toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5975-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining tuzilmasi, shuningdek, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalarining hamda tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari namunaviy tuzilmalari 4, 4a, 4b va 4v-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari 6, 6a va 6b-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi tuzilmasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda tumanlarning iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlarining amaldagi nomini, tashkiliy tuzilmasi va shtat birliklari sonini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin.
2. Belgilansinki:
vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 298 tani tashkil etadi. Bunda, vazirlik va uning quyi tizimi tashkilotlarining boshqaruv xodimlari cheklangan sonini oshirish vazirlik huzuridagi Urbanizatsiya agentligini tugatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining, shuningdek, ularning hududiy boʻlinmalari xodimlari sonini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari boshligʻi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut), Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi markazi xodimlariga vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy xizmat, transport taʼminoti va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi, shuningdek, ularga koʻp yillik xizmatlari uchun ustama toʻlovlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2722-son qarori 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlarining joriy taʼminoti va ular faoliyatini, shuningdek, xodimlariga koʻp yillik xizmatlari uchun toʻlovlarni moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshiriladi;
Institut hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorlari maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Institut xodimlariga transport va ovqatlanish xarajatlari uchun har oylik toʻlovlar hamda bayramlar munosabati bilan mukofot pullari vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
vazirlik, uning markaziy apparati va tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari respublika darajasidagi, vazirlikning hududiy boʻlinmalari rahbarlari hudud darajasidagi davlat ulushiga ega xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining aʼzolari sifatida belgilangan tartibda ishtirok etishi mumkin;
vazirlik va uning quyi tizimi tashkilotlari xodimlarini faoliyat yoʻnalishiga xos boʻlmagan ishlarga jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Vazirlik tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qarorning 9-ilovasiga muvofiq iqtisodiyotni bozor mexanizmlariga oʻtkazishdagi fundamental masalalar va nomutanosibliklarni bartaraf etish, boshlangan islohotlarni mantiqiy davom ettirish, navbatdagi islohotlarga zamin yaratish borasida birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning “Yoʻl xaritasi” ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlasin;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda kambagʻal va ishsiz aholini, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:
kambagʻal, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitishni mahalla, tuman (shahar) va hudud markazlari darajasida “mahallada kasb-hunarga oʻqitish maskanlari — tuman kasb-hunarga oʻqitish markazlari — hudud “Ishga marhamat” monomarkazlari” mexanizmi asosida amalga oshirish;
“mahallada kasb-hunarga oʻqitish maskanlari”ni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi oʻquv markazlarining filiallari (boʻlinmalari) sifatida tashkil etish, shuningdek, ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlarni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirish tartibi;
2020-yil 1-iyulga qadar har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat tashkilotlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish, tanlov gʻoliblariga oʻz ishini tashkil qilish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan grant ajratish tartibi;
nodavlat oʻquv markazlari va kasb-hunar taʼlimi tizimi bitiruvchilarining kasbiy malakasini “vorld skils” (“world skills”) xalqaro standartlari asosida baholash tizimini joriy etish;
2020-yil 1-oktabrga qadar har bir hududda kamida bittadan “Ishga marhamat” monomarkazlari yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarini tashkil etish;
2020-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasining oʻzbekistonlik mehnat migrantlari eng koʻp faoliyat yuritayotgan hududlarini aniqlab, dastlabki bosqichda kamida beshta shaharda migrantlarni kasbga oʻqitish va rus tilini oʻrgatishni tashkil etish hamda kelgusida ushbu ishlar qamrovi va koʻlamini kengaytirish nazarda tutilsin.
6. Vazirlik, Moliya vazirligi, Moliya vazirligining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari toʻliq safarbar etilganligini hisobga olgan holda, ushbu tashkilotlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish ishlari Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining qoʻshimcha daromadlari va respublika budjeti hisobidan moliyalashtirilsin.
7. Vazirlik markaziy apparati Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 45a-uy manzilida hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod koʻchasi, 25-uy manzilida joylashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarning barcha qulayliklarga ega boʻlgan binolarda joylashtirilishini, shuningdek, zarur hollarda, ularga davlat mulki obyektlarini operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini taʼminlasin.
Institut Toshkent shahri, Xadra massivi, 33-uy manzilidagi bino-inshootlarni ularga tutashgan yer maydoni bilan operativ boshqaruv huquqi asosida bepul qabul qilib olgan holda, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari yakunlangandan soʻng joylashtirilsin.
8. Institut huzuridagi “Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnali” tahririyati” davlat unitar korxonasi tugatilsin hamda korxonaga yuklatilgan vazifalar va jurnalni chop qilishni tashkil etish ishlari Institut tarkibida tuzilgan tahririy-nashriyot boʻlimiga yuklatilsin.
Qayd etilsinki, jurnalni chop etish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti, Institutning budjetdan tashqari hamda xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vazirlik buyurtmanomasiga muvofiq Institutga nashriyot uskuna-jihozlari xarid qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zaruriy miqdordagi grant mablagʻlari ajratsin.
9. Vazirlik tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
vazirlik huzurida yangi tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va uning tizimiga kiritilgan tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish, ularning Nizomlarini tasdiqlash, barcha qulaylik va sharoitlarga ega boʻlgan binolarga begʻaraz joylashtirish, moddiy-texnika bazasini yaratish va boshqa tashkiliy-texnik masalalarni hal etishni taʼminlasin;
vazirlik markaziy apparati hamda vazirlik huzurida yangi tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va uning tizimiga kiritilgan tashkilotlarning shtat jadvallarini ikki hafta muddatda tasdiqlasin hamda ularning malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim qarorlariga 10-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-mart,
PQ-4653-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
TASHKILIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Tadbirkorlik faoliyatini koʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi

Tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi

Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi

“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

 

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI

Vazirlik hayʼati

Vazir

Vazir yordamchisi

Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir kotibiyati

4

Makroiqtisodiy siyosat, tahlil va prognozlashlashtirish departamenti

31

Hududlarni kompleks rivojlantirish departamenti

21

Davlat investitsiya siyosatini yuritish va muvofiqlashtirish departamenti

24

Sanoat siyosatini yuritish departamenti

11

Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti

9

Vazirning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi

Kambagʻallikni qisqartirish siyosatini yuritish departamenti

12

Xalqaro reytinglar va tadbirkorlik muhitini yaxshilash departamenti

13

Sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish departamenti

16

Raqamli va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti

8

Xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha hududlarning master-rejalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish departamenti

12

Urbanizatsiya va uy-joy qurilishini rivojlantirish departamenti

17

Vazirning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va hududlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi

Qishloq xoʻjaligi islohotlari, ichki oziq-ovqat bozori barqarorligini muvofiqlashtirish departamenti

10

Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishni va sanoatning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish departamenti

13

Inson kapitalini rivojlantirish va demografiya jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti

13

Axborot texnologiyalari va xavfsizligi boshqarmasi

9

Xizmatlar sohasini rivojlantirish departamenti

10

Yer islohotlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi

9

Yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish departamenti

9

Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash boʻlimi

2

Davlat funksiyalarini va davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish boshqarmasi

5

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti

17

Ishlar boshqarmasi

12

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi*

Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi*

Pudrat ishlari bozorini rivojlantirish va qurilishda narxlar shakllanishini tahlil qilish boshqarmasi

4

Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish departamenti

8

Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi*

Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisi*

Safarbarlik tayyorgarligi va resurslar boʻlimi

3

Ijro intizomi va Davlat dasturlarini monitoring qilish boshqarmasi

5

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi*

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi

4

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti*

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi *

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

2

Yuridik departament

6

Axborot xizmati

3

Birinchi boʻlim

3

 

 

Ichki audit xizmati

2

 

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi

2

“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK

 

