|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Moliyalashtirish manbalari |
Bajarish muddatlari |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. Transport tizimini rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda, Toshkent davlat transport universitet tashkiliy tuzilmasi, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, talabalarning ishlab chiqarish va boshqa tashkilotlarda amaliyotini tashkil qilish | |||||
|
1. |
Toshkent davlat transport universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkiliy tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash. |
1. Universitet oldiga qoʻyilgan yangi maqsadlar va vazifalar, transport fani va taʼlimi borasida nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribalarini tahlil qilish. 2. Fakultetlar, umumkasbiy va mutaxassislik kafedralari hamda funksional boʻlimlar tarkibini qaytadan koʻrib chiqqan holda, Universitetning takomillashtirilgan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash. |
— |
2020-yil may |
Universitet, Transport vazirligi |
|
2. |
Universitetning kadrlar tayyorlash boʻyicha asosiy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini belgilash |
Transport tizimini kompleks rivojlantirish istiqbollari, ehtiyojlar, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlari hamda kadrlar tayyorlash boʻyicha xalqaro klassifikatorlarni hisobga olgan holda mazmun jihatdan yaqin boʻlgan ijtimoiy va iqtisodiy taʼlim yoʻnalishlarini qisqartirish orqali texnika sohalari taʼlim yoʻnalishlarini kengaytirish, magistratura mutaxassisliklarini kengaytirish va ilmiy faoliyatni tor sohalar boʻyicha amalga oshirishni tashkil etish. |
— |
2020-yil may |
Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet |
|
3. |
Oʻquv-meʼyoriy bazani yaratish |
Kadrlar buyurtmachilari tomonidan transport sohasining tarmoq kvalifikatsiya ramkasi, har bir kasb va lavozimi boʻyicha professional standartlarni ishlab chiqish va ular asosida 2020/2021 oʻquv yiliga qadar davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv-reja va fan dasturlarini takomillashtirish hamda tasdiqlash. |
— |
2020 — 2023-yillar |
Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet |
|
4. |
Rivojlangan mamlakatlar oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish |
Sohaga oid yetakchi xorijiy oliy taʼlim markazlari va ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha “qoʻshma diplom”, akademik mobillik hamda yozgi maktablar boʻyicha integratsiyalashgan innovatsion taʼlim dasturlarini tashkil etish. |
Transport universiteti mablagʻlari hisobidan |
2020 — 2023-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
5. |
Oʻquv va amaliyot jarayonlarida tarmoq korxonalari ishtirokini kengaytirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish |
1. Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashgʻulotlar olib borishlari, talabalarning malakaviy amaliyotlarini oʻtashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida soha korxonalarida oʻquv-amaliyot markazlarini (mutaxassislik kafedralari filiallarini) tashkil etish. 2. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Germaniya tajribasi asosida oʻquv-amaliyot markazlari va ishlab chiqarish obyektlarida talabalarning amaliy darslari va malakaviy amaliyotlarini nazariy oʻquv jarayonidan uzilmagan holda, dars jadvaliga koʻra oʻtkazish mexanizmini joriy etish. Bunda dars jadvaliga asosan haftaning bir kunini amaliyot kuni deb belgilash orqali talabalar ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish. 3. Talabalarni buyurtmachi tashkilotlarga biriktirish hamda oʻqishni yakunlagunga qadar mazkur tashkilotlarda malakaviy amaliyotni boʻlajak ish joylarida oʻtash tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Transport universiteti mablagʻlari hisobidan |
2020-2021-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ |
|
II. Taʼlim jarayonini ilgʻor pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy qilishning xalqaro amaliyotiga muvofiq rejalashtirish, tashkil etish va uning sifatini oshirish | |||||
|
6. |
Raqamli texnologiyalar asosida pedagogik faoliyat samaradorligini baholash va ragʻbatlantirish tizimini yaratish |
1. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida kafedra, fakultet va oliy taʼlim muassasasi kesimida oʻquv-uslubiy, ilmiy va “ustoz-shogird” faoliyati samaradorligini baholashning asosiy koʻrsatkich va mezonlarini shakllantirish va avtomatlashtirilgan monitoring tizimini joriy etish. 2. Professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllash samaradorligini oshirish maqsadida ragʻbatlantirish va tanqidiy baholash mexanizmini joriy etish. |
Transport universiteti mablagʻlari hisobidan |
