1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
[TSZ:
1.Moliya / Umumiy masalalar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING TUZILIShI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kelishilgan moliya, soliq, valyuta va narx siyosatini oʻtkazishni taʼminlash, moliya tizimini mustahkamlash, budjet mablagʻlaridan, valyuta resurslaridan maqsadli foydalanish va narxlar ustidan nazoratning taʼsirini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida moliya boshqaruvi organlarining tashkiliy tuzilishini va narx belgilash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(qarorning muqaddimasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-iyuldagi 356-sonli qarori tahririda)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yagona moliya, soliq va narx qoʻyish siyosatini shakllantirish va oʻtkazish, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning va aholini ijtimoiy himoya qilishning barqaror moliyaviy negizini barpo etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
moliya organlari, ularning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ularga oʻz vazifalarini amalga oshirishda metodik va amaliy yordam koʻrsatish;
respublika budjetini tuzish va bajarish, daromadlarni safarbar qilish, xalq xoʻjaligi tarmoqlari va ijtimoiy-madaniy sohaning respublika va mintaqaviy maqsadli kompleks dasturlarini moliyaviy taʼminlash, respublikaning yigʻma moliyaviy balansini tuzish ishlarini tashkil etish;
davlatning moliyani boshqarishini, moliya-kredit mexanizmini, moliya va budjetni rejalashtirish usullarini, soliq olish va narx belgilash tizimlarini takomillashtirish, uzoq muddatli moliyaviy normalar va normativlardan keng foydalanish, budjet resurslari va boshqa moliyaviy resurslardan foydalanishning xarajatlarning oʻsishiga qarshi koʻrsatilganligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
mahsulotlarning (ishlar, xizmatlar) ayrim turlariga narxlar va tariflarning chegaraviy darajalarini belgilash (ularni asta sekin erkinlashtira borib) yoʻli bilan narxlar va tariflarni boshqarish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
moliya bozorini barpo etish, qimmatdor qogʻozlar chiqarish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy jihatlari, respublika davlat ichki zayomlarini joylashtirish, lotereyalar oʻtkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
moliya-valyuta siyosatining asosiy qoidalarini shakllantirish, respublikaning valyuta rejasini (toʻlov balansini) tuzish va ijro qilish, valyuta resurslarini koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ularni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat oʻrnatish;
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-iyuldagi 356-sonli qarori tahririda)
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasidagi siyosatni amalga oshirish, yangi talablarni hisobga olgan holda uni takomillashtirish vazifalari yuklansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning 1-bandidan kelib chiquvchi vazifalarga muvofiq nazorat-taftish ishini aniq tashkil etishni va uni oʻtkazishni muvofiqlashtirishni taʼminlasin, uning amaliyligini va natijadorligini oshirsin. Shu munosabat bilan vazirlik markaziy apparatida nazorat-taftish Bosh boshqarmasi, shuningdek, vazirlikning nazorat-taftish boshqarmasi, uning joylardagi organlari hamda respublika vazirliklari va idoralarining nazorat-taftish xizmatlari negizida Moliya vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha nazorat-taftish boshqarmalari tuzilsin.
Respublika vazirliklari va idoralari bir oy muddat ichida nazorat-taftish xizmatlarining 454 nafardan iborat xodimlari sonini tegishli yillik ish haqi fondi bilan 1-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bersinlar.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari joylardagi narx organlarining xodimlari sonini va tegishli ish haqi fondlarini 2-ilovaga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga bersinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining tuzilishi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Moliya organlarining eng koʻp xodimlar soni 5323 nafardan, shu jumladan, Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlari soni 307 nafardan iborat qilib belgilansin (binoni qoʻriqlovchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Vazirlikning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat sugʻurtasi bosh boshqarmasi toʻla xoʻjalik hisobida va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplab ishlashi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Vazirning besh nafar oʻrinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat berilsin. Vazirlik hayʼati 11 kishidan iborat etib belgilansin, uning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-martdagi 69-sonli qarori tahririda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻziga berilgan yangi funksiyalar va vazifalarni hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni 10 kun muddat ichida ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlashga taqdim etsin.
