|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Maktabgacha ta’lim muassasalarida elementar matematika asoslarini o‘qitish sifatini oshirish | ||||
|
Bunda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limning elementar matematika asoslarini o‘qitish, tarbiyalanuvchilarda ilk matematik tasavvurni takllantirish bo‘yicha tizimli va keng qamrovli ishlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin shaxsan mas’ul etib hisoblanadi. | ||||
|
1. |
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ularning yoshiga muvofiq ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish. |
1. Bolalarning elementar matematika to‘g‘risidagi tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish. 2. O‘rganilgan xorijiy tajriba asosida elementar matematika bo‘yicha maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik qo‘llanmasini ishlab chiqish hamda ularni o‘zaro muvofiqlashtirish. 3. O‘quv-metodik majmua asosida bolalarning elementar matematika tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni tayanch maktabgacha ta’lim muassasalarida tajriba sinov tariqasida o‘tkazish. 4. Tajriba sinov natijalari bo‘yicha “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida elementar matematika bo‘yicha o‘quv dasturini va o‘quv-metodik qo‘llanma ishlab chiqish. 5. Elementar matematika bo‘yicha zamonaviy o‘quv didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, didaktik o‘yinlar, elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish. 6. Elementar matematika bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv-metodik qo‘llanma asosida barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini tashkil qilish. 7. “Ilk qadam” va “Ilm yo‘li” o‘quv dasturlari doirasida elementar matematika bo‘yicha onlayn-mashg‘ulotlar bazasini yaratish va ommalashtirish. 8. Maktabgacha ta’lim tizimidagi malaka oshirish kurslarida mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchilarga bolalarning elementar matematika bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rgatish. |
2021-yil 1-oktabr
|
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov) |
|
II. Umumta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitish sifatini oshirish | ||||
|
Bunda, umumta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklarni sodda va tushunarli tilda tayyorlash, hududlarda matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini samarali tashkil etish va Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan yaqindan hamkorlikda yoshlarni xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov shaxsan mas’ul hisoblanadi. | ||||
|
2. |
Matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi o‘rinlarda — Ixtisoslashtirilgan maktablar) moddiy-texnik bazasini yaxshilash. |
1. Ixtisoslashtirilgan maktablar binolari, moddiy-texnik va o‘quv-metodik ta’minotining amaldagi holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazish. 2. Xatlov natijasi bo‘yicha: Ixtisoslashtirilgan maktablarning bino-inshootlarini ta’mirlash, ularga qo‘shimcha bino qurish; Ixtisoslashtirilgan maktablarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, kompyuter sinfi, masofaviy tarzda onlayn dars o‘tish asbob-uskunlari bilan jihozlash, o‘quv-metodik, shu jumladan elektron darslik va multimedia materiallari bilan ta’minlash; Ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik va o‘quv-metodik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha hisob-kitob qilish va moliyalashtirish manbalari yuzasidan takliflar tayyorlash. 3. Tayyorlangan takliflarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 4. Tahlil natijasida zarur deb hisoblangan qurilish-ta’mirlash ishlarini kelgusi yillar uchun shakllantiriladigan investitsiya dasturlariga kiritish chorasini ko‘rish. 5. “Zamonaviy maktab” dasturi talablari asosida Ixtisos?ashtirilgan maktablar zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash. 6. Ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik va o‘quv-metodik jihatdan ta’minlash ishlariga soha bo‘yicha ilg‘or xorijiy moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rish. |
2020-yil 1-sentabr
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Qo‘chqorov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. |
Matematika fanidan dars berayotgan o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish. |
1. Matematika fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish. 2. Malaka oshirish kurslariga akademiklar va oliy ta’lim muassasalarining matematika kafedrasi professor-o‘qituvchilarini jalb etish. |
2020-yil 1-iyul
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Matematika instituti (Ayupov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov) |
|
5. |