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 339 nafar.
* Vazirlik markaziy apparatining umumiy shtat birliklariga kiritilmaydi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari hamda tashkiliy asoslarini, shuningdek, rahbarlarining funksional majburiyati va masʼuliyatini belgilaydi.
2. Vazirlik mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xususiyatga ega boʻlgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mulkchilik va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, ijro etilishi majburiydir.
5. Vazirlik yuridik shaxs boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻzining nomi bitilgan muhriga ega.
6. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi;
qisqa nomi — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Ministerstvo ekonomicheskogo razvitiya i sokrasheniya bednosti Respubliki Uzbekistan;
qisqa nomi — Minekonomrazvitiya;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Ministry of economic development and poverty reduction of the Republic of Uzbekistan;
qisqa nomi — Ministry of economic development.
7. Vazirlik quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Islom Karimov shoh koʻchasi, 45a-uy.
2-bob. Vazirlikning tuzilishi
8. Vazirlik quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Vazirlikning markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Vazirlikning hududiy boshqarmalari);
tumanlar va shaharlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari);
Oldingi tahrirga qarang.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi;
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti;
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi;
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)
9. Hududiy boshqarmalar Vazirlikka hamda tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga boʻysunadi.
Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari Vazirlikning hududiy boshqarmalariga hamda tegishliligiga koʻra tuman (shahar) hokimliklariga boʻysunadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziriga boʻysunadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
3-bob. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifa va funksiyalari
§ 1. Vazirlikning vazifa va funksiyalari
11. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va yuritish sohasida:
makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va iqtisodiyotning real sektori holati, ichki va tashqi bozorlar konyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bogʻliq holda iqtisodiyotning asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;
iqtisodiyotning real sektoridagi holatni oldindan baholashning zamonaviy indikatorlarini ishlab chiqish va samarali foydalanish tizimini joriy etish;
inson kapitalini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, zarur infratuzilmani shakllantirishga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning konseptual yoʻnalish va vazifalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, shu jumladan inflyatsiya darajasini pasaytirish va qoʻyilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan eksportni qoʻllab-quvvatlash, eksport va importda tarif va notarif tartibga solish siyosatlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish;
qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasida koʻzda tutilgan tadbirlar va islohotlar amalga oshirilishining mehnat unumdorligi, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmlarining oʻsishiga, ish oʻrinlarining yaratilishiga taʼsirini baholash va tegishli takliflar ishlab chiqish;
b) kambagʻallikni qisqartirish borasida:
iqtisodiy oʻsishning inklyuzivligini tahlil qilish va taʼminlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
kambagʻallikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorij tajribasini inobatga olgan holda kambagʻallik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyotini, ijtimoiy taʼminotning minimal standartlari meʼyoriy asoslarini ishlab chiqish;
milliy barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalariga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal isteʼmol savatchasini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini oʻrganish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan oʻzaro muvofiqligini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish, takomillashtirish hamda mehnat resurslarini taqsimlash borasida oʻzaro muvofiqlikdagi ishlarni olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi bilan birgalikda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
(11-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
v) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
hududlarning tabiiy xom ashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunliklari”ni inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari doirasidagi loyihalarni oʻz muddatida va sifatli bajarishga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, hududlararo rivojlanishning tabaqalashuvini qisqartirish choralarini koʻrish;
hududlarda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish yuzasidan uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish, ularni rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
g) mamlakatda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;
mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish;
vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) faoliyatini muvofiqlashtirish;
iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mahalliy hokimliklar bilan birga hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyish.
(11-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
d) sanoatning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish — yagona industrial siyosatni yuritish borasida:
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishni, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirish strategiyalarini (modellarini) ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va aholini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan bozor mexanizmlari asosida uzluksiz taʼminlashga qaratilgan strategiyani va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
asosiy sanoat tarmoqlari va yirik korxonalarni isloh qilish boʻyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
sanoat tarmoqlarining rivojlanish darajasini monitoring qilib borishda xalqaro tajribada keng qoʻllaniladigan asosiy indikatorlarni aniqlash, “yashil iqtisodiyot” hamda energiya samaradorlikning asosiy prinsiplari va usullarini amaliyotga joriy etish va monitoring qilish uslubiyotini ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika sanoat korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, hajmlari, ichki bozor talabining qondirilish darajasi boʻyicha hamda ichki va tashqi bozorlarda muhim sanoat mahsulotlari narxlarining oʻzgarish tendensiyalari boʻyicha tahlillar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini tashkil etish;
e) davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish borasida:
iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish maqsadlaridan kelib chiqib, hamda iqtisodiy oʻsishga taʼsiri nuqtai nazaridan samaradorligi past boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlash asosida davlat ishtiroki mavjud tarmoq va korxonalarni isloh qilish boʻyicha takliflarni kiritish orqali yaxlit davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish;
davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur boʻlgan sharoitlarni yaratish, xususan ular tomonidan ishlab chiqariladigan xizmat va mahsulotlarning erkin va raqobatbardosh bozorini shakllantirish bilan bogʻliq tarkibiy islohotlar boʻyicha asosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash;
davlat ulushi mavjud strategik tarmoq va korxonalarda mehnat unumdorligini, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslari tejamkorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini kamaytirishda zamonaviy mexanizm va yondashuvlarning qoʻllanilishi boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
j) davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasida:
barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish sohalari va tarmoqlarini aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish strategiyalari va dasturlaridan kelib chiqqan holda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda davlat investitsiya dasturini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yoʻnalish va loyihalar boʻyicha tegishli ichki hamda tashqi manbalarni shakllantirish uchun buyurtmalarni berish;
davlat investitsiya dasturlarini makroiqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish hamda bu borada shakllantirilgan xulosalardan kelib chiqib, investitsiya yoʻnalishlarini belgilash;
davlat investitsiya siyosatining umumiy investitsiyaviy faollikka, shu jumladan xususiy va xorijiy toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar oqimiga taʼsirini tahlil qilish, prognozlash hamda bu borada tegishli takliflarni shakllantirish.
z) infratuzilmani rivojlantirish va urbanizatsiya siyosatini yuritishda:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika hududlarida uy-joy qurilish bozori va shaharlarni rivojlantirish boʻyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga solinishini taʼminlash, shuningdek, yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish;
(11-band “z” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sigʻimlari hamda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojlarini prognoz qilish va shu asosda urbanizatsiya koʻlamlarini belgilash — mavjud shaharlarni kengaytirish yoki yoʻldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan hududlar kesimida takliflar tayyorlash;
yangi barpo etiladigan yoʻldosh shaharlar aholisining yashash sharoiti darajasini yanada oshirish hamda shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalarini aniqlash va muvofiqlashtirish;
ilgʻor, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yoʻldosh shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;
jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, oʻrta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish;
uy-joy qurilish bozorini ipoteka kreditlari orqali rivojlantirish hamda mavjud uy-joylar fondini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrgangan holda renovatsiya tizimini takomillashtirish va dasturlar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarga ipoteka krediti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratilishini muvofiqlashtirish;
(11-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
i) biznes muhitini yaxshilash va xalqaro reytinglar masalalari boʻyicha:
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish boʻyicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali biznes faoliyati sohasidagi asossiz majburiyatlar, taqiqlar va cheklovlarni olib tashlash, joriy tartibga solish jarayonlarini takomillashtirish hamda sohada amaldagi va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga taʼsirini baholash;
“Oʻzstandart” agentligi va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz biznes faoliyatlarini erkin amalga oshirishlarida toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan texnik reglament va talablarni oʻrnatuvchi organlar faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotida raqobat muhitini yaxshilash, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman bilan birgalikda biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni tashkil etishda hamkorlik qilish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;
biznes ekotizimi, jumladan startap, biznes-inkubator, biznes-akseleratorlar asosida tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida venchur fondlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
xalqaro iqtisodiy reytinglar bilan ishlashda ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda reytinglarni har bir tarkibiy indikatori kesimida mutasaddi vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlarni tuzish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
k) jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni faollashtirish sohasida:
mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasidan, shu jumladan oʻrta va uzoq muddatli tashqi iqtisodiy muvozanatni taʼminlash maqsadlaridan kelib chiqib, xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
iqtisodiy sohada turli integratsiya birlashmalari (MDH, YEOII va boshqalar) bilan, respublika hududlari xorijiy davlatlar hududlari bilan, shu jumladan chegaraoldi hamkorlikning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga taʼsirini keng qamrovli tahlil qilish va kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
vakolatlar doirasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini ifodalash, belgilangan tartibda va xalqaro huquq bitimlariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha hamkorlik bitimlarini tuzish.
Vazirlik oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirishda ularning ustuvorligi va bosqichma-bosqichlik tamoyilidan kelib chiqadi, shuningdek, har bir yoʻnalish boʻyicha xalqaro ekspert-maslahatchilarni jalb qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
l) davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish sohasida:
Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini eʼlon qilish va muhokamadan oʻtkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritish;
xususiy sektorga berilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflar tayyorlash;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan l kichik band bilan toʻldirilganQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
12. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va yuritishda, xususan:
a) makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning tahlili va prognozi, iqtisodiy boshqaruvning bozor mexanizmlarini joriy etishda:
makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, bozor islohotlari jarayonlarining tahlili asosida iqtisodiyotni liberallashtirish boʻyicha tizimli monitoring va tahlilini amalga oshiradi;
iqtisodiyotning mavjud salohiyati hamda tashqi iqtisodiy sharoitlarni inobatga olgan holda iqtisodiy rivojlanishning oʻrta va uzoq muddatli strategiyasi va makroiqtisodiy ssenariylarini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
mavjud tashqi sharoitlarni, monetar va fiskal siyosatning joriy holatini baholash asosida qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlarga hamda makroiqtisodiy siyosat yoʻnalishlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritib boradi;
makroiqtisodiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda iqtisodiyotdagi nomutanosiblik (disproporsiya)larni aniqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda muvofiqlashtirilgan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshiradi;
Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, shu jumladan inflyatsiya darajasini pasaytirish va qoʻyilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshiradi;
makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning zamonaviy usullarini (modellarini) joriy etadi;
Markaziy bank, Moliya vazirligi bilan birgalikda (oʻzaro maʼlumot almashish orqali) muntazam ravishda choraklik makroiqtisodiy sharh tayyorlaydi va eʼlon qiladi;
asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni ishlab chiqish va monitoring qilishni, respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining tizimli tahlilini amalga oshiradi;
b) milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirishda:
hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida oʻrta va yaqin muddatlarga moʻljallangan tovarlarning asosiy guruhlari boʻyicha tashqi savdo prognozini shakllantiradi;
eksport tarkibi va hajmining chuqur tahlili asosida Oʻzbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha amaliy choralar ishlab chiqish, eksport mahsulotlari turlarini kengaytirish va hajmlarini oshirish rezervlarini aniqlaydi;
makroiqtisodiy parametrlar va toʻlov balansi bilan uygʻunlashgan holda tashqi savdoni rivojlantirish prognoz parametrlarini, xususan tovar (ish, xizmat)lar importi koʻrsatkichlarini va eksport prognozini ishlab chiqadi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni va ularni ragʻbatlantirish instrumentlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
import qilinayotgan mahsulot hajmi va turlarini tahlil qilish va uning asosida, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini kengaytirishni ragʻbatlantirish maqsadida bojxona toʻlovlari stavkalari boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqadi;
v) inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni kompleks tahlil qilish va ishlab chiqishda:
mehnat resurslari balansi, shuningdek, demografik koʻrsatkichlarni, mehnat resurslari soni va tarkibida miqdoriy va sifat koʻrsatkichlarining oʻzgarishini, iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollarini chuqur tahlil qilish va prognoz qilish asosida ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklif prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi;
taʼlim tizimini takomillashtirish va mehnat bozorini malakali mutaxassislar bilan taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