2020-2021-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
7. |
Transport sohasidagi kadrlarni tayyorlash taʼlim yoʻnalishlari xususiyatidan kelib chiqqan holda, oʻquv fanlari va yuklamalarini optimallashtirish |
1. 2020/2021 oʻquv yili oʻquv rejasidanomutaxassislik oʻquv fanlari sonini qisqartirish va mutaxassislik hamda mustaqil taʼlim soatlari salmogʻini oshirish. 2. Malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotlari muddatini bir oʻquv yilida toʻrt oygacha yetkazish. 3. Haftalik oʻquv yuklama soatlarini qisqartirish. 4. Transport vazirligi bilan kelishilgan holda (idoraviy hujjat asosida), soha uchun oliy maʼlumotli va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamalarini optimallashtirish. |
— |
2020-2021-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
8. |
Taʼlim mazmunini shakllantirishning mahalliy va xorijiy tajriba asosida oʻqi?ishning kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish |
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab birinchi bosqich talabalarini oʻqitishda kredit-modul tizimini joriy etish. |
Vasiylik kengashi jamgʻarmasi, homiy tashkilotlar mablagʻlari hisobidan |
2020/2021 oʻquv yili |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
9. |
Oʻquv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish |
1. Zamonaviy raqamli loyihalash hamda modellashtirish dasturlarini oʻquv jarayoniga tatbiq etish maqsadida PTV VISSIM, PTV VISSUM, PTV VISTRO, CREDO, IndorCAD/Road, AutoCAD, Matlab, CATIA, SOLIDWORKS, ArchiCAD, EViews, Stata kabi litsenzion loyihalash va modellashtirish dasturlarini oʻquv jarayoniga tatbiq qilish. 2. Raqamli texnologiyalarni oʻzlashtirish boʻyicha professor-oʻqituvchilar va xodimlarni xorijiy davlatlarga maqsadli stajirovkalarga yuborish. |
Vasiylik kengashi jamgʻarmasi, Transport universiteti, homiy tashkilotlar mablagʻlari hisobidan |
2020 — 2023-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
III. Universitet rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari tarkibini tanlash, ularning pedagogik mahorati hamda kasbiy darajasini oshirish | |||||
|
10. |
Kadrlarni tanlash va tayinlashning samarali mexanizmini joriy etish |
1. Rektorat, fakultetlar, kafedralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va akademik litseylar rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari tarkibini tanlash, tayinlash va ularning ish samaradorligini baholashning reyting tizimini joriy etish. 2. Universitet boshqaruv kadrlari zaxirasini tashkil etish, ularni maqsadli oʻqitish tizimini shakllantirish. |
— |
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab |
Transport vazirligi, Universitet |
|
11. |
Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish |
1. Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini yilma-yil oshirib borish, shu jumladan 2020-yilda 35 foizgacha, 2021-yilda 39 foizgacha, 2022-yilda 47 foizgacha, 2023-yilda 51 foizgacha, 2024-yilda 53 foizgacha yetkazish maqsadida universitet doktoranturasiga har yilgi qabul kvotasini koʻpaytirish (30 nafargacha) va xorijiy maqsadli doktoranturaga yuborish (10 nafargacha). 2. Har yili magistraturaning iqtidorli bitiruvchilarini tanlash va pedagogik faoliyatga faol jalb qilish. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Vasiylik kengashi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan |
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab |
Transport vazirligi, Universitet, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi |
|
IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, Universitetda olib boriladigan tadqiqotlarni ishlab chiqarish, akademik ilm-fan ehtiyojlari bilan integratsiyalash, ilmiy va innovatsion ishlanmalar natijadorligini taʼminlash, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish | |||||
|
12. |
Universitetda olib boriladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalar natijadorligini oshirish |
1. 2021-yildan boshlab, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirishni har yili 20 foizga oshirib borish boʻyicha dastur ishlab chiqish. 2. Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqotlar zamonaviy eksperimental infratuzilmasini, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida ilmiy-tadqiqotlar tizimi va sharoitlarini shakllantirish. 3. Har bir fakultetda tematik ilmiy laboratoriyalar tashkil etish va ularni asbob-uskunalar bilan bosqichma-bosqich jihozlash. 4. Yoshlarni ilmiy ishlarga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni kadrlar bilan taʼminlash tizimini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Universitetning akademik litseyiga iqtidorli yoshlarni tanlash va maqsadli tayyorlashning manzilli-hududiy tizimini joriy etish. |
Vasiylik kengashi jamgʻarmasi, Transport universiteti, homiy tashkilotlar mablagʻlari hisobidan |
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab |
Transport vazirligi, Universitet |
|
V. Universitetda oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish va jihozlash, shuningdek, taʼlim, ilmiy va maʼmuriy faoliyatning yagona axborot makonini yaratish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini jihozlash, kontent bilan toʻldirish | |||||
|
13. |
Universitetda zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriya majmualarini tashkil etish |
1. Laboratoriya pasportlaridan kelib chiqib, asbob-uskunalarga buyurtma berish. 2. Barcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlash. |
Vasiylik kengashi jamgʻarmasi, Transport universiteti mablagʻlari hisobidan |
2020 — 2022-yillar |
Universitet |
|
14. |
Taʼlim jarayonini axborot-kommunikatsion qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish |
1. Masofaviy taʼlim va modul tizimiga oʻtishda zarur axborot texnologiyalari jihozlari bilan taʼminlash hamda vebinar xonalar sonini 25 taga yetkazish. 2. Universitetdagi maʼruza, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini onlayn translyatsiya qilishga hamda ularning sifatini monitoring qilishga moʻljallangan elektron platformani bosqichma-bosqich joriy etish. 3. Axborot-resurs markaziga avtomatlashtirilgan boshqaruv va monitoring tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. 4. 2020-yilning yakuniga qadar Axborot-resurs markazi bazasidagi barcha oʻquv-metodik koʻrsatma, oʻquv qoʻllanma, darslik, monografiya va boshqa turdagi adabiyotlarni toʻliq raqamlashtirish choralarini koʻrish hamda universitet platformasiga toʻliq joylashtirish. |
Vasiylik kengashi jamgʻarmasi, Transport universiteti, homiy tashkilotlar mablagʻlari hisobidan |
2020 — 2022-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
VI. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan xalqaro hamkorlikni, sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, taʼlim faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va oʻqituvchilarni jalb qilish | |||||
|
15. |
Oʻquv jarayoniga ilgʻor xorijiy oliy taʼlim muassasalari va tajribali soha ekspertlarini jalb etish |
1. AQSH, Angliya, Germaniya, Polsha, Slovakiya, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Singapur, Rossiya, Belorussiya va boshqa davlatlarning tajribali professor-oʻqituvchilari, mutaxassislari va xalqaro ekspertlarini oʻquv jarayoniga jalb etish. 2. Xalqaro fondlar orqali jalb qilish qamrovini bosqichma-bosqich kengaytirish. |
Vasiylik kengashi jamgʻarmasi, Transport universiteti, homiy tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar mablagʻlari hisobidan |
2020 — 2023-yillar |
Transport vazirligi, Universitet |
|
16. |
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro almashinuv amaliyotini kengaytirish |
1. Professor-oʻqituvchilarni MDH va chet el davlatlari yetakchi oliy taʼlim muassasalarida stajirovkadan oʻtkazish. Buning uchun barcha professor-oʻqituvchilarni ingliz va rus tillari boʻyicha intensiv kurslarda tayyorlab, xorijiy stajirovkalarga maqsadli joʻnatish. 2. Turdosh hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari yozgi maktablarining integratsiyalashgan innovatsion taʼlim dasturlarida qatnashuvchi talabalar qamrovini kengaytirish. |
Vasiylik kengashi jamgʻarmasi, Transport universiteti, homiy tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar mablagʻlari hisobidan |
2020 — 2023-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
VII. Tarbiya ishlari tizimini takomillashtirish, talabalarga yuksak axloqiy va maʼnaviy-maʼrifiy fazilatlarni singdirish, yot gʻoya va mafkuralarga nisbatan immunitetni mustahkamlash, talabalarning sogʻlom turmush tarzi va dam olishini tashkil qilish uchun shart-sharoitlar yaratish | |||||
|
17. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amaliyotga keng joriy etish va bu yoʻnalishda Universitetni eng namunaviy oliy taʼlim muassasasi darajasiga olib chiqish |