Matematika fanidan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy etish. |
1. Matematika fanidan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlashtirish tizimiga qo‘yiladigan talablar, sertifikat sohiblariga imtiyoz berishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil 1-iyun
|
Davlat test markazi (Karimov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov) |
|
6. |
Maktab o‘quvchilari orasida Al-Xorazmiy nomidagi respublika va hududiy olimpiadalarni o‘tkazish. |
1. Al-Xorazmiy nomidagi respublika va hududiy fan olimpiadalarni o‘tkazish tartibini tasdiqlash hamda respublika komissiyasi va ishchi guruhlarni tuzish. 2. Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda olimpiada topshiriqlarini tayyorlash va olimpiadani ochiq va x?lis tarzda o‘tkazish. |
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab |
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov) |
|
7. |
Matematika fani o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, oddiy va tushunarli yozilgan ommabop darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashr etish. |
1. Matematika fanining o‘quv dasturlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish. 2. Matematika fani bo‘yicha yangi va tushunarli tilda yozilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etish rejasini tasdiqlash. |
2020-yil 1-avgust
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), |
|
8. |
Ixtisoslashtirilgan maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturlash tillariga o‘qitishni tashkil qilish hamda o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining IT-akademiyasida tahsil olishlari uchun yo‘llanma berish. |
1. Ixtisoslashtirilgan maktablarni yuqori tezlikdagi internetga ulash. 2. Ixtisoslashtirilgan maktablarning 7 — 11 sinflari o‘quvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturlash tillariga o‘qitishni tashkil qilish. 3. O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining IT-akademiyasida tahsil olishlari uchun maxsus chegirmalar asosida yo‘llanma berish tizimini yaratish. |
2020-yil 1-sentabr
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
9. |
Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Ustozlar kengashi”ni tashkil etish. |
1. Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Ustozlar kengashi”ning tarkibini shakllantirish va nizomini ishlab chiqish. 2. Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Ustozlar kengashi”ni tashkil etish. |
2020-yil 1-sentabr
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov) |
|
10. |
Oliy ta’lim muassasalari qoshidagi litsey (gimnaziya)lar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish. |
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida joylashgan Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi faoliyatini tugatgan akademik litsey negizida Nukus davlat pedagogika institutining matematikaga ixtisoslashtirilgan maktabini tashkil etish choralarini ko‘rish. 2. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashgan gimnaziya faoliyatini qayta tiklash. |
2020-yil 1-avgust |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev) |
|
III. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish | ||||
|
Bunda, iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida matematika fanlarining soatlar hajmini ko‘paytirish, yangi va ta’lim bozorida talabgor mutaxassisliklarni ochish hisobidan yoshlarni matematika ta’limi bilan qamrov darajasini oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov shaxsan mas’ul hisoblanadi. | ||||
|
3.1. Matematika yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash va o‘qitish sifatini oshirish | ||||
|
11. |
Yuqori malakali matematik kadrlarni grant asosida tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini oshirish. |
1. Matematik kadrlarni grant asosida tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 2. Matematika bo‘yicha qabul parametrlarini oshirish choralarini ko‘rish. |
2020-yil 15-may
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Qo‘chqorov) |
|
12. |
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida “Aktuar va moliyaviy matematika” magistratura mutaxassisligini ochish. |
1. “Aktuar va moliyaviy matematika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish. 2. Talabalarni kadrlar buyurtmachilari tashkilotlarida doimiy amaliyot o‘tashlarini ta’minlash. 3. Bitiruvchilarning kadrlar buyurtmachi tashkilotlarida ishga joylashuvi yoki ilmiy-tadqiqotlarni davom etishlari uchun zarur choralar ko‘rish. 4. Malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari mazmunini Markaziy bank va Moliya vazirligi tavsiyalariga asosan shakllantirish. |
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Markaziy bank (Nurmuratov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov) |
