toggle_night_mode
Hujjat 10.03.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 21-iyundagi PQ-4363-son qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahqamasining “Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2014-yil 31-dekabrdagi 378-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoat va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-mart,
134-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qaroriga
ILOVA
Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi
Nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom kichik sanoat zonalarining tashkil etilishi va faoliyat yuritishi, shuningdek, ularning hududlarida tadbirkorlik subyektlarini tanlov asosida tanlab olish va joylashtirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kichik sanoat zonasi (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) — ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan, aholi punkti hududining yoki aholi punktlariaro hududning qonun hujjatlari bilan muayyan maqom berilgan hamda hududi doirasida xizmat koʻrsatuvchi infratuzilmaga ega boʻlgan ishlab chiqarish maydonlari joylashadigan va chegaralari aniq belgilangan qismi;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlari (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat namunali tarkibda tashkil etiladigan kollegial organ;
ijarachi — investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasi va/yoki ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatga ijaraga olgan KSZ ishtirokchisi;
ijaraga beruvchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi KSZni boshqarish direksiyasi;
direksiya — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlariga asosan KSZ faoliyatini tezkor boshqarish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan davlat muassasasi shaklidagi yagona direksiya;
yer uchastkasi — yer fondining aniq chegarasi, maydoni, joylashgan joyi, huquqiy rejimi va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflariga ega qismi;
investitsiya majburiyatlari — investitsiya loyihasini amalga oshirishda talabgor tomonidan qabul qilinadigan, pul bilan ifodalanadigan qiymatga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
muhandislik-texnik kommunikatsiyalar — KSZ ishtirokchilarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti, kanalizatsiya, transport kommunikatsiyalari va boshqa xizmat turlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlovchi tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma;
tanlov — investitsiya loyihasini talabgorlar tomonidan tanlov hujjatlarining mezonlari va shartlariga muvofiq taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali tanlab olish tartiboti;
yangi ish oʻrni — KSZ hududida loyihani amalga oshirish doirasida yangi ishchi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzish orqali KSZ ishtirokchisi tomonidan tashkil etiladigan (joriy etiladigan) ish oʻrni;
Keyingi tahrirga qarang.
vakolatli vakil — talabgorning yozma ishonchnomasiga asosan tanlovda ishtirok etish uchun vakolat berilgan jismoniy shaxs;
talabgor — tadbirkorlik subyekti — taklif etilgan shartlar asosida tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat yuridik shaxs;
KSZning loyiha-rejalashtirish hujjatlari — aholi punktining bosh rejasi yoki muayyan chegaralarda kishloq hududini (mavjud boʻlganda) belgilangan tartibda tashkil etishning arxitektura-rejalashtirish loyihasi asosida ishlab chiqiladigan KSZning bosh rejasi;
ishlab chiqarish maydoni — KSZ hududida joylashgan va KSZ ishtirokchilariga uzoq muddatli ijara huquqi asosida foydalanishga beriladigan davlat mulki boʻlgan ishlab chiqarish bino va ishnootlari;
Maʼmuriy kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari;
Maʼmuriy kengashning KSZ faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish boʻyicha kotibi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari boshliqlari;
vakolatli organ — qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish uchun Maʼmuriy kengash tomonidan belgilanadigan organ;
KSZ ishtirokchisi — Maʼmuriy kengashning qarori asosida KSZ ishtirokchisi maqomini olgan va KSZ hududida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyekti.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. KSZni tashkil etish va boshqarish tartibi
3. KSZ faqat muhandislik-texnik kommunikatsiyalari mavjud boʻlgan yoki oʻtkazish oson boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalari negizida tashkil etiladi.
4. Yangi KSZ tashkil etish va faoliyat koʻrsatayotgan KSZ hududining chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
KSZ hududining chegaralarini tasdiqlash, shuningdek, ularning keyinchalik oʻzgartirilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Maʼmuriy kengash KSZ hududining chegaralarini tegishli tuman (shahar) hokimligi bilan kelishgan holda oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar kiritish huquqiga ega.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining KSZni tashkil etish yoki hududining chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorlari KSZning kadastr va yer tuzish hujjatlarini tayyorlash, KSZning bosh rejasini ishlab chiqish, tadbirkorlik subyektlariga sanoat ishlab chiqarishini hamda unga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilmani tashkil qilish uchun KSZ hududida yer uchastkasini tegishli tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilinmasdan berish uchun asos boʻladi.
5. Bitta tuman (shahar) hududida joylashgan bir nechta ishlab chiqarish maydonlarini bitta KSZda birlashtirishga ruxsat etiladi.
