Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 21-oktabrdagi 25/6-son qarori (roʻyxat raqami 1648, 2006-yil 27-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 523-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 1-bandning
uchinchi xatboshisidagi “eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan” degan soʻzlar “600 mln soʻmdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Lizing obyekti hisoblangan mol-mulk boʻyicha tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda lizing shartnomasi notarial tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalari olish chogʻidagi lizing toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno.”.
3. 16-bandning
birinchi xatboshisidagi “144-moddasi uchinchi qismida” degan soʻzlar “306-moddasi oltinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.