toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 23-martdagi 184-IV-son va Oliy Majlis Senatining 2020-yil 24-martdagi SQ-61-IV-son “Xorazm viloyatining Hazorasp tumani chegaralarini oʻzgartirish va Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumani hokimligi tashkil etilsin.
3. Quyidagilar:
Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga;
Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanidagi boʻlinmalari roʻyxati hamda ularga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan tashkil etiladigan xodimlarning umumiy cheklangan soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa tumanida joylashgan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari oʻzlarining tuman boʻlinmalari xodimlari cheklangan sonini tegishli vazirlik va idoralarning umumiy shtat birliklari soni doirasida koʻpaytirishi mumkinligi belgilansin.
4. Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov):
a) bir oy muddatda:
Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish bilan bogʻliq zarur kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va ularning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Tuproqqalʼa tumani mahalliy budjeti va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Tuproqqalʼa tumani hokimligini zarur bino va inshootlar hamda moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
b) Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin;
v) Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumani tashkil etilishi munosabati bilan yangidan tashkil etilayotgan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari hududiy tuzilmalarini koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirish, shuningdek, Hazorasp tumanidagi mavjud shtat birliklarining qisqarishi hisobiga boʻshab qolayotgan xodimlarni ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirish hamda yuritishda Tuproqqalʼa tumanining maʼmuriy hududlarini inobatga olsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda Tuproqqalʼa tumani hokimligi tashkil etilishi natijasida Hazorasp tumani maʼmuriy-hududiy chegarasi oʻzgarganligi munosabati bilan yer hisobotlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar ikki oy muddatda Tuproqqalʼa tumanida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda Tuproqqalʼa tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tijorat banklarining filiallarini mazkur tumanda tashkil etilishini muvofiqlashtirishsin.
10. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Moliya vazirligi bilan birgalikda Tuproqqalʼa tumanida qoʻshimcha shtat birliklarini ajratgan holda adliya boʻlimi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarini tashkil etish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshirilishini;
Tuproqqalʼa tumanida davlat xizmatlari markazi tashkil etilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Tuproqqalʼa tumanida davlat xizmatlari markazi binosining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yoki investorlar boʻlmagan taqdirda, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qurilishini taʼminlasin.
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar Tuproqqalʼa tumani markazining 2035-yilgacha boʻlgan bosh rejasining ishlab chiqilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq tumanlari hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soniga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgunga qadar 1-ilovaga muvofiq Tuproqqalʼa tumani hokimligi hamda 2-ilovaga muvofiq tashkil etilayotgan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining tuman boʻlimlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
14. Tuproqqalʼa tumanining butun hududi uchun “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida belgilangan imtiyoz va preferensiyalar amal qilishi belgilab qoʻyilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 39-moddasi.
15. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-aprel,
PQ-4671-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi PQ-4671-son qaroriga
1-ILOVA
Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 28 nafar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi PQ-4671-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanidagi boʻlinmalari roʻyxati hamda ularga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan tashkil etiladigan xodimlarning umumiy cheklangan soni
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tashkilot nomlanishi

Shtat birliklari soni

I. Belgilangan shtat birliklari doirasida tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni*

1.

Maktabgacha taʼlim boʻlimi

6

2.

Xalq taʼlimi boʻlimi

6

3.

Tibbiyot birlashmasi

14

4.

Davlat soliq inspeksiyasi

14

II. Qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni**

5.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi

45

6.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi

5

7.

Moliya boʻlimi

10

8.

Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi

4

9.

Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

8

10.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi

3

11.

Qurilish boʻlimi

3

12.

Madaniyat boʻlimi

3

14.

Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi

1

15.

Statistika boʻlimi

3

16.

Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi

3

17.

Gʻaznachilik boʻlinmasi

6

18.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi

9

19.

Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi

7

20.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi

3

22.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

7

23.

Obodonlashtirish boshqarmasi

7

24.

Adliya boʻlimi

2

25.

Irrigatsiya boʻlimi

4

26.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boʻlimi

2

27.

Transport sektori

1

28.

Qishloq xoʻjaligi boʻlimi

9

29.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman inspeksiyasi

4

Jami

189

* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni doirasida belgilanadi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soniga oʻzgartirish kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi PQ-4671-son qaroriga
3-ILOVA
Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI

1.

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi rahbari

2.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari

3.

F.Oʻ. Ermanov

Xorazm viloyati hokimi, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari

4.

M.B. Jumaniyazov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri oʻrinbosari

5.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

6.

Sh.X. Shermatov

xalq taʼlimi vaziri

7.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

8.

M.X. Saliyev

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

9.

R.K. Davletov

adliya vaziri

10.

J.A. Xodjayev

qishloq xoʻjaligi vaziri

11.

Sh.R. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

12.

A.K. Shadmanov

sogʻliqni saqlash vaziri

13.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

14.

B.I. Zakirov

qurilish vaziri

15.

D.X. Nabiyev

jismoniy tarbiya va sport vaziri

16.

A.B. Voitov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

17.

R.T. Mamatov

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

18.

A.X. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

19.

B.A. Begalov

Davlat statistika qoʻmitasi raisi

20.

A.A. Abduvaliyev

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi v.b.

21.

B.A. Musayev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

22.

S.X. Bekenov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

23.

U.M. Mustafoyev

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

24.

B.B. Eshmuratov

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi

25.

Q.M. Rafikov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi

26.

J.Gʻ. Axmedov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati bosh mutaxassisi, Respublika komissiyasi kotibi

Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning oʻrniga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi PQ-4671-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq tumanlari hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“Xorazm viloyati” boʻlimida:
a) “I toifa” kichik boʻlimi 1-pozitsiyasi “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunidagi “29” raqami “27” raqami bilan almashtirilsin;
b) “II toifa” kichik boʻlimida:
quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“‎

8.‎

Tuproqqalʼa‎

28‎

”;‎
10-pozitsiyaning “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunidagi “298” raqami “324” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2020-y., 07/20/4671/0415-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)