Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya VA ChORVAChILIKNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 100-son “Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 26-martdagi 66-son “Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2578, 2014-yil 28-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 18-son, 203-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.