1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2578]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2020-yil 10-martdagi 1-sonli “Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2578-1, 20.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-sonli “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 22-maydagi 106-sonli “Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1587, 2006-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 244-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-mart,
66-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 26-martdagi 66-sonli buyrugʻiga ILOVA
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-sonli “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
naslchilik — seleksiya maqsadida nasldor hayvonlarni urchitish, naslli mahsulot yetishtirish va undan foydalanish;
nasldor hayvon — kelib chiqishi hujjatlar bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror koʻpaytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda roʻyxatga olingan hayvon;
naslli mahsulot (material) — nasldor hayvon, uning urugʻi va embrionlari, nasldor tuxum, ipak qurti urugʻi;
bonitirovka — hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini baholash;
genofond (kam sonli) zot — muayyan zotga mansub va yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi kam uchraydigan hayvonlar guruhi;
naslchilik obyektlari — nasldor hayvonlar — qoramollar, qoʻylar, echkilar, otlar, tuyalar, choʻchqalar, shuningdek parrandalar, baliqlar, asalarilar, ipak qurti, yovvoyi hayvonlar va ularning naslli mahsulot (material)lari;
naslchilik subyektlari — naslchilik ishi bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar va xoʻjaliklar, seleksiya markazlari, ippodromlar, immunogenetik nazorat laboratoriyalari, nazorat-sinov stansiyalari, embrionlarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) markazlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar — naslli mahsulot egalari;
nasldor hayvonlar va nasldor podalarni davlat roʻyxatiga olish — kelib chiqishini aniqlash va mahsuldorligini belgilash maqsadida nasldor hayvonlar hamda nasldor podalar haqidagi maʼlumotlarni hisobga olish.
2. Naslchilik xoʻjaligi maqomi naslchilik bilan shugʻullanadigan yuridik va jismoniy shaxslarga (bundan buyon matnda talabgorlar deb yuritiladi) qishloq xoʻjaligi hayvonlarining muayyan turi boʻyicha ularning murojaatiga asosan beriladi.
3. Naslchilik xoʻjaligi maqomi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan beriladi.
4. Naslchilik xoʻjaliklari maqomi quyidagi toifalar boʻyicha beriladi:
1) naslchilik xoʻjaligi sifatida kamida uch yil faoliyat yuritayotgan hamda maʼlum bir sof zot boʻyicha yuqori mahsuldorlik xususiyatiga ega boʻlgan hayvonlar podasini urchitish, yangi liniya, oila va tiplar yaratish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — naslchilik zavodi maqomi;
2) kamida uch yil davomida nasldor hayvonlarni sof zotli urchitish usulida urchitib, naslchilik zavodlari bilan hamkorlikda muayyan zotni takomillashtirish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — naslchilik xoʻjaligi maqomi;
3) maʼlum bir hayvon zotlarini zamonaviy usullarda takomillashtirish, ularning yangi zotlarini yaratish va koʻpaytirish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — seleksiya markazi maqomi;
4) nasldor otlarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — ippodrom maqomi;
5) takomillashtirilayotgan nasldor hayvonlarni genetik usulda baholash boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — immunogenetik nazorat laboratoriyasi maqomi;
6) naslchilik subyektlariga nasldor hayvonlarning qiymati, mahsuldorligi va sifatini baholash, nazorat qilish va olingan maʼlumotlarni rasmiylashtirish boʻyicha xizmat koʻrsatadigan talabgorlarga — nazorat-sinov stansiyasi maqomi;
7) turli zotlardagi yuqori genetik mahsuldorlik xususiyatlariga ega boʻlgan naslni yaxshilovchi nasldor erkak hayvonlarni saqlash va ulardan olingan urugʻ bilan hayvonlarni sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — qishloq xoʻjaligi hayvonlarini sunʼiy urugʻlantirish korxonasi maqomi;
8) turli zotlardagi yuqori genetik mahsuldorlik xususiyatlariga ega boʻlgan naslni yaxshilovchi nasldor ona hayvonlarni saqlash va ulardan embrionlar tayyorlash boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — embrionlarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) markazi maqomi;
9) ona hayvonlarni sunʼiy urugʻlantirish uchun nasldor erkak hayvonlarning muzlatilgan urugʻlari bankini tashkil etish va sotish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — erkak hayvonlar urugʻlarini saqlash va sotish korxonasi maqomi;
10) kam sonli va yoʻqolib borayotgan qishloq xoʻjaligi hayvonlarining turlari va zotlari, maʼlum bir evolyutsion xususiyatini nasldan-naslga oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlgan hayvonlarni shakllantirish, urchitish, saqlash yangi zot va tiplar yaratish boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabgorlarga — genofond xoʻjaligi maqomi.
5. Bir toifadagi naslchilik xoʻjaliklari maqomini boshqa toifaga oʻtkazish mazkur Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
2-bob. Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish boʻyicha hududiy attestatsiya komissiyalarini tashkil etish
6. Talabgorlarning naslchilik xoʻjaligi maqomiga loyiqligini baholash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish boʻyicha hududiy attestatsiya komissiyalari (bundan buyon matnda Komissiyalar deb yuritiladi) tashkil etiladi. Komissiyalar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan har uch yilda qayta tasdiqlanadi.
7. Komissiyalar tarkibiga hududiy chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspeksiyalar deb yuritiladi) boshliqlari (Rais) va mutaxassislari, hududiy davlat veterinariya boshqarmalari xodimlari, shuningdek kelishuv asosida naslchilik boʻyicha tajribali mutaxassislar kiritiladi.
8. Komissiya aʼzosi boʻlgan inspeksiya boshliqlari (Rais) va mutaxassislar boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar Komissiya tarkibiga kiritiladi.
Zarur hollarda, Komissiya raisi tomonidan nasldor hayvonlarning alohida turlari boʻyicha mutaxassislar Komissiyalar ishiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
Komissiya yigʻilishini olib boradi, u tomonidan qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlarni imzolaydi.
Komissiya raisi mehnat taʼtili, kasallik yoki boshqa sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda uning vazifalarini bajarish Komissiya aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
10. Komissiyaning barcha hujjatlari uning aʼzolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
3-bob. Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish
11. Talabgor naslchilik xoʻjaligi maqomini olish uchun Komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
oʻz nomi (yuridik shaxs uchun — uning nomi, jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda manzilini koʻrsatgan holda Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshligʻi nomiga ariza;
jismoniy shaxslar uchun — shaxsini tasdiqlovchi hujjatning, yuridik shaxslar uchun — taʼsis hujjati va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
xodimlari va ularning chorvachilik sohasidagi maʼlumoti hamda ish stajini tasdiqlovchi hujjatlarning (diplom, mehnat daftarchasining) nusxalari;
naslchilik zavodi, naslchilik xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi hayvonlarini sunʼiy urugʻlantirish korxonasi, embrionlarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) markazi hamda genofond xoʻjaligi maqomini olishga talabgorlar uchun — oxirgi uch yil davomida oʻtkazilgan naslli mahsulot (material) bonitirovkasi natijalari boʻyicha maʼlumotnomalarning nusxalari. Bunda naslchilik xoʻjaligi maqomiga ega boʻlgan xoʻjaliklardan sotib olingan yoki xorijiy davlatlardan keltirilgan nasldor hayvonlar soni mazkur Nizomning 1 — 13-ilovalarida belgilangan minimal talablarga muvofiq boʻlgan hamda talabgor tomonidan ularning nasldorligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, oxirgi uch yil davomida oʻtkazilgan naslli mahsulot (material) bonitirovkasi natijalari boʻyicha maʼlumotnomalarning nusxalarini taqdim etish talab etilmaydi;
tegishli qishloq xoʻjaligi hayvonlari turlari boʻyicha naslchilik xoʻjaligi maqomini olish uchun mazkur Nizomning 1 — 13-ilovalarida belgilangan minimal talablarga javob berishi haqida talabgor tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar.
12. Ariza qabul qilingan kundan boshlab taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi yetti kun ichida Komissiya tomonidan talabgorning xoʻjaligiga borgan holda oʻrganiladi. Bunda talabgorning faoliyati tegishliligi boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda attestatsiyadan oʻtkaziladi:
naslchilik hisob-kitobini va hujjatlarini yuritish;
naslchilik resurslarining yaxshilanishi, saqlanishi, takror koʻpaytirilishi va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlash;
hayvonlar mahsuldorligi hisob-kitobini yuritish, tipi boʻyicha tasniflash, kelib chiqishini genetik ekspertiza qilish (immunogenetik nazorat laboratoriyasi boʻlmagan hududlarda ularning genetik kelib chiqishini (genotipini) tahlil qilish) va ularni oʻz mahsuldorligi hamda avlodining sifati boʻyicha baholash talablarini bajarish;
urugʻ olish uchun faqat takror koʻpaytiriladigan nasldor erkak hayvonlardan foydalanish, urugʻ va embrionlarni texnologik va veterinariya-sanitariya talabnomalarida belgilangan shart-sharoitda tayyorlash, identifikatsiyalash va saqlash;
naslli mahsulotning (materialning) sifatini kafolatlash.
13. Talabgorning faoliyatini attestatsiyadan oʻtkazish vaqtida Komissiya tomonidan hududiy veterinariya boʻlimlari orqali talabgorning epizootik barqarorligi ham oʻrganiladi.
14. Talabgorning naslchilik xoʻjaligi sifatida doimiy faoliyat olib borish imkoniyatlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tahlil qilinadi va maʼlumotnoma tuziladi:
shtatida naslchilik ishlari boʻyicha zootexnik (bonityor) va sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik xodimlarning mavjudligi;
qishloq xoʻjaligi hayvonlari naslini takomillashtirish, oʻz podasini toʻldirishda naslchilik zavodlarida yetishtirilgan yoki xorijdan olib kelingan nasldor hayvonlar bilan toʻldirib borishi, seleksiya yutuqlaridan samarali foydalanishi;
oʻzi yetishtirgan naslli mahsulotlarni (materiallarni) nasldorligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga auksionlar yoki shartnoma asosida turli yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazib berishi;
seleksiya-naslchilik ishlarida ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanishi, poda seleksiyasida oʻzining naslchilik ishlari rejasi mavjudligi;
har bir nasldor hayvon zamonaviy usullarda tamgʻalangan yoki ularning kelib chiqishini aniq identifikatsiya qilish imkonini beradigan biron-bir boshqa yoʻsinda belgi qoʻyilganligi;
naslli mahsulot (material) bonitirovkasining oʻz vaqtida oʻtkazilib borilishi, ularning natijalarini tahlil qilish asosida podaning mahsuldorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
Davlat nasldor hayvonlar kitoblariga kiritish uchun taqdim etgan va kiritilgan nasldor hayvonlarining mavjudligi;
qishloq xoʻjaligi hayvonlarini sunʼiy urugʻlantirish korxonasi uchun nasldor hayvonlarning xususiy mahsuldorligi va avlodlarining sifati boʻyicha baholanishi;
naslchilik boʻyicha davlat tarmoq dasturlariga muvofiq oʻzlarining naslchilik rejalarini ishlab chiqishi va ularni amalga oshirishi;
naslli mahsulotning kelib chiqishi, saqlanishi, baholanishi va nasl sifatini tasdiqlovchi zootexnik hujjatlari mavjudligi;
naslli hayvonlarni asrash va parvarishlashda mustahkam ozuqa taʼminoti (yil davomida bir xil oziqlantirish tipi) yaratilgan boʻlishi;
sogʻin sigirlar toʻliq zamonaviy sogʻish uskunalari bilan sogʻilishi;
oʻz faoliyatida zootexnika, veterinariya va sanitariya talablariga rioya qilinishini taʼminlashi.
15. Komissiya tomonidan oʻrganilgan va tahlil qilingan maʼlumotlar uning yigʻilishida muhokama qilinadi hamda mazkur Nizomning 14-ilovasida belgilangan shaklga muvofiq naslchilik xoʻjaligi maqomini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
Mazkur dalolatnoma Komissiyaning talabgorni naslchilik xoʻjaligi maqomini berish uchun tavsiya etish yoki rad etish haqidagi qarori hisoblanadi hamda Komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi. Komissiyaning har bir aʼzosi dalolatnomaga oʻz fikr-mulohazalarini kiritishga haqli.
16. Naslchilik xoʻjaligi maqomini berish uchun tavsiya etish rad etilganda, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga uch kun ichida yozma ravishda asoslantirilgan javob bilan qaytariladi. Talabgor Komissiya tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda, mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta murojaat qilishga haqli. Bunda taqdim etilgan hujjatlarni ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar bilan qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Talabgor naslchilik xoʻjaligi maqomini berish uchun tavsiya etilgan taqdirda, bu haqda tuzilgan dalolatnoma talabgor tomonidan berilgan ariza va talabgorning mazkur Nizomning 1 — 13-ilovalarida belgilangan minimal talablarga javob berishi haqida talabgor tomonidan imzolangan maʼlumotlarni ilova qilgan holda uch kun ichida Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.
18. Komissiyalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi tomonidan oʻn kun ichida ekspertizadan oʻtkaziladi.
19. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshligʻining talabgorga naslchilik xoʻjaligi maqomini berish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
20. Naslchilik xoʻjaligi maqomi berilgan talabgor hayvonlarining alohida turi koʻrsatilgan holda Davlat naslchilik registriga kiritiladi hamda unga mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shaklda Naslchilik xoʻjaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma rasmiylashtiriladi.
21. Naslchilik xoʻjaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma tegishli talabgorga topshirish uchun uch kun ichida hududiy inspeksiyaga yuboriladi.
22. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasiga taqdim etilgan dalolatnoma, ariza va maʼlumotnomalarning nusxalari hamda talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tegishli hududiy inspeksiyalarda naslchilik xoʻjaligi maqomi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati davomida saqlanadi.
23. Naslchilik xoʻjaligi maqomi besh yil muddatga beriladi. Bunda naslchilik xoʻjaligi oʻz maqomini saqlab qolish uchun naslchilik xoʻjaligi maqomi berilganligi haqidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin hududiy inspeksiyaga qayta attestatsiyadan oʻtish haqida murojaat qilishi zarur. Qayta attestatsiya mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida oʻtkaziladi.
24. Naslchilik xoʻjaligi maqomini berish boʻyicha arizani koʻrib chiqqanlik, naslchilik xoʻjaligi maqomini berganlik hamda naslchilik xoʻjaligini qayta attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
4-bob. Naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish
25. Hududiy inspeksiyalar barcha toifadagi xoʻjaliklarda naslchilik ishining yuritilishini nazorat qiladi.
26. Naslchilik xoʻjaliklarida naslchilik ishining yuritilishini nazorat qilish jarayonida ularga qoʻyilgan talablar buzilganligi yoki unda surunkali yuqumli kasalliklar tarqalganligi aniqlangan taqdirda, Komissiya tomonidan naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.
Yuqoridagi holatlarning mavjudligi Komissiya tomonidan tasdiqlangan taqdirda, bu haqda naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi va u uch kun ichida Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.
27. Naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida dalolatnoma Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshligʻining naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻini qabul qilish uchun asos boʻladi.
28. Naslchilik maqomi berilganligi haqidagi guvohnoma bekor qilingan taqdirda, mazkur xoʻjalik Davlat naslchilik registridan chiqariladi hamda unga berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
5-bob. Yakuniy qoida
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
2014-yil 26-mart
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Sut-goʻsht yoʻnalishidagi qoramollar zotlarini urchitish va seleksiya-naslchilik ishlari bilan shugʻullanuvchi xoʻjaliklarga qoʻyiladigan
MINIMAL TALABLAR
Koʻrsatkichlar
Naslchilik zavodi
Naslchilik xoʻjaligi
Genofond xoʻjaligi
Sigirlar soni, bosh
100
30
30
Sof zotli sigirlar ulushi, %
100
100
50
Umumiy podadagi elita rekord va elita klassga mansub ona mollar soni
90
80
-
Bir yilda bir sigirning zotlar boʻyicha I klassning minimal koʻrsatkichlariga nisbatan sut miqdori, sut yogʻi, oqsili ishlab chiqarish (oʻrtacha poda boʻyicha), %
150
130
100
Bir oyda sut mahsuldorligini nazorat qilish davriyligi, marta
1
1
1
Zotlar boʻyicha sut mahsuldorligi:
qora-ola zotlar, kg
qizil zotlar, kg
qoʻngʻir zotlar, kg
bushuyev zoti, kg
simmental (flegfix) zoti, kg
boshqa zotlar, kg
5000
4100
4000
3100
4800
6000
4000
3500
3300
2900
4400
4500
Sunʼiy urugʻlantirilgan sigirlar va gʻunajinlar, %
100
100
-
Shundan, yaxshilovchi nasldor buqalar bilan sunʼiy urugʻlantirilgan sigir va gʻunajinlar, %
100
100
-
100 sigirdan buzoq olish, bosh
85
83
80
Tirik vazni boʻyicha zot talabining I klassiga javob beradigan urgʻochi gʻunajinlar, %
100
100
80
Jami 100 sigirdan tayyorlab sotilgan nasl, bosh
10
10
-
Shu jumladan, naslli buqalar
2
-
-
Jami nasl uchun sotilgan mollarda elita rekord va elita klass zotlar:
buqalar
gʻunajin va tanalar
I klass gʻunajin va tanalar
100
80
20
100
70
30
-
-
-
Laktatsiya davrining yakuni boʻyicha 7000 kg va undan koʻp sut bergan sigirlar soni, %
15
10
-
Buqa beruvchi sigirlar guruhlari, %
60
40
100
Nasl uchun sotiladigan yosh mollar, %
100
100
100
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Qoramolchilikda goʻsht yoʻnalishidagi zotlarni urchitish va seleksiya naslchilik ishlari bilan shugʻullanuvchi xoʻjaliklarga qoʻyiladigan
MINIMAL TALABLAR
Koʻrsatkichlar
Naslchilik zavodi
Naslchilik xoʻjaligi
Genofond xoʻjaligi
Sigirlar bosh soni, bosh
100
30
30
Sof zotli hayvonlar ulushi, %
naslli buqalar
sigirlar
IV avlod sigirlar ulushi, %
100
100
-
100
70
30
100
50
-
Elita-rekord va elita klassga mansub hayvonlar ulushi, %
naslli buqalar
sigirlar
100
70
100
50
90
40
Yosh mollarni tirik ogʻirligi boʻyicha:
elita-rekord va elita klasslar ulushi, %
erkaklarda: 6 oylikda
15 oylikda
urgʻochilarda: 6 oylikda
15 oylikda
60
60
65
60
50
50
50
50
40
40
40
40
100 sigirdan buzoq olish, bosh
80
80
77
Tirik vazni boʻyicha zotning I klass talabidan kam boʻlmagan gʻunajinlar ulushi, %
90
80
50
100 ona mol hisobiga nasl uchun jami sotilgan yosh mollar, bosh
15
10
-
Shu jumladan, buqachalar
5
2
-
Sotilgan naslli yosh mollarning elita rekord va elita klasslari soni, %
buqachalar
gʻunajin va tanalar
100
55
95
50
50
30
Ke�ib chiqishi boʻyicha genetik ekspertizasi oʻtkazilgan hayvonlar ulushi, %
Nasldor buqalar
Buqa beruvchi sigirlar guruhi
100
100
100
100
100
100
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Qoʻy va echki zotlarini urchitish bilan shugʻullanuvchi naslchilik xoʻjaliklariga qoʻyiladigan
MINIMAL TALABLAR
Koʻrsatkichlar
Naslchilik zavodi
Naslchilik xoʻjaligi
Genofond xoʻjaligi
Ona qoʻylar (ona echkilar) va bir yoshdan katta toʻqlilar soni, bosh
1500
300
500
Shundan, elita va I klass, %
80
70
70
Nasldor qoʻchqorlar soni (takalar) — elita klass, %
100
100
100
100 bosh onadan olingan qoʻzi (echki), bosh
100
95
95
Onasidan ajratishgacha boʻlgan davrda yosh qoʻzilarni saqlanish daraja�i, %
95
95
95
Nasldor qoʻchqor (taka)larni avlodlarining sifati boʻyicha baholash, asosiy nasldor qoʻchqorlarga nisbatan, %
100
-
-
Ona qoʻylarni sunʼiy urugʻlantirish, bosh
100
100
-
Tirik ogʻirligi, I klassga nisbatan, %
Nasldor qoʻchqorlar (takalar)
125
115
115
Seleksiya oʻzagidagi ona qoʻylar (ona echkilar)
125
115
115
Seleksiya guruhi oʻzgagidagi ona qoʻylar (ona echkilar)
115
110
110
100 bosh ona qoʻyga nisbatan tayyorlab sotilgan naslli yosh qoʻylar, bosh
15
15
-
Shu jumladan, qoʻchqorchalar (takachalar)
10
5
-
Shundan elita klass, %
50
40
I klass va elita klass toʻqlilar, %
50
40
Jun qirqimi (pux tarami), I klass talabiga nisbatan, %
naslli qoʻchqorlar (takalar)
ona qoʻylar
110
105
105
100
105
100
Onasidan ajratish paytidagi tirik ogʻirligi, I klass talabiga nisbatan, %
qoʻchqorchalar (takachalar)
toʻqlichalar (echkichalar)
110
105
100
100
100
100
Nasldor qoʻchqorlarning kelib chiqishini tasdiqlash boʻyicha genetik ekspertiza oʻtkazilganligi, %
100
100
100
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Qorakoʻl qoʻy zotlarini urchitish bilan shugʻullanuvchi xoʻjaliklarga qoʻyiladigan
MINIMAL TALABLAR
Koʻrsatkichlar
Naslchilik zavodi
Naslchilik xoʻjaligi
Jami ona qoʻylar soni, bosh
2500
300
Shundan, sof zotli, %
100
100
Podaga nisbatan ona qoʻy va toʻqlilarning ulushi, %
60
62
Shundan, elita klass va I klass, %
90
80
Podaga nisbatan naslli qoʻchqorlar ulushi, %
2
2
Shundan, elita klass, %
100
100
Avlodlarining sifati boʻyicha baholangan qoʻchqorlar, %
100
-
100 bosh ona qoʻydan olingan qoʻzi, bosh
100
90
Sunʼiy qochirilgan ona qoʻylar, %
100
100
100 bosh ona molga nisbatan nasl uchun sotilgan qoʻzilar, bosh
15
10
Shu jumladan, qoʻchqorchalar, bosh
10
5
Shundan, elita klass, %
100
100
Yirik va oʻrta oʻlchamdagi qorakoʻl terilarining chiqishi, %
95
95
Qorakoʻl terilarda ixtisoslashtirilgan rangning ulushi, %
qora
kulrang
sur
oq
binafsha
100
45
60
50
40
98
40
50
45
35
I navli qorakoʻl terilari, %
qora rang boʻyicha
shu jumladan, jaket guruhi
kulrang boʻyicha
sur
86
37
85
88
84
35
82
86
Kelib chiqishi boʻyicha genetik nuqsonlari ekspertiza qilingan qoʻchqorlar, %
100
-
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Yilqilarni urchitish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga qoʻyiladigan
MINIMAL TALABLAR
Koʻrsatkichlar
Naslchilik zavodi
Naslchilik xoʻjaligi
Genofond xoʻjalik
Naslli aygʻir va biyalar soni, bosh
Shu jumladan, otxona-yaylovda saqlanganda:
aygʻirlar
biyalar
Madaniylashtirilgan uyurlarda saqlanganda:
aygʻirlar
biyalar
Uyurda saqlanganda:
aygʻirlar
biyalar
3
50
7
100
30
300
2
30
5
80
15
200
3
30
7
100
8
120
Mavjud otlarga nisbatan sof zotli otlar, %
aygʻirlar
biyalar
100
100
100
100
100
100
Bonitirovka boʻyicha zotli hayvonlar ulushi,%
elita klassli naslli aygʻirlar
elita klassli biyalar
I klass
100
60
40
100
50
40
100
20
50
Jami sotilgan toychalarga nisbatan elita klass naslli yosh toylarni sotish, %
Salt miniluvchi va yoʻrtoqi zotlar
Ogʻir yuk tortuvchi
Qorabayir zotlari
80
70
50
60
55
45
-
-
-
100 biyadan qulun olish
Shu jumladan:
Salt miniluvchi va yoʻrtoqi zotlar
Ogʻir yuk tortuvchi
Qorabayir zotlari
60
75
75
60
75
75
60
70
70
Mavjud otlarga nisbatan kelib chiqishida genetik nuqson mavjudligini genetik ekspertizasi oʻtkazish va pasportlashtirish, %
Shu jumladan:
aygʻirlar
biyalar
aygʻirchalar
biyachalar
100
100
100
100
100
100
100
100
100
100
100
100
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Choʻchqa zotlarini urchitish bilan shugʻullanuvchi naslchilik xoʻjaliklariga qoʻyiladigan
MINIMAL TALABLAR
Koʻrsatkichlar
Naslchilik zavodlari
Naslchilik xoʻjaliklari
1-zot guruhi
2-zot guruhi
1-zot guruhi
2-zot guruhi
Asosiy ona choʻchqalar soni, bosh
200
200
50
50
Shu jumladan,sof zotli, %
100
100
100
100
Asosiy podaga nisbatan klasslar tarkibi, %
ona choʻchqalar: elita-rekord va elita klass
nasldor erkak choʻchqalar: elita-rekord va elita klass
barcha erkak choʻchqalarga nisbatan sof zotlilari, %
75
100
100
75
100
100
70
85
100
70
85
100
Ona choʻchqalarni baholash:
bir yilda bir bosh asosiy ona choʻchqadan bola olish,
bosh pushtdorlar, bosh
21 kunlikda uyadagi bolalar ogʻirligi, kg
35 kunlikda uyadagi bolalar ogʻirligi, kg
60 kunlikda uyadagi bolalar ogʻirligi, kg
boʻrdoqilashda kunlik oʻsishi, gr
20
11
52
85
180
500
18
9
52
80
170
550
18
10
48
75
160
500
15
9
48
70
150
500
Asosiy podaga nisbatan nazorat usulida boʻrdoqiga boqishni baholash, %
erkak choʻchqalar
ona choʻchqalar
100
50
100
50
-
-
-
-
Yosh choʻchqalarni oʻstirish usulida baholash, %
erkak choʻchqalar
urgʻochi choʻchqalar
100
100
100
100
100
40
100
40
Barcha olingan bolaga nisbatan naslga sotilgan yosh choʻchqalar, %
20
20
25
20
Seleksiya ishida axborotlashtirish texnologiyasidan foydalanish
+
+
+
+
Kelib chiqishini genetik anomaliya mavjudligi boʻyicha genetik ekspertiza qilish, %
nasldor erkak choʻchqalar
erkak choʻchqalar
urgʻochi choʻchqalar
100
100
100
100
100
100
-
-
-
-
-
-
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Moʻynachilikda zotlarni urchitish va naslchilik ishlari bilan shugʻullanuvchi xoʻjaliklarga qoʻyiladigan
Olingan bolalardan nasl uchun sotilganlar ulushi, %
5
5
Nasl uchun sotilgan yosh hayvonlarning elita klasslari, %
90
85
* har bir hayvon boʻyicha nasl uchun ajratishda tana oʻlchami, tirik vazni koʻrsatiladi.
** sunʼiy urugʻlantirishda bola olish 25 foizgacha kamayishiga yoʻl qoʻyiladi.
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Quyonchilikda naslchilik ishlari bilan shugʻullanuvchi xoʻjaliklarga qoʻyiladigan
MINIMAL TALABLAR
Koʻrsatkichlar
Naslchilik zavodi
Naslchilik xoʻjaligi
Asosiy ona quyonlar soni, bosh
300
200
Asosiy podadagi sof zotli quyonlar, %
erkak
urgʻochi
100
100
100
100
Elita va I klassga mansub quyonlar, %
erkak
urgʻochi
100
80
95
70
Yosh quyonlar
80
60
Asosiy ona quyondan 1-marta bola olish, bosh
6
6
Asosiy ona quyondan 3-marta bola olish, bosh
18
18
Zotlar boʻyicha 3 oylik yosh quyonlarning tirik vazni*, kg
oq velikan
kul rang velikan, sovet shinshillasi, qora-qoʻngʻir
kumushsimon, vena havo rangi, sovet marderi,
kaliforniya, oq
oq momiq va angor
2,4
2,3
2,0
2,3
1,9
2,4
2,3
2,0
2,3
1,9
Zotlar boʻyicha 4 oylik yosh quyonlarning tirik vazni*, kg
oq velikan
kul rang velikan, sovet shinshillasi, qora-qoʻngʻir
kumushsimon, vena havo rangi, sovet marderi,
kaliforniya, oq
oq momiq va angor
3,0
2,9
2,6
2,8
2,4
3,0
2,9
2,6
2,8
2,4
Olingan quyonlardan nasl uchun sotilganlar ulushi, %
25
25
Sotilgan yosh quyonchalarning elita va I klassga mansublari ulushi, %
100
90
Oʻstirish jarayonida saqlanishi, %
75
75
* nasl uchun ajratilgan har bir hayvon boʻyicha minimal tirik vazni koʻrsatiladi.
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Baliqchilik zotlarini urchitish bilan shugʻullanuvchi naslchilik xoʻjaliklariga qoʻyiladigan
MINIMAL TALABLAR
Koʻrsatkichlar
Karp
Sazan
Forel
Oʻtxoʻr baliqlar
Naslchilik zavodi
Jami ota-ona baliqlar soni, bosh
600
200
600
600
Shu jumladan, sof zotli, %
100
100
100
100
elita-rekord, elita klass, %
70
60
80
60
I klass, %
30
40
20
40
Erkak baliqlar, bosh
300
100
400
300
Shu jumladan, sof zotli, %
100
100
100
100
Shundan: elita-rekord, elita klass, %
70
60
80
60
I klass, %
30
40
20
40
Urchitish mavsumida qatnashgan har bir ota baliqdan tayyorlab sotilgan naslli mahsulot (chavoq, uvuldiriq), ming doza
200
25
2,5
250
Sotilgan naslli ota-ona baliq, bosh
30
20
100
30
Zotning I klass talabiga nisbatan, zichligi, %
100
100
100
100
Zotning I klass talabiga nisbatan, mahsuldorligi, %
100
100
100
100
Naslchilik xoʻjaligi
Jami ota-ona baliqlar soni, bosh
600
200
400
600
Shu jumladan, sof zotli, %
80
80
90
80
elita-rekord, elita klass, %
60
50
70
50
I klass, %
40
50
30
50
Erkak baliqlar, bosh
300
100
200
300
Shu jumladan, sof zotli, %
80
80
90
80
Elita-rekord, elita klass, %
60
50
70
50
I klass, %
40
50
30
50
Urchitish mavsumida qatnashgan har bir ota baliqdan tayyorlab sotilgan naslli mahsulot (chavoq, uvuldiriq), ming doza
160
20
2,0
200
Sotilgan naslli ota-ona baliq, bosh
-
-
-
-
Zotning I klass talabiga nisbatan, zichligi, %
80
80
80
80
Zotning I klass talabiga nisbatan, mahsuldorligi, %
80
80
80
80
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Parranda zotlarini urchitish bilan shugʻullanuvchi naslchilik xoʻjaliklariga qoʻyiladigan
minimal talablar
Naslchilik zavodlari
Koʻrsatkichlar
Tovuqlar
Kurkalar
Oʻrdaklar
Gʻozlar
Sesarkalar
Bedanalar
tuxum yoʻnalishi
goʻsht tuxum yoʻnalishi
goʻsht yoʻnalishi
Tuxum beruvchilar soni, ming bosh
30
30
30
5
15
10
5
5
Umumiy bosh songa nisbatan nasl guruhini klass tarkibi, %
60
60
60
60
60
60
60
60
elita-rekord va elita klass
Bir yilda tovuq tuxumdorligi, dona
285
180
170
120
180
40
110
220
Poda aylanishi
1.1
1.2
1.4
Jami ishlab chiqarilgan tuxumga nisbatan nasl uchun foydalanilgan tuxum, %
35
40
60
70
75
80
40
40
Yosh joʻja chiqishi, %
75
75
65
60
70
60
65
70
Yosh joʻjaning saqlanishi, %
95
95
95
90
93
93
94
93
Katta tovuqlarning saqlanishi,%
96
96
96
95
95
94
95
95
Tizimdagi seleksiya uyalari soni, dona
60
60
60
60
60
60
60
60
Tizim ichida chatishtirishdan bir uyadagi ona tovuqlardan ajratib olingan yosh joʻjalar
12
15
15
15
10
10
15
15
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
I va II tartibli parrandachilik naslchilik xoʻjaliklari
Koʻrsatkichlar
Tovuqlar
Kurkalar
Oʻrdaklar
Gʻozlar
Sesarkalar
Bedanalar
tuxum yoʻnalishi
tuxum-goʻsht yoʻnalishi
goʻsht yoʻnalishi
Tuxum beruvchilar soni, ming bosh
20
20
15
5
15
10
3
4
Umumiy podaga nisbatan nasl guruhi,%:
I klass (avlod-ajdodlari)
70
70
70
70
70
70
70
70
II klass (ota-ona)
100
100
100
100
100
100
100
100
Tovuqning bir yilda tuxum berishi, dona
270
185
165
110
170
35
100
200
Poda aylanishi
1.1
1.2
1.4
Jami ishlab chiqarilgan tuxumga nisbatan nasl uchun foydalanilgan tuxum, %
50
50
60
60
70
80
40
30
Yosh joʻja chiqishi, %
75
75
65
60
70
60
60
70
Yosh joʻjalarning saqlanishi, %
90
90
90
90
92
92
94
92
Katta tovuqlarning saqlanishi,%
95
95
95
95
94
94
95
94
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Asalari zotlarini urchitish bilan shugʻullanuvchi naslchilik xoʻjaliklariga qoʻyiladigan
minimal talablar
Koʻrsatkichlar
Naslchilik zavodi
Naslchilik xoʻjaligi
Asalari oilalari soni, dona
1600
200
Shu jumladan, sof zotli, dona
1600
200
Yuqori klass bilan baholangan oilalar soni, %
60
40
Naslli mahsulot sotish, yil boshidagi oilaga nisbatan sotilgan asalari paketi,%
50
50
Ona asalari oilasiga, dona
10
10
Bir oiladan yalpi asal ishlab chiqarish, kg
20
20
Qishga chidamliligi (qishdagi asalari chiqimi), %
10
10
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Tut ipak qurti zotlari bilan shugʻullanuvchi xoʻjaliklarga qoʻyiladigan