rivojlanish konsepsiyalari, strategiya va dasturlarni, shuningdek, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tizimi muassasalari, fan, sogʻliqni saqlash, sport va madaniyat muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
mehnat va aholi bandligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va madaniyat sohalarida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
majburiy tibbiy sugʻurtalash tizimida amalga oshirilayotgan davlat siyosatidagi turli chora-tadbirlarning iqtisodiy rivojlanish parametrlariga va biznes yuritish sharoitlariga taʼsirini baholaydi;
iqtisodiyot tarmoqlarining oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlab borish asosida har bir oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga (bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qabul boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirib borishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
2) kambagʻallikni qisqartirish borasida:
iqtisodiy oʻsishning inklyuzivligini tahlil qilish asosida kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha strategiyani ishlab chiqadi va uning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;
xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan dastur va “yoʻl xarita”larini ishlab chiqadi;
kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, xorij tajribasini inobatga olgan holda kambagʻallik darajasini oʻlchashning milliy mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan uslubiyotni ishlab chiqadi;
ijtimoiy taʼminotning minimal standartlari, yashash minimumi va minimal isteʼmol savatchasi hamda daromadlar taqsimlanishida nomutanosibliklarni aniqlashning meʼyoriy asoslarini ishlab chiqadi;
kambagʻallik va daromadlarning tabaqalashuvini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlaydi va tahlil qiladi;
qabul qilinadigan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning, davlat siyosatlarining kambagʻallik va daromadlarning tabaqalashuv darajasiga taʼsirini ekspertizadan oʻtkazadi;
makroiqtisodiy siyosatning aholining kambagʻal qatlamiga taʼsirini tahlil qiladi va tegishli choralar ishlab chiqadi;
milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha tizimli ishlarni olib boradi;
milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining davlat maqsadli dasturlari bilan oʻzaro muvofiqligini taʼminlaydi;
ijtimoiy himoyaning manzilliligi va taʼsirchanligini monitoring qiladi, jahon tajribasini inobatga olgan holda ijtimoiy himoya qilishning innovatsion usullari va shakllarini amaliyotga joriy etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat bozori va ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi bilan birgalikda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
(12-band 2 kichik bandining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
3) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi oʻrtasidagi farqni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish orqali tarkibiy oʻzgarishlarning borishini belgilaydi;
hududlarda foydalanilmagan mehnat zaxiralarini va ishlab chiqarish salohiyatlarini aniqlaydi va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi. Bunda, tabiiy va iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirish jarayonida loyihalarni, xususan ishlab chiqarish kuchlari, infratuzilma va turar joylarni hududga tabiiy, iqtisodiy, arxitektura-qurilish, shuningdek isteʼmol bozori kabi omillarni inobatga olgan holda maqbul joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni samarali va sifatli amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ularni oʻz vaqtida va sifatli bajarishga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammoli masalalarni aniqlash choralarini belgilaydi;
hududlarning investitsiyaviy infratuzilma muhitini yaxshilash, sanoat zonalarining jozibadorligini oshirish maqsadida infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha choralar koʻradi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqidagi bitimlar va uzoq muddatli ijara shartnomalariga asosan sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan oʻzlari qabul qilgan majburiyatlarning bajarilishi boʻyicha monitoring olib boradi;
xom ashyo zaxirasi mavjud hamda aholi zich joylashgan, tadbirkorlik tashabbuskorligi darajasi baland, infratuzilma yaqin shahar va tumanlar atroflarida sanoat zonalarini tashkil etish choralarini koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
4) mamlakatda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritadi, tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, respublika vakillari va hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularning ishini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida mahalladagi iqtisodiy holatni “xonadonbay” oʻrganishlarni, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatlarini hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishlarini va ehtiyojlarini tahlil qilish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilishning boshqa shakllarini ragʻbatlantirish va rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
tadbirkorlikni boshlash uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini takomillashtirish, kambagʻal aholini ishga olgan korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish asosida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy va nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini muvofiqlashtiradi;
aholida tadbirkorlik sohasida zarur koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻqitish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat taʼlim tashkilotlarini keng jalb qiladi;
aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish uchun subsidiyalar berish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
respublika hududlarining xususiyatlari va salohiyatidan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarini aniqlaydi va ularni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi, ularning bajarilishi ustidan samarali monitoring olib boradi;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish choralarini koʻradi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
hududlarda mahallabay ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni, “yetakchi” tadbirkorlik subyektlari va aholi oʻrtasida iqtisodiy kooperatsiyani rivojlantirish choralarini koʻradi;
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, kreditlari va texnik koʻmagini jalb etish yuzasidan hamkorlik olib boradi;
tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda ishtirok etadi;
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi va uni samarali boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyadi.
(12-bandning “4” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
5) sanoatning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish — yagona industrial siyosatni yuritish, jumladan:
a) sanoat korxonalarini samarali joylashtirish, hududlarning tabiiy va iqtisodiy resurslaridan oqilona foydalanish asosida respublika sanoatini rivojlantirish strategiyasi (modeli)ni ishlab chiqish sohasida:
erkin bozor munosabatlariga asoslangan sanoat siyosatini ishlab chiqadi va yuritadi. Bunda, sanoat raqobatbardoshligini oshirish, uning salohiyatli drayverlarini aniqlash, baholash hamda ularni harakatga keltirishni nazarda tutuvchi sanoatni rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli strategiyalari (modellari) ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
sanoatni rivojlantirish tendensiyalarini tahlil qilish indikatorlarini yuritadi hamda respublikada mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarish hajmlari, ichki bozor talabining qoplanish darajasi yuzasidan tahlillar oʻtkazadi va takliflar tayyorlaydi;
respublika sanoat tarmoqlarini hududlar bilan uzviy bogʻliqlikda rivojlantiradi. Bunda, mavjud xom ashyo resurslari va ishlab chiqarish infratuzilmalaridan kelib chiqqan holda ichki va tashqi bozorda talab yuqori mahsulotlar boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarini joylashtirish yoʻnalishlarini aniqlaydi;
sanoat tarmoqlarida raqobatbardoshlikni oshirish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishda ishtirok etadi. Bunda, sanoat sohasidagi xalqaro standartlarni uygʻunlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif usulda tartibga solish hamda noqonuniy va sifatsiz mahsulotlar importining oldini olish maqsadida mavjud texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini joriy etish, sinov laboratoriyalari tashkil etishni kompleks ravishda muvofiqlashtiradi.
sanoatda mehnat unumdorligini oshirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini va YAIMda uglerod sarfi hajmini kamaytirish, sof va ekologik xavfsiz texnologiyalarni sanoat jarayonlarida qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va monitoringini amalga oshiradi;
b) tovar bozorlaridagi muvozanatni taʼminlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
geologik tadbirlarni amalga oshirish va tabiiy yer osti boyliklaridan unumli foydalanish siyosatini yuritishda ishtirok etadi. Bunda, iqtisodiyotni mineral xom ashyo resurslari bilan barqaror taʼminlashda foydali qazilma konlari zaxiralarini oshirishni nazarda tutuvchi yoʻnalishlar boʻyicha tahlillarni amalga oshiradi va takliflar tayyorlaydi;
foydali qazilma konlarini geologik oʻrganish va sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirishda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish boʻyicha geologiya-iqtisodiy takliflar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yirik sanoat korxonalari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan mineral xom ashyoni chuqur qayta ishlash asosida bazaviy tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida sanoat va tarmoqlararo komplekslarni modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi;
sanoatning rivojlanishini va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha koʻrilgan choralarni baholaydi.
6) davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish borasida:
iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish va samaradorligi past boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlash asosida davlat ishtiroki mavjud tarmoq va korxonalarni isloh qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;
davlat ulushi boʻlgan korxonalarda ishlab chiqarish dasturlari, yillik hisobotlar va yillik biznes-rejani, oʻrta muddatga va uzoq muddatga moʻljallangan rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda ishtirok etadi;
davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur boʻlgan sharoitlarni yaratish bilan bogʻliq tarkibiy islohotlar yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
respublikaning iqtisodiy rivojlanishi asosiy yoʻnalishlari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarini rivojlantirish strategiyasini tayyorlash, monitoring va baholash boʻyicha tartib-tamoyillarni belgilaydi;
Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy islohotlar amalga oshirilishini va strategik tarmoqlarni isloh qilishni muvofiqlashtiradi;
7) davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, xususan:
a) mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish uchun ustuvor sohalar va tarmoqlarni aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshirishda ishtirok etadi;
investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yoʻnalishlarini, jumladan tarmoq va hududiy rivojlanish maqsadli dasturlari koʻrsatkichlari bilan uygʻunlikda investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
sohalarni rivojlantirish konsepsiyasini (strategiyasini) shakllantirish uchun vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari tomonidan, shu jumladan chet el konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda ishlab chiqilgan texnik shartlarni kelishadi;
b) milliy va hududiy investitsiyalarning yoʻnalish va loyihalarini shakllantirish, ularni amalga oshirishda:
ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilgan budjet tizimining budjet mablagʻlari hisobidan investitsiyalar samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
milliy iqtisodiyotning oʻrta va uzoq muddatlarga barqaror rivojlanishini taʼminlovchi davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shuningdek, tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarini samarali va sifatli amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
v) davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish manbalarini tahlil qilish va prognozlashda:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun taqdim qilingan budjet mablagʻlarining limitlari doirasida davlat investitsiya loyihalari takliflarini shakllantiradi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari tomonidan ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilma yoʻnalishlarida budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha shakllantirilgan manzilli roʻyxatlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va moliyalashtirish manbalari asosida investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy soha, infratuzilma va ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlarining mablagʻlari hamda xorijiy hamkorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etishda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ijtimoiy soha, infratuzilma va ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni aniqlashda ishtirok etadi;
ishlab chiqarishni (bazaviy tarmoqlarni) rivojlantirish borasida davlat investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini muvofiqlashtiradi, xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, eng muhim va yirik investitsiya loyihalarining quvvatlari va manbalarini aniqlagan holda ularni joylashtirishni amalga oshiradi;
g) davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirishni monitoring va tahlil qilishda:
ijtimoiy soha boʻyicha amalga oshirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijalari, jumladan maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalarining qamrab olish darajasi, sogʻliqni saqlash muassasalari qatnov darajasini tahlil qiladi;
infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qiladi, bunda ichimlik suvi va oqova suv bilan taʼminlanganligi, yoʻllarning qurish va taʼmirlash darajasini tahlil qiladi;
ishlab chiqarishni (bazaviy tarmoqlarni) rivojlantirish borasida loyihalarning samaradorligini tahlil qiladi, loyihalarning quvvatlari va manbalarini aniqlagan holda ularni joylashtirishni amalga oshiradi.
d) mamlakatda umumiy investitsiyaviy faollikni tahlil qilish va prognozlashda:
davlat investitsiya dasturining samaradorligini tahlil qiladi, loyihalarni joylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar koʻlamining oʻsishi yuqori texnologik taraqqiyot va intensiv iqtisodiy oʻsishning omili sifatida yalpi ichki mahsulot va yalpi hududiy mahsulotlarga ijobiy taʼsirini tahlil qiladi;
iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, tarkibiy islohotlarni amalga oshirishni tahlil qiladi;
mavjud moliyaviy-investitsiya salohiyatidan oqilona foydalanish kontekstida tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirishga va pirovard natijada yangi ish oʻrinlari yaratilishi orqali aholining turmush farovonligi oshirilishini taʼminlaydi;
8) infratuzilmani rivojlantirish va urbanizatsiya siyosatini yuritishda, xususan:
a) infratuzilmani rivojlantirishda:
infratuzilma sektorining investitsiyaviy jozibadorligi va samaradorligini oshiradigan, har bir hudud infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan qulay muhitni yaratish, davlat mablagʻlaridan samarali foydalanish orqali uzoq muddatli strategik infratuzilmalarni rivojlantirish islohotlarini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
infratuzilma islohotlarini amalga oshirishda hududlarda yangidan tashkil etiladigan kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarga, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay infratuzilma muhitini yaratish va eng samarali uslublardan foydalanishda davlat mablagʻlaridan oqilona foydalanish yuzasidan monitoring olib boradi;
(8-kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
hududlarda infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarni muhimlilik darajasini aniqlash, samaradorligini oshirish, yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar oʻzini oqlash (qaytarilish)ning iqtisodiy muvofiqligini aniqlashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
tranzit-transport salohiyatini rivojlanish koʻrsatkichlari, mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarga yetkazish hajmlari hamda narxlarini monitoring qilib boradi va ularni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
suv taʼminoti sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan isteʼmol va koʻrsatilgan xizmatlarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishda takliflar ishlab chiqadi;
mamlakatda uzluksiz va ishonchli, amaldagi meʼyorlar va qoidalarga mos ravishda taqdim etiladigan suv taʼminoti, kanalizatsiya hamda issiqlik taʼminoti xizmatlari bilan toʻliq qamrab olishga erishish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
