Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Koʻrsatilgan
qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Kelishilgan moliya, soliq, valyuta va narx siyosatini oʻtkazishni taʼminlash, moliya tizimini mustahkamlash, budjet mablagʻlaridan, valyuta resurslaridan maqsadli foydalanish va narxlar ustidan nazoratning taʼsirini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida moliya boshqaruvi organlarining tashkiliy tuzilishini va narx belgilash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq”, undan keyin matn boʻyicha davom etadi.
“moliya-valyuta siyosatining asosiy qoidalarini shakllantirish, respublikaning valyuta rejasini (toʻlov balansini) tuzish va ijro qilish, valyuta resurslarini koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ularni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat oʻrnatish”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga valyuta rejasini tuzish va bajarish, valyuta resurslarining sarflanishini nazorat qilish vazifalari yuklatilganligi va ushbu maqsadlar uchun maxsus tarkibiy boʻlinmalar tuzish zarurligi munosabati bilan respublika moliya organlari xodimlarining cheklangan soni 50 kishiga, shu jumladan, Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlarining soni 20 kishiga koʻpaytirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliya organlarining tuzilgan tarkibiy boʻlinmalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin.