Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4160-son
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi va Ichki ishlar vazirligining 2006-yil 27-dekabrdagi 6, 48/QB, 11-son qarori (roʻyxat raqami 1652, 2007-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 1-2-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“4. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan bayonnoma toʻldiriladi, soʻngra taʼlim muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi.
5. Guvohnoma blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi oʻrinlarda matnda — vazirlik) Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda matnda — institut) buyurtmasi asosida tayyorlanadi.
6. Guvohnoma blankalari institutning taqsimotiga asosan, taʼlim muassasalarga “maxsus hududiy kod”lar asosida vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).
7. Guvohnomalar taʼlim muassasasi buyurtmalariga asosan institut tomonidan taʼminlanadi.
Institut buyurtmasiga asosan guvohnomalar “Davlat belgisi” birlashmasining Toshkent shahar bosma fabrikasida bosma usulda tayyorlanadi.
8. Guvohnomaning tashqi koʻrinishida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi ifodalanadi, ichki koʻrinishida esa, guvohnomaning hududiy kodi, seriyasi va roʻyxat raqami, taʼlim muassasasining nomi, nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻqish muddati, oʻquv dasturining nomi, imtihon topshirgan fanlarning nomi, imtihon natijasiga koʻra olgan bahosi hamda berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va roʻyxat raqami yoziladi.”.