Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi
qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish sohasida maxfiylikdan chiqariladigan maʼlumotlar
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
3. Jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura boʻyicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida oʻlim holatlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
5. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qoʻllaniladigan mahkumlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.