transport va yoʻl xoʻjaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobiga transport xizmatlari jahon bozorida Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga yoʻnaltirilgan strategik loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
yoʻl-transport sohalari faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi, infratuzilma sohasini kompleks rivojlantirish uchun qisqa, oʻrta va uzoq muddatli maqsadli dasturlarni shakllantiradi;
temir yoʻl, avia va avto tashuvlarga xususiy sektorni jalb qilish va xizmatlar turini kengaytirish, aholining transport bilan taʼminlanganlik darajasini monitoring qilish va uni oshirish boʻyicha choralar koʻradi;
b) urbanizatsiyani rivojlantirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika hududlarida uy-joy qurilish bozori, shaharlarni rivojlantirish va urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda urbanizatsiyani rivojlantirish boʻyicha davlat konsepsiyalari va dasturlarini shakllantiradi hamda amalga oshiradi;
(12-band 8 kichik bandining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari bilan birgalikda yangi sanoat korxonalarini kompleks joylashtirish orqali aholi punktlarida urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan taʼminlangan, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslarini jalb qilish mexanizmlaridan foydalangan holda, shu jumladan kam va oʻrta daromadli oilalar uchun arzonlashtirilgan turar joylarni qurishga yoʻnaltirilgan investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maxsus chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi uy-joy siyosatini amalga oshirishda urbanizatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirib boradi;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yer uchastkalarini xususiylashtirish va bozor narxini aniqlash, hamda urbanizatsiya va yer munosabatlarini tartibga solish boʻyicha davlat siyosatini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
mavjud salohiyatni hisobga olgan holda korxonalarni joylashtirish hamda shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarining samarali sanoat tuzilmasini shakllantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarida turar joy, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini va sanoat korxonalarini joylashtirishda hisobga olish maqsadida demografik sigʻim hisob-kitobini amalga oshiradi;
shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarida uy-joy, ijtimoiy, muhandislik infratuzilmalari va sanoat korxonalarini rekonstruksiya qilish va qurishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
aholi punktlari bosh rejalarini hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dastur loyihalarini ularning urbanizatsiya yoʻnalishlariga, shu jumladan uy-joy, sanoat obyektlarining joylashtirilishida ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band 8-kichik bandining yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 07/20/4936/1671-son)
urbanizatsiya jarayonlarini ustuvor rivojlantirish uchun mintaqalarni aniqlash va tanlash maqsadida vakolatli davlat organlari bilan birgalikda shaharlar va shahar posyolkalarini ularning demografik, mehnat, infratuzilma va ishlab chiqarish salohiyati jihatidan oʻrganish yuzasidan xatlovdan oʻtkazadi;
ishchi kuchlarning qishloqdan shaharga erkin harakatlanishi yoʻlidagi mavjud toʻsiqlarni aniqlaydi va vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
shahar aglomeratsiyalarini shakllantirish uchun istiqbollarni oʻrganish maqsadida yirik shahar chekkasida joylashgan shaharlashgan manzilgohlarning ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yoʻl-transport infratuzilmalari holatini baholash orqali tegishli davlat organlari bilan birgalikda yirik shaharlar chekkasida yoʻldosh shaharlar tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
energiya jihatidan samarali va ekologik texnologiyalar joriy etilishini nazarda tutuvchi aholi punktlarini “yashil shaharlar”ga aylantirish mexanizmini ishlab chiqadi va joriy etadi;
yer bozorini rivojlantirish maqsadida yerni xususiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan barcha mablagʻlarni jamlaydi;
xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda kichik, oʻrta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatlarini shakllantirish tendensiyalarini oʻrganadi, suburbanizatsiya yoʻli bilan yoʻldosh shaharlarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
oʻzining rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida urbanizatsiya masalalariga oid axborot va maʼlumotlar eʼlon qilinishini taʼminlaydi;
urbanizatsiya masalalariga oid xalqaro va milliy ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va ularda ishtirok etadi;
9) biznes muhitini yaxshilash va xalqaro reytinglar masalalari boʻyicha:
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish boʻyicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali amaldagi va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga taʼsirini baholaydi hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
vakolatli organlar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz biznes faoliyatining erkin amalga oshirilishida toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan texnik reglament va talablarni oʻrnatuvchi organlar faoliyatini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi;
mamlakat iqtisodiyotida raqobat muhitini yaxshilash, biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar boʻyicha vakolatli organlar bilan birgalikda oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshiradi;
biznes ekotizimi, jumladan startap, biznes-inkubator, biznes-akseleratorlar asosida tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida venchur fondlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
mamlakatda biznes muhitini yaxshilash hamda xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilashga qaratilgan “Yoʻl xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarni mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi ustidan monitoring ishlarini olib boradi;
“Biznes yuritish osonligi” indeksining alohida indikatorlari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar ishlarini muvofiqlashtiradi, “Iqtisodiy erkinlik indeksi — 2020” yillik hisoboti natijalarini tahlil qiladi, salbiy koʻrsatkichlar sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
10) jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni faollashtirish sohasida:
integratsiya uyushmalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga qoʻshilishi jarayonlari ustidan tizimli monitoringida qatnashadi, shuningdek, tegishli maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga qoʻshilishi yuzasidan muzokaralar tashkil etadi va qatnashadi, bu boradagi xalqaro hamkorlik shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qatnashadi;
Vazirlik vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga qoʻshilishi uchun asos boʻladigan milliy qonunchilik normalarini integratsiya uyushmalari doirasidagi amaldagi va yangi qabul qilinadigan meʼyoriy-huquqiy asoslarga moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
respublika hududlari va xorijiy davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik orqali mintaqalararo va chegaraoldi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ishtirok etadi;
berilgan vakolatlar doirasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini ifodalaydi, belgilangan tartibda va xalqaro huquq bitimlariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha hamkorlik bitimlarini tuzadi;
Vazirlikka nazorat qilish yuklatilgan savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekiston qismlari faoliyatini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyadi;
11) Vazirlik tizimi faoliyatiga innovatsion yechimlarni tatbiq etish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, axborot xavfsizligi va vazirlik faoliyatining shaffofligini taʼminlash, raqamli iqtisodiyot boʻyicha xodimlarning bilim va malakasini oshirish sohasida:
Vazirlikda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Vazirlikning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda statistik va tahliliy maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi, axborot tizimlarini ishlab chiqadi va dasturiy mahsulotlarni joriy etadi;
raqamli iqtisodiyot doirasidagi munosabatlarni tartibga solish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
vazirlik va idoralar bilan birgalikda raqamli texnologiyalarga asoslangan innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tadbirlarni belgilaydi hamda iqtisodiy oʻsish va ish oʻrinlari yaratilishiga taʼsirini baholaydi;
Vazirlik tizimining raqamli infratuzilmasini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantiradi, uning axborot va kiberxavfsizligini taʼminlaydi;
Vazirlik tizimi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlaydi, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikni yuqori darajada yoʻlga qoʻyadi;
tizim xodimlarining raqamli iqtisodiyotga oʻtish va rivojlantirish boʻyicha bilim va malakasini muntazam ravishda oshirish hamda ish yuritishda innovatsion mexanizmlarni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
12) davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish sohasida:
a) “Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi doirasida:
davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlash va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish hamda davlat boshqaruvi sohasida amalda mavjud boʻlgan imkoniyatlarni kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
vazirlik va idoralar kesimida xususiy sektorga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil qilish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan davlat funksiyalarining yagona reyestrini shakllantiradi;
b) davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishida monitoring olib borish doirasida:
davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishida monitoring olib borish jarayoniga rahbarlik qiladi;
davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha taʼsirchan choralarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
v) davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish jarayonining shaffofligini taʼminlaydi, bunda xususiy sektorga oʻtkazish taklif etilayotgan davlat funksiyalarini elektron maydonchada keng omma eʼtiboriga havola qiladi va muhokamadan oʻtkazish natijasi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, elektron maydoncha faoliyatini yuritadi;
g) xususiy sektorga berilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil qiladi, oʻrganish doirasida davlat funksiyalari roʻyxatini tuzadi hamda xususiy sektorga oʻtkazish mumkin boʻlgan funksiyalarni yagona reyestrga kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi”.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan 12 kichik band bilan toʻldirilganQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
§ 2. Vazirlikning hududiy boshqarmalari vazifalari va funksiyalari
13. Vazirlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
mamlakatning va hududning ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanishining istiqbolli ustuvor strategik yoʻnalishlari, uzoq, oʻrta va qisqa muddatli prognozlar va hududlarni kompleks rivojlantirish, tuzilmaviy oʻzgartirishlar, iqtisodiyot tuzilmasini diversifikatsiya qilish dasturlari asosida hududning sanoat salohiyatini va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
hududning tabiiy xom ashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunligi”ni inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;
shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sigʻimlari hamda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojini prognoz qilish va shu asosda urbanizatsiya koʻlamlarini belgilash — mavjud shaharlarni kengaytirish yoki yoʻldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan takliflar tayyorlash;
agrar sektorda tuzilmaviy oʻzgartirishlar, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash sohalarini chuqur tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;
hududlarda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
14. Vazirlikning hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni tizimli tahlil qilish va rejalashtirish sohasida:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilib boradi;
nomutanosibliklar, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb qilinmagan mineral xom ashyo resurslari, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlaydi;
mamlakatni rivojlantirish maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, hududlar iqtisodiyoti va sanoatini isloh qilish, barqaror va muvozanatli rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
hududlarni kompleks rivojlantirish, shuningdek, hududlar iqtisodiyotini tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqadi;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan dasturlarni va prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
asosiy turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oʻrganish, shuningdek, ularni muvofiqlashtirish va taʼsirchan choralar belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
b) kambagʻallikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi boʻyicha monitoring olib boradi;
aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, ularning daromadlari oʻsishini va xarid qobiliyatini oshirishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
aholining alohida qatlamlarini manzilli himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har bir mahalla kesimida oʻrgangan holda, ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish choralarini koʻradi;
faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tiklash va ishlab turgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish boʻyicha choralar koʻradi;
tuman va shaharlar iqtisodiyoti oʻsishiga turtki beradigan soha va yoʻnalishlarni belgilash va tadbirkorlikni shu sohalarda rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
v) qishloq xoʻjaligi sohasida:
agrar sektorda tuzilmaviy oʻzgartirishlar boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
qishloq xoʻjaligini rivojlantirish yoʻnalishlari va koʻrsatkichlarini, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
g) ijtimoiy soha va inson kapitalini rivojlantirish sohasida:
hududlar demografik jarayonlari, aholining bandlik darajasi va tuzilmasi, aholi turmush darajasi, xizmat koʻrsatish, turizm, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalari, madaniyat va sportni rivojlantirishni tizimli tahlil qilib boradi;
aholiga sogʻliqni saqlash, taʼlim va ijtimoiy madaniy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish, aholi bandligini taʼminlash, demografik omillar va hududning istiqbolli iqtisodiy rivojlanishi asosida aholini ish bilan band qilishning progressiv shakllarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
xizmat koʻrsatish va turizm sohasini rivojlantirish, koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish, aholi bandligini oshirishni taʼminlash, xizmat va turizm sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
d) sanoatni, jumladan eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish sohasida:
hududlar sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral xom ashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, eksportbop mahsulotlar hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;
hududiy rivojlanish dasturlarini shakllantirish va ularni amalga oshirish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini investitsiya va sanoatni rivojlantirish dasturlariga kiritish, xususan ularni ilgʻor resurs tejamkor va energiya samarador texnologiyalar asosida modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
hududlarda sanoat sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, shu jumladan hududiy rivojlanish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish dasturlari bajarilishini doimiy tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi;
sanoatda foydalanishga qayta tiklanadigan, shu jumladan muqobil va past sifatli yoqilgʻilarni ishlatadigan energiya manbalarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
hudud sanoatining rivojlanish holati, shu jumladan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, kooperatsiya jarayonlarini kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
e) sanoat zonalarini rivojlantirish sohasida:
sanoat zonalari hududida joylashtirish uchun maʼmuriy kengash qarorlariga asosan taqdim etilgan investitsiya loyihalarini tanlash boʻyicha tanlov amalga oshirish ustidan doimiy monitoring oʻrnatadi;
sanoat zonalari hududida loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, shu jumladan ishlab chiqarishni tashkil qilish ustidan monitoring oʻrnatish va mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
sanoat zonalari jozibadorligini oshirish va ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
j) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va infratuzilmani rivojlantirish sohasida:
hududlarni qurilish, yoʻl-transport, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish holatini tizimli va kompleks tahlil qiladi;
