toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yuritish tizimini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tashqi savdo kontraktlari va invoyslar boʻyicha maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar (belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olinganlar bundan mustasno) tashqi savdo kontraktlari, dalolatnomalar va invoyslar boʻyicha maʼlumotlarni elektron shaklda elektron raqamli imzodan foydalangan holda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Tizim) kiritadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
2. Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Tizimga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Qudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-may,
283-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga
1-ILOVA
Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) Oʻzbekiston Respublikasining valyutani nazorat qiluvchi organlari va banklarida tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
barter kontrakti — pul mablagʻlarida oʻzaro hisob-kitoblar qilmagan holda muayyan miqdordagi bir yoki bir necha turdagi tovarlarni (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boshqasiga almashtirish nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti bilan norezidenti oʻrtasida tuzilgan kontrakt;
import kontrakti — tovarlar (ishlar va xizmatlar) importi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti oʻrtasida tuzilgan kontrakt;
import qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar — tovarlar (ishlar va xizmatlar) importiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tashqi savdo kelishuvlarini (kontrakt, invoys) tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
invoys (hisob-faktura) — xalqaro tijorat amaliyotida sotuvchi tomonidan xaridorga taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlar roʻyxati, ularning miqdori va xaridorga yetkazib berilgan narxlari, tovarlarning rasmiy xususiyatlari, yetkazib berish shartlari, joʻnatuvchi va oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjat;
ishlar (xizmatlar) importi — xorijiy davlatning yuridik va jismoniy shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentiga ishlar bajarilishi (xizmatlar koʻrsatilishi), ularning bajarilish (koʻrsatilish) joyidan qatʼi nazar;
ishlar (xizmatlar) eksporti — eksport qiluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga ishlar bajarilishi (xizmatlar koʻrsatilishi), ularning bajarilish (koʻrsatilish) joyidan qatʼi nazar;
moliya agenti — pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish boʻyicha shartnomalar tuzish huquqiga (litsenziya) ega boʻlgan banklar va boshqa kredit hamda tijorat tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
norezidentning identifikatsiya kodi — import kontraktini tuzuvchi xorijiy hamkor va ushbu kontrakt boʻyicha tovar joʻnatuvchi norezidentlarga xalqaro yoki milliy standartlar asosida beriladigan yagona, takrorlanmas identifikatsiya raqami;
respublika hududida eksport kontrakti — eksport qiluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish nazarda tutilgan va ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berish uchun Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti bilan xorijiy valyutada toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan kontrakt;
sotib olish kontrakti — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti oʻrtasida tovarlarni bojxona hududiga olib kirmagan yoki tranzit tartibida olib oʻtgan holda sotib olish boʻyicha tuzilgan kontrakt;
sotish kontrakti — sotib olish kontrakti doirasida sotib olingan tovarlarni boshqa norezidentga sotish nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti oʻrtasidagi kontrakt;
tashqi savdo kontraktlari — Nizomning ushbu bandida keltirilgan eksport kontrakti, import kontrakti, barter kontrakti, respublika hududida eksport kontrakti, sotish kontrakti va sotib olish kontrakti;
(2-bandning toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
tovarlar importi — import kontraktiga muvofiq tovarlarni respublikaga olib kirib, “erkin muomalaga chiqarish (import)” yoki “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimlariga yoxud keyinchalik xorijga sotish maqsadida “bojxona ombori”, “erkin ombor” va “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish;
tovarlar eksporti — eksport kontraktiga muvofiq tovarlarni “eksport” bojxona rejimiga yoki bojxona hududiga avval olib kirilgan tovarlarni “reeksport” bojxona rejimiga yoxud “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimidan keyingi qayta ishlash operatsiyasi uchun “erkin ombor” bojxona rejimiga rasmiylashtirish;
faktoring — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qarzdorlik boʻyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar — Nizomning ushbu bandida keltirilgan tashqi savdo shartnomalarini (invoyslarni) tuzgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari;
eksport kontrakti — tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti oʻrtasida tuzilgan kontrakt;
eksport qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar — tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tashqi savdo bitimlari (kontrakt, invoys) tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
3. Tashqi savdo kontraktlari va invoyslar boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq identifikatsiya raqamlari shakllantiriladi.
2-bob. Tashqi savdo kontraktlari va invoysga qoʻyiladigan eng kam talablar
4. Tashqi savdo kontraktlarida quyidagi asosiy boʻlimlar va maʼlumotlar boʻlishi kerak:
a) Muqaddima. Kontraktning kirish qismida kontraktning tartib raqami, kontrakt tuzilgan joy va sana, yuridik shaxslarning toʻliq nomi, kontraktni tuzgan shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismi. Agar shaxs kontraktni ishonchnoma asosida tuzsa, bu kontraktning muqaddimasida koʻrsatiladi va ushbu ishonchnoma kontraktga ilova qilingan holda uning ajralmas qismi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi savdo kontraktini tuzgan tomon — xaridor bilan ushbu kontrakt boʻyicha toʻlovni amalga oshiruvchi yoki tovar (ish, xizmat ) qabul qilib oluvchi tomon farq qilsa, shuningdek, tashqi savdo kontraktini tuzgan tomon — sotuvchi bilan ushbu kontrakt boʻyicha tovarni joʻnatuvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi) tomon farq qilsa, kontraktda ular alohida koʻrsatilishi lozim;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 09/21/429/0654-son)
b) Kontraktning mavzusi. Ushbu boʻlimda tovarlar, ishlar va xizmatlarning nomi, shuningdek bitishuv turi koʻrsatiladi. Tovarning nomi bilan birgalikda uning tavsifi hamda miqdori va sifati boʻyicha assortimenti koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda tovarning umumiy qabul qilingan xalqaro standartlari, Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi tovar (xizmat) standartlari, shuningdek, xususiyati boʻyicha uning tipi, modeli, markasi, navi, turi va davlat roʻyxatidan oʻtganlik guvohnomasi (muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlsa) toʻgʻrisida maʼlumotlar ham koʻrsatilishi lozim.
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2024-y., 09/24/502/0644-son — 2024-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi)
Tovarning miqdori oʻlchovlarning metrik tizimida qabul qilingan xalqaro birliklarda ifodalanadi. Oʻlchov birligini aniqlashga Oʻzbekiston Respublikasida tasdiqlangan miqdorlarini belgilash va qoʻllash tartibiga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
Tovarning sifat tavsifi tovardan foydalanish uchun uning yaroqliligini aks ettiruvchi xossalar jamini belgilaydi. Shuningdek, TIF TN boʻyicha tovarning kodiga havola ham zarur.
Mashinalar, asbob-uskunalar va texnologik liniyalarni yetkazib berish uchun kontraktda ularning yangiligi yoki ulardan foydalanganligi holati koʻrsatiladi (foydalanilganlari uchun — eskirish foizi yoki foydalanish muddati);
v) Yetkazib berishning bazis shartlari (“Inkoterms” xalqaro qoidalari boʻyicha).
“Inkoterms”dan foydalanilganda yetkazib berish joyi (temir yoʻl stansiyasi, port, aeroport va boshqalarning nomi) koʻrsatilishi kerak (qisqartirilgan soʻzlarning bosh harflari bilan birgalikda);
g) Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish muddati yoki sanasi koʻrsatiladi.
Tovar yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish kontraktlariga muvofiq tovar yetkazib beruvchi — sotuvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tomonidan shartlashilgan muddatlarda tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishning oxirgi muddati tushuniladi;
d) Kontraktning umumiy summasi, tovarning oʻlchov birligidagi narxi koʻrsatiladi.
Tovarning oʻlchov birligi TIF TNdagi oʻlchov birligiga muvofiq belgilanadi.
Kontraktning umumiy summasi sotilayotgan tovar, ishlar va xizmatlarning qiymatini anglatadi. Ishlarni bajarishga va xizmatlar koʻrsatishga kontraktni tuzish paytida kontrakt summasini belgilash imkoni boʻlmagan oʻziga xos kontraktlar tuzilgan taqdirda kontraktning umumiy summasi koʻrsatilmaydi.