minimal talablar
Koʻrsatkichlar
Oʻlchov birligi
Eng kam talab
Oilalar pitomnigida
Zotlar soni
dona
4 — 6
Barcha zotlar boʻyicha boqiladigan oilalar
dona
250 — 300
Barcha zotlar boʻyicha tayyorlanayotgan dastlabki tuxum quymalari
dona
3000
Inkubatorga qoʻyiladigan tuxum quymalari
dona
2000
Tanlash jadalligi
foiz
50 — 60
Tuxumning jonlanishi
foiz
95 — 98
Pillaning oʻrtacha vazni
gr
1,8 — 2,0
Super elita bosqichida
Super elita pillalarini tayyorlash uchun inkubatorga qoʻyilgan tuxumlar miqdori
quti
10 — 15
Super elita qurtlaridan olingan yalpi hosil
kg
650 —700
Bir quti super elita qurtidan olingan pilla
kg
60 —70
Super elita pillalarini tanlash jadalligi
foiz
60 —70
Super elita tuxumlarini tayyorlash
quti
280 — 300
Bir kg pilladan tuxum chiqishi
gr
45 — 60
Tuxumlarning jonlanishi
foiz
95 — 98
Pillaning oʻrtacha vazni
gr
1,8 — 2,0
Elita bosqichida
Elita tuxumlarini tayyorlash uchun boqiladigan qurtlar hajmi
quti
280 — 300
Etishtirilgan elita pillalari hajmi
M
16 — 20
Bir quti tut ipak qurtidan olingan pila
kg
65 — 70
Elita pillalarini tanlash jadalligi
foiz
60 — 70
Elita tuxumlarni tayyorlash hajmi
quti
3000
Elita tuxumlarining jonlanishi
foiz
95 — 98
Pillaning oʻrtacha vazni
gr
1,8 — 2,0
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshligʻi ________ F.I.O. 20__ yil “___” ________
Naslchilik subyektining attestatsiya natijalari boʻyicha DALOLATNOMA _____-son
____________ tumani (shahri)
20__ yil “___”________
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 20__ yil “__” ________dagi ____-sonli buyrugʻiga asosan tuzilgan Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish boʻyicha hududiy attestatsiya komissiyasi:
naslchilik xoʻjaligi toifasiga oʻtkazish uchun: naslchilik hisob-kitobini va hujjatlarini yuritish; naslchilik resurslarining yaxshilanishi, saq�anishi, takror koʻpaytirilishi va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlash; hayvonlar mahsuldorligi hisob-kitobini yuritish, tipi boʻyicha tasniflash, kelib chiqishini genetik ekspertiza qilish (immunogenetik nazorat laboratoriyasi boʻlmagan hududlarda ularning genetik kelib chiqishini (genotipini) tahlil qilish) va ularni oʻz mahsuldorligi hamda avlodining sifati boʻyicha baholash talablarini bajarish; urugʻ olish uchun faqat takror koʻpaytiriladigan nasldor erkak hayvonlardan foydalanish, urugʻ va embrionlarni texnologik va veterinariya-sanitariya talabnomalarida belgilangan shart-sharoitda tayyorlash, identifikatsiyalash va saqlash; naslli mahsulotning (materialning) sifatini kafolatlashga doir masalalar koʻrib chiqildi hamda talabgorning naslchilik xoʻjaligi sifatida doimiy faoliyat olib borish imkoniyatlari tahlil qilinib:
_____________________________________________________________________ ga
(talabgor yuridik shaxsning nomi, jismoniy shaxsning F.I.O.)
_________________________________________________________________ boʻyicha
(nasldor hayvon turi)
___________________________________ maqomini berish tavsiya qilindi/qilinmadi.
(naslchilik xoʻjaligi toifasi)
(keraklisining tagiga chizilsin)
Komissiyaning (aʼzosining) qoʻshimcha mulohazasi: ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ Mazkur dalolatnomaga _________________________________________ xoʻjaligining asosiy koʻrsatkichlari va veterinariya ahvoli toʻgʻrisidagi hujjatlar ilova qilinadi.
___________________________________________________ maqomi berildi.
(naslchilik xoʼjaligi toifasi)
ASOS: Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʼjaligi vazirligi Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshligʼining _______-yil ___ __________ dagi ___-sonli buyrugʼi.
Guvohnoma berilgan sana:
____-yil “___” ________
Guvohnomaning amal qilish muddati: _____-yil “___” ________dan
_____-yil “___” ________gacha.
Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi boshligʼi
________
___________________
(imzo)
(F.I.O.)
M.Oʼ.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 18-son, 203-modda)