarar yetkazuvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq qoplanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14 va 985-moddalari.
4-bob. Vazn va hajm parametrlari nazorati punktlari inspektorlarining huquqlari va majburiyatlari
28. Vazn va hajm parametrlari nazorati punktlari inspektori transport vositalarini to‘xtatish va quyidagilarni tekshirish huquqiga ega:
transport vositasi haydovchilarida yuklarni, shu jumladan, katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi (ruxsatnoma, tarozi o‘lchovi sertifikati yoki belgilangan shakldagi belgi, DYHXX bilan kelishilgan yo‘nalish sxemasi);
ruxsatnomada belgilangan yo‘nalishning transport vositasi harakati haqiqiy yo‘nalishiga mosligi;
transport vositasining vazn ko‘rsatkichlarining ruxsatnomada ko‘rsatilganiga mosligi;
ruxsatnoma amal qilish muddatining tashishlarni bajarishning haqiqiy muddatiga mosligi.
29. Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalari harakatlanishi qoidalari buzilgan, belgilangan namunadagi maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda, vazn va hajm parametrlari nazorati punkti inspektori quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1251-moddasiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylab katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalari harakatlanishi uchun to‘lovlar undirish;
ushbu Nizomga muvofiq bekor qilingan ruxsatnomalar o‘rniga yangi maxsus ruxsatnomalar rasmiylashtirilishiga ko‘rsatma berish.
30. Vazn va hajm parametrlari nazorati punkti inspektorlariga quyidagilar taqiqlanadi:
katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositasining haydovchisi yoki uning vakili yozma ariza bilan murojaat qilganda tarozida qayta o‘lchashdan asossiz ravishda bosh tortish;
katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositasining butun harakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘tganligi kompensatsiyasini qayta hisob-kitob qilishni (hisoblash) va yangi maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirilishiga ko‘rsatma berishni paysalga solish;
tarozilarni tamagirlik harakatlarida to‘g‘irlab qo‘yish va qoidabuzarliklar to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot berish;
boshqa yuklatilgan vazifalarga rioya etmasligi yoki ruxsat etilgan parametrlardan ortiq yuklangan katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining ruxsatsiz o‘tishining oldini olish bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishga sovuqqonlik bilan yondashish yoki harakatsizlik kabi holatlar.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
31. Transport vositalarining vazn va hajm parametrlari nazorati amalga oshirilishi boshqa transport vositalarining harakatiga to‘sqinlik qilishi mumkin emas.
32. Ushbu Nizom talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javob beradilar.
Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 337-son qaroriga
2-ILOVA
Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishidan oldin avtomobil yo‘llarini o‘rganish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu nizom katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalari O‘zbekiston Respublikasining hududidagi avtomobil yo‘llaridan harakatlanishidan avval avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni texnik o‘rganish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlar bo‘ylab katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarini o‘tkazish shartlari va imkoniyatlarini baholash to‘g‘risida texnik xulosa (keyingi o‘rinlarda — texnik xulosa) — yo‘l qoplamasi va sun’iy inshootlarning transport-ekspluatatsiya holatini baholash asosida o‘tkazish shartlari, ko‘tarish qobiliyatlari, katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishlari, tartibi va shartlari bilan batafsil ishlab chiqilgan hujjat;
avtomobil yo‘llarining mavjud holatini o‘rganish (keyingi o‘rinlarda — maxsus ko‘rik) — o‘tkazish imkoniyatlarini aniqlash va tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining parametrlari, xususiyatlari va foydalanish shartlari, nuqsonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanish imkoniyatini baholash va prognozlashtirish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish jarayoni;
Oldingi tahrirga qarang.
katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositasi — vazn va (yoki) hajm ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari orqali harakatlanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazn va (yoki) hajm me’yorlaridan ortiq bo‘lgan transport vositasi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
maxsus ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi huquqini beruvchi maxsus hujjat;
transport vositasining texnik jihatdan yo‘l qo‘yiladigan umumiy og‘irligi — yuk, haydovchi va yo‘lovchilar mavjud bo‘lgan transport vositasining ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan va transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan maksimal og‘irligi. Avtopoyezdning texnik jihatdan ruxsat etilgan umumiy og‘irligi avtotransport vositasi (g‘ildirakli traktor) va tirkamaning texnik jihatdan ruxsat etilgan umumiy og‘irliklari yig‘indisi;
3. Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi uchun maxsus ko‘rik o‘tkazish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yicha katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining o‘tishi yo‘nalishi texnik xulosasi ishlab chiqiladi.
Qatnov yo‘nalishi (marshrut) loyihasini ishlab chiqish uchun quyidagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
a) avtomobil yo‘llarini ko‘rsatgan holda eng qisqa yo‘nalish qidiriladi (xaritalardan) va bunda muqobil yo‘nalishlarning barcha mumkin bo‘lgan variantlari o‘rganiladi;
b) taklif qilinganlar orasidan eng maqbul variant tanlanadi;
v) zarurat bo‘lganda, katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining normativlardan yuqori ko‘rsatkichlari, yuklanishining maydoni tekshiruvi amalga oshiriladi;
g) tanlangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish uchun yaroqsiz bo‘lgan uchastkalar aniqlanadi (inshootlarning yo‘ldan balandligi, burilishlar radiuslari, ko‘prik inshootlarining texnik holati hamda ko‘tarish qobiliyati, bo‘ylama qiyaliklar va shu kabilar);
d) katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining tanlangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi uchun imkoniyat bo‘lmasa, muqobil yo‘nalish qidiriladi;
e) maxsus ko‘rik natijalari bo‘yicha fikr, tavsiya va xulosalarni o‘z ichiga olgan texnik xulosa rasmiylashtiriladi.
Texnik xulosada qatnov yo‘lining o‘ziga xos joylari manzillari ko‘rsatilgan zarur fotosuratlar, shu jumladan:
katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalari harakatlanishi yo‘nalishining xaritasi;
katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalari to‘siqlarsiz harakatlanishi uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha oldindan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar;
avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarning saqlanishini yaxshilash yoki katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalari harakatlanishi natijasida ularga yetkaziladigan salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar va boshqalar haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.
2-bob. Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi yo‘nalishini aniqlash va baholash
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yuk tashuvchi (buyurtmachi) yoki ularning vakillari maxsus ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat etishlari zarur.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
5. Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishidan oldin avtomobil yo‘llarini o‘rganish ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalari harakatlanishi yo‘nalishidagi avtomobil yo‘llarining mavjud holatini o‘rganmasdan, texnik xulosani ishlab chiqmasdan katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining mo‘ljallangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishiga ruxsat berish imkoni bo‘lmasa, maxsus ruxsatnoma berish uchun vakolatli tashkilot bu haqda yuk tashuvchi (buyurtmachi) yoki ularning vakillarini 3 ish kuni davomida xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Maxsus ko‘rik o‘tkazish ishlari katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining umumiy og‘irligi, o‘qi bo‘yicha og‘irligi va hajm o‘lchamlaridan kelib chiqib bir oygacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi, belgilangan me’yorlardan uch barobar ortiq yuklar bundan mustasno.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
8. Yo‘l harakati xavfsizligini, avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarning saqlanishini ta’minlash maqsadida katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi yo‘nalishini tanlashda avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsiya holati va yuk ko‘tarish qobiliyati, taklif qilinayotgan qatnov yo‘lidagi sun’iy inshootlarning yuk ko‘tarish imkoniyatlari va parametrlari baholanishi hamda yo‘l harakati intensivligi inobatga olinishi kerak.
9. Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalari uchun qatnov yo‘lini tanlashda yo‘l ishlarini bajarish bilan bog‘liq vaziyatlarni hisobga olish kerak, bunda yo‘l harakatini tashkil etishning amaldagi sxemalari sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keladigan yo‘l ishlari bajarilishi bilan bog‘liq vaziyat inobatga olinishi lozim (harakatlanish yo‘llarini yopish, harakatlanishning qarama-qarshi yo‘liga chiqish, muhandislik inshootlarini ta’mirlash, yopiq uchastkalarni aylanib o‘tish yo‘nalishlari).
10. Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi yo‘nalishi imkon qadar katta aholi punktlari orqali o‘tmasligi kerak. Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarini aholi punktlari ichida o‘tkazish zarurati tug‘ilsa harakatlanish yo‘llari imkoni boricha transport harakati intensiv (harakat jadalligi yuqori bo‘lgan) ko‘chalar bo‘yicha o‘tmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Bir yo‘nalishda maxsus ko‘rik o‘tkazilgandan so‘ng takroran 15 kun ichida qayta maxsus ko‘rikdan o‘tkazish talab etilmaydi, belgilangan me’yorlardan uch barobar ortiq yuklar bundan mustasno.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Texnik xulosa quyida keltirilgan shartlarning hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lgan hollarda ishlab chiqiladi:
katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining umumiy og‘irligi 70 tonnadan oshsa;
katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining uzunligi 24 metrdan oshsa;
katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining kengligi 3,5 metrdan oshsa;
katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining balandligi 4,5 metrdan oshsa;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari uchun avtotransport vositasining (avtopoyezdning) bitta o‘qiga tushgan og‘irlik miqdori 13 tonnadan ortiq bo‘lganda.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Avtomobil yo‘llarini maxsus ko‘rikdan o‘tkazish va texnik xulosa ishlab chiqish xizmatlari uchun to‘lovlar yuk tashuvchi (buyurtmachi) yoki ularning vakillari bilan avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ yoki u vakolat bergan tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida yo‘nalishning har bir kilometr masofasi uchun transport vositasining yuk bilan umumiy og‘irligi:
100 tonnagacha bo‘lgan transport vositalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh foizi;
100 tonna va undan ortiq bo‘lgan transport vositalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi.
Maxsus ko‘rikdan o‘tkazish va texnik xulosa ishlab chiqish xizmatlari uchun to‘lovlardan kelib tushgan mablag‘larning ellik foizi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatining rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishidan oldin avtomobil yo‘llarini o‘rganish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishidan oldin avtomobil yo‘llarini o‘rganish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 337-son qaroriga
3-ILOVA
2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini qurish, modernizatsiyalash va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash bo‘yicha
TADBIRLAR DASTURI

