1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-296-sonli
Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 249-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1)
nomidagi va
1-moddadagi “doimiy propiska qilinishi” degan soʻzlar “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
belgilanishidagi va
nomidagi “doimiy propiska qilinishi” degan soʻzlar “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“2. Qarindoshlar — oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga yoki xususiy mulki boʻlgan boshqa uy-joy maydoniga.
3. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalar — vasiy (homiy), tutingan ota-ona doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga”;
4-bandidagi “doimiy propiska qilingan” degan soʻzlar “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Er (xotin) — xotini (eri) doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga”;
6-bandidagi “doimiy propiskaga ega boʻlgan” va “boshqa manzil boʻyicha doimiy propiska qilinish” degan soʻzlar tegishincha “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” va “boshqa manzilga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-bandidagi “doimiy propiskaga ega boʻlgan” va “boshqa manzil boʻyicha doimiy propiska qilinish” degan soʻzlar tegishincha “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” va “boshqa manzilga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar — doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganida”;
9,
10 va
11-bandlaridagi “mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida joylashgan davlat hokimiyati organlarida, davlat boshqaruvi organlarida, xoʻjalik birlashmalarida va boshqa davlat tashkilotlarida besh yil mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari), shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan bolalari)”;
izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.