Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-fevraldagi 35-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987, 2018-yil 29-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 10/18/2987/0961-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha
metodikalarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
19,
67-bandlar va 93-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar” degan soʻzlar “boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
64 va
65-bandlardagi “Umumtaʼlim” degan soʻz “Umumiy oʻrta, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.