hududlarda yoʻl-transport, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha hududiy investitsiya dasturlari, investitsiya loyihalari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini shakllantiradi va uning bajarilishi ustidan doimiy monitoring amalga oshiradi;
ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni, jumladan kommunal sohani (suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik manbai, sanitar tozalash) rivojlantirish boʻyicha tegishli dasturlarga kiritish uchun takliflar ishlab chiqadi;
qurilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha dasturlar amalga oshirilishi natijalari haqida tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
hududlarda iqtisodiy organlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band “j” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 07/20/4936/1671-son)
z) vazirlik va idoralarning barcha hududiy boʻlinmalari, xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
makroiqtisodiy siyosat, iqtisodiy va ijtimoiy rejalashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tuzilmaviy islohotlarni amalga oshirish sohasida vazirlik va idoralarning barcha hududiy boʻlinmalari, xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hududlarda kambagʻallikni qisqartirish borasida ishlab chiqiladigan dasturlar, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi;
hududlarda sanoat sohalarini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlari, investitsiya dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, investitsiya loyihalari bajarilishini doimiy tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi;
vazirlik va idoralarning barcha hududiy boʻlinmalari, xoʻjalik boshqaruvi organlarining davlat dasturlari, investitsiya dasturlari, sanoatni rivojlantirish dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari, investitsiya loyihalari amalga oshirishda oʻzaro samarali faoliyatini tashkil qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
15. Vazirlikning hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlar va shtatlar jadvallari Vazirlik bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
§ 3. Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari vazifalari va funksiyalari
16. Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlarining asosiy vazifalari:
tuman (shahar) iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilishda qatnashish, nomutanosibliklarni, zaxiralarni aniqlash va mineral xom ashyo, ishchi kuchi va ishlab chiqarish salohiyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
tuman (shahar)ning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish boʻyicha mamlakat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategik ustuvor yoʻnalishlaridan, qisqa va oʻrta muddatli rejalar va kompleks rivojlantirish dasturlaridan, hududlar iqtisodiyotini tarkibiy oʻzgartirish, chuqurlashtirish va diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqqan holda tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda dasturlar va boshqa chora-tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etish;
muhandislik, yoʻl-transport va kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlantirish, transport xizmatlarini yanada takomillashtirish, uy-joy kommunal xizmatlarini koʻrsatish darajasi va sifatini yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha dasturlar va boshqa chora-tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etish;
qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini optimal joylashtirish, agrar sektorda tarkibiy oʻzgartirishlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish hisobiga band boʻlmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan taʼminlash, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish va yashash sharoitlarini yaxshilash, aholi uchun tibbiy, maʼrifiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
tuman (shahar)da sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
17. Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari oʻzlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarni tizimli tahlil qilish va prognozlash sohasida:
tumanlar (shaharlar)ning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qiladi;
mavjud nomutanosibliklar, zaxiralar, va ishlab chiqarishga jalb qilinmagan mineral xom ashyo resurslari, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlaydi;
hududlarni rivojlantirish maqsadlariga va ustuvor yoʻnalishlariga asoslanib iqtisodiyotni isloh qilish, barqaror va muvozanatli rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
tumanlar (shaharlar)ni kompleks rivojlantirish shuningdek tumanlar (shaharlar) iqtisodiyotining tarkibiy islohotlarini chuqurlashtirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi;
tumanlar (shaharlar)ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, tasdiqlangan kompleks rivojlantirish dasturlarini va tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari prognozlarining bajarilishi boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
b) kambagʻallikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
tegishli korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishi boʻyicha monitoring olib boradi;
aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, ularning daromadlari oʻsishini va xarid qilish qobiliyatini oshirishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
aholining alohida qatlamlarini manzilli himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har bir mahalla kesimida oʻrgangan holda, ularda tadbirkorlik koʻnikmasini shakllantirish choralarini koʻradi;
faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tiklash va ishlab turgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish boʻyicha choralar koʻradi;
tuman (shahar) iqtisodiyoti oʻsishiga turtki beradigan soha va yoʻnalishlarni belgilash va tadbirkorlikni shu sohalarda rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
v) qishloq xoʻjaligi sohasida:
qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
qishloq xoʻjaligini rivojlantirish yoʻnalishlari va koʻrsatkichlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
g) ijtimoiy soha va inson kapitalini rivojlantirish sohasida:
demografik jarayonlar, aholining bandlik darajasi va tuzilmasi, aholi turmush darajasi, xizmat koʻrsatish, turizm, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalari, madaniyat va sportni rivojlantirishni tizimli tahlil qilib boradi;
aholiga sogʻliqni saqlash, taʼlim va ijtimoiy madaniy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish, aholi bandligini taʼminlash, demografik omillar va hududning istiqbolli iqtisodiy rivojlanishi asosida aholi bandligini taʼminlashning progressiv shakllarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
xizmat koʻrsatish, turizm sohasini rivojlantirish, koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, xizmat va turizm sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
d) sanoatni, jumladan eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish sohasida:
hududlar sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral xom ashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek eksportbop mahsulotlar hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;
hududiy rivojlanish dasturlarining sanoat salohiyati qismini shakllantirish va ularni amalga oshirish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini investitsiya va sanoatni rivojlantirish dasturlariga kiritish, xususan ularni ilgʻor resurs tejamkor va energiya samarador texnologiyalar asosida modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
hududlarda sanoat sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, shu jumladan hududiy rivojlanish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish dasturlari bajarilishini doimiy tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi;
sanoatda foydalanishga qayta tiklanadigan, shu jumladan muqobil va past sifatli yoqilgʻilarni ishlatadigan energiya manbalarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
hudud sanoatining rivojlanish holati, shu jumladan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, kooperatsiya jarayonlarini kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
e) sanoat zonalarini rivojlantirish sohasida:
sanoat zonalari hududida loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, shu jumladan ishlab chiqarishni tashkil qilish ustidan monitoring oʻrnatish va mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
sanoat zonalari jozibadorligini oshirish va ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
j) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va infratuzilmani rivojlantirish sohasida:
tuman (shahar)da yoʻl-transport, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha hududiy investitsiya dasturlari, investitsiya loyihalari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini shakllantirish va bajarilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;
ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni, jumladan kommunal sohani (suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik manbai, sanitar tozalash) rivojlantirish boʻyicha tegishli dasturlarga kiritish uchun takliflar ishlab chiqadi;
hududlarda iqtisodiy organlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
18. Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar va shtatlar jadvallari viloyat hokimliklari va Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari huquq va majburiyatlari
§1. Vazirlikning huquq va majburiyatlari
19. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlikka yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻrnatilgan tartibda kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, respublikaning chet eldagi diplomatik va savdo vakolatxonalari, Markaziy bank va tijorat banklaridan tegishli maʼlumotlarni oʻrnatilgan tartibda soʻrash va olish;
davlat statistika organlaridan zarur statistik maʼlumotlarni bepul olish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Vazirlik faoliyatini amalga oshirish doirasida ushbu ishlarni bajarishga davlat buyurtmasi asosida ishlanmalar va ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish boʻyicha loyihalarni tanlash uchun tanlov komissiyalarini tashkil etish va tanlovlar eʼlon qilish;
ilmiy tadqiqotlarga yoʻnaltirish uchun budjet mablagʻlarini taqsimlashda ishtirok etish;
respublika iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi boʻyicha chora-tabdirlarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishini nazorat qilish va ushbu masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan oʻrnatilgan tartibda yigʻilishlar chaqirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining topshiriqlariga muvofiq xalqaro tashkilotlarda davlat manfaatlarini ifoda etish hamda oʻrnatilgan tartibda va xalqaro huquq meʼyorlari asosida boshqa mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha masʼul idoralari hamda ilmiy institutlari bilan bevosita yoki ularning quyi boʻgʻin tuzilmalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish;
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish borasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda tuzilmaviy ilmiy va oʻquv markazlarini tashkil etish;
iqtisodiyot sohasidagi vazifalarni yoritish maqsadida oʻrnatilgan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish va nashriyot organlarini tashkil qilish;
Vazirlik va uning quyi boʻgʻin tuzilmalarining davlat mulklarini, oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida, oʻrnatilgan tartibda bir tuzilmadan boshqasiga begʻaraz foydalanish huquqi asosida oʻtkazish;
binolarga xizmat koʻrsatish, inventarlar va xoʻjalik ashyolari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va orgtexnikalarni saqlash va foydalanish boʻyicha ishlarni bajarish, dasturiy taʼminot sotib olish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda shartnomalar tuzish;
Vazirlik vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun ilmiy tashkilotlar, olim va mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
Vazirlik hamda Vazirlik tizimiga kiruvchi tarkibiy tuzilmalar va tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini koʻrish;
qonunchilikka muvofiq Vazirlikning ijtimoiy infratuzilmasini tashkil etish va takomillashtirish, Vazirlik tizimi xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha yagona tizimni shakllantirish.
Vazirlik qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
20. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosi yuzasidan javobgar hisoblanadi.
§ 2. Vazirlikning hududiy boshqarmalari huquq va majburiyatlari
21. Vazirlikning hududiy boshqarmalari quyidagi huquqlarga ega:
yuklatilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlardan maʼlumotlar soʻrash;
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;
Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlariga topshiriq va koʻrsatmalar berish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari, shuningdek ilmiy tashkilotlarning malakali mutaxassislarini axborot-tahliliy materiallar va dasturiy hujjatlarni tayyorlashga jalb qilish.
22. Vazirlikning hududiy boshqarmalari quyidagilarga majbur:
qonunchilik hujjatlari, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari, shuningdek, hududiy boshqarmaga yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarish hamda bajarilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
hududlarni rivojlantirish dasturlarining tegishli respublika dasturlari va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlariga uzviy bogʻlagan holda oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilishini taʼminlash;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va sanoatning rivojlanish tendensiyalari, hududiy rivojlanish dasturlari va prognozlarining ijrosi toʻgʻrisidagi obyektiv tahliliy maʼlumotlarni Vazirlikka taqdim etish.
§ 3. Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari huquq va majburiyatlari
23. Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari quyidagi huquqlarga ega:
yuklatilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot materiallarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlardan soʻrash va olish;
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlinmalari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlinmalari, shuningdek ilmiy tashkilotlarning malakali mutaxassislarini axborot-tahliliy materiallar va dasturiy hujjatlarni tayyorlashga jalb qilish.
24. Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari quyidagilarga majbur:
qonunchilik hujjatlari, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri va uning oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar rahbarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni, shuningdek, boʻlimga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarish hamda bajarilishi ustidan taʼsirchan nazorat olib borish;
hududiy rivojlanish dasturlarini tegishli respublika dasturlari va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlariga uzviy bogʻlagan holda ishlab chiqish uchun materiallarni tayyorlash tartibi, metodologiyasi, qoidalari va muddatlariga rioya qilish;
hududlarni rivojlantirish dasturlari va prognozlari ijrosining borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda boshqa soʻralgan materiallarni koʻrib chiqish uchun tuman (shahar) hokimi, Vazirlik hududiy boshqarmalariga taqdim etishda muddatlilik, majmuaviylik va sifatni taʼminlash.
5-bob. Vazirlik rahbariyatining funksional majburiyatlari
25. Yuklatilgan vazifalarga muvofiq Vazirlik, Vazirlikning hududiy boshqarmalari, Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlariga quyidagi funksional majburiyatlar yuklatiladi:
a) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri:
Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgardir;
Vazirlik faoliyatining ayrim yoʻnalishlari va boʻlimlarini, shuningdek, quyi tashkilotlarni boshqarish uchun vazir oʻrinbosarlari va vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan takliflar va huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini tasdiqlaydi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning bajarilishi ustidan tizimli nazoratni tashkil etishni taʼminlaydi;
oʻz vakolati doirasida Vazirlik tizimi xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Vazirlik markaziy apparatining xarajatlar smetasi va xodimlar shtat jadvalini belgilangan shtatlar doirasida tasdiqlaydi;
Vazirlik markaziy apparati, Vazirlikning hududiy boshqarmalari va Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari hamda tasarrufidagi tashkilotlar tuzilmasiga belgilangan shtatlar doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Vazirlik markaziy apparati tuzilmaviy boʻlinmalari va tasarrufidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek ekspertlarni konsultant sifatida jalb qiladi;
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qiladi hamda ularga tegishli ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilaydi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
