Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 29-iyundagi 60-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2809, 2016-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 341-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy buyumlar roʻyxatining
8-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.