Yetkazib beruvchilar tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilishini, ular tomonidan xodimlarni oʻqitish xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatilishini, royalti toʻlanishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar, qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilishga (sotishga) tashqi savdo kontraktlari boʻyicha kontraktlarda (spetsifikatsiyalarda) bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar va royalti summasi alohida koʻrsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
e) Toʻlov shartlari. Kontraktdagi toʻlov shartlarida valyuta, toʻlov shakli va muddati belgilanadi. Tashqi savdo kontraktlari va invoyslarda toʻlov valyutasi tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi. Agar toʻlov valyutasi kontrakt valyutasidan farq qilsa, u holda valyutani qayta hisoblab chiqish kursi va ushbu kursni aniqlash manbai koʻrsatiladi;
(4-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 09/21/429/0654-son)
j) Tovarning kelib chiqishi, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joyi. Kontraktda yetkazib berilayotgan tovar kelib chiqqan mamlakat va ishlab chiqaruvchi, shuningdek, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joyi (mamlakati) koʻrsatiladi;
z) Tomonlarning javobgarligi. Qabul qilingan majburiyatlarning tomonlar tomonidan bajarilishini taʼminlovchi shartlar sifatida kontraktda, qoidaga koʻra, kontrakt majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar toʻlaydigan penya va/yoki jarima shaklidagi javobgarlik nazarda tutiladi. Aybdor tomonga zarar koʻrgan tomonning talabiga koʻra neustoyka toʻlash majburiyati yuklanadi;
i) Tomonlarning rekvizitlari. Kontrakt matnida tomonlarning rekvizitlari koʻrsatiladi. Pochta rekvizitlari, manzil, bank va yuklab joʻnatish rekvizitlari koʻrsatiladi;
k) Barter kontraktlarida import tovarlarni jadal yetkazib berishni yoki muqobil bank kafolatlari taqdim etishni nazarda tutuvchi shartlar majburiy tartibda hisobga olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
l) Tashqi savdo kontraktining matni davlat tilida yoki tomonlarning kelishuviga koʻra boshqa tilda bayon qilinishi kerak. Bunda, tashqi savdo kontrakti davlat tilidan boshqa tilda tuzilgan boʻlsa, ushbu kontrakt matni davlat tiliga tarjima qilinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.
(4-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 09/21/429/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Kontrakt shartlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qoʻshimcha bitim bilan qayd etilishi kerak hamda kontraktlar bilan boʻlgani singari tartibda “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Tizim) kiritiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublikaga tovarlarni olib kirish nazarda tutilgan kontraktlarga yoki invoyslarga qoʻshimchalar kiritilib, ularga muvofiq xorijiy hamkor mamlakat Erkin savdo rejimini yaratgan holda, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar roʻyxatida qayd etilgan davlatdan ushbu roʻyxatda keltirilmagan boshqa davlatga oʻzgargan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar ushbu qoʻshimchalar haqidagi maʼlumotlar Tizimga kiritilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida kontrakt boʻyicha toʻlov amalga oshirilmagan qismi doirasida “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan soʻnggi bojxona yuk deklaratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish boʻyicha davlat bojxona xizmati organlariga murojaat etishlari shart.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda ushbu kontraktlar boʻyicha mablagʻlar (moliyaviy tranzaksiyalar) bojxona yuk deklaratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) eksport va import kontraktlarini tuzmasdan, invoyslar asosida eksport va import qilishga, shuningdek, ushbu invoyslar boʻyicha tijorat banklari orqali xorijiy sheriklar bilan oʻzaro toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga ilovada keltirilgan tovarlarni eksport qilish hollari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda eksport tovarlari, ishlar va xizmatlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga oldindan toʻlov 50 foiz tushgandan soʻng amalga oshirilishi, import tovarlari, ishlar va xizmatlar esa ular boʻyicha toʻlovlar xorijiy sherikka oʻtkazilmasdan avval amalga oshirilishi lozim.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlarning eksport va importi boʻyicha maʼlumotlar dalolatnoma tuzilgan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirilmagan muddatda;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi savdo shartnomasi boʻyicha ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish dalolatnomalarining nusxasi Tizimga biriktirilganda, ishlar bajarilgan va xizmatlar koʻrsatilgan deb hisoblanadi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur band talablariga rioya qilmaslik hamda Tizimda shartnoma maʼlumotlarini notoʻgʻri shakllantirish eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish sifatida baholanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ushbu bob talablariga rioya etilishi uchun masʼuliyat xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olinganlar bundan mustasno) yuklanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)
3-bob. Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuzilgan tashqi savdo kontraktlari va invoyslar bajarilishi ustidan zarur nazoratni taʼminlash hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar, valyutani nazorat qiluvchi organlar, tovar-xomashyo birjasi, gʻaznachilik boʻlinmalari va tijorat banklari oʻrtasida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha Tizim orqali axborot ayirboshlash maqsadida joriy etiladi.
Bunda Yagona gʻazna hisobvaragʻi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tashqi savdo kontraktlari boʻyicha toʻlovlarning amalga oshirilishi boʻyicha tegishli maʼlumot Tizimga gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan kiritiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tizim real vaqt rejimida ishlaydi va unda ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan maʼlumotlar aks ettiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
11. Tijorat banklari:
Oldingi tahrirga qarang.
avans toʻlovlar (oldindan haq toʻlash) amalga oshirilishida yoki akkreditiv ochishda;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 09/21/429/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
avans toʻlovi (oldindan toʻlangan haq) tushganligi, akkreditiv ochilganligi, bank kafolati rasmiylashtirilganligi, eksport kontraktini sugʻurtalash boʻyicha polis berilganligi toʻgʻrisidagi belgilangan tartibda berilgan hisob-kitob maʼlumotnomalarini Tizimda rasmiylashtirishda Tizimdagi maʼlumotlarni (shu jumladan, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarning xulosasi mavjudligini) solishtiradilar, ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Bunda hisob-kitob maʼlumotnomasi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga ilovada keltirilgan tovarlarni eksport qilishda rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kontrakt bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Tizimga kiritilgan maʼlumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlmagan taqdirda, banklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu kontrakt boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshiradilar.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda oldindan toʻlov kafolatlangan tovarlarni eksport qilish nazarda tutilgan kontraktlar va invoyslar boʻyicha hisob-kitob maʼlumotnomalari Tizimga tovarlarning bojxona rasmiylashtiruviga qadar kiritilishi lozim.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi savdo kontraktlarining shartlariga, shu jumladan, tovarlar qismiga qoʻshimcha kelishuvlarsiz oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi. Bundan, Tizimda kontrakt maʼlumotlarini notoʻgʻri shakllantirilganlik holatlari mustasno.