|
13. |
Respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash. |
1. Oliy ta’lim muassasalarida “Mexanika 2. Tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga “muhandis-matematik” va “matematika-mexanika o‘qituvchisi” qo‘sh (dual) kvalifikatsiyalarini berishni yo‘lga qo‘yish. |
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiy taraqqiyot |
|
14. |
Matematik ta’limda fanlararo integratsiyani ta’minlash. |
1. Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining muayyan aniq sohalarda amaliy masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ta’lim dasturlarini fanlar (yo‘nalishlar)aro integrativ prinsip asosida ixtisoslashtirilgan tartibda ishlab chiqish va joriy etish. 2. “Matematik iqtisodiyot”, “Matematik biologiya”, “Matematik fizika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. |
2020-yil 1-iyul
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiy taraqqiyot |
|
15. |
Matematika sohasi bo‘yicha iqtidorli talabalarning bo‘sh vaqtlari mazmunli hamda samarali o‘tkazilishini tizimli yo‘lga qo‘yish. |
1. O‘zbekiston milliy universiteti, Qoraqalpoq, Buxoro, Namangan, Samarqand va Urganch davlat universitetlarida matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni aniqlash. 2. Matematika sohasi bo‘yicha iqtidorli talabalar uchun xorijiy va respublika oliy ta’lim muassasalari talabalarini jalb etgan holda yozgi maktablarni tashkil etish va doimiy ravishda o‘tkazib borish. |
2020-yil iyun
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov), O‘zbekiston Matematika jamiyati (A’zamov) |
|
16. |
Matematika fani o‘quv-metodik dasturi mazmun va mohiyatini sohalarga moslashtirish. |
Muhandis-texnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida oliy matematika kursining o‘quv yuklama hajmlarini, o‘quv dasturi mazmunini sohalarning amaliy vazifalariga muvofiqlashtirib ishlab chiqish va joriy etish. |
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar, Matematika instituti (Ayupov), O‘zbekiston Matematika jamiyati (A’zamov) |
|
17. |
“Maktabgacha ta’lim” va “Boshlang‘ich ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari matematika fani dasturining bugungi kun talablari asosida qayta ishlab chiqish. |
1. “Maktabgacha ta’lim” va “Boshlang‘ich ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari matematika fani dasturlarini xorijiy ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish. 2. “Maktabgacha ta’lim” va “Boshlang‘ich ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari matematika fani dasturida asosiy e’tiborni mantiqiy fikrlash va o‘yinlar ko‘rinishidagi masalalarni yechishga qaratgan holda soddalashtirish. |
2020-yil 1iyul
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov), O‘zbekiston Matematika jamiyati (A’zamov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
18. |
Oliy matematika fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar hajmini oshirish. |
1. Oliy ta’lim muassasalarida tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan o‘quv rejalarida “Oliy matematika” fanini to‘liq o‘zlashtirish uchun yangi “Sonlar nazariyasi”, “Matematik modellashtirish”, “Graflar nazariyasi” qismlarini kiritish. 2. 2020/2021 o‘quv yilidan “Oliy matematika” fani bo‘yicha o‘qish muddatini fandagi mavjud ayrim qismlar soatini ko‘paytirish hisobidan |
2020-yil iyul
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
19. |
Matematika fani bo‘yicha o‘quv adabiyotlari (darsliklar)ni turli dasturlar va umumiy metodologik asosda hamda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari yordamida tushuntiruvchi real misollar, grafik materiallar asosida tayyorlash. |
1. Muhandis-texnika, tabiiy fanlar, gumanitar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun matematika fanidan alohida universal darslik yaratishga tanlov va turli grantlar e’lon qilish. 2. Gumanitar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan matematika fani dasturlarini qayta ko‘rib chiqish 3. Matematika fani bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari asosidagi animatsiyalar, grafik materiallar asosida o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr etish. |
2020-yil 1-iyul
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
20. |
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining matematik fanlar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini iqtisodiyotning real sohasidagi texnologiyalarda, shuningdek, amaliy hamda ilmiy faoliyatda qo‘llay olishini ta’minlash. |
1. Mutaxassislikka bevosita aloqasi bo‘lmagan fanlarni qisqartirish. 2. Qisqartirilgan fanlar hisobidan muhandis-texnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida yangi “Kompyuterli matematik tizimlar” fanini kiritish. |