1. 1-tashabbus — talaba yoshlarni musiqa va sanʼatga jalb qilish, ularda estetik did va kasbiy etikani tarbiyalash maqsadida tanlovlar, koʻrgazmalar, sanʼat va madaniyat maskanlarida ochiq darslar oʻtkazish, teatr va muzeylarga tashriflarni uyushtirish, iqtidorli talabalardan tashkil topgan “Yosh havaskorlar” ashula va raqs ansamblini tuzish. 2. 2-tashabbus — sport majmualarida toʻgaraklar faoliyatini samarali tashkil etish va ularga talaba qizlarni yanada kengroq jalb qilish, talabalarning qiziqish va takliflari asosida yangi sport toʻgaraklari ochish, talabalarning “Kibersport” sport turi boʻyicha musobaqalarini tashkil etish, “Salomatlik sari mustahkam qadam” aksiyasi va sport turlari boʻyicha universitet ichki chempionatlarini oʻtkazish. 3. 3-tashabbus — talaba yoshlarda Internet jahon axborot tarmogʻidan toʻgʻri foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ularning qiziqishlari boʻyicha klublar, kompyuter texnologiyalari, loyiha va dasturlash boʻyicha kompyuter dasturlari, internet savodxonligi toʻgaraklari, onlayn-viktorinalar, IT-olimpiadalar tashkil etish, taʼlim faoliyati bilan bogʻliq elektron dasturlar, QR-kod elektron kutubxonalar joriy etish. 4. 4-tashabbus — talaba yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini tarbiyalash maqsadida “Bir talabaga — bir kitob” aksiyasi, “Eng faol kitobxon” tanlovi, “Yosh adabiyotchilar” klublarini, turli mavzulardagi tanlovlarni, talabalarning sheʼrlari, ilmiy maqolalari va sheʼriy toʻplamlarini chop etishni tashkil qilish, ommaviy axborot vositalarida yoritish. 5. 5-tashabbus — talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, “Biznes ledi” maktabi (biznes reja tuzishga oʻrgatish), “Tadbirkor talaba” klubi, “Oila maktabi” treninglari, tikuvchilik, kashtachilik, milliy hunarmandchilik kurslarini yoʻlga qoʻyish, qizlarni ichki salohiyatini ochishga koʻmaklashadigan ijodiy va fan toʻgaraklariga jalb etish. |
Transport universiteti mablagʻlari hisobidan |
2020 — 2023-yillar |
Transport vazirligi, Universitet |
|
T/r |
Obyekt nomi |
Manzili |
Obyektni topshiruvchi tashkilot |
Qabul qiluvchi tashkilot |
|
1. |
Talabalar turar joyi |
Toshkent shahar, Uchtepa tumani, |
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Toshkent davlat transport universiteti |
|
2. |
Talabalar turar joyi |
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 7-daha, Quloqtepa koʻchasi |
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Toshkent davlat transport universiteti |
|
3. |
Umumiy ovqatlanish shoxobchasi |
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 9-daha, Quloqtepa koʻchasi |
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Toshkent davlat transport universiteti |
|
4. |
Oʻquv binosi |
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Alimbekov koʻchasi, 2-uy |
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Toshkent davlat transport universiteti |
|
5. |
Oʻquv-amaliy poligoni |
Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Chinorbuloq” MFY hududi |
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Toshkent davlat transport universiteti |
|
6. |
Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kasb-hunar kolleji binosi |
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Temirchi koʻchasi, 53-uy |
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Toshkent davlat transport universiteti |
|
7. |
Toshkent shahri, Mirobod tumanida joylashgan 65-maktab (sobiq Mirobod sanoat kasb-hunar kolleji) binosi |
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl 3-berk koʻchasi, 1-uy |
Xalq taʼlimi vazirligi |
Toshkent davlat transport universiteti |
|
T/r |
Obyekt nomi |
Manzili |
Obyektni ijaraga beruvchi tashkilot |
Ijara muddati |
|
1. |
Aviakosmik texnologiyalar fakulteti binosi (moddiy-texnika vositalari bilan birgalikda) |
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 107-uy |
Toshkent davlat texnika universiteti |
2022-yil 1-iyul |
|
2. |
63-talabalar turar joyi |
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi |
Toshkent davlat texnika universiteti |
2022-yil 1-iyul |
|
T/r |
Taʼlim yoʻnalishi shifri va nomi |
Talabalar soni* |
|
1. |
5311600 — Konchilik ishi (yer osti konchilik ishi) |
57 |
|
2. |
5311600 — Konchilik ishi (ochiq konchilik ishi) |
44 |
|
3. |
5314400 — Foydali qazilmalarni boyitish (koʻmir) |
12 |
|
4. |
5312200 — Konchilik elektromexanikasi |
25 |
|
5. |
5312300 — Marksheyderlik ishi |
18 |
|
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi | |
|
2. E.M. Ganiyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari |
|
3. U.Sh. Begimqulov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari |
|
4. X.N. Xasilov |
— |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b. |
|
5. A.A. Abduvaliyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi v.b. |
|
6. B.I. Xakimov |
— |
“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi v.b. |
|
7. U.M. Kiyasov |
— |
“Uzbekistan Airways Technics” MCHJ direktori |
|
8. R.M. Ismailov |
— |
“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi v.b. |
|
9. A.U. Suvanov |
— |
“Chirchiq aviatsiya taʼmirlash zavodi” davlat korxonasi direktori |
|
10. A.X. Ashurov |
— |
“Oʼzaeronavigatsiya” markazi” davlat unitar korxonasi direktori |
|
11. lavozimiga koʻra |
— |
Toshkent davlat transport universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi |