1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 16-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3226]
Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-fevral,
130-son
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2020-yil 11-fevraldagi 130-son buyrugʻiga ILOVA
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (bundan buyon matnda Mudofaa vazirligi deb yuritiladi) qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kontrakt boʻyicha harbiy xizmat — Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida Mudofaa vazirligi orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat;
harbiy-kasbiy saralash (bundan buyon matnda saralash deb yuritiladi) — fuqarolarni (nomzodlarni) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qoʻyilgan talablarga mos kelishini aniqlashga qaratilgan tadbirlar kompleksi (intellektual rivojlanganlik va psixoemotsional barqarorlik darajasini psixologik oʻrganish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, jismoniy imkoniyatlarni baholash, shuningdek harbiy xizmat uchun kasbiy jihatdan muhim boʻlgan boshqa sifatlar);
nomzod — kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish haqidagi arizasi koʻrib chiqish uchun qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
2. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun saralash tadbirlari tashkil qilinadi.
3. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga saralash tadbirlari quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
a) dastlabki oʻrganish (hujjatlarni yigʻish va oʻrganish, suhbat);
b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
v) psixologik oʻrganish (nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
g) tibbiy koʻrik;
d) muvofiqlashtirishdan oʻtkazish yoki maxfiy maʼlumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnoma (bundan buyon matnda ruxsatnoma deb yuritiladi) rasmiylashtirish (ruxsatnomaga ega nomzodlar bundan mustasno).
4. Mudofaa vazirligi uchun zarur hollarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan fan arboblari, shuningdek madaniyat vakillari, soʻnggi besh yil davomida respublika miqyosidagi sport musobaqasining gʻolibi boʻlgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1 — 3-oʻrinlaridan birini egallagan sportchilar istisno tariqasida saralashning faqatgina tibbiy koʻrik, muvofiqlashtirishdan oʻtkazish yoki ruxsatnoma rasmiylashtirish (ruxsatnomaga ega nomzodlar bundan mustasno) bosqichlaridan oʻtadilar.
5. Nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi lozim.
6. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod boʻyining balandligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) belgilangan maxsus talablarga javob berishi shart. Maxsus talablar mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
7. Quyidagi holatlarda saralashning istalgan bosqichida nomzodni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish rad etilishi mumkin:
nomzod mazkur Nizomning 5 va 6-bandlarida belgilangan talablarga javob bermasa;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq nomzod kontrakt tuzish huquqiga ega boʻlmasa;
nomzodga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, unga nisbatan dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoiy ish sudda koʻrilayotgan boʻlsa (bunday holatlarda nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishi masalasini qayta koʻrib chiqish jinoiy ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinganidan soʻng amalga oshiriladi);
jazo chorasidan va amnistiya qoʻllanilganidan qatʼi nazar, nomzod sodir etgan jinoyati uchun ayblov hukmi mavjud boʻlsa;
nomzod muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan va harbiy xizmatchining nomiga dogʻ tushiruvchi xatti-harakatni sodir etganligi yoki xizmat vazifasiga noloyiq boʻlib qolganligi sababli xizmatdan boʻshatilgan boʻlsa;
nomzod oʻzi haqida bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilgani aniqlanganda;
nomzod mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganda.
8. Nomzodlarni saralash tadbirlari Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida mavjud birlamchi boʻsh lavozimlardan kelib chiqqan holda yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi.
9. Saralash tadbirlari oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Mudofaa vazirligining tegishli harbiy okruglari, Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari (bundan buyon matnda harbiy okrug va birlashmalar deb yuritiladi) qoʻmondonlarining buyrugʻi bilan tegishli harbiy okrug va birlashmalarda doimiy faoliyat yuritadigan Harbiy-kasbiy saralash komissiyalari (bundan buyon matnda Saralash komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etiladi.
10. Saralash komissiyalarining tarkibi tegishli harbiy okrug va birlashmalar qoʻmondonlarining oʻrinbosarlari va tegishli tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Harbiy okrug yoki birlashma qoʻshinlari qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari — tegishli Saralash komissiyasi raisi, harbiy okrug va birlashmalarning harbiy-kasbiy saralash boʻlimlari boshliqlari esa — tegishli Saralash komissiyasi kotiblari hisoblanadi.
Mudofaa vazirining buyrugʻiga asosan Saralash komissiyalari tarkibiga Mudofaa vazirligining boshqa mansabdor shaxslari yoki mutaxassislari ham kiritilishi mumkin.
11. Saralash komissiyasi kotibi tomonidan saralash tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha reja-jadval shakllantiriladi hamda komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Reja-jadvalda saralash tadbirlarini oʻtkazish joyi va vaqti koʻrsatilishi kerak.
12. Saralash tadbirlari harbiy okrug va birlashmalar kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari hududida quyidagicha oʻtkaziladi:
Toshkent harbiy okrugi boʻyicha — Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida;
Markaziy harbiy okrug boʻyicha — Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida;
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug boʻyicha — Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida;
Sharqiy harbiy okrug boʻyicha — Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida;
Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida;
Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida.
13. Harbiy okrug va birlashmalarning harbiy-kasbiy saralash boʻlimlari hamda kadr organlari mutaxassisliklar boʻyicha birlamchi boʻsh lavozimlar, nomzodlarni saralash tartibi, ularga qoʻyiladigan talablar, qabul kunlari va joyi, taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorakda kamida bir marta Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasiga taqdim qiladi.
Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotlar vazirlikning rasmiy veb-saytiga (www.mudofaa.uz) joylashtirilishi taʼminlanadi.
14. Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar hududiga kirish joylarida nomzodlarni saralash tartibi, ularga qoʻyiladigan talablar, qabul kunlari va joyi, taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati haqidagi maʼlumotlar qayd etilgan axborot stendlari majburiy tartibda joylashtirilishi lozim.
15. Saralash tadbirlari davomida harbiy okruglar va birlashmalarning faxriylar kengashlari, jamoat tashkilotlari vakillari va nomzodlarning yaqin qarindoshlari (bundan buyon matnda jamoatchilik vakillari deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin. Bunda, jamoatchilik vakillari yoki nomzodlar saralash tadbirlarini oʻtkazish jarayoni va uning natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda tegishli Saralash komissiyasi raisiga yozma ravishda murojaat qilishlari va oʻz taklif hamda eʼtirozlarini bildirishlari mumkin. Jamoatchilik vakillari va nomzodlarning murojaatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi lozim.
16. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar orasidan kontrakt boʻyicha xizmatga nomzodlarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Nomzodlarni dastlabki oʻrganish
17. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro doimiy yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmaga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Vaqtincha yashash joyi boʻyicha tahsil olayotgan yoki rasmiy mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar ushbu hududdagi mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmaga murojaat qilishlari mumkin.
18. Nomzod muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan boʻlsa, arizada kontrakt boʻyicha harbiy xizmatdan boʻshatilish sababini koʻrsatishi lozim.
19. Navbatdagi saralash tadbirlari boshlanishidan oʻn kun oldin mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar tomonidan nomzodlarga saralash tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida xabar beriladi.
20. Saralash komissiyasining navbatdagi qabul kuni davomida nomzodlar hujjatlarini qabul qilish va oʻrganish hamda suhbat oʻtkaziladi. Bunda, nomzodning mutaxassisligi mavjud boʻsh lavozimlarga mos kelishi hamda taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va ulardagi maʼlumotlar toʻgʻriligi oʻrganiladi.
21. Saralash uchun hozir boʻlgan nomzod mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan talabga javob berishini aniqlash maqsadida Saralash komissiyasining tegishli aʼzosi tomonidan uning boʻyi oʻlchanadi. Nomzodning boʻyi talabga javob bermagan hollarda, unga dastlabki oʻrganish tadbirlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
22. Saralash komissiyasi kotibi boʻyga qoʻyilgan talablarga muvofiq kelgan nomzodning hujjatlarini komissiya koʻrib chiqishi uchun qabul qiladi hamda tegishli maʼlumotlarni mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni roʻyxatga olish jurnaliga qayd etadi va nomzodga uning identifikatsiyalash raqamini — xos raqamini maʼlum qiladi.
biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
tugʻilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
nomzod tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa-maʼlumotnoma.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2022-yil 10-fevraldagi 67-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3226-1, 28.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/3226-1/0164-son)
24. Nomzod taqdim etgan hujjatlar toʻliq va ulardagi maʼlumotlar toʻgʻri boʻlishi zarur.
25. Hujjatlar toʻliq va ulardagi maʼlumotlar toʻgʻri boʻlgan hollarda nomzod shu vaqtning oʻzida suxbatdan oʻtkaziladi.
Hujjatlarida kamchilik aniqlangan nomzodga ushbu kamchilikni bartaraf etishi va navbatdagi qabul kunida hozir boʻlishi Saralash komissiyasi kotibi tomonidan tushuntiriladi.
26. Suhbat Saralash komissiyasining suhbat oʻtkazilishiga masʼul boʻlgan aʼzosi (aʼzolari) tomonidan nomzodga mazkur Nizom talablari, harbiy xizmatchining huquq va majburiyatlari, harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq shartlar va imtiyozlar, xizmatning zararli va xavfli jihatlari hamda kasb kasalligini orttirib olish ehtimolini tushuntirish hamda nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagi bor yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
27. Saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan nomzodni dastlabki oʻrganish bosqichida oʻtkazilgan tadbirlar natijalari umumlashtirilib, shu kunning oʻzida nomzodni saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish haqida xulosa chiqariladi.
28. Saralash komissiyasi xulosasi asosida komissiya kotibi tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni roʻyxatga olish jurnaliga tegishli yozuv kiritiladi va nomzodga uning imzosi qoʻyilgan holda tanishtiriladi.
29. Saralash komissiyasi kotibi saralashning dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning hujjatlari va dastlabki oʻrganish natijalarini yagona yigʻma jildda jamlaydi.
4-bob. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
30. Saralashning dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida saralashning navbatdagi kunida nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbiri oʻtkaziladi.
31. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
32. Nomzodlar tomonidan mashqlarni bajarish boshlanishidan oldin ularga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari Saralash komissiyasining nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha masʼul aʼzolari tomonidan tushuntiriladi.
33. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
34. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning oʻzida Saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida baholanadi.
35. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va natijalar shu zahoti nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Qaydnoma Saralash komissiyasining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirda ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida komissiya kotibiga topshiriladi.
36. Jismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha qoniqarsiz baholangan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazilmaydi.
37. Qoniqarsiz baholangan nomzod jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-bob. Nomzodlarni psixologik oʻrganish
38. Saralashning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini aniqlash maqsadida psixologik oʻrganish oʻtkaziladi.
39. Nomzodlarni psixologik oʻrganish mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq metodika va baholash mezonlari asosida psixologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
40. Psixologik testlar, ularning javoblari va javoblar blankalari qoida tariqasida har uch yilda bir marotaba qayta ishlab chiqiladi va Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda harbiy okruglar va birlashmalarning harbiy-kasbiy saralash boʻlimlariga yuboriladi.
41. Psixologik testlar, ularning javoblari va javoblar blankalari Saralash komissiyasi kotibida saqlanadi, kotib testlar va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
42. Psixologik oʻrganish boshlanishidan avval nomzodlar Saralash komissiyasining psixologik oʻrganish oʻtkazish boʻyicha masʼul mutaxassislari tomonidan psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi, har bir vazifa boʻyicha nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda ularga tegishli tushuntirishlar beriladi.