2020-yil iyun-iyul 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
21. |
Respublika oliy ta’lim muassasalarini matematika sohasi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash. |
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga matematika mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini to‘liq davlat granti asosida tasdiqlash. |
2020-yil iyun |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Qo‘chqorov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), kadrlar iste’molchisi bo‘lgan tarmoq vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari |
|
22. |
Matematika sohasida stajirovka tizimini yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida tashkil etish. |
1. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganish. 2. O‘zbekiston milliy universiteti, Qoraqalpoq, Buxoro, Namangan, Samarqand va Urganch davlat universitetlarida respublika oliy ta’lim muassasalari matematika o‘qituvchilarining stajirovkalarini tashkil etish. |
2020-yil 1-avgust
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
23. |
Matematika fani o‘qituvchilarining tayyorgarlik darajasi, dars berish mahorati va metodikasini bilish darajasini muntazam oshirib borish. |
1. Matematika o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: mustaqil ishlashga o‘rgatish metodikasini kiritish; multimedia va axborot texnologiyalarini dars mashg‘ulotlarida faol qo‘llashni o‘rgatish, amaliy mashg‘ulotlar salmog‘ini oshirish. 2. O‘quvchilarga maktab dasturi mavzularini mustaqil o‘rganishlari uchun elektron resurslar va dasturiy platformalar ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish sharoitlar yaratish. |
2020-yil may — iyul 2020-yil iyun oyidan boshlab |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), O‘zbekiston matematika jamiyati (A’zamov), Matematika instituti (Ayupov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
24. |
Talabalarda tizimli tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish. |
Talabalarda tizimli tahlilni o‘z sohasi va hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tegishli fanlarning o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish. |
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov) |
|
25. |
Kasb-hunar maktablarida matematika fani dasturini ishchi kasblarning xususiyatlarini hisobga olgan ishlab chiqish. |
1. Matematika fanining umumiy o‘rta ta’lim tizimi bilan uzviyligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirib o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha kasb-hunar maktablari uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish. 2. Matematika fani o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishinimonitoring qilish. |
2020-yil 1-avgust
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov) |
|
3.2. Matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish | ||||
|
26. |
Oliy ta’lim tizimida matematika ta’limi va fani (fundamental, amaliy va innovatsion) rivojlanishini tanqidiy tahlil qilish. |
1. Oliy ta’lim tizimida matematika ta’limi va fani rivojlanishi holatini o‘rganish va tahliliy materiallar tayyorlash. 2. Tahliliy materiallar asosida 2020 — 2023-yillarda oliy ta’lim tizimida matematika fanini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va tizimli amalga oshirish. |
2020-yil 1-iyun
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), O‘zbekiston Matematika instituti (Ayupov), O‘zbekiston matematika jamiyati (A’zamov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
27. |
Oliy ta’lim muassasalarida matematika ilmiy maktablarini shakllantirish va matematika kadrlarining ilmiy salohiyatini oshirish. |
1. Matematika fanini o‘qitishda dunyoda yuz berayotgan yangiliklar asosida fan dasturlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi hamda mavjud muammolarga tez va to‘g‘ri yechim topishga yordam beruvchi ilmiy maktablarni shakllantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekiston va xorijda faoliyat olib borayotgan olimlardan iborat Matematiklar kengashini tashkil etish. |
2020-yil 20-may
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov), O‘zbekiston Matematika jamiyati (A’zamov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
28. |
Matematika sohasidagi ilmiy natijalar xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidagi ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi, xalqaro matematiklar ilmiy hamjamiyatiga yetkazilishi va ular tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash. |
