1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Fuqarolik muhofazasi;
3.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish, pirotexnika buyumlarini qoʻllagan holda madaniy-tomosha va boshqa koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish davomida fuqarolar sogʻligʻi va jamoat xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 52-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-aprel,
206-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 206-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
“5. Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda litsenziyalovchi organ, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi mutaxassislari va ekspertlaridan iborat tarkibda ekspert komissiyasi tashkil etiladi.
Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.”;
b) 10-bandning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlarini (xavflilikning III — V klasslari) faqat pirotexnika buyumlaridan foydalanish boʻyicha faoliyat turini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga sotish”;
ikkinchi xatboshidagi “pirotexnika buyumlaridan” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“pirotexnika buyumlaridan tungi vaqtda (soat 23:00 dan 06:00 gacha), taʼlim, tibbiyot muassasalari va madaniy meros obyektlari, portlash va yongʻinga xavfli obyektlar hududida, temir yoʻllar, neft va gaz quvurlarining hamda yuqori voltli elektr uzatuvchi liniyalarning ajratilgan hududida, milliy bogʻlar, oʻrmon va ovchilik xoʻjaliklari, boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda, shuningdek, mitinglar, koʻcha yurishlari va namoyishlar davomida foydalanishga yoʻl qoʻymaslik”;
g) 13-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 15-bandning uchinchi xatboshisidagi “ichki ishlar organlarining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oʻttiz kundan” soʻzlari “yigirma kundan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 21-banddagi “Eksport komissiyasi” soʻzlari “Ekspert komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 3-ilova qoʻshilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qaroriga 3-ILOVA
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi toʻgʻrisida NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom litsenziya talablari va shartlari doirasida pirotexnika buyumlaridan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar) tomonidan texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanishga moʻljallangan joyni, vaqtni va shart-sharoitlarni oldindan kelishish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom qoidalari harbiy, shuningdek, maishiy maqsaddagi (xavflilikning I-II klasslari) pirotexnika buyumlaridan foydalanilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida pirotexnika buyumlaridan foydalanishda mazkur Nizomda belgilangan oldindan kelishish talab etilmaydi.
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida barcha turdagi (maishiy, texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning I — V klasslari) foydalanish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq beriladigan ommaviy tadbirni oʻtkazishga doir ruxsatnoma boʻyicha ommaviy tadbir dasturi asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish, uni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan qaror qabul qilish
4. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish (keyingi oʻrinlarda — oldindan kelishish) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) (keyingi oʻrinlarda — pirotexnika buyumlari) foydalanish joyi joylashgan hudud boʻyicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) va favqulodda vaziyatlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Oldindan kelishish arizachiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha xabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
Oldindan kelishish yuridik shaxs tomonidan arizada koʻrsatilgan muayyan joyda (obyektda), vaqtda va shart-sharoitlarda pirotexnika buyumlaridan bir marotaba foydalanish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
6. Yuridik shaxs oldindan kelishishni olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga pirotexnika buyumlaridan foydalanish sanasidan kamida yigirma ish kuni oldin quyidagilarni ilova qilgan holda ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ariza taqdim etadi:
yuridik shaxsning pirotexnika buyumidan foydalanishga jalb etilgan xodimlari Toshkent davlat texnika universitetining malaka oshirish kurslarida “Pirotexnika buyumlarini xavfsiz qoʻllash” yoʻnalishi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxalari;
otish maydonchasi joylashgan joy va xavfli hudud doirasi koʻrsatilgan holda obyektga tutash hududning xaritasi, shuningdek, fuqarolar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha asosiy tadbirlar roʻyxati ilova qilingan pirotexnika buyumlaridan foydalanish dasturi.
Arizachidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Arizachi tomonidan oldindan kelishish toʻgʻrisidagi ariza va mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Arizaning ikkinchi nusxasi ariza qabul qilingan sanasi koʻrsatilgan holda arizachiga darhol beriladi (yuboriladi).
8. Oldindan kelishish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
9. Oldindan kelishish yoki oldindan kelishishni rad etish haqidagi qaror arizachining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan olingan kundan boshlab oʻn besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
10. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) ariza va mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimiga tekshiruv va baholash tadbirlarini amalga oshirish uchun soʻrovnoma yuboradi.
Soʻrovnomaga ariza va ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning nusxalari ilova etiladi.
11. Vakolatli organlar arizani (soʻrovnomani) olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida arizachida pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni hamda fuqarolar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash yuzasidan koʻrilgan choralarni ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan muddat doirasida oʻz mablagʻlari hisobidan joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqish va baholash huquqiga ega.
Oʻrganib chiqish, qoida tariqasida, vakolatli organlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
12. Tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimi soʻrovnomani olgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga tegishli xulosani yuboradi.
13. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimining xulosasi olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida oldindan kelishish toʻgʻrisidagi dastlabki xulosani (keyingi oʻrinlarda — dastlabki xulosa) tayyorlaydi hamda ariza va ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
Oʻrganish va baholash natijalari boʻyicha oldindan kelishishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, arizachi bu haqda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan bir ish kuni ichida yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari koʻrsatilgan holda xabardor qilinadi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan taqdim etilgan hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida oldindan kelishish toʻgʻrisida yakuniy xulosa tayyorlaydi hamda ariza va ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish natijalari boʻyicha oldindan kelishishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, bu haqda bir ish kuni ichida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga kelgusida arizachini xabardor qilish uchun rad etish sabablari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi besh ish kuni ichida Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijalari yuzasidan tayyorlangan xulosani Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi olingan xulosani bir ish kuni ichida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga yuboradi.
16. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimining tegishli xulosasi asosida bir ish kuni ichida arizachiga oldindan kelishishni beradi (yuboradi) yoki oldindan kelishishni berishni rad etish haqida yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali rad etish sabablari koʻrsatilgan holda elektron shaklda xabardor qiladi.
17. Oldindan kelishishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi yoxud taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi;
pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni hamda fuqarolar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash yuzasidan koʻrilgan choralarni aniqlash uchun oʻtkazilgan oʻrganishlarning yakunlari boʻyicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Oldindan kelishishni berishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababli rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Vakolatli organlar oldindan kelishish hamda xulosa uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlarni va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
19. Arizachi oldindan kelishishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, vakolatli organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
3-bob. Oldindan kelishishning dublikatini berish tartibi
20. Oldindan kelishish yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda yuridik shaxsning arizasiga koʻra uning dublikati beriladi. Dublikatni berishda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan unga “Dublikat” belgisi qoʻyiladi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) yuridik shaxsning arizasi, shuningdek, dublikat yaroqsiz holga kelgan taqdirda uning asl nusxasi olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda oldindan kelishishning dublikatini berishi (yuborishi) shart.
21. Oldindan kelishishning dublikatini berish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan yigʻim undirilmaydi.
4-bob. Berilgan oldindan kelishishlar reyestri
22. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmari (boʻlimlari) berilgan oldindan kelishishlar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — reyestr) yuritishni amalga oshiradi. Reyestrda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxs toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar (nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni);
pirotexnika buyumlaridan foydalanish boʻyicha faoliyat turini amalga oshirishga litsenziya seriyasi va tartib raqami;
oldindan kelishish berilgan pirotexnika buyumlaridan foydalanish maqsadi, joyi (obyekti), sanasi (boshlanish va tugallanish vaqti), shart-sharoitlari;
pirotexnika buyumlaridan foydalanishga jalb qilingan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma berilgan sana, seriyasi va raqami;
oldindan kelishish berilgan sana va uning raqami;
oldindan kelishishning dublikatini berish asosi va sanasi.
23. Oldindan kelishish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrga yuridik shaxsga oldindan kelishishni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Reyestrdagi barcha qaydlarga sana qoʻyiladi hamda ular tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) masʼul shaxsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Reyestr qogʻozda va elektron manbalarda yuritiladi. Qogʻozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.
Qogʻoz manbadagi reyestr tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan reyestr jurnali shaklida yagona nusxada yuritiladi. Reyestr jurnali ip oʻtkazib tikiladi, tartib raqami qoʻyiladi va uning orqa tomonida sahifalar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana (yil, oy, kun) koʻrsatiladi hamda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) rahbarining imzosi qoʻyiladi va muhri bosiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish chogʻida oldindan kelishish yuridik shaxsning pirotexnika buyumidan foydalanishga jalb etilgan xodimi yonida saqlanishi lozim.
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan foydalanishga moʻljallangan joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishishni berish SXEMASI
Pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanishga moʻljallangan joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga ikki nusxada ariza taqdim etadi.
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish sanasidan 20 ish kuni oldin
2-bosqich
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)
1. Arizani qabul qiladi, uning ikkinchi nusxasini qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda arizachiga joʻnatadi (taqdim etadi).
2. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni hamda fuqarolar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash yuzasidan koʻrilgan choralarni oʻrganib chiqish va baholash tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimiga soʻrovnoma yuboradi.
3. Zaruratga koʻra, joyiga chiqqan holda pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha koʻrilgan choralarni oʻrganadi va baholaydi.
Ariza qabul qilingan kunda
1 ish kuni ichida
Ariza qabul qilingan kundan 3 ish kuni ichida
3-bosqich
Tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimi
1. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni hamda fuqarolar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash yuzasidan koʻrilgan choralarni oʻrganib chiqish va baholashni amalga oshiradi.