7. Moliya organlari va nazorat-taftish apparati xodimlarini koʻp yillik xizmatlari va ish staji uchun 4-ilovaga muvofiq miqdorlarda bir martalik taqdirlash tartibi belgilansin. Yillik ish yakunlari yuzasidan oylik lavozim maoshidan kelib chiqib haq toʻlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan aniqlangan taftishlar va talon-toroj, oʻgʻirlik, kamomad, noqonuniy sarf-xarajatlar summasini tekshirish natijalari, davlat ulushidan dividendlarning budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi uchun penya va jarimalar boʻyicha budjet daromadiga tushumlarning 10 foizi hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etishga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 223-modda)
9. Toshkent shahar hokimi:
Moliya vazirligining yangi tuzilgan tarkibiy boʻlinmalarini 20 qavatli maʼmuriy binodagi davlat bosh soliq boshqarmasi egallab turgan joyga;
davlat bosh soliq boshqarmasini ilgari Davlat narxlar qoʻmitasi va Narx belgilash ilmiy-tadqiqot institutining Oʻrta Osiyo boʻlimi egallab kelgan Abay koʻchasi, 4-uydagi joyga joylashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga birkitilgan nomlardagi moddiy-texnika resurslarini respublikaning moliya organlari uchun belgilangan tartibda ajratishni nazarda tutsinlar.
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 9-oktabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR davlat sugʻurta organlari toʻgʻrisidagi Nizom 14-bandining birinchi xatboshi, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 4-maydagi 159, 1988-yil 3-noyabrdagi 413, 1989-yil 27-iyuldagi 241-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 15-oktabrdagi 257-son qarori, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 27-dekabrdagi 469-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari oʻrtoq B. S. Hamidovga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 11-fevral,
59-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 1-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIGA NAZORAT-TAFTISh APPARATLARINI BERUVChI VAZIRLIKLAR ROʻYXATI
Nazorat-taftish apparati xodimlarining soni
Shu jumladan, respublika apparati xodimlarining soni
Yillik ish haqi fondi (ming soʻm)
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
2
2
21,2
Sogʻliqni saqlash vazirligi
209
7
1550,7
Madaniyat vazirligi
44
4
361,1
Xalq taʼlimi vazirligi
192
4
1522,8
Mehnat vazirligi
2
2
18,9
Davlat teleradio kompaniyasi
3
3
27,9
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi
1
1
7,6
Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi
1
1
13,3
Jami:
454
24
3517,9
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 2-ILOVA
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIGA, VILOYAT, TOShKENT ShAHAR VA NOHIYA MOLIYA BOShQARMALARI (BOʻLIMLARI)GA BERILADIGAN QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHRIDAGI NARX BELGILASh ORGANLARI XODIMLARINING SONI VA ISh HAQI FONDI
Narx belgilash organlari xodimlarining soni
Yillik ish haqi fondi (ming soʻm)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
34
419,5
Andijon viloyati
39
648,0
Buxoro viloyati
38
402,1
Jizzax viloyati
24
225,4
Qashqadaryo viloyati
38
438,5
Namangan viloyati
40
447,6
Samarqand viloyati
53
588,0
Surxondaryo viloyati
26
348,4
Sirdaryo viloyati
18
221,1
Toshkent viloyati
24
267
Fargʻona viloyati
54
399,8
Xorazm viloyati
27
227,7
Toshkent shahri
38
406,0
Jami:
453
5039,1
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 3-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATINING TUZILIShI
Rahbariyat
1. Davlat budjeti va hududiy moliya yigʻma boshqarmasi
2. Istiqbolni belgilash va daromadlarni iqtisodiy tahlil qilish boshqarmasi
3. Xoʻjalik yuritishning yangi shakllari va buxgalteriya hisobi metodologiyasi boshqarmasi
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
5. Dehqonchilik-sanoat kompleksining moliya boshqarmasi
6. Sanoat, qurilish, transport, aloqa va uy-joy Kommunal xoʻjaligi moliya boshqarmasi
7. Boshqaruv, ijtimoiy rivojlanish va aholiga ijtimoiy madad berish organlarini moliyaviy taʼminlash boshqarmasi
8. Xizmat koʻrsatish sohalari, kooperativlar, qoʻshma va kichik korxonalar moliya boshqarmasi
9. Valyuta-iqtisodiyot boshqarmasi
10. Qimmatbaho metallar boshqarmasi
11. Bosh nazorat-taftish boshqarmasi
12. Ikkinchi boshqarma
13. Kadrlar boshqarmasi
14. Ishlar boshqarmasi
15. Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi tashkilotlar