OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlarni berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 49-son “Konsullik roʻyxatida turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan 1999-yil 15-aprelda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlarni berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 726, 1999-yil 11-may).
2. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2018-yil 27-dekabrdagi 39-son “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlarni berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 726-1, 2019-yil 10-yanvar).