1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini takomillashtirish, kelgusida maktabgacha taʼlimni boshqarish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha kotibiyati va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-mart,
135-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 135-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 1-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari metodistlari, inspektor-metodistlari
1 905 340
1 796 024
1 681 867
1 570 548
x
2.
Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarining metodistlari
1 754 102
1 590 760
1 489 903
1 391 628
x
3.
Oliy maʼlumotli: tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, til oʻqituvchilari, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped, psixologlar
2 095 874
1 975 627
1 850 054
1 727 603
x
4.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻqituvchisi (3-banddagidan tashqari)
1 620 021
1 510 347
1 403 920
x
1 203 660
5.
Tarbiyachi-metodist, tarbiyachi (oliy maʼlumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilaridan tashqari)
1 510 347
1 403 920
1 301 738
1 203 660
1 111 444
6.
Musiqa xodimi, xoreograf, barcha ixtisosliklar yoʻriqchilari
1 329 081
1 222 677
1 120 510
1 023 015
930 302
7.
Oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar pedagogik maʼlumotli tarbiyachi yordamchisi
1 014 333
8.
Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar nopedagogik maʼlumotli va umumiy oʻrta maʼlumotli tarbiyachi yordamchisi
845 278
II. Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari xodimlari:
Kadrlar boʻyicha mutaxassis, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha mutaxassis, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis
1 107 135
1 022 197
1 022 197
Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarining guruhlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonidan kelib chiqib, quyidagicha aniqlanadi:
41 va undan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlganda — I guruh;
21 — 40 maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlganda — II guruh;
20 tagacha maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlganda — III guruh.
Izoh. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq oshirilganda, maktabgacha taʼlim xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining buyrugʻi asosida tegishli miqdorlarda oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 6-martdagi 180-son qarori ilovasining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/135/0273-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)