43. Psixologik oʻrganish natijalari qoniqarsiz boʻlgan nomzod test sinovini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
44. Test sinovining natijalari boʻyicha, u oʻtkazilgan kundan boshlab 2 kun ichida Saralash komissiyasining psixologik oʻrganish tadbirlarida ishtirok etgan aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va imzolanadi hamda shu kunning oʻzida komissiya kotibiga topshiriladi.
Psixologik oʻrganish natijalari qaydnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinishi lozim.
45. Saralash komissiyasi kotibi tomonidan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish tadbirlarida qayd etgan natijalari umumlashtirilib, mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bayonnomaga nomzodlar tomonidan jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish tadbirlarida qayd etilgan natijalar mutaxassisliklar kesimida koʻrsatkichlarning pasayib borish tartibida kiritilishi lozim.
46. Bayonnoma Saralash komissiyasining har bir aʼzosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun tegishli harbiy okrug va birlashmalarning qoʻmondonlariga taqdim etiladi.
47. Saralash komissiyasi kotibi harbiy okrug va birlashmalarning qoʻmondonlari tomonidan tasdiqlangan bayonnomaning koʻchirmasi (nusxasi), u tasdiqlangan kundan boshlab 5 kun ichida nomzodlarga ularning imzosi qoʻydirilgan holda tanishtirilishini taʼminlashi lozim.
48. Saralash komissiyasi bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir yil davomida haqiqiy hisoblanadi.
49. Saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda saralash kartasi toʻldiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
6-bob. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
50. Nomzodlar sogʻligʻining holatiga koʻra kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida ular tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
51. Nomzodlarga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanmalar harbiy okrug va birlashmalarning harbiy-kasbiy saralash boʻlimlari va harbiy qismlar tomonidan beriladi.
52. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar garnizon (hududiy) harbiy-tibbiy komissiyalariga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuboriladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2022-yil 10-fevraldagi 67-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3226-1, 28.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/3226-1/0164-son)
53. Tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
54. Tibbiy koʻrik natijalariga koʻra harbiy xizmatga yaroqsiz yoki keyinchalik qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharti bilan davolanishga muhtoj deb topilgan nomzodlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
7-bob. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish
55. Saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning hujjatlarini muvofiqlashtirishdan oʻtkazish yoki ruxsatnoma rasmiylashtirish (ruxsatnomaga ega nomzodlar bundan mustasno) ularni garnizon harbiy-tibbiy komissiyasiga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuborish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Muvofiqlashtirishdan oʻtkazish yoki ruxsatnoma rasmiylashtirishning talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi.
56. Muvofiqlashtirishdan oʻtkazish va ruxsatnoma rasmiylashtirish natijalariga koʻra kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan nomzodlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi.
57. Saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga harbiy okrug va birlashmalarning harbiy-kasbiy saralash boʻlimlari tomonidan belgilangan namunadagi shaxsiy yigʻmajild rasmiylashtiriladi.
58. Saralashdan oʻtgan nomzodning shaxsiy yigʻmajildi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash toʻgʻrisida yakuniy qarorni qabul qilish uchun boʻysunuv boʻyicha yuqori turuvchi kadr organiga taqdim qilinadi. Bunda tibbiy koʻrik xulosasining amal qilish muddati inobatga olinishi lozim.
59. Saralash yakuniga koʻra eng yuqori natijalarga erishgan nomzodlar boʻsh lavozimlar mavjud boʻlgan taqdirda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinadi.
60. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(ilgari kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtaganlar qayerda va qaysi lavozimda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtaganligini, qanday sabablar va asoslarga koʻra harbiy xizmatdan Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilganliklarini qayd etishlari lozim)
Menga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga
nomzodlarni saralash tadbirlarida qatnashishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Xizmatni oʻtash talablari va sharoitlari bilan tanishdim. Oʻzbekiston Respublikasining istalgan hududida
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga tayyorman.