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday holatda, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan notoʻgʻri shakllantirilgan maʼlumotlar toʻgʻrilanib, kontraktlar kabi Tizimga kiritiladi. Notoʻgʻri shakllantirilgan maʼlumotlar tijorat banklari va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Kiritilayotgan oʻzgartirishlarning kontrakt ijrosida amalga oshirilgan toʻlovlarga taʼsiri tijorat banklari tomonidan, rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalariga taʼsiri davlat bojxona xizmati organlari tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Ushbu oʻzgartirishlarning kiritilishi kontrakt ijrosida muqaddam rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari maʼlumotlarini oʻzgartish zaruratini keltirib chiqargan taqdirda, bojxona yuk deklaratsiyalari belgilangan tartibda amaldagi qonunchilikka muvofiq qayta rasmiylashtirilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 266-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilarning tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirish maqsadida gʻaznachilik boʻlinmalari toʻlovlarni amalga oshirishda yoki akkreditiv ochishda, Tizimdagi maʼlumotlarni kontrakt shartlari bilan taqqoslaydi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan Tizimga kiritilgan maʼlumotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlmagan taqdirda, gʻaznachilik boʻlinmalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu kontrakt boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiradilar.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarorining 2-bandi “v” kichik bandida koʻrsatilgan meʼzonlarga mos keluvchi strategik, budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar, chet el grantlari va tashqi qarzlar, davlat ishtirokidagi korxonalar, davlat ahamiyatidagi loyihalar va davlat xaridlariga oid tashqi savdo kontraktlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi va roʻyxatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining bojxona postlari xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan Tizimga kiritilgan kontrakt (shu jumladan, invoys) maʼlumotlarini “erkin muomalaga chiqarish (import)”, “eksport” bojxona rejimlaridagi bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlari bilan, shuningdek, tijorat banklar tomonidan Tizimga kiritilgan hisob-kitob maʼlumotnomasida koʻrsatilgan valyuta miqdorini toʻlov kafolatlangan tovarlarning eksport qiymatiga nisbatan muvofiqligi yoki ortiqligi bilan solishtiradilar hamda farqlar mavjud boʻlmaganda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtiradilar, ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Bunda eksportga bojxona rasmiylashtiruvi, toʻlov kafolatlangan tovarlardan tashqari, Tizimga hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarsiz amalga oshiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Hisob-kitob maʼlumotnomasi asosida eksport qilinishi belgilangan tovarlar “eksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirilayotganda tovarlarning umumiy faktura qiymati hisob-kitob maʼlumotnomasida koʻrsatilgan qiymatdan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Quyidagilarga:
toʻlov import qiluvchining oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan bir xoʻjalik yurituvchi subyektning ikki va undan ortiq import kontraktlari doirasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga;
xoʻjalik yurituvchining ikki va undan ortiq eksport kontraktlari doirasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tashqi savdo kontrakti boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan, agar qonunchilik hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankidagi hisob varagʻi orqali amalga oshirilishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tashqi savdo operatsiyalari doirasida xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda va internet-resurslarda reklama berish xizmatlari uchun chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari orqali kalendar oyida 5 000 (besh ming) AQSH dollaridan oshmagan miqdorda toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bunda, toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga kiritiladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tizimga maʼlumot kiritishda xorijiy ijtimoiy tarmoq, internet-resurs nomi va u roʻyxatdan oʻtgan davlat, reklama xizmati koʻrsatuvchi xorijiy tashkilot nomi, toʻlov sanasi va summasi, xizmat koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjat raqami, sanasi va summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishi lozim.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Bunda, koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha xorijiy tashkilot tomonidan hujjat taqdim etilmagan hollarda, xizmat koʻrsatish sanasi oyning oxirgi sanasi deb hisoblanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi 207-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2023-y., 09/23/207/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
161. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda — IT-park) rezidentlariga reklama xizmatlari va dasturiy taʼminotdan foydalanishga boʻlgan obunalar uchun korporativ bank kartalari orqali toʻlovlarni kalendar yil davomida eksport tushumlari doirasida, biroq 500 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlashga ruxsat etiladi. Bunda:
a) reklama Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan 100 milliondan ortiq auditoriyaga ega axborot resurslari va tizimlarida (shu jumladan, veb-saytlar, platformalararo resurslar, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar) joylashtirilishi talab etiladi;
b) reklama xizmatlari va dasturiy taʼminotdan foydalanish obunasi boʻyicha ommaviy oferta va invoyslar, shuningdek, toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “E-contract” tashqi savdo axborot tizimiga kiritiladi;
v) umumiy summasi 5 ming AQSH dollarigacha boʻlgan ommaviy oferta, invoys va toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “E-contract” tashqi savdo axborot tizimiga kiritilishi talab etilmaydi hamda ushbu xarajatlar debitorlik qarz sifatida hisobga olinmaydi.
162. IT-park rezidentlari tomonidan yaratilgan dasturiy mahsulotlar obunasi uchun xorijiy davlatlardan kelib tushadigan toʻlovlarni “E-contract” tashqi savdo axborot tizimiga kiritmagan holda, ommaviy oferta orqali qabul qilishga ruxsat beriladi.
(161, 162-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Eksport qiluvchilar qonunchilik hujjatlarida boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, Tizimga invoyslar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar kiritilib, tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati toʻliq toʻlangandan keyin va eksport qiluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobraqamlariga mablagʻlar tushgandan soʻng tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) bojxona yuk deklaratsiyasi asosida Internet jahon axborot tarmogʻidagi onlayn doʻkonlar orqali eksport qilishga haqli.
Bunda 5000 (besh ming) AQSH dollarigacha boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron tijorat orqali bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan, Tizimga axborot kiritmasdan, pochta xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga muvofiq realizatsiya qilinishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Eksport qiluvchilar Tizimga invoyslar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar kiritilib, tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati 50 foiz toʻlangandan keyin va eksport qiluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobraqamlariga mablagʻlar tushgandan soʻng tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) (xom ashyo tovarlaridan tashqari) eksport kontraktisiz invoys asosida eksport qilish huquqiga ega.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda maʼlumotlarni Tizimga kiritmasdan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat beriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
19. Eksport qiluvchilar tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportini, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha ayrim tovarlardan tashqari, Internet tarmogʻining elektron savdo maydonchalari vositasida eksport kontrakti tuzmasdan va tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti uchun bank vositachilik haqi olinmasdan amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirish boʻyicha davlat bojxona va soliq xizmatlari organlari hamda tijorat banklari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Davlat bojxona xizmati organlari, tijorat banklari va Tizimga ulangan boshqa idoralar oʻz vakolatlari doirasida tizimdagi mavjud axborotni ruxsat berilmagan foydalanishdan, maʼlumotlarni buzishdan yoki tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yoki davlatga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa xatti-harakatlardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak.
Davlat bojxona xizmati organlari, tijorat banklari va Tizimdagi mavjud maʼlumotlardan foydalanadigan boshqa idoralarning rahbarlari va boshqa xodimlari mazkur maʼlumotlarni oshkor qilish, ulardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanish, shuningdek, shu jumladan, axborotni himoya qilishning belgilangan qoidalarini buzish oqibatida uchinchi shaxslarning maʼlumotlarni olishiga imkoniyat yaratish huquqiga ega emas.
Tizimdagi mavjud axborotni himoya qilishning belgilangan qoidalari buzilganligi, ulardan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yoki davlatga zarar yetkazilishiga olib kelgan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanganligi uchun idoralarning aybdor rahbarlari yoki boshqa xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tizimdan foydalanuvchining tashabbusi yoki taklifi bilan Tizimni dasturiy taʼminlashga oʻzgartirishlar kiritish yoki hisobot shakllarini joriy etish zarur boʻlgan taqdirda, Tizimni dasturiy taʼminlashga oʻzgartirishlar va hisobot shakllari mazkur oʻzgartirishlar tashabbuskori boʻlgan idora hisobidan moliyalashtiriladi.