T/r

Avtomobil yo‘lining nomi

Punktlarning joylashuv manzili*

Shu jumladan, yillar bo‘yicha (birlik):

2020-yil

2021-yil

2022-yil

Respublika bo‘yicha jami punktlar soni — 52 ta, jumladan:

8

30

14

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2

2

1.

A380 “G‘uzor Buxoro Nukus Beyneu”

753 km

2

2.

A380 “G‘uzor Buxoro Nukus Beyneu”

698 km

2

Andijon viloyati

2

2

3.

A373 “M39 avtoyo‘li — Guliston — Bo‘ka — Angren — Qo‘qon va Andijon orqali — O‘sh”

385 km

2

4.

A373 “M39 avtoyo‘li — Guliston — Bo‘ka — Angren — Qo‘qon va Andijon orqali — O‘sh”

475 km

2

Buxoro viloyati

2

5.

M37 “Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi”

212 km

2

Jizzax viloyati

4

2

6.

M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz”

1018 km

2

7.

A376 “Qo‘qon — Jizzax”

245 km

2

8.

M34 “Toshkent — Dushanbe”

174 km

2

Qashqadaryo viloyati

2

9.

A378 “Samarqand G‘uzor”

58 km

2

Navoiy viloyati

2

10.

M37 “Samarqand Buxoro Turkmanboshi”

147 km

2

Namangan viloyati

2

11.

4R117 “To‘raqo‘rg‘on sh. — Namangan sh. — Chortoq sh. — Keskanyor q. — Sassiqsoy q. — M41 avtoyo‘li”

6 km

2

Samarqand viloyati

2

12.

M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz”

1081 km

2

Surxondaryo viloyati

2

2

13.

M41 “Bishkek — Dushanbe — Termiz”

1618 km

2

14.

M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz”

1334 km

2

Sirdaryo viloyati

2

15.

M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz”

919 km

2

Toshkent viloyati

2

4

4

16.

4R4-a “Sariyog‘och shahriga”

5 km

2

17.

M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz”

807 km

2

18.

4R186 “Chinoz sh. — Chinoz PQQP — Yallama q. — Qozog‘iston Respublikasi chegarasi”

5 km

2

19.

4R20 “Qorasuv q. — Bo‘ka sh. — Bekobod sh.”

63 km

2

20.

M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz”

817 km

2

Xorazm viloyati

4

21.

4R161 “Urganch sh. — Cholish q. — Beruniy sh.”

11,5 km

2

22.

4R156-g “Turkmaniston Respublikasi chegarasiga”

15 km

2

Farg‘ona viloyati

4

4

23.

A376 “Qo‘qon — Jizzax”

45 km

2

24.

4R144 “Farg‘ona sh. — Vodil q. — Hamzaobod q.”

25 km

2

25.

4R147 “Marg‘ilon sh. — Rishton sh. — O‘qchi q. — Karimdevona q — Konibodom sh.”

101 km

2

26.

4R143 “Farg‘ona sh. — Quvasoy sh. — Qizilqiya sh.”

25 km

2

* Texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilganidan so‘ng punktlarning joylashuv manziliga aniqlik kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/337/0694-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)