2. Oʻrganish va baholashni natijalari yuzasidan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga xulosani yuboradi.
3 ish kuni ichida
1 ish kuni ichida
4-bosqich
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)
1. Tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimi xulosasini inobatga olgan holda oldindan kelishish toʻgʻrisida dastlabki xulosani tayyorlaydi.
2. Oldindan kelishishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, arizachini bu haqda yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari koʻrsatilgan holda xabardor qiladi.
3. Dastlabki xulosani va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga oʻrganib chiqish va yakuniy xulosa tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
1 ish kuni ichida
1 ish kuni ichida
1 ish kuni ichida
5-bosqich
Ichki ishlar vazirligi
1. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha oldindan kelishish toʻgʻrisida yakuniy xulosa tayyorlaydi
2. Yakuniy xulosani koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
3. Oldindan kelishishni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, bu haqda kelgusida arizasini xabardor qilish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda bir ish kuni ichida xabarnoma yuboradi.
3 ish kuni ichida
1 ish kuni ichida
6-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
1. Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
2. Koʻrib chiqish natijalari yuzas?dan xulosa tayyorlaydi.
3. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tayyorlangan xulosani Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
5 ish kuni ichida
7-bosqich
Ichki ishlar vazirligi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan xulosani tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga yuboradi.
1 ish kuni ichida
8-bosqich
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)
Vazirlar Mahkamasi xulosasi asosida arizachiga oldindan kelishishni beradi (yuboradi) yoki uni oldindan kelishishni berishni rad etish haqida rad etish sabablari koʻrsatilgan holda xabardor qiladi.
1 ish kuni ichida
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ushbu orqali _______________________________________________________________________________
(yuridik shaxs nomi)
________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ manzili boʻyicha joylashgan hudud (obyekt)da quyidagi pirotexnika buyumlaridan ______________________________________
(sinfi, turi, miqdori
________________________________________________________________________________ alohida-alohida koʻrsatib oʻtiladi) ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ (pirotexnika buyumlaridan foydalanish ishlarini bajarishga ___________________________________________________________________________________________ jalb etilayotgan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi) ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ __________________________________________ tomonidan foydalanish huquqiga ega ekanligi tasdiqlanadi. ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ favqulodda vaziyatlar
(ijobiy xulosa bergan hududiy favqulodda vaziyatlar organining nomi)
boʻlimining 20 ____ yil “____” ____________ dagi _______-son xulosasi
Ichki ishlar organi boshligʻi
__________________ (imzo)
m.oʻ.
_______________________________________________ (familiyasi, ismi va otasining ismi bosh xarflari)
Roʻyxat raqami _________________
Berilgan sanasi 20____ yil “_____” ____________.
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
_______________________________________ (ichki ishlar organi nomi) ________________________________________ boshligʻi________________________________ga (familiyasi, ismi, otasining ismi)
ARIZA
1. Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: ______________________________________________ __________________________________________________________________________________________, joylashgan joyi (pochta manzili): _______________________________________________________________ _________________________, telefon: ___________, faks: __________, el.pochta, veb-sayt (mavjud boʻlganda): ________________________, pirotexnika buyumlaridan foydalanish boʻyicha faoliyat turini amalga oshirishga litsenziya seriyasi va tartib raqami _________________. 2. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish maqsadi va ulardan foydalanish nazarda tutilgan tadbir turi ___________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________, tadbir qatnashchilaring kutilayotgan soni:________________. 3. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyi (obyekt) nomi, aniq joylashuvi (manzili)__________________ __________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________ 4. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish sanasi (boshlanishi va tugallanishi vaqti): ____________________. 5. Foydalaniladigan pirotexnika buyumlarining sinfi, turi va miqdori ______________________________ __________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________ 6. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish ishlarini bajarishga jalb etilayotgan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: _______________________________________________________________________________
(maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma berilgan sana, seriyasi va raqami)
___________________________________________________________________________________________. 7. Boshqa maʼlumotlar (arizachining xohishiga koʻra): _________________________________________________
(pirotexnika buyumlaridan
___________________________________________________________________________________________ foydalanishning xususiyatlaridan kelib chiqib koʻrsatiladi)
Ilova: 1. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish ishlarini bajarishga jalb etilayotgan xodimlar maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxalari, _____var.; 2. Otish maydonchasi va xavfli hudud doirasi koʻrsatilgan holda obyekt atrofidagi hudud xaritasi hamda fuqarolar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha asosiy tadbirlar ilova qilingan pirotexnika buyumlaridan foydalanish dasturi, _____var.; ___________________________________________________________________________________, ____var. Cana: 20___ yil “___”_______________ Yuridik shaxs rahbari __________________ ______________________________________________________
(imzo)
(familiyasi, ismi va otasining ismi bosh xarflari)”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/206/0406-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)