Bunda Tizimga kiritiladigan oʻzgartirishlar yoki hisobot shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank hamda Tizimning huquqiy egasi boʻlgan davlat organi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
4-bob. Tashqi savdo operatsiyalarining amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
22. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo kontraktlari va invoyslari monitoringi valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari tomonidan Tizim orqali amalga oshiriladi.
Bunda valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari oʻrtasida Tizimda shakllangan maʼlumotlarni oʻzaro talab etish taqiqlanadi.
Tizimda sotib olish kontrakti sotish kontrakti bilan oʻzaro bogʻliq holda monitoring qilinadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Tovarlarni respublikaga olib kirib, “erkin muomalaga chiqarish (import)”, “bojxona hududida qayta ishlash” yoki keyinchalik xorijga sotish maqsadida “bojxona ombori”, “erkin ombor”, “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimlaridan biriga rasmiylashtirish, shuningdek, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish yoxud ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarni qaytarish muddati import kontraktlari boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Bunda tovarlarning shartnoma ijrosida aks etishi bojxona yuk deklaratsiyasining bitim xususiyati bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Eksport kontrakti boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlar boʻyicha “eksport”, “reeksport” yoki keyingi qayta ishlash uchun “erkin ombor” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan sanadan, xizmatlar (ishlar) boʻyicha bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak.
Bunda tovarlarning shartnoma ijrosida aks etishi bojxona yuk deklaratsiyasining bitim xususiyati bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan 241-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 19-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
241. Sotib olish kontrakti boʻyicha tovarlar sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni Tizimga kiritish yoki ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarni qaytarish muddati toʻlov amalga oshirilgan sanadan boshlab 180 kundan ortiq boʻlmasligi kerak. Bunda tovarlar sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar sifatida yuk joʻnatuvchi davlatning eksport deklaratsiyasi va tovarning kuzatuv hujjatlari asos boʻladi.
Sotish kontrakti boʻyicha tushum tushishi tovarlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni Tizimga kiritilgan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak. Bunda tovarlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida yuk qabul qiluvchi davlatning import deklaratsiyasi va tovarning kuzatuv hujjatlari asos boʻladi.
Sotib olish kontrakti boʻyicha toʻlangan pul mablagʻlari miqdoridan sotish kontrakti boʻyicha kelib tushgan pul mablagʻlarining miqdori kam boʻlmasligi lozim.
Tizimga tovarlar sotib olinganligi yoki sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi maʼlumotlarni kiritish va ularning nusxalarini biriktirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda sotib olish va sotish kontraktlari boʻyicha Tizimga biriktirilgan deklaratsiyalar va tovarning kuzatuv hujjatlaridagi yuk qabul qiluvchi va yuk joʻnatuvchilar oʻzaro muvofiq boʻlishi lozim.
Tizimga biriktirilgan hujjatlar mazkur band talablariga muvofiqligi bojxona organlari tomonidan tasdiqlangandan soʻng ular haqidagi maʼlumotlar Tizimda aks etadi.
Bunda sotib olish va sotish kontraktlari doirasida belgilangan tartibda taqiq va cheklovlar oʻrnatilgan tovarlar boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
25. Eksport kontraktlari boʻyicha toʻlovlar vakil banklar orqali amalga oshirilgan va vakil bankning bank vositachilik haqi eksport qiluvchining hisob raqamiga tushuvchi mablagʻlar hisobiga toʻlanadigan hollarda, u debitorlik qarz sifatida hisobga olinmasligi, balki eksport qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinishi kerak.
Avans toʻlovlar boʻyicha mablagʻlar qaytarib berilganda yoki vakil bankning bank vositachilik haqi import qiluvchining mablagʻlari hisobiga toʻlanganda import kontraktlari boʻyicha tovarlar toʻliq yetkazib berilmagan hollarda, u debitorlik qarz sifatida hisobga olinmasligi, balki import qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Eksport shartnomalari boʻyicha toʻlovlar uchinchi shaxslar, yaʼni eksport shartnomasi boʻyicha invoys (hisob-faktura) asosida yetkazib beruvchining pullik huquqlarini berish asosida debitorlik qarzlarini sotib olgan yoki yetkazib beruvchiga eksportoldi moliyalashtirishni amalga oshirgan moliya agentlari (investorlar) tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, uchinchi shaxs-investorlar tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy xizmat uchun ushlab qolinadigan mukofotlash haqi miqdori tegishli eksport kontraktlari boʻyicha debitorlik qarzi hisoblanmaydi. Bunday hollarda tegishli eksport kontraktlaridan tushadigan valyuta miqdori uchinchi shaxs-investorlarning mukofotlash haqi miqdorida kamaytiriladi va yetkazib beruvchilar balansining xarajatlar qismida hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda mavjud eksport kontrakti boʻyicha debitorlik qarzdorligini sotib olish toʻgʻrisidagi shartnoma Tizimda roʻyxat olinmaydi.
(25-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yengib boʻlmas kuch taʼsiri yuzaga kelganda aktivlarni repatriatsiya qilish muddati yengib boʻlmas kuchning taʼsir muddatiga uzaytiriladi. Yengib boʻlmas kuch taʼsiri holatlari yuz berganligi ushbu hodisa oʻzida sodir boʻlgan davlatning qonunchiligiga muvofiq vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Eksportga oid kontraktning sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta tovoni summasi rezidentlarning hisobvaragʻiga kelib tushganda (milliy va (yoki) xorijiy valyutalarda) jarima qoʻllash maqsadida mazkur eksportga oid kontrakt boʻyicha debitor qarzdorlik summasi kelib tushgan sugʻurta tovoni summasiga kamaytiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya agentlari rezident boʻlganda, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga eksport kontrakti boʻyicha valyuta mablagʻlarini oluvchi sifatida kiritiladi hamda aktivlarni repatriatsiya qilish toʻgʻrisidagi talabning bajarilishini taʼminlash majburiyati mazkur moliya agentlariga oʻtadi.
(25-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Moliya agentlari norezident boʻlganda, aktivlarni repatriatsiya qilish toʻgʻrisidagi talabning bajarilishini taʼminlash majburiyati eksport qiluvchida qoladi. Bunda eksport kontraktlari boʻyicha debitor qarzdorlikni sotib olish shartnomasi asosida norezident moliya agentidan mablagʻ kelib tushganda, aktivlarni repatriatsiya qilish toʻgʻrisidagi talab bajarilgan hisoblanadi.
Koʻrsatilgan xizmatlar uchun moliya agentlari tomonidan ushlab qolinadigan pul talabnomasi summasining 10 foizidan ortiq boʻlmagan miqdordagi mukofot puli (diskont) debitorlik qarzi sifatida hisobga olinmaydi.
Bunday hollarda tegishli eksport kontraktlaridan tushadigan valyuta miqdori moliya agentlarining mukofot puli (diskont) miqdorida kamaytiriladi va yetkazib beruvchilar balansining xarajatlar qismida hisobga olinadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan yettinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Xizmatlar eksportini amalga oshiruvchi va import qiluvchining mamlakatida koʻrsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlardan (foydadan) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar toʻlagan eksport qiluvchilar oʻzining tijorat bankiga ushbu soliqlar chet elda toʻlanganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani taqdim etadilar. Bunda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlangan summa kontrakt boʻyicha debitorlik qarz sifatida hisobga olinmaydi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ushbu soliqlar asossiz toʻlanganligi, ularning kamaytirilganligi yoki qaytarilganligi holatlari aniqlangan taqdirda kontrakt boʻyicha debitorlik qarz tiklanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Tashqi savdo kontraktlari boʻyicha aktivlar repatriatsiya qilinishini (chet eldan xorijiy valyutadagi mablagʻlar kelib tushishini yoki ushbu Nizomda koʻrsatilgan bojxona rejimlarida tovarlar respublikaga olib kirilishi va rasmiylashtirilishini, ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishini yoki mablagʻlarning qaytarilishini) mazkur Nizomning 23, 24 va 241-bandlarida belgilangan muddatlarda taʼminlamagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 111-moddasida belgilangan jarimani toʻlaydilar.
Quyidagi hollarda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha debitor qarzdorlik muddati oʻtgan hisoblanmaydi:
asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni yetkazib berish muddatlari ularning texnik tavsiflariga hamda oʻziga xos xususiyatiga qarab bir yuz sakson kundan ortiq etib belgilangan importga oid kontraktlar boʻyicha yetkazib berish muddati davrida;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan importga oid kontraktlarda yoki mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlangan importga oid kontraktlarda belgilangan muddatlar buzilmagan boʻlsa;
investitsiya loyihalari doirasida tuzilgan kontraktlar boʻyicha loyihalashtirish, asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni yetkazib berish, shuningdek, asbob-uskunalarni oʻrnatish hamda qurilish-montaj ishlari bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni (xizmatlarni) koʻrsatish yuzasidan importga oid kontraktlarda belgilangan muddatlar buzilmagan boʻlsa.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 551-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/551/0706-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Ushbu Nizomning 27-bandida keltirilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga davlat soliq xizmati organi tomonidan jarima qoʻllash toʻgʻrisida talabnoma (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) yuboriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 09/21/429/0654-son)
Talabnoma yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻliq nomi;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
talabnoma sanasi, raqami;
tashqi savdo kontrakti identifikatsiya raqami;
kontrakt turi;
xorijiy sherik nomi, davlati;
valyuta turi;
muddati oʻtgan debitorlik qarz yuzaga kelgan sanasi, summasi;
Markaziy bank tomonidan belgilangan valyuta kursi va sanasi;
muddati oʻtgan debitorlik qarzning soʻmdagi qiymati;
talabnoma olinganidan soʻng xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan koʻriladigan choralar va muddati;
muddati oʻtgan debitorlik qarz bartaraf etilmagan taqdirda qoʻllaniladigan choralar.
Talabnoma xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki uning vakiliga olganligi va olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim, soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlgan taqdirda, u orqali yuborilishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda u joʻnatilgan kundan eʼtiboran besh kun oʻtganidan soʻng topshirilgan, shaxsiy kabinet orqali yuborilganda esa keyingi ish kuni xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilib olingan kun deb hisoblanadi.
Talabnomada jarima summasi uni joʻnatish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta kursi boʻyicha soʻmda hisoblanadi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organiga talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddatda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklarning bartaraf etilganligi yoki jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlab berilganligi haqidagi maʼlumot(lar)ni yozma yoki elektron shaklda tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 551-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/551/0706-son)
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklar ixtiyoriy ravishda toʻlab berilmagan yoxud toʻlashni rad etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi jarima qoʻllash haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi.
Ariza kiritish sanasida xorijiy valyuta kursi oʻzgargan taqdirda, talabnomada koʻrsatilgan summa qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Arizada koʻrsatilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha valyuta mablagʻlarining tushishi yoki tovarlarning respublikaga olib kirilishi hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishi taʼminlangan taqdirda:
jarima qoʻllash masalasi sudda koʻrib chiqilayotgan paytda — arizani qanoatlantirish qisqartirilishi taʼminlangan qarzdorlik miqdoriga mutanosib ravishda rad etiladi;
sud hujjati qonuniy kuchga kirmagan vaqtda — ijroga qaratilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Moliyaviy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng 120 kun ichida arizada koʻrsatilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha toʻliq miqdorda aktivlar repatriatsiya qilinishi taʼminlangan taqdirda — toʻlangan jarima summasining 75 foizi qaytarib beriladi.
(28-bandning yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 551-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/551/0706-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda undirilgan mablagʻlar xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasi asosida bank hisobvaragʻiga qaytarib beriladi. Agar, undirilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi depozit hisobvaragʻida saqlanayotgan boʻlsa, Majburiy ijro byurosi tomonidan qaytarib beriladi.
(28-bandning yigirma oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning yigirma toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning oʻttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng davlat soliq xizmati organi xoʻjalik yurituvchi subyektning shaxsiy varaqasida qoʻllanilgan jarima summasini hisobga oladi.
Hisobga olingan jarima summasi soliq qarzi sifatida eʼtirof etilib, belgilangan tartibda majburiy undiruv choralari koʻriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tashqi savdo operatsiyalarida xorijiy sheriklar tomonidan oldindan oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tovarlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirish (shu jumladan, “reeksport” yoki “erkin ombor” bojxona rejimiga rasmiylashtirish), ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish yoxud Oʻzbekiston Respublikasiga import qilingan tovarlar (shu jumladan, “bojxona ombori”, “erkin ombor”, “erkin bojxona zonasi”, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar), bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali pul mablagʻlarini oʻtkazish muddati 365 kundan oshib ketmasligi kerak.
Bunda ushbu muddat tovarlarni eksport (shu jumladan, “reeksport” yoki “erkin ombor”) bojxona rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish xorijiy sheriklar tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida qayd etilgan kundan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali pul mablagʻlarini oʻtkazish xorijiy sheriklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan tovarlar erkin muomalaga chiqarish (import) (shu jumladan, “bojxona ombori”, “erkin ombor”, “erkin bojxona zonasi”, “bojxona hududida qayta ishlash”) bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan, shuningdek, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab hisoblanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tijorat banklari, budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar, Gʻaznachilik boʻlinmalari va davlat bojxona xizmati organlari tegishli axborot Tizimga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi uchun javob beradilar.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
31. Davlat bojxona xizmati organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarning kelib tushishi yoki yuklab joʻnatilishi toʻgʻrisidagi bojxona yuk deklaratsiyalari maʼlumotlari Tizimga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi uchun javob beradilar, tovarlarni olib kirish va olib chiqish boʻyicha maʼlumotlarni hamda ular boʻyicha amalga oshirilgan bojxona toʻlovlarini tahlil etadilar, shuningdek, bojxona yuk deklaratsiyalari maʼlumotlarining elektron bazasi Tizimga oʻz vaqtida qoʻshilishini taʼminlaydilar;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirish mexanizmlarini aniqlash hamda barham berish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi boshqa jinoyatlarni ochish boʻyicha tezkor-tahliliy va qidiruv chora-tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/604/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/604/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/604/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushum qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda tushmaganligi yoki toʻliq tushmaganligi yoxud import boʻyicha tovarlar toʻliq tushmaganligi (ishlar va xizmatlar bajarilmaganligi) (avans toʻlovi qaytarilganligi) holatlari toʻgʻrisidagi axborot Tizimda shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq va bojxona xizmatlari organlari tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun Tizim maʼlumotlaridan foydalanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
5-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Tashqi savdo kontraktlari va invoyslarga identifikatsiya raqamlarini berish
TARTIBI
1. Ushbu Tartib tashqi savdo kontraktlari va invoyslarga identifikatsiya raqamlari berish qoidalarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tashqi savdo kontraktlari va invoyslarga identifikatsiya raqamlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Tizim) ushbu Tartib talablariga muvofiq zarur axborotni kiritish orqali beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tizimda identifikatsiya raqamlari quyidagi tartibda shakllantiriladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

