toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5886-son Farmoniga (keyingi oʻrinlarda — Farmon) muvofiq:
bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi (keyingi oʻrinlarda — yangi tartib) joriy qilinganligi;
xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2020-yil 1-maydan boshlab 2022-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni (mazkur qarorning 31-bandida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng koʻp miqdorlari:
qishloq joylarida 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln soʻmdan 240 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 224 mln soʻmdan 320 mln soʻmgacha;
shaharlarda 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln soʻmdan 240 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 232 mln soʻmdan 320 mln soʻmgacha;
Toshkent shahrida 1 va 2 xonali kvartiralar uchun 198 mln soʻmdan 264 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 255 mln soʻmdan 352 mln soʻmgacha oshirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan xonalarga boʻlinmagan holda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Toshkent shahrida — umumiy maydoni 60 metr kvadratgacha boʻlgan kvartiralar uchun — 264 mln soʻm, umumiy maydoni 60 metr kvadratdan ortiq boʻlgan kvartiralar uchun — 352 mln soʻm;
boshqa hududlarda — umumiy maydoni 60 metr kvadratgacha boʻlgan kvartiralar uchun — 240 mln soʻm, umumiy maydoni 60 metr kvadratdan ortiq boʻlgan kvartiralar uchun — 320 mln soʻm.
Mazkur banda koʻzda tutilgan ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar toʻlanmaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha (yigirmanchi yilni ham qoʻshgan holda) uzaytirilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda yangi tartib doirasida tijorat banklarida joylashtirgan kredit resurslari muddatini 15 yildan 20 yilgacha (yigirmanchi yilni ham qoʻshgan holda) uzaytirsin.
Tijorat banklari bir oy muddatda yangi tartib doirasida jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilgacha (yigirmanchi yilni ham qoʻshgan holda) uzaytirsin hamda tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur qarorning 3, 31 va 4-bandlarida nazarda tutilgan tartib va shartlar 2021-yil 11-martga qadar amal qiladi va yangi tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlariga nisbatan tatbiq etiladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
mazkur qarorning 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kvartiralarni sotib olishga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan 2021-yil 11-martga qadar belgilanadigan uy-joylarning hisoblangan qiymatida bir xonali kvartiralar ham inobatga olinadi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tijorat banklariga ajratgan kredit resurslari hisobidan jismoniy shaxslarga qonunda belgilangan tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun kreditlar ajratishga ruxsat berilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 576-son “Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka krediti ajratishning soddalashtirilgan tizimini joriy qilish toʻgʻrisida”gi qarori.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PF-6274-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 06/21/6274/0766-son)
(7-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Fargʻona viloyati hokimligi, Markaziy bank va Moliya vazirligining Fargʻona viloyatining choʻl-adir hududlarida, istisno tariqasida, 2020-2021-yillarda yakka tartibdagi namunaviy uylar qurilishi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:
yakka tartibdagi namunaviy uy-joylar qurilishi xususiy pudrat tashkilotlarining oʻz mablagʻlari, tijorat banklaridan olingan kredit va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish meʼyorlariga mos, tayyor holda qurib bitkazilgan yakka tartibdagi namunaviy uylarni aholi tomonidan sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari beriladi;
yakka tartibdagi namunaviy uylar qurilishini reyting bahosi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan belgilanadigan darajadan kam boʻlmagan qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Fargʻona viloyati hokimligi aholi arizalari va uy-joy bozorini oʻrganish hamda aholining ipoteka kreditlari boʻyicha real toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda yakka tartibdagi namunaviy uylarning qurilish ishlarini tashkil etsin.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladigan tajriba natijalaridan kelib chiqib, yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2020-2021-yillar davomida uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni manzilli qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan Farmon bilan tegishli hudud uchun belgilangan subsidiyalar sonini 1,3 baravarga va summasini 40 foizgacha oshirishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga yangi tartib doirasida shaharlarda 7 va undan yuqori, qishloq joylarida 5 va undan yuqori hamda Toshkent shahrida 9 va undan yuqori qavatli koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 06/21/33/1147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kreditning butun davri, biroq kredit olingan kundan boshlab 24 oydan ortiq boʻlmagan muddat davomida kompensatsiya taqdim etiladi. Bunda:
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
kompensatsiya bitta uy-joy uchun kreditning 5 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha toʻlanadi;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
kafillik va kompensatsiyalar qurilayotgan koʻp qavatli uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizi maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar tashkil etganda beriladi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 06/21/33/1147-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) ikki xafta muddatda yangi tartib doirasida shaharlarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auksioniga chiqarish choralarini koʻrsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-may,
PQ-4701-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 07/20/4701/0527-son; 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 06/21/6274/0766-son, 10.12.2021-y., 06/21/33/1147-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)