1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ta’lim va fan sohasidagi ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, natijalar xalqaro darajada e’tirof etilishiga erishish uchun sharoitlarni kengaytirish maqsadida dunyo universitetlari reytingini belgilovchi Times Higher Education (THE), Quacquarelli Symonds (QS), Academic Ranking of World Universities (ARWU) Shanxay reyting agentliklari hamda yirik ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish va ular bilan tuziladigan har birining miqdori 300 ming AQSH dollaridan oshmaydigan shartnomalarni istisno tariqasida davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida e’lon joylashtirmasdan va elektron savdolarsiz, tendersiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirish va to‘lovlarni vazirlikning Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirish huquqini berish. 2. Yoshlarni doktorantura va magistraturada tahsil olishlari imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi matematika sohasida alohida tanlovlarni tashkil qilish. |
2020-yil 1-avgust
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar, Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov) |
|
29. |
Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilingan talabalarning ilmiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning ilmiy faoliyatga bo‘lgan motivatsiyasini rivojlantirish. |
1. Oliy ta’lim muassasalarining matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan matematika bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari magistraturada matematika mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga davlat granti asosida qabul qilish. 2. O‘zbekiston Milliy Universiteti, Buxoro va Samarqand davlat universitetlarida umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman — viloyat (shahar) — oliy ta’lim muassasasi) matematika fani bo‘yicha olimpiada o‘tkazish va 1 — 3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni mazkur oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari hisobidan o‘qishga qabul qilish. 3. Matematika fani bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, matematika fani bo‘yicha talabalar uchun to‘garaklar olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga o‘quv yili davomida oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maoshlariga 25 foizi miqdorida ustama haq to‘lab berilishini ta’minlash. |
2020-yil sentabr
|
Moliya vazirligi (Ishmetov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sodiqov) |
|
30. |
Matematika fanini raqamli texnologiyalar asosida yoshlar o‘rtasida ommalashtirish. |
Yoshlar o‘rtasida matematika faniga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning matematika sohasidagi iqtidorini rivojlantirish va metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida Internet tarmog‘ida “Yosh matematiklar portali”ni tashkil qilish va uning doimiy faoliyatini ta’minlash. |
2020-yil 15-sentabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), |
|
IV. Matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish | ||||
|
Bunda, fizik-matematika yo‘nalishidagi ilmiy tashkilotlarda matematika ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy kadrlarni tayyorlash, stajyor-tadqiqotchilik institutining samaradorligini ta’minlash va matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliy muammolar bilan bog‘liqligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev shaxsan mas’ul hisoblanadi. | ||||
|
31. |
Matematika sohasidagi olimlar va yosh tadqiqotchilarni xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash. |
1. Olimlar va yosh tadqiqotchilarning xorijda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish xarajatlarini moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlar moliyalashtiriladigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq tadbirlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadqiqotchilarni jalb qilish uchun e’lon qilish. 4. Jamg‘armaning yillik xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtirishni amalga oshirish. |
2020-yil 1-iyun
|
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Markaziy bank (Nurmuratov) va tijorat banklari |
|
32. |
Matematika institutining ilmiy va hisoblash asbob-uskunalarini xarid qilish dasturlarini amalga oshirish. |
1. Ilmiy va hisoblash asbob-uskunalarini xarid qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. 2. Takliflarni Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritish. 3. Xaridlarni amalga oshirish. |
Har yili noyabr oyida Grafik asosida |
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
33. |
Yirik ilmiy maktablar faoliyatini kengaytirish va ularning barqaror rivojlanishini ta’minlash. |
1. Hududlarda Matematika instituti bo‘linmalarini tashkil qilish. 2. Tashkil etiladigan har bir bo‘linmaga matematika sohasidagi ilmiy maktab rahbari bo‘lgan akademikni biriktirish. |
2021-yil 1-yanvar |
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
34. |
Prezident maktablarida akademiklar ma’ruzalarini muntazam ravishda tashkil qilish. |
1. Matematika, fizika va texnika sohasidagi akademik va olimlarni Prezident maktablariga biriktirish. 2. Ma’ruzalar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Ma’ruzalarni o‘tkazish. |
2020-yil 1-avgust
|
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Boboxo‘jayev) |
|
35. |
Matematika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish, ularning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish. |
1. Iqtisodiyot tarmoqlarining matematik yechimni talab etadigan muammolar va jarayonlarini modellashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish va ularni shakllantirish. 2. Muayyan muammo yechimiga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzularini ishlab chiqish. 3. Amaliy natijaga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish. |
2020-yil 1-iyul
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov) |
|
36. |
Ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibini joriy qilish. |
1. Mavjud ilmiy tadqiqot muassasalari ro‘yxatini shakllantirish. 2. Ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari va metodikasini ishlab chiqish. 3. Baholash metodikasi asosida Hukumatning tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish. 4. Ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va reytingini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil 1-iyun
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev) |
|
37. |
Olimlarning “Noyabr o‘qishlari” akademik seminarlarini tashkil qilish. |
1. Yil davomida yuqori natijalarga erishgan olimlar ruyxatini shakllantirish va ushbu ro‘yxatni akademiklik uchun nomzodlar zaxirasi sifatida Fanlar akademiyasi Prezidiumida tasdiqlash. 2. Nukus, Urganch, Samarqand, Navoiy, Farg‘ona shaharlarida ma’ruzalar va natijalarni muhokama qilish. |
Har yili noyabr oyida |
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov) |
|
V. Matematika sohasida ta’lim olayotgan va ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash | ||||
|
Bunda, matematika sohasidagi ilmiy faoliyatni va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvini ta’minlash,ilmiy-taqiqot ishlarining natijalarini amaliyotga joriy etish uchun O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov shaxsan mas’ul hisoblanadi. | ||||
|
38. |
Matematika sohasida faoliyat yurituvchi yosh olimlar uchun ilmiy loyihalarni kengaytirish. |
1. Iqtisodiyot tarmoqlarining matematik yechimni talab etadigan muammolar va jarayonlarini modellashtirish bo‘yicha ehtiyojlari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarining mavzularini ishlab chiqish. 2. Amaliy natijaga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish. |
2020-yil 1-iyul
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov) |
|
39. |
Matematika ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik T.A. Sarimsoqov nomidagi stipendiyani joriy etish. |
1. Jamg‘arma tomonidan stipendiyani belgilash tartibini ishlab chiqish va tanlov komissiyasi tarkibini Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash. 2. Tanlovni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash. |
2020-yil 20-may
|
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov) |
|
40. |
Iqtidorli yoshlarni Yoshlar akademiyasi faoliyatiga jalb etish. |
1. Iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha bo‘lgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalarni saralash bo‘yicha tanlov e’lon qilish va o‘tkazish. 2. Iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yangilab borish. |
2020-yil 1-avgust
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
41. |
Talabalarning matematika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini rag‘batlantirish. |
1. Talabalarning xalqaro olimpiadalarda qatnashish xarajatlarini moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash. 2. Jamg‘arma mablag‘lari tomonidan ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar moliyalashtiriladigan xalqaro olimpiadalar ro‘yxatini tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq xalqaro olimpiadalarda qatnashmoqchi bo‘lganlarning buyurtmalarini qabul qilish. 4. Jamg‘armaning yillik xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtirishni amalga oshirish. |
2020-yil 1-iyun
|
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
42. |
Yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan amaldagi va kelgusidagi talab asosida matematika bo‘yicha doktoranturaga qabul qilish parametrlarini shakllantirish tizimi bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
1. Doktoranturaga qabul qilish parametrlarini shakllantirish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish. 2. Doktoranturaga qabul kvotalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish. 3. Metodikani joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2020-yil 1-noyabr
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov) |
|
VI. Matematika sohasida ta’lim va ilm-fan masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, matematika fani bo‘yicha erishgan yutuqlarimiz haqida dunyo hamjamiyatida keng targ‘ib qilish | ||||
|
Bunda, chet eldagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov shaxsan mas’ul hisoblanadi. | ||||
|
43. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti darajasini (keyingi o‘rinlarda — Mukofot) jahondagi matematika sohasidagi nufuzli mukofotlar darajasigacha ko‘tarish. |
1. Mukofot bilan taqdirlash tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2. Mukofot ta’sis etilganligi haqida Xalqaro matematiklar jamiyatini xabardor qilish va uni targ‘ib etish bo‘yicha hamkorlikdagi amaliy ishlarni kelishish. 3. Mukofot bo‘yicha talabgorlarni aniqlash va taqdirlash. 4. Mukofotning ilk sovrindorlari bo‘yicha Xalqaro matematiklar jamiyati va xalqaro miqyosdagi keng jamoatchilikni xabardor qilish |
2020-yil avgust 2020-yil yakuniga qadar |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), O‘zbekiston matematika jamiyati (A’zamov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov) |
|
44. |
O‘zbekiston matematika jamiyatining xalqaro aloqalarini kengaytirish va Xalqaro matematiklar jamiyatiga to‘laqonli a’zo bo‘lishini ta’minlash. |
1. O‘zbekiston matematika jamiyatining Xalqaro matematiklar jamiyati yig‘ilishlarida doimiy va faol ishtirok etish. 2. O‘zbekiston matematika jamiyatining Xalqaro matematiklar jamiyatiga to‘laqonli a’zo bo‘lishini ta’minlash. 3. O‘zbekiston matematika jamiyatini Xalqaro matematiklar jamiyatiga to‘laqonli a’zo bo‘lish bilan bog‘liq a’zolik badallarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lash. |
Belgilangan muddatlarda
|
O‘zbekiston matematika jamiyati (A’zamov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov) |
|
45. |
Umumta’lim maktablari, shu jumladan Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash. |
1. Matematika fani bo‘yicha mahalliy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish. 2. Yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash uchun doimiy yangi nazorat materiallarini ishlab chiqish. 3. Mahalliy olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan hamda matematikaga qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash hamda ishtirokini ta’minlash. 4. Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilarini o‘rnatilgan tartibda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash. 5. Matematika fani bo‘yicha respublika olimpiadasi g‘oliblariga davlat oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli kirish huquqini taqdim etuvchi sertifikat berish. |
Har o‘quv |
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
46. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadanio‘tkazish. |
1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalqaro olimpiadani o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlash va tasdiqlash uchun Vazirlar mahkamasiga kiritish. 2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada haqidagi to‘liq ma’lumotlarni aks ettiruvchi veb-sayt yaratish. 3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadani yuqori saviyada o‘tkazish. 4. Olimpiada tadbirlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish. |
2020-yil dekabr
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (Ne’matov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), matematika instituti (Ayupov), O‘zA (Kuchimov), MTRK (Xodjayev), Matbuot va axborot agentligi (Saidjanov) |
|
47. |
Talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida “Algoritmlash va dasturlash” olimpiadasini o‘tkazish va uni tashkil qilish uchun elektron platforma ishlab chiqish. |
1. Olimpiadani o‘tkazish bo‘yicha elektron platformani ishlab chiqish. 2. “Algoritmlash va dasturlash” olimpiadasini o‘tkazish tartibi va muddatlarini belgilash. 3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablarining bitiruvchilari orasidan olimpiadaga qatnashuvchilar ro‘yxatlarini shakllantirish va o‘tkazish. |
2020yil 15-iyul
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Matematika instituti (Ayupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov) |
|
Lavozimlar nomi |
Shtatlar soni | |
|
1. |
Bo‘linma mudiri |
1 |
|
2. |
Bosh ilmiy xodim |
1 |
|
3. |
Yetakchi ilmiy xodim |
2 |
|
4. |
Katta ilmiy xodim |
3 |
|
5. |
Kichik ilmiy xodim |
2 |
|
6. |
O‘quv markazi rahbari |
1 |
|
JAMI: |
10 | |