31

32

A

B

V

G

D

“A” qismi 9 ta raqamdan iborat boʻlib, tashqi savdo kelishuviga oid hujjat boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshirayotgan tijorat bankining STIRi koʻrsatiladi. Tashqi savdo kontrakti birja (yarmarka)da tuzilgan taqdirda, “A” qismida ushbu birja (yarmarka)ning STIRi koʻrsatiladi.
“B” qismi (import qiluvchi/eksport qiluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining) yuridik shaxslar uchun STIRni, jismoniy shaxslar uchun JSHSHIRni ifoda etadigan 14 ta raqamdan iborat boʻladi. Bunda STIR ifoda etilgan taqdirda, STIRdan keyin 5 ta “0” qoʻyiladi.
“V” qismi 2 ta raqamdan iborat boʻlib, yilning oxirgi 2 ta raqami koʻrsatiladi (masalan: 2019 boʻlsa, unda 19 koʻrsatiladi).
“G” qismi tashqi savdo operatsiyalarini ifoda etadigan 2 ta raqamdan iborat boʻladi, yaʼni:
01 — eksport kontrakti;
02 — import kontrakti;
03 — barter kontrakti;
09 — respublika hududida eksport kontrakti;
14 — invoys asosida eksport;
15 — invoys asosida import.
Oldingi tahrirga qarang.
18 — sotib olish kontrakti;
19 — sotish kontrakti;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“D” qismi kontrakt yoki invoysning Tizim tomonidan avtomatik ravishda beriladigan tartib raqamini ifoda etadigan 5 ta raqamdan iborat boʻladi.
(3-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tizimda tashqi savdo kontraktlari va invoyslarning tartib raqamlari har yilning boshida 00001 raqami bilan boshlanadi. Bunda identifikatsiya raqamlari har bir kontrakt va invoys uchun alohida beriladi. Tashqi savdo kontrakti birjada (yarmarkada) tuzilgan boʻlsa, identifikatsiya raqami birjada (yarmarkada) roʻyxatga olish jurnali (reyestri) boʻyicha beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
5. Tashqi savdo kontraktlari va invoyslarning identifikatsiya raqamida ushbu Tartibda nazarda tutilmagan ajratish belgilari (kasr, tire, nuqta, vergul va boshqalar) qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring va nazorat olib borish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