b) vazir oʻrinbosarlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi bilan iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, ekspertizani tashkil etish va huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlash masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarlari nomidan iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ustuvor vazifalar va dasturlar ijrosini muvofiqlashtiradi;
Vazirlikning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq Vazirlikning tegishli boʻlimlarini bevosita boshqarishni amalga oshiradi;
vazir oʻrinbosarlari nomenklaturasiga kiritilgan Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari lavozimlariga nomzodlarni vazir tomonidan tasdiqlash uchun taqdim etadi;
vazir nomenklaturasiga kiritilgan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha takliflar kiritadi;
mutasaddi boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi.
v) Vazirlikning tarkibiy boʻlinmasi boshligʻi:
tarkibiy boʻlinma toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizom doirasida aniq yoʻnalishlardagi vazifalarning yuqori sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;
mutasaddi tarmoqlar, iqtisodiy sohalar va hududlarni rivojlantirish holatini sifatli baholashni olib boradi va ularni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar va amalga oshirish mexanizmlarini Vazirlik rahbariyatiga taqdim etadi.
g) Vazirlikning hududiy boshqarmasi boshligʻi:
Vazirlikning hududiy boshqarmasi faoliyatini, jumladan boʻlim boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va mutaxassislarining yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq ishlarini tashkil etadi;
Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hududning rivojlanish holatini sifatli baholashni olib boradi va Vazirlik rahbariyatiga uni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar va amalga oshirish mexanizmlarini kiritadi;
belgilangan tartibda boshqa vazifalarni bajaradi;
d) Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi:
boʻlim faoliyatini oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etadi;
boʻlim mutaxassislari oʻrtasida topshiriqlarni tarqatadi, shuningdek, ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
Vazirlik hududiy boshqarmasi bilan doimiy hamkorlikni amalga oshiradi;
tizimli asosda hudud iqtisodiyoti va sanoatining rivojlanish darajasini tahlil qiladi;
boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) hokimiga taqdim etadi;
Vazirlikning hududiy boshqarmasiga xodimlarni ragʻbatlantirish va boʻlim xodimlariga intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha takliflar kiritadi;
belgilangan tartibda boshqa vazifalarni bajaradi.
6-bob. Vazirlik rahbariyatining javobgarligi
26. Vazir quyidagilar uchun masʼul:
ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz muddatida bajarish, shuningdek, Vazirlik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalarning natijalariga, ularning mamlakat va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsir koʻrsatishiga erishish;
Vazirlikda, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida ijro intizomiga qatʼiy rioya qilish.
27. Vazir oʻrinbosarlari quyidagilar uchun masʼul:
tegishli yoʻnalishlar boʻyicha bajarilayotgan topshiriqlarning natijadorligi va oʻz muddatidaligi;
masʼullik qiladigan yoʻnalishlar boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan choralarning natijadorligi va samaradorligi.
28. Vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari quyidagilar uchun masʼul:
qonunchilik hujjatlarini, Vazirlik rahbariyatining topshiriqlarini hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishi;
tegishli respublika dasturlari va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari bilan uzviy bogʻlagan holda hududlarni rivojlantirish dasturlarini belgilangan tartibda ishlab chiqilishini taʼminlash;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari toʻgʻrisidagi obyektiv tahliliy maʼlumotlarni Vazirlikka oʻz vaqtida taqdim etish;
amalga oshirilgan hududiy dasturlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va sanoatni rivojlantirishga taʼsirining natijadorligi;
hududlarni rivojlantirish boʻyicha yuklatilgan vazifalarning sifatli va oʻz muddatida bajarilishini taʼminlash.
29. Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari quyidagilar uchun masʼul:
qonunchilik hujjatlari, Vazirlik va Vazirlikning hududiy boshqarmalari topshiriqlarini, shuningdek, yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning oʻz muddatida va sifatli bajarish hamda bajarilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
tegishli respublika dasturlari va tarmoqlarni rivojlantirish dasturi bilan uzviy bogʻlagan holda hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning tartibi, uslubiyoti, tamoyillari va muddatlariga rioya etish;
koʻrib chiqish uchun hududiy boshqarmalarga taqdim etiladigan tahliliy maʼlumotlarning oʻz vaqtidaligi, majmuaviyligi va sifatini taʼminlash;
hokimliklar rahbarlari bilan birga tumanlar (shaharlar)ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning natijalari.
7-bob. Vazirlikning faoliyatini tashkillashtirish
§ 1. Vazirlikning rahbariyati
30. Vazirlikka Bosh vazirning Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan vazir rahbarlik qiladi.
Vazir amaldagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan oltita oʻrinbosarga, jumladan ikkita birinchi oʻrinbosarga ega.
Vazirning birinchi oʻrinbosarlari maqomi boʻyicha vazirga, vazir oʻrinbosarlari — vazirning birinchi oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
31. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish quyidagicha amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining direktori oʻrinbosarlari, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining ijrochi direktori va oʻrinbosarlari, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning direktori va oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri tomonidan;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, uning oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri bilan kelishilgan holda;
hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — tegishli viloyatlar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri bilan kelishilgan holda;
Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan Vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlarining tavsiyanomasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri bilan kelishilgan holda.
§ 2. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
32. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan quyidagi masalalar boʻyicha uzviy hamkorlikni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlikning rahbariyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari soʻrovlarining oʻz vaqtida bajarilishini, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning oʻz muddatida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining boʻlinmalari bilan mintaqalarni rivojlantirish boʻyicha prognozlar va dasturlarni ishlab chiqishda sektoral rivojlanish dasturlari bilan oʻzaro aloqalarini taʼminlash;
hududiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududlarning izchil va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash, hududlarning tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanishni, ishlab chiqarish kuchlarini optimal taqsimlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda, iqtisodiyot tuzilmasida nomutanosibliklarni bartaraf etishni taʼminlash;
asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasining tizimli monitoringini olib borish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish, ularni amalga oshirishda tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha takliflarni oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish;
davlat organlari tomonidan koʻrib chiqish va kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari, Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlarining faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash;
hududlar, tumanlar (shaharlar)ning ijtimoiy-iqtisodiy va sanoat rivojlanishi darajasini baholash uchun mezonlar tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va sanoat rivojlanishi darajasida differensiyani kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
§ 3. Vazirlikning boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik tartibi
33. Hukumat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish sohasida Vazirlik:
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan hukumat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat boshqaruvi organlari, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashda va taqdim etishda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi nomutanosibliklarni bartaraf etish, iqtisodiyot tuzilmasini takomillashtirish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, shuningdek, Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan hamkorlik qiladi.
§ 4. Vazirlikning hayʼati, maslahat ekspert va boshqa maslahat organlari
34. Vazirlikda vazir (hayʼat raisi), vazirning birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari, shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar va tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
mazkur Nizom bilan belgilangan Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining vazifa va topshiriqlarini sifatli bajarish;
Vazirlikning boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarning samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish va oʻzgartirishlar kiritish orqali ularning natijadorligini baholash;
Vazirlikning nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash, joylashtirish, tayyorlash va qayta tayyorlash.
Shuningdek, hayʼat Vazirlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni koʻrib chiqish huquqiga ega.
Vazirlikning hayʼat yigʻilishiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Markaziy bank, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Agar hayʼat yigʻilishida uning tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Qarorlar koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hayʼat qarorlari iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining buyruqlari, hayʼat bayonnomalari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hayʼat faoliyatining tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
35. Vazirlik qoshida vazirning birinchi oʻrinbosari rahbarligida (kengash raisi) Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi hamda muayyan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va mutaxassislarini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va xoʻjalik birlashmalari vakillaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan jamoatchilik-maslahat kengashi tuziladi.
Jamoatchilik-maslahat kengashining soni, shaxsiy tarkibi va nizomi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Jamoatchilik-maslahat kengashi yigʻilishining qabul qilingan qaroriga asosan kengash raisiga uning shaxsiy tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Quyidagilar Jamoatchilik-maslahat kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
iqtisodiyotni boshqarishda bozor usullari va mexanizmlarini kengaytirish, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni yanada qisqartirish va optimallashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni muhokama qilish, shuningdek, respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilashga doir masalalarni koʻrib chiqish;
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish mexanizmlarini tanqidiy qoʻrib chiqish, xususiy mulk daxlsizligini himoya qilish va kafolatlashning huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va ularning faoliyatiga asossiz aralashuvni kamaytirish, davlat xizmatlari tizimini takomillashtirish;
qonunchilik bazasini takomillashtirish, shu jumladan Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan va kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda ishtirok etish.
8-bob. Vazirlik faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari
36. Faoliyat samaradorligini baholash:
Vazir, vazirning birinchi oʻrinbosarlari, vazirning oʻrinbosarlari, Vazirlikning hududiy boshqarmalari va Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari faoliyati oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholashning integratsiyalashgan koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi;
Vazirlikning markaziy apparati departamentlari, boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlari va xodimlari, Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari va xodimlari faoliyatini baholash Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholashning integratsiyalashgan koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi.
9-bob. Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
37. Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
38. Vazirlik xodimlarining ish haqlari qonunchilikda koʻzda tutilgan lavozim maoshi, mukofot pullari, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va ragʻbatlantirish toʻlovlaridan tashkil topadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik markaziy apparati, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari, Vazirlikning tuman va shahar boʻlimlari, Vazirlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi markazi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)
1 dan 3 yilgacha — 0,3;
3 dan 5 yilgacha — 0,6;
5 dan 10 yilgacha — 0,8;
10 dan 15 yilgacha — 1,0;
15 dan 20 yilgacha — 1,2;
20 dan yuqori — 1,5.
Koʻp yillik ishlaganlik uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi.
39. Vazirlik xodimlarining ish haqlarini toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishni amalga oshirishning manbasi boʻlib mehnatga haq toʻlash fondi, Vazirlikning budjetdan tashqari rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Vazirlikning budjetdan tashqari rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 31-maydagi “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 251-son qaroriga muvofiq komission yigʻimlar hisobiga shakllantiriladi.
Vazirlikning budjetdan tashqari rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom Vazirlik va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
40. Vazirlik hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini saqlash va moliyalashtirish (shu jumladan moddiy ragʻbatlantirish va koʻp yillik xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari xodimlari uchun belgilanadigan tartib va shartlar asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
10-bob. Vazirlikning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi oldidagi hisoboti
41. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan quyidagi sohalarda oʻzaro hamkorlik qiladi:
yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini oʻrnatilgan tartibda kiritadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, davlat tomonidan tartibga solishni optimallashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, kambagʻallikni qisqartirish va kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan tahliliy maʼlumotlar va takliflarni tayyorlashni taʼminlaydi;
investitsiya loyihalarini shakllantirish, amalga oshirish va samaradorligini baholash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, respublikada iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlar strategiyasidan kelib chiqib, investitsiya jarayonlarining samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish sohasida amalga oshirilayotgan muhim yoʻnalishlar, tizimli muammo va kamchiliklarni doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati va tegishli komplekslari rahbarlari huzurida koʻrib chiqishni tashkil etadi;
oʻrnatilgan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
42. Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari maʼlumotlarini umumlashtirish va har tomonlama chuqur tahlil qilish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha hisobotlarni Vazirlik har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
43. Har chorak yakuni boʻyicha Vazirlik mos hisobot davri uchun mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha press-relizni oʻzining veb-saytida chop etadi.
44. Vazirlikning hududiy boshqarmalari har chorakda, Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari maʼlumotlari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining maʼlumotlarini umumlashtirish va chuqur tahlil qilish asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tasdiqlangan prognoz va maqsadli parametrlari bajarilishining borishi hamda aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisidagi umumlashgan tahliliy maʼlumotlarni ularni bartaraf etish boʻyicha asoslangan takliflar bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar hokimliklariga kiritadi.
45. Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tasdiqlangan prognoz va maqsadli parametrlari bajarilishining borishini har tomonlama chuqur oʻrganish va tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha asoslangan takliflar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni har chorakda Vazirlikning hududiy boshqarmalariga, tuman (shahar) hokimliklariga kiritadi.
11-bob. Yakuniy qoidalar
46. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — vazir*

Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Xodimlar bilan ishlash va maxsus ishlar boʻlimi

2

Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va tahlil qilish yigʻma boʻlimi

6

Hududiy sanoatni rivojlantirish boʻlimi

7

Investitsiya dasturlarini shakllantirish. tahlil qilish va infratuzilmani rivojlantirish boʻlimi

6

Yuriskonsult

1

Sanoat zonalarini rivojlantirish shuʼbasi

Axborot texnologiyalari va xavfsizligi boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ijtimoiy infratuzilmani joylashtirish strategiyasini samarali amalga oshirish va qurilishda narxlarni shakllantirishni tahlil qilish shuʼbasi

Kambagʻallikni qisqartirish, aholi turmush darajasini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimi

6

Mintaqalararo va chegaraoldi hamkorlikni rivojlantirish boʻlimi

4

Buxgalteriya

1

Qishloq hoʻjaligida islohotlar tahlili boʻlimi

5

Ijtimoiy soha va inson kapitalini rivojlantirish boʻlimi

3

Uy-joy qurilishi, urbanizatsiya va hududlarni arxitektura jihatidan rivojlantirish boʻlimi

5

Devonxona

1

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmasi*

Xizmatlar sohasini rivojlantirish va isteʼmol tovarlari narxini monitoring qilish va innovatsiyalar boʻlimi

4

Kichik sanoat zonalari direksiyasi*

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 55 nafar.
Texnik va yordamchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
* Vazirlikning boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soniga kiritilmaydi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
4a-ILOVA
Viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Bosh boshqarma boshligʻi*

Bosh boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari

Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

Xodimlar bilan ishlash va maxsus ishlar boʻlimi

2

Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va tahlil qilish yigʻma boʻlimi

4 — 6**

Hududiy sanoatni rivojlantirish boʻlimi

5 — 7**

Investitsiya dasturlarini shakllantirish, tahlil qilish va infratuzilmani rivojlantirish boʻlimi

4 — 6**

Yuriskonsult

1

Sanoat zonalarini rivojlantirish shuʼbasi

Axborot texnologiyalari va xavfsizligi boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ijtimoiy infratuzilmani joylashtirish strategiyasini samarali amalga oshirish va qurilishda narxlarni shakllantirishni tahlil qilish shuʼbasi

Kambagʻallikni qisqartirish, aholi turmush darajasini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimi

4 — 6**

Mintaqalararo va chegaraoldi hamkorlikni rivojlantirish boʻlimi

3-4**

Buxgalteriya

1

Qishloq hoʻjaligida islohotlar tahlili boʻlimi

3 — 5**

Ijtimoiy soha va inson kapitalini rivojlantirish boʻlimi

3

Uy-joy qurilishi, urbanizatsiya va hududlarni arxitektura jihatidan rivojlantirish boʻlimi

3 — 5**

Devonxona

1

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmasi*

Xizmatlar sohasini rivojlantirish va isteʼmol tovarlari narxini monitoring qilish va innovatsiyalar boʻlimi

3-4**

Kichik sanoat zonalari direksiyasi*

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 41 — 55 nafar.
Yordamchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
* Bosh boshqarmaning boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soniga kiritilmaydi.
** Hudud toifasidan kelib chiqqan holda
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
4b-ILOVA
Maʼmuriy markazlar — shaharlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi*

Boʻlim boshligʻining oʻrinbosari

Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va maqsadli dasturlarni monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

Kambagʻallikni qisqartirish, aholi turmush darajasini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

Hududiy sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, kichik sanoat zonalari faoliyatini monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

Xizmatlar sohasi, isteʼmol bozorlari, tashqi iqtisodiy faoliyat va mintaqalararo hamkorlikni monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

Ijtimoiy soha va inson kapitalini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 6 nafar.
* Boʻlimning boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soniga kiritilmaydi.
(4b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
4v-ILOVA
Tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlim boshligʻi*

Boʻlim boshligʻining oʻrinbosari

Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va maqsadli dasturlarni monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

Kambagʻallikni qisqartirish, aholi turmush darajasini oshirish, inson kapitali va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

Hududiy sanoat, ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirish, kichik sanoat zonalari faoliyatini monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

Qishloq xoʻjaligi, xizmatlar sohasi, isteʼmol bozorlari, tashki iqtisodiy faoliyat va mintaqalararo hamkorlikni monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 5 nafar.
* Boʻlimning boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soniga kiritilmaydi.
(4v-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
5-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari xodimlarining
cheklangan soni

Toifalar boʻyicha hududlar nomi

Xodimlarning cheklangan soni (birlikda)

I toifadagi hududlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

55

Andijon viloyati

55

Qashqadaryo viloyati

55

Samarqand viloyati

55

Toshkent viloyati

55

Fargʻona viloyati

55

II toifadagi hududlar

Buxoro viloyati

47

Navoiy viloyati

47

Namangan viloyati

47

Surxondaryo viloyati

47

Xorazm viloyati

47

III toifadagi hududlar

Jizzax viloyati

41

Sirdaryo viloyati

41

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari

Vazir

20

Vazirning birinchi oʻrinbosari

19

Vazir oʻrinbosari, Agentlik direktori

18

Departament boshligʻi,
Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari

17

Departament boshligʻi oʻrinbosari,
Agentlik direktori oʻrinbosari

17 (-3%)

Boshqarma boshligʻi

17 (-5%)

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

16

Boʻlim boshligʻi

16

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

15

Devonxona mudiri, xizmat boshligʻi, vazir yordamchisi

15

Bosh mutaxassis

13

Yetakchi mutaxassis

12

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
6a-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar:

I toifa

II toifa

III toifa

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — vazir,

viloyat hokimining iqtisodiyot-moliya va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Bosh boshqarma boshligʻi

19

18

17

Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari,

Bosh boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari

16

15

14

Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari,

Bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosari

15

14

13

Boʻlim boshligʻi

14

13

12

Boʻlim boshligʻining oʻrinbosari

14 (-5%)

13 (-5%)

12 (-5%)

Bosh mutaxassis, yuriskonsult, buxgalter, devonxona mudiri

13

12

11

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
6b-ILOVA
Tumanlar (shaharlar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar:

maʼmuriy markazlarda

viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda

qishloq tumanlarida

Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlim boshligʻi

15-16*

15

15-16*

Boʻlim boshligʻining oʻrinbosari

14

13

12

Bosh mutaxassis

13

12

11


* Hudud toifasidan kelib chiqqan holda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining
tuzilmasi
Jami 105 ta shtat birligi, shu jumladan ilmiy xodimlar — 76 ta shtat birligi.
Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi
tuzilmasi
Boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni — 38 nafar.
Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
9-ILOVA
Iqtisodiyotni bozor mexanizmlariga oʻtkazishdagi fundamental masalalar va nomutanosibliklarni bartaraf etish, boshlangan islohotlarni mantiqiy davom ettirish, navbatdagi islohotlarga zamin yaratish borasida birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning
“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Kambagʻallikni qisqartirish vositalari va mexanizmlarining uslubiy va huquqiy asoslarini shakllantirish, ijtimoiy taʼminotning minimal standartlarini takomillashtirish

1.

