1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2021-yil 1-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Jahon miqyosida tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish, aholi salomatligi va sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda jonbozlik koʻrsatishmoqda.
Fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishga qoʻshayotgan ulkan hissalarini va fidokorona xizmatlarini eʼtirof etgan holda, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish ishlariga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarni qoʻshimcha ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.03.00 Sogʻliqni saqlash xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari]
1. Koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovi (keyingi oʻrinlarda — maxsus toʻlov) belgilansin:
vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million soʻm;
oʻrta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million soʻm;
kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million soʻm;
boshqa xodimlarga — 5 million soʻm.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.14.00 Kafolatlar va kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish]
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi (A.N. Aripov) bir hafta muddatda maxsus toʻlovlarni oluvchi mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarga jalb qilingan boshqa xodimlarning qoʻshimcha roʻyxatini tasdiqlasin.
2. Belgilansinki, maxsus toʻlovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida toʻlab beriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.03 Xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlash]
3. Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi yoki ularning ogʻir ahvolga tushishi va sogʻligʻi tiklanmaganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan qoʻshimcha toʻlovlar miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan, zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarni yuqori himoya darajasiga ega boʻlgan shaxsiy himoya vositalari komplekti bilan muntazam ravishda taʼminlasin.
5. Mazkur qaror ijrosi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-mart,
PQ-4652-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4652-son qaroriga ILOVA
Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi yoki ularning ogʻir ahvolga tushishi va sogʻligʻi tiklanmaganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan qoʻshimcha toʻlovlar
MIQDORI
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga toʻlanadigan bir martalik toʻlov miqdori
100 million soʻm
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida ogʻir ahvolga tushgan va sogʻligʻi tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila aʼzolariga toʻlanadigan bir martalik toʻlov miqdori
250 million soʻm
Izoh. Ushbu toʻlovlar qonun hujjatlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlar hamda mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi yoki boshqa oqibatlar yuzaga kelishi munosabati bilan toʻlanadigan toʻlovlarni saqlab qolgan holda qoʻshimcha ravishda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4652/0364-son)