toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining o‘zaro hamkorlikda mamlakat bo‘ylab keksalarning sayohat qilishini rag‘batlantirish maqsadida har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi”ni e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida:
a) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
hududlardagi turizm infratuzilma obyektlari (joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari) tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirmalar va aksiyalar to‘g‘risida o‘z rasmiy veb-sahifasida e’lon qilib borsin;
Transport vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda sayohat qiluvchilar uchun viloyatlararo qatnovchi avtobus, avia va temir yo‘l chiptalariga ixtiyoriy chegirmalarni e’lon qilish hamda litsenziyasi bor tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va e’lon qilish choralarini ko‘rsin;
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda respublikadagi madaniy meros obyektlariga kirish chiptalariga chegirmalar e’lon qilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi birinchi guruh nogironligi bo‘lgan sayohat qiluvchi keksalar ro‘yxatini har yili 1-oktabrga qadar shakllantirsin.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston nogironlar jamiyati “Sayohat barcha uchun!” xayriya sayohati loyihasi doirasida birinchi guruh nogironligi bo‘lgan keksalar uchun mamlakat bo‘ylab yiliga bir marotadan ko‘p bo‘lmagan sayohatni tashkil qilish choralarini ko‘rsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Bunda:
sayohat davomida sayohatchilarni joylashtirish, ovqatlanish va transport xizmatlari uchun mablag‘larning 50 foizi — “Sayohat barcha uchun!” xayriya maxsus hisobvarag‘idan, 50 foizi — O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — “Nuroniy” jamg‘armasi) mablag‘lari hisobidan qoplanishi;
sayohatlarni tashkil etishda ichki turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan keksalarga xizmat ko‘rsatish uchun mos transportga va sayohat rejasiga ega turizm sohasi subyektlari bilan tanlov asosida shartnoma tuzilishi inobatga olinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va ularga berilayotgan ijtimoiy, tibbiy va maishiy xizmatlarning turlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida davlat xizmatlari ko‘rsatishning eng qulay tizimini yaratish bo‘yicha taklif ishlab chiqsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) “Nuroniy” jamg‘armasi va Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi bilan birgalikda faxriylar va yoshi ulug‘ insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
b) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi:
keksayishni sekinlashtirish, keksalarning salomatligini asrashga qaratilgan maxsus tibbiy soha — gerontologiyani rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari va sohaga oid tuzilmalar faoliyatini bir oy muddatda qayta ko‘rib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi va “Nuroniy” jamg‘armasi 2020-yil 1-oktabrga qadar dunyo xalqlarining keksalar va nuroniylar turmush tarzi va hayot yo‘llari, ularga berilayotgan e’tibor bilan bog‘liq eng ilg‘or tajribalarni jamlab, yagona to‘plam holida chop etsin va ta’lim muassasalari, mahallalar hamda “Nuroniylar maskanlari” majmualariga yetkazib berishni tashkil qilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga hissa qo‘shgan, yoshi ulug‘ avlod vakillariga munosib e’tibor qaratish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni 2020-yil davomida tizimli asosda amalga oshirsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi bo‘lgan shaxslar va mahallalarda yashaydigan yolg‘iz keksalarga moddiy yordam ko‘rsatish va ularni manzilli ijtimoiy himoya qilish maqsadida birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy ta’minot xizmatlari ko‘rsatuvchi idoralar va xizmatlar faoliyati bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatsin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
mahalliy budjet va uning orttirib bajarilgan qismidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj va yolg‘iz keksalarning turar joylarini ta’mirlash ishlarini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari S. Turdiyev zimmasiga yuklansin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-may,
340-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 340-son qaroriga
ILOVA
Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar
DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddatlari

Mas’ul

ijrochilar

I. Keksalarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lomlashtirish tadbirlari

1.

Fuqarolar yig‘inlarida keksa avlod vakillariga ko‘mak beruvchi “Nuroniylar e’zozimizda” ko‘ngilli patronaj yoshlar guruhlarini tashkil etish.

1. Yoshlar guruhini shakllantirish.

2. Joylarda keksalar va faxriylarni aniqlash.

3. Yoshlar guruhi tomo�idan ularning xolidan xabar olish, ularga zarur yordamlar ko‘rsatish.

2020-yil
1-iyunga qadar

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Nuroniylar uchun “Nuroniylar maskanlari” majmualarida, mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida, madaniyat uylarida va istirohat bog‘larida “Ehtirom, e’zoz, e’tibor” konsert dasturlarini tashkil etish.

1. Reja ishlab chiqish.

2020-yil iyundan boshlab,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Reja asosida yil davomida madaniy tadbirlarni tashkil qilish.

reja asosida

3.

Har yili oktyabr oyida “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2. Reja asosida amalga oshirish.

2020-yil oktyabrdan boshlab har yili

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Keksalarda surunkali, shu jumladan yashirin kechuvchi kasalliklarni erta aniqlash yo‘li bilan kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida:

7 — 9 nafar tor mutaxassislar (nevrolog, otorinolaringolog, oftalmolog va boshqalar), qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat guruhlar ishtirokida keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish;

chekka hududlarda joylashgan qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarga biriktirilgan 150 ming nafar keksalarni respublikaning ixtisoslashtirilgan joylardagi tibbiyot markazlari va oliy ta’lim tibbiyot muassasalarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

surunkali kasallikka chalingan keksalarni davriy dispanser ko‘rigidan (kasallik kechishiga ko‘ra har yili 2 — 6-marta) o‘tkazish.

1. Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2. Joylarda keksalar va faxriylarni aniqlash.

3. Chekka va borish qiyin bo‘lgan qishloq tumanlaridagi keksalarni

chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar bilan to‘liq qamrab olish.

4. Ularni ambulatoriya yoki statsionar sharoitda sog‘lomlashtirish.

2020-yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Ekologik jihatdan noqulay hududlar, (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari) shuningdek, olis va chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, shu jumladan keksalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, sog‘lomlashtirish maqsadida “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish.

1. Chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2. Keksalar va yolg‘iz qariyalar ro‘yxatini hududlar kesimida aniqlash.

3. Reja asosida hududlarga “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish.

2020-yil
iyun oyidan boshlab,
reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” fondi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun:

“Nuroniylar maskanlari” majmualarida, mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida maxsus to‘garaklar, shuningdek, ular uchun ommabop filmlar namoyishini hamda mumtoz musiqa asarlarini tinglash imkoniyatiga ega bo‘lgan qiziqishlar bo‘yicha muloqot klublarini tashkil etish;

har bir mahalla fukarolar yig‘inlari huzurida keksalar uchun yaqin atrofda joylashgan sport inshootlari, ta’lim muassasalarining sport zallari, oilaviy poliklinikalarning davolash-jismoniy tarbiya kabinetlari negizida doimiy ishlaydigan sog‘lomlashtirish guruhlarini tashkil etish.

1. Bajaruvchilarning tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2. Dastur asosida keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish.

3. Chekka va borish qiyin bo‘lgan qishloq tumanlaridagi keksalarni to‘liq qamrab olish va ularga har tomonlama ko‘mak berish.

2020-yil
iyun oyidan boshlab

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

II. Keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan tadbirlar

7.

Keksa harbiylar bilan maktab o‘kuvchilari o‘rtasida “Mening hayot yo‘lim” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish.

1. Bajaruvchilarning qo‘shma rejasini ishlab chiqish.

2. Reja asosida tadbirlarni tashkil qilish.

2020-yil
iyun oyidan boshlab

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

8.

“Temurbeklar” maktabi tarbiyalanuvchilari, harbiy xizmatchilar va keksa avlod vakillari o‘rtasida “Uch avlod” uchrashuvini tashkil etish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Reja asosida uchrashuvlarni tashkil qilish.

3. Unda keksa avlod vakillarining ishtirokini ta’minlash.

2020-yil
iyun oyidan boshlab,
reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

9.

“Jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda keksa avlod vakillarining o‘rni” mavzusida hududlarda seminarlar tashkil etish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Seminarni o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.

3. Reja asosida hududlarda seminarlar o‘tkazish.

2020-yil
iyul-avgust

Mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun:

mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida ular uchun ommabop filmlar namoyish qilish hamda mumtoz musiqa asarlarini tinglash imkoniyatiga ega bo‘lgan qiziqishlar bo‘yicha muloqot klublari tashkil etish;

har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida keksalar, nogironlar va aholining boshqa toifalari uchun yaqin atrofda joylashgan sport inshootlari, ta’lim muassasalarining sport zallari, oilaviy poliklinikalarning davolash-sog‘lomlashtirish xonalari negizida doimiy ishlaydigan sog‘lomlashtirish guruhlari tashkil etish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Joylarda keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

3. Keksalarning muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishini tashkil qilish.

2020-yil davomida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Mahallalarda keksalar va faxriylar o‘rtasida tonggi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish, shuningdek, “Har kuni 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish tadbirlarini uyushtirish.

1. Mahallalar kesimida reja ishlab chiqish.

2. Mahallalarda mashg‘ulot o‘tkazadigan sport murabbiylarini aniqlash.

3. Tadbirlarni muntazam ravishda tashkil qilish.

2020-yil davomida

Mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Keksa avlod vakillari uchun mamlakat bo‘ylab ziyoratlarni (sayohat) tashkil qilish yuzasidan tadbirlar

12.

Mamlakat bo‘ylab keksa avlod vakillarining sayohat qilishini rag‘batlantirish maqsadida “Keksalar uchun turizm oyligi”ni tashkil qilish.

1. Bajaruvchilarning tashkiliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2. Reja asosida respublikaning diqqatga sazovor qadamjolariga tashrifini tashkil qilish.

2020-yildan har yili noyabr oyida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Mahalla va oilaii ko‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Respublika hududlariga tashrif buyurgan keksa avlod vakillarining sayohati davomida jamoalarga yo‘nalish bo‘ylab har bir turistik va madaniy meros obyektlari hamda muqaddas qadamjolar va ularning tarixi haqida so‘zlab berish uchun ularga hamrohlik qilish bo‘yicha turizm sohasidan yaxshi xabardor bo‘lgan iqtidorli talabalar orasidan 50 nafardan kam bo‘lmagan ko‘ngilli hamrohlar (volontyorlar) ro‘yxatini shakllantirish va ularni keksa avlod vakillariga biriktirish.

1. Muqaddas maskanlar va ziyoratgohlar nomlarini aniqlash.

2. Ko‘ngillilar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Ko‘ngillilar asosida ularni tanlab olish va keksa avlod vakillariga biriktirish.

2020 yildan
reja asosida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Keksa avlod vakillari uchun moddiy madaniy meros obyektlari, muzey va teatrlarga kirish va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 50 foizgacha chegirmalar berish choralarini ko‘rish.

1. Reja ishlab chiqish.

2. Keksalar uchun belgilangan chegirmalarni joriy qilish.

2020 yildan
reja asosida

Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/340/0684-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)