Harbiy xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Nomzodlarni roʻyxatga olish
JURNALI
T/r
Sana
Harbiy unvoni, F.I.O.,
tugʻilgan vaqti va joyi, millati, boʻyi
Maʼlumoti va mutaxassisligi, lavozimi, harbiy xizmatni oʻtagan vaqt va joyi
Yashash manzili va telefon raqami
Dastlabki oʻrganish yakuni boʻyicha xulosa
Xulosa bilan tanishganligi toʻgʻrisida imzo
1.
2.
3.
4.
5.
6.
...
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi
1. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
2. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari boshlanishidan oldin nomzod komissiyaning masʼul aʼzolariga oʻzini tanishtiradi, bunda nomzod biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini koʻrsatishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2022-yil 10-fevraldagi 67-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3226-1, 28.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/3226-1/0164-son)
3. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari komissiya aʼzolari tomonidan tushuntiriladi.
4. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
5. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi.
6. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga boʻlinadi:
a) erkak jinsidagi nomzodlar:
1-guruh: 28 yoshgacha;
2-guruh: 29 yoshdan 33 yoshgacha;
3-guruh: 34 yoshdan 38 yoshgacha;
4-guruh: 39 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar;
b) ayol jinsidagi nomzodlar:
1-guruh: 25 yoshgacha;
2-guruh: 26 yoshdan 30 yoshgacha;
3-guruh: 31 yoshdan 35 yoshgacha.
4-guruh: 36 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar.
7. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish;
kuch ishlatish mashqi — toʻsinda (turnikda) tortilish;
chidamlilikka oid mashq — 3000 metrga yugurish.
8. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish;
kuch ishlatish mashqi — kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
chidamlilikka oid mashq — 1000 metrga yugurish.
Jismoniy tayyorgarlik mashqlari quyidagi ketma-ketlikda: birinchi navbatda — tezlikka oid mashqlar, ikkinchi navbatda — kuch ishlatish mashqlari, uchinchi navbatda — chidamlilikka oid mashqlar bajariladi.
9. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi.
10. Jismoniy tayyorgarlik mashqlaridan biri qoniqarsiz baholanganda, nomzodga navbatdagi mashqlarni bajarishga ruxsat berilmaydi.
Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga koʻra bajarmagan, shuningdek mashqlarni bajarishi qoniqarsiz baholangan nomzodlarga jismoniy tayyorgarlik mashqlarini shu kunning oʻzida qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
11. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamali tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi:
“Start” komandasi boʻyicha start olish chizigʻiga yaqinlashish;
“Diqqat” komandasi boʻyicha tananing ogʻirligini oldinda turgan oyoqqa oʻtkazish, gavda va boshni oldinga egish, qoʻllarni tirsakka bukish;
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etishi mumkin);
oyoqlarni 45° ga koʻtarishga ruxsat etiladi.
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
13. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamali tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
Bunda, yugurish hududidan chiqib ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga oʻtgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi.
14. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.
Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.
Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
15. Mazkur metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu mashq boʻyicha qoniqarsiz baho qoʻyiladi.
16. Nomzodning jismoniy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
“aʼlo” — uchta mashqdan “aʼlo” baholangan yoki ikkita mashqdan “aʼlo” qolgan mashqdan “yaxshi” baholangan boʻlsa;
“yaxshi” — uchta mashqdan “yaxshi” bahodan past boʻlmagan yoki ikkita mashqdan “yaxshi” yoki aʼlo, qolgan mashqdan esa “qoniqarli” baholangan boʻlsa;
“qoniqarli” — agar baholarning ikkitasi “qoniqarli” boʻlib, qoniqarsiz baho boʻlmasa;
“qoniqarsiz” — agar baholardan biri “qoniqarsiz” boʻlsa yoki nomzod, jismoniy tayyorgarlik mashqlarning bittasini bajarishdan voz kechgan boʻlsa.
17. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, har bir mashqni bajarganligi uchun olgan baholar ballarga oʻgirilib, belgilangan chegaraviy meʼyorlardan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarga qoʻshimcha ragʻbat ballari taqdim etiladi. Umumiy toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ball — 195 ballni tashkil etadi.
18. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash uchun natijalar ballar tizimida quyidagi jadvaldagi mezonlar boʻyicha belgilanadi:
T/r
Mashqning nomlanishi
Asosiy ballar
Qoʻshimcha ragʻbat bali
5 baho
4 baho
3 baho
1.
100 metrga yugurish
50
40
30
Muddatidan oldin bajarilgan har bir soniya uchun bir ball (maks. 20 ball)
2.
Turnikda tortilish (kuch ishlatish mashqlari kompleksi)
50
40
30
Har bir qoʻshimcha tortilish (mashq) uchun bir ball (maks. 10 ball)
3.
3000 (1000) metrga yugurish
50
40
30
Muddatidan oldin bajarilgan har 10 soniya uchun bir ball (maks. 15 ball)
1. Nomzodlar maxsus xonaga oʻzining biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini koʻrsatgan holda kiritiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2022-yil 10-fevraldagi 67-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3226-1, 28.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/3226-1/0164-son)
2. Test sinovlari oʻtkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
3. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval komissiya aʼzolari nomzodlarga test sinovlarini oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.
4. Nomzodlar barcha harakatlarni komissiya aʼzolari koʻrsatmalariga muvofiq bajaradi. Mazkur koʻrsatmalarga amal qilmagan nomzod xonadan chiqarib yuboriladi va psixologik oʻrganish ishtirokchilari roʻyxatidan oʻchiriladi.
5. Nomzod beriladigan savollarga javoblarni belgilash hamda vazifalarni bajarish orqali test sinovlaridan oʻtadi.
Nomzodlar bilan test tadbirlari yakka tartibda yoki guruh boʻlib oʻtkazilishi mumkin. Test guruh tarkibida oʻtkazilganda, xonada nomzodlar soni 40 nafardan oshmasligi zarur.
Test boshlangunga qadar nomzodlar sogʻligʻining holati surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar shu kuni test sinoviga qoʻyilmaydi. Bunday hollarda nomzodga boshqa kuni qayta test sinovidan oʻtish uchun ruxsat berilishi lozim.
6. Psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga ikki qismdan iborat boʻlgan test asosida vazifalar beriladi. Bunda, birinchi qismda (intellektual rivojlanganlik darajasini oʻrganish) har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladigan 75 ta topshiriqdan iborat boʻlgan 4 ta vazifa, ikkinchi qismda (psixoemotsional barqarorlik darajasini oʻrganish) har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladigan 99 ta savoldan, shuningdek javoblarning samimiy yoki nosamimiyligini aniqlash yoʻnalishi boʻyicha beriladigan 19 ta savoldan iborat soʻrovnoma qoʻllaniladi.
Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 2 soat, shuningdek har bir vazifa yoʻriqnomasini oʻqib chiqish uchun qoʻshimcha 30 daqiqadan vaqt beriladi.
7. Test savolida mashqning oʻziga xosligidan kelib chiqib javob variantlari berilishi mumkin. Nomzodlar test savollariga javob variantlarini belgilashda javoblar varaqasidagi variantlardan faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
8. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar bundan mustasno. Test sinovi tugagunga qadar xonani tark etgan nomzod xonaga takroran kiritilmaydi.
9. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida sinovlar oʻtkazilayotgan xonada nomzodlar hamda komissiya aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
10. Javoblar toʻgʻri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni notoʻgʻri belgilagan nomzodlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
11. Nomzodning psixologik test savollariga bergan javoblari 2 kun ichida mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq Psixologik test natijalarini hisoblash jadvali asosida komissiya aʼzolari tomonidan hisoblab chiqiladi. Bunda, umumiy toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ball — 174 ballni tashkil etadi.