 

1-bosqich

“E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimiga (Tizim):

1. Xoʻjalik yurituvchi subyekt*

1. Tuzilgan tashqi savdo kontraktlari va invoyslar hamda davlat roʻyxatidan oʻtganlik guvohnomalari (muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlsa);

1. Tashqi savdo operatsiyalari boshlanguniga qadar

2. Birja (yarmarka)

2. Birja (yarmarka)da tuzilgan kontraktlarni kiritish.

2. Kontrakt birja (yarmarkada) tuzilgandan soʻng 1 ish kuni mobaynida


 

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (qonunchilikda belgilangan hollarda)*

Import kontraklarini kompleks ekspertiza qilish.*

20 kun ichida*

Tizimga valyuta va tovarlar harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni:

1. Tijorat banklari, Gʻaznachilik boʻlinmalari, tovar-xomashyo birjasi

1. Kontrakt va invoyslar boʻyicha valyuta mablagʻlarning harakati toʻgʻrisida axborotlarni;

1. Hisob-kitoblar amalga oshirilganda onlayn tarzda kelib tushadi

2. Davlat bojxona xizmati organlari

2. Kontrakt va invoys boʻyicha bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlarini;

2. Tovarlar tushganda yoki yuklab joʻnatilganda onlayn tarzda kelib tushadi

3. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar

3. Ishlar va xizmatlar dalolatnomasini kiritish.

3. Dalolatnoma tuzilgan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirilmagan muddatda


 

3-bosqich

Valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari

Amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalari ustidan taalluqliligi boʻyicha oʻz vakolati doirasida monitoring va nazoratni amalga oshirish.

Doimo


 

4-bosqich

Davlat bojxona xizmati organlari va tijorat banklari

Bojxona va valyuta qonunchiligi, hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi buzilishi alomatlari aniqlanganda axborotni soliq organlariga taqdim etish.

Holatlar aniqlanganda

har oy yakuni boʻyicha

* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarorida belgilgan tartibda kontraktlar ekspertizadan oʻtkaziladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi
AXBOROT
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
1. Kontrakt boʻyicha umumiy axborot*:
Oldingi tahrirga qarang.
import qiluvchi (eksport qiluvchi)ning nomi va rekvizitlari, shu jumladan, STIR yoki JSHSHIR;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
xorijiy sherikning nomi va uning rekvizitlari;
kontraktning sanasi va tartib raqami;
kontrakning ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq turi;
kontraktning predmeti (tovar yoki ishlar va xizmatlar);
kontraktning umumiy summasi;
kontraktning valyutasi;
toʻlov valyutasi;
tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish shartlari va muddatlari;
toʻlov shartlari;
qoʻshimcha bitimlarning sanasi va tartib raqami;
bajarilgan ishlar va/yoki koʻrsatilgan xizmatlarning dalolatnomalari;
kontrakt boʻyicha operatsiyalarni tugallash.
Bunda dalolatnoma haqidagi axborotga quyidagilar kiritiladi:
dalolatnoma raqami va sanasi;
koʻrsatilgan ishlar va xizmatlarning turi;
koʻrsatilgan ishlar va xizmatlarning oʻlchov birligi va hajmi;
koʻrsatilgan ishlar va xizmatlarning qiymati;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
faktoring operatsiyasi toʻgʻrisida axborot (faktoring sanasi, tartib raqami, moliya agenti nomi faktoring summasi);
(1-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan 1-bandning yigirma birinchi xatboshsining chiqarilish sanasi 2025-yil 19-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sotib olish kontraktlari boʻyicha tovarlar sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
sotish kontraktlari boʻyicha tovarlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
norezidentning identifikatsiya kodi.******
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan yigirma birinchi, yigirma ikkinchi va yigirma uchinchi xatboshlari bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
2. Invoys boʻyicha umumiy maʼlumot*:
Oldingi tahrirga qarang.
import qiluvchi (eksport qiluvchi)ning nomi va rekvizitlari, shu jumladan, STIR yoki JSHSHIR;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
xorijiy sherikning nomi va uning rekvizitlari;
invoysning sanasi va tartib raqami;
invoysning ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq turi;
invoysning predmeti (tovar yoki ishlar va xizmatlar);
invoys summasi;
invoys valyutasi;
3. Birja (yarmarka) kontraktlari Tovar-xom ashyo birja va koʻrgazma-yarmarkasi**:
Oldingi tahrirga qarang.
import qiluvchi (eksport qiluvchi)ning nomi va rekvizitlari, shu jumladan, STIR yoki JSHSHIR;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
xorijiy sherikning nomi va uning rekvizitlari;
kontrakning sanasi va tartib raqami;
kontrakning ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq turi;
kontraktning predmeti;
kontraktning umumiy summasi;
kontraktning valyutasi;
toʻlov valyutasi;
qoʻshimcha bitimlarning sanasi va tartib raqami;
mablagʻlar harakati toʻgʻrisidagi axborot.
4. Mablagʻlar harakati toʻgʻrisidagi axborot***:
toʻlov sanasi va summasi;
toʻlov topshirigʻining sanasi va tartib raqami;
akkreditiv ochish sanasi, tartib raqami, summasi va muddati hamda uning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborot;
berilgan kafolatning sanasi, tartib raqami, summasi va muddati, kafilning nomi va kafolat bajarilganligi toʻgʻrisidagi axborot;
berilgan sugʻurta polisining sanasi, tartib raqami, summasi va muddati, sugʻurta kompaniyasining nomi;
kontraktlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar;
debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobdan chiqarish;
jazo jarimalari va norezidentning daromadiga soliq toʻlash;
xorijiy bankning vositachilik haqi;
Oldingi tahrirga qarang.
faktoring operatsiyasining sanasi, tartib raqami va summasi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
5. Tovarlar yuklab joʻnatilganligi va tushganligi toʻgʻrisidagi axborot****:
tovarning nomi va TIF TN boʻyicha kod;
tovarning miqdori;
tovar kelib chiqqan mamlakat;
bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sana va uning tartib raqami;
tovarning faktura, bojxona va statistika qiymati;
bojxona rejimi;
oʻlchashning qoʻshimcha birligi, kodi (zarurat boʻlganda);
tovarning ogʻirligi;
tashqi savdo kontrakti va invoys boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt va xorijiy sherik nomi va rekvizitlari.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Faktoring xizmati*****:
moliya agenti nomi;
STIR raqami;
faktoring operatsiyasining sanasi;
tartib raqami;
faktoring summasi;
faktoring summasini amal qilish muddati;
faktoring xizmatini bajarilishi toʻgʻrisidagi axborot.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
* Maʼlumotlar xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kiritiladi.
** Tovar-xom ashyo birja va koʻrgazma-yarmarkasi tomonidan kiritiladi.
*** Tijorat banklari tomonidan kiritiladi.
**** Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilgandan soʻng kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
***** Moliya agenti tomonidan kiritiladi.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 19-may)
Oldingi tahrirga qarang.
******2026-yil 1-apreldan ixtiyoriy, 2027-yil 1-yanvardan majburiy tartibda;
(izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh. Tizimda tashqi savdo kontraktlarini va invoyslarni ijro etish bilan bogʻliq toʻldiriladigan boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
(izoh qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda):
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona yuk deklaratsiyalari asosida maʼlumotlarning elektron bazasini shakllantiradi hamda tovarlarning kelib tushishi yoki yuklab joʻnatilishi toʻgʻrisidagi axborotlarning Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi uchun javob beradi”.
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkaziladigan va roʻyxatga olinadigan import kontraktlari boʻyicha maʼlumotlarni xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish ushbu Markazning tegishli xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi”;
g) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
e) 2-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 21-iyuldagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 74-modda):
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 31-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “uch” soʻzi “besh” soʻzi bilan almashtirilsin;
1-bandning “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5-bandning “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qaror bilan tasdiqlangan Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Elektron deklaratsiya avtomatlashgan tartibda bojxona organlarining axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi yoki tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona organi xodimlari oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda hujjatlarda mavjud maʼlumotlarning ishonchliligiga deklaratsiyalovchi shaxs javobgardir”;
b) 5-bandning oltinchi xatboshidagi “qoʻllashi mumkin” soʻzlari “qoʻllaydi” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. BYDni toʻldirish hamda elektron deklaratsiyalarni avtomatik holda roʻyxatga olish va rasmiylashtirish, shuningdek, taqsimlash tizimi ishlashi tartibi DBQ tomonidan belgilanadi”;
g) 14-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bojxona organlari xodimlari elektron deklaratsiyalarning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi uchun shaxsan javob beradilar, bojxona organlarining axborot tizimi tomonidan rasmiylashtirilgan elektron deklaratsiyalar bundan mustasno”;
3-bosqich blokining “Tadbirlar” ustuni 3-qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Dastlabki tekshiruv natijasida kamchiliklar aniqlanmasa, YAAAT BYDni rasmiylashtirish uchun qabul qilib, avtomatlashgan tartibda rasmiylashtiradi yoki rasmiylashtirish uchun bojxona xodimlariga taqsimlaydi”;
1-pozitsiyaning “Vakolatli organ nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyiha va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi” DUK” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyaning “Vakolatli organ nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