Kambagʻallikni baholash mezonlari va usullari, xalqaro amaliyotda qoʻllaniladigan mulk va ijtimoiy tengsizlik koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olgan yangi metodologiyani ishlab chiqish.

Metodologik hujjat

2020-yil 10-iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Ortiqov),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
tegishli vazirlik va idoralar

2.

Kambagʻallik darajasini oʻlchashning qabul qilingan mezonlarini hisobga olgan holda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni budjetdan moliyalashtirishning normativ-huquqiy bazasi va mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 15-iyun

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Ortiqov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

3.

Mamlakatda yaxlit ijtimoiy himoya tizimini shakllantirish, uning aniq va maqsadli mezonlarini ishlab chiqish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish va samarali boshqaruvni tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 20-iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov)

4.

Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Kambagʻallikni kamaytirish dasturi loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Ortiqov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),
tegishli vazirlik va idoralar

5.

Qishloq joylarida tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ishbilarmonlar qishlogʻi” dasturini shakllantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Ortiqov),
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Gʻ. Mamatqulov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

6.

2021 — 2025-yillarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-dekabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Ortiqov),
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Gʻ. Mamatqulov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

II. Makroiqtisodiy siyosat, tahlil va prognozlarni amalga oshirishni takomillashtirish borasida

7.

Jahondagi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda 2020-yilda kutilayotgan va 2021-2022-yillar uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognoz parametrlarining ssenariy variantlarini ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotlar

Dastlabki varianti 2020-yil 1-iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
tegishli vazirlik va idoralar

8.

Koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiyotdagi inqirozli holatning salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish chora-tadbirlari amalga oshirilishini monitoring qilish va muvofiqlashtirib borish.

Chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish

2020-yil davomida, har hafta

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Markaziy bank (M. Nurmuratov),
tegishli vazirlik va idoralar

9.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda makroiqtisodiy dasturlash, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va prognozlashtirishning zamonaviy tizimini joriy qilish.

Tahliliy materiallar, hisobotlar

2020-2021-yillar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov)

10.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqa xalqaro tashkilotlarning ekspertlari va texnik koʻmaklarini jalb qilgan holda vazirlikning makroiqtisodiy tahlil va prognozlash borasidagi kadrlar salohiyatini kuchaytirish.

Tegishli xalqaro tashkilotlar bilan kelishuvlarga erishish

2020-yil 15iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),

11.

Vazirlik tizimi xodimlari va boshqa mutasaddi vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlarning rahbar va xodimlari uchun iqtisodiy mutaxassisliklar boʻyicha malaka sertifikatlari beriladigan muddatli oʻquv, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat,
oʻquv dasturlari

Tashkiliy-texnik ishlar — 2020-yil mart-aprel,
oʻqitish —muntazam ravishda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Ortiqov),
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, tegishli vazirlik va idoralar

III. Tarkibiy va institutsional islohotlarning iqtisodiy oʻsish hamda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga taʼsirini zamonaviy usullarni qoʻllash orqali baholash va prognozlashtirish ishlarini
takomillashtirish

12.

2030-yilgacha respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini va unda koʻzda tutilgan maqsadli parametrlarni qayta koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1 oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Energetika vazirligi (A. Sultanov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),
tegishli vazirlik va idoralar

13.

Xorijiy ekspert va konsultantlarni hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarini jalb qilgan holda iqtisodiyotni boshqarish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

Konsepsiya loyihasi

2020yil 1-oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
tegishli vazirlik va idoralar

14.

Iqtisodiy jarayonlar ishtirokchilari, shu jumladan real sektor subyektlari va keng jamoatchilikni iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari boʻyicha asoslangan kutilmalarini shakllanishi va qaror qabul qilishlari uchun zarur axborot platformasini joriy etish, tegishli maʼlumot va sharhlarni eʼlon qilib borish tizimini tashkil etish.

Iqtisodiy sharhlar,
maqolalar

Har oyda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),
tegishli vazirlik va idoralar

15.

Mavjud dasturlarni 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida koʻzda tutilayotgan umummilliy rivojlanishning maqsadli parametrlariga muvofiqligini taʼminlash, jumladan:

“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”;

“Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”;

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”;

“Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlari”;

“2019 2023-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi” va boshqalar.

Kompleks chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi

2020-yil 1-avgust

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev),
Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),
Energetika vazirligi (A. Sultanov),
Transport vazirligi (E. Ganiyev),
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A. Abduvaliyev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov)

IV. Hududlarni rivojlantirish va urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish

16.

Hududlarni kompleks rivojlantirish, shu jumladan urbanizatsiya dasturlari bilan uygʻunligini taʼminlash maqsadida respublika shaharlari va ularni kengaytirish, yangi shaharlarni tashkil etish boʻyicha bosh rejalarni tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Ortiqov),
Qurilish vazirligi (B. Zokirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
xalqaro tashkilotlar

17.

Amaldagi yer munosabatlari sohasidagi holatning tahlili asosida uni isloh qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(O. Rustamov),
Qurilish vazirligi (B. Zokirov),
“Davergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev),
xalqaro tashkilotlar

18.

2020 — 2025-yillarda yirik shaharlarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(O. Rustamov),
tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar

19.

2020-yil 1-yanvar holatiga bosh rejalar va hududlarni meʼmoriy rejalashtirish loyihalari (HMRL) mavjudligini toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

Komissiya bayoni

2020-yil davomida

Qurilish vazirligi (B. Zokirov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Boboyev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimliklari

20.

Bosh rejalarni va HMRLlarni ishlab chiqish uchun mavjud manzilli roʻyxatlarni shu maqsadda ajratiladigan mablagʻlarning amaldagi hajmiga muvofiqligini koʻrib chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2020-yil 1-iyul

Qurilish vazirligi (B.Zokirov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Boboyev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimliklari

21.

Budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etishni hisobga olgan holda, bosh rejalar va HMRLlar ishlab chiqilishini moliyalashtirishning real manbalarini aniqlash.

Investitsiya dasturi loyihasi

Doimiy ravishda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Boboyev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

22.

Bosh rejalarni va HMRLlarni aholi yashash punktlarini urbanizatsiya qilish tadbirlariga chambarchas bogʻliq holda ishlab chiqilishini tashkil etish.

Oʻzaro hamkorlikdagi
chora-tadbirlar rejasi

Doimiy ravishda

Qurilish vazirligi (B. Zokirov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(O. Rustamov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimliklari

23.

2025-yilgacha mavjud boʻlgan, qurilayotgan va rejalashtirilayotgan muhandislik va yoʻl-transport infratuzilmasini aks ettiruvchi, shuningdek, hududlarni hamda tarmoqlarni rivojlantirish strategiyalari va (yoki) konsepsiyalariga muvofiq tuman va shaharlarning xarita-sxemalarini ishlab chiqish.

Xarita-sxemalar
(elektron shakl bilan birga)

2020-yil 1-oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(O. Rustamov),
Energetika vazirligi (A. Sultanov),
Transport vazirligi (E. Ganiyev),
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimliklari

V. Sanoatning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yagona industrial siyosatni yuritish

24.

2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, bunda:

sanoat sohasi rivojlanishini harakatga keltiruvchi 5 — 7 ta yetakchi tarmoq va korxonalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari dasturini;

respublikada moliyaviy va sanoat guruhlariga kiradigan 10 ta yetakchi sanoat korxonalarini tash�il etishni;

“Oddiy tovarlar iqtisodiyoti” dasturini rivojlantirishni koʻzda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(B. Abdunazarov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Energetika vazirligi (A. Sultanov),
xalqaro tashkilotlar

25.

Aholi va ishlab chiqaruvchilarni uzluksiz ravishda tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlash boʻyicha zamonaviy va erkin energoresurslar bozorini shakllantirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyul

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(B. Abdunazarov),
Energetika vazirligi (A. Sultanov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

26.

Tovar va xizmatlar bozorida narx nomutanosibliklarini oʻrganib chiqib, ularni uzil-kesil bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-iyul

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(B. Abdunazarov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

27.

Toshkent va Samarqand shaharlariga tutash hududlarda hamda Fargʻona vodiysida qulay infratuzilmaga ega va yetarli ishchi kuchi mavjud joylarni tanlangan holda, ularda sanoat zonalarini tashkil etishga asoslangan rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(B. Abdunazarov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
xalqaro tashkilotlar

28.

Ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish bilan bogʻliq tadqiqotlarni amalga oshirish, uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish va joriy etish.

Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan tuzilgan oʻzaro anglashuv memorandumiga muvofiq mehnat unumdorligini oshirish sohasida tajriba almashish va ishlab chiqarish tarmoqlarida tadqiqotlarni amalga oshirish natijalari asosida ilgʻor xorijiy tajribalarni keng tatbiq etish.

Normativ-huquqiy hujjat, kompleks chora-tadbirlar, uslubiy qoʻllanmalar

Bosqichma-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(B. Abdunazarov),
tegishli vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va sanoat korxonalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qaroriga
10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “2018 — 2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan taʼminlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3502-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 07/20/4936/1671-son)
5-banddagi “Iqtisodiyot vazirligi Qurilish vazirligining” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi buyurtmachilarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovaning 5-pozitsiyasi “masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Iqtisodiyot” soʻzi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi “Ijtimoiy-iqtisodiy sohada ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3752-son qarorida:
a) 3-banddan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 4-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot” soʻzi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “iqtisodiyot” soʻzi “iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “iqtisodiyot” soʻzi “iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot” soʻzi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy, transport va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi”;
e) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot” soʻzi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Toshkent shahri, Xadra massivi, 33-uy manzilidagi bino-inshootlarni ularga tutashgan yer maydoni bilan operativ boshqaruv huquqi asosida bepul qabul qilib olgan holda, faoliyatiga moslashtirib rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari yakunlangandan soʻng joylashtirilsin”;
z) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4102-son qarori 5-bandining birinchi xatboshisidan “hamda tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4105-son qarorida:
1-band hamda 1 — 6, 6a, 7, 7a, 8, 8a, 8b-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
2-bandning birinchi — uchinchi xatboshilaridagi “iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning uchinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilaridagi “iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, ijtimoiy himoya, transport va tibbiy xizmat shartlari tatbiq etilsin”;
11-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
6. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 31-maydagi “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 251-son qarori 8-bandida:
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,07 %”;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidan “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
8. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 336-son qaroriga 1-ilovada:
14-bandidagi “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi*” soʻzlari bilan almashtirilsin;
izohning ikkinchi xatboshisidagi “8¹” raqamidan keyin “14” raqami bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son, 28.12.2020-y., 07/20/4936/1671-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)