OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 7-apreldagi 42-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1975, 2009-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Aktuar xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Aktuar hisoboti ikki nusxada tuziladi (buyurtmachi va aktuar tashkilot uchun bittadan), aktuar xizmatlarini bevosita koʻrsatgan aktuariy tomonidan imzolanadi va aktuar tashkilot rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi. Aktuar hisobotining varaqlari raqamlangan va tikilgan boʻlishi lozim.”.
2.
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Aktuar xulosasi ikki nusxada tuziladi (buyurtmachi va aktuar tashkilot uchun bittadan), aktuar xizmatlarini bevosita koʻrsatgan aktuariy tomonidan imzolanadi va aktuar tashkilot rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi. Aktuar xulosasining varaqlari raqamlangan va tikilgan boʻlishi lozim.”.
3. 26-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasiga (bundan buyon matnda Davsugʻurtanazorat deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4
. 27-banddagi “Davsugʻurtanazoratga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.