7.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish, sotib olish, saqlash, olib yurish, tashish, sotish, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash hamda koʻrgazmaga qoʻyish uchun ruxsatnoma.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

”;

9 va 10-pozitsiyaning “Vakolatli organ nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 171-pozitsiyasi qoʻshilsin:

171.

Ekologik sertifikat.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

”.

5. Vazirlar Mahkamasining “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-oktabrdagi 829-son qaroriga 2-ilovada:
a) 3-pozitsiyaning “Vakolatli organning nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

5.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish, sotib olish, saqlash, olib yurish, tashish, sotish, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash hamda koʻrgazmaga qoʻyish uchun ruxsatnoma.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

”.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorining 4 va 6-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 32-33-son, 251-modda) 2-ilovaning 38-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 34-36-son, 264-modda) 1-ilovaning 45-bandi “b” kichik bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ–1604-son qarori)” 2011-yil 20-oktabrdagi 284-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 42-son, 455-modda) ilovaning 3-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartibotlarni liberallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son qaroriga 2-ilovaning (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 2-son, 24-modda) 6-bandi “a” va “b” kichik bandlari.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 37-son, 485-modda) 1-ilovaning 36-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 22-maydagi OʻRQ-385-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 8-sentabrdagi 259-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 36-son, 477-modda) ilovaning 2-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son qarori)” 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 52-son, 647-modda) 1-ilovaning 5-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qarori)” 2016-yil 27-fevraldagi 57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 9-son, 91-modda) ilovaning 3-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni)” 2016-yil 26-dekabrdagi 414-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 52-son, 604-modda) ilovaning 2-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 7-iyuldagi 477-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 28-son, 654-modda) ilovaning 2-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qarori)” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 29-son, 693-modda) ilovaning 16-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 33-son, 863-modda) 1-ilovaning 26-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-son Qonuni)” 2017-yil 1-dekabrdagi 960-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 49-son, 1197-modda) ilovaning 5-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qarori)” 2018-yil 8-yanvardagi 16-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2-son, 27-modda) 1-ilovaning 8-bandi.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini ragʻbatlantirish va raqobatbardoshligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmoni)” 2018-yil 9-fevraldagi 102-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son qarori)” 2018-yil 20-apreldagi 297-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 16-son, 337-modda) ilovaning 1-bandi.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son qarori)” 2018-yil 26-iyuldagi 583-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 17-oktabrdagi PQ-3978-son qarori)” 2019-yil 13-martdagi 216-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 3-son, 37-modda) ilovaning 2-bandi.
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoni)” 2019-yil 30-martdagi 269-son qaroriga ilovaning 3-bandi “b” kichik bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 8-son, 179-modda) ilovaning 7-bandi.
26. Vazirlar Mahkamasining “Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 829-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
27. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 30-maydagi PQ-4348-son qarori)” 2019-yil 10-oktabrdagi 860-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 10-son, 246-modda) ilovaning 1-bandi.
28. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoni)” 2019-yil 21-oktabrdagi 886-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 10-son, 258-modda) ilovaning 3-bandi.
29. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 15-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587; 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son; 15.04.2021-y., 09/21/216/0337-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 09/21/429/0654-son, 07.10.2021-y., 09/21/623/0939-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son; 15.10.2022-y., 09/22/604/0929-son; 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son; 20.05.2023-y., 09/23/207/0288-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 31.10.2023-y., 06/23/185/0814-son; 24.08.2024-y., 09/24/502/0644-son; 12.09.2024-y., 09/24/551/0706-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son; 18.02.2025-y., 09/25/77/0155-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son; 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)