Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 24-oktabr 12-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2949, 2017-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2949/0286-son) bilan tasdiqlangan Sport pasporti toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotnoma-anketani muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
“231. Sport pasportini rasmiylashtirish va berish uchun yigʻim pul toʻlovi amalga oshirilayotgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi hamda Markaz hisob raqamiga oʻtkaziladi.”.
3.
4-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotnoma-anketani muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.”.