6. Yangi KSZ tashkil etish va faoliyat koʻrsatayotgan KSZ hududining chegaralarini oʻzgartirish masalasini kelishish uchun Maʼmuriy kengash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga quyidagi hujjatlar toʻplamini kiritadi:
yangi KSZ tashkil etish yoki faoliyat koʻrsatayotgan KSZ hududlarining chegaralarini oʻzgartirish zaruratini asoslaydigan tahliliy maʼlumot, shuningdek, asosli hisob-kitoblar bilan birga KSZning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot;
yer uchastkasining chegaralari va maydonlari (tuman (shahar) hokimligi tasarrufidagi zaxira yer) toʻgʻrisidagi maʼlumot, shuningdek, negizida yangi KSZ tashkil etish yoki yer uchastkalarini faoliyat koʻrsatayotgan KSZ tarkibiga kiritish rejalashtirilayotgan, muhandislik-texnik kommunikatsiyasi mavjud boʻlgan yoki uni oʻtkazish oson boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarining roʻyxati;
yangi KSZ tashkil etish yoki faoliyat koʻrsatayotgan KSZ tarkibiga kiritish taklif etilayotgan hududning muhandislik-texnik kommunikatsiyasi va ishlab chiqarish infratuzilmasi mavjudligi, shuningdek, infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha asosli hisob-kitoblar va moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan taxminiy talablar toʻgʻrisida maʼlumotlar.
7. KSZ hududida shaharsozlik faoliyati KSZning bosh rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
KSZning bosh rejasi loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi va aholi punktining bosh rejasi yoki kishloq hududini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etishning loyihasi asosida Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadi, aholi punktining bosh rejasi yoki kishloq hududini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihasi mavjud boʻlmagan taqdirda, KSZning bosh rejasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Direksiya KSZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi.
8. KSZ faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan direksiyalar tomonidan boshqariladi.
9. Direksiyalar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuzilmaga asosan davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan ustavlar asosida faoliyat yuritadi yoki xususiy boshqaruv tashkilotlari tomonidan ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida boshqarilishi mumkin.
Direksiya oʻziga biriktirilgan mulklarga nisbatan egalik va foydalanish huquqini, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq KSZ uchun ajratilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Direksiya tugatilgan direksiyalarning barcha huquqlari, majburiyatlari va avval tuzilgan shartnomalarining ijrosi boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Direksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishgan holda, Maʼmuriy kengashning qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari hududlarda KSZni rivojlantirish uchun shaxsan masʼul hisoblanadi.
10. Quyidagilar Direksiyalar faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari bilan kelishgan holda, Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlangan shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalaridan ajratiladigan mablagʻlar;
KSZ ishtirokchilariga koʻrsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar, shu jumladan, hududni saqlash va qoʻriqlash, shuningdek, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarini KSZ ishtirokchilariga ijaraga berishdan tushadigan tushumlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Direksiyalar faoliyati KSZ tashkil qilingan paytdan boshlab uch yil mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan taʼminlanadi va keyingi yillarda oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkaziladi.
11. Quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ishlab chiqish va investorlarni topish;
KSZda tashkiliy-boshqaruv faoliyatini amalga oshirish;
KSZ ishtirokchilari bilan Maʼmuriy kengashning qarorlariga, shuningdek, KSZ hududida xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqida bitimlar, ishlab chiqarish maydonlari yoki yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish (balansda saqlovchi nomidan) shartnomalarini tuzish;
Maʼmuriy kengashning qaroriga asosan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish va KSZ ishtirokchilari roʻyxatini yuritish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqidagi bitimlar va uzoq muddatli ijara shartnomalariga asosan KSZ ishtirokchilari tomonidan oʻzlari qabul qilgan majburiyatlarni bajarishi boʻyicha monitoring olib borish;
KSZ ishtirokchilariga keyinchalik ijaraga berish, shu jumladan, sotish uchun ishlab chiqarish inshootlari va maʼmuriy binolarni qurish;
KSZ ishtirochilariga zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishida yordam berish;
KSZ ishtirokchilariga ishlab chiqarish, moliya, marketing, huquqiy, tashqi iqtisodiy va boshqa masalalarni hal etishda yordam berish;
KSZ ishtirokchilari va boshqa xoʻjalik subyektlari oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishga koʻmaklashish;
KSZ ishtirokchilari bitimlar va shartnomalar shartlarini buzgan, shuningdek, oʻzlari qabul qilgan majburiyatlarni bajarmagan hollarda, bitimlarni va ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer uchastkalarining uzoq muddatli ijaraga olish shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish masalalarini Maʼmuriy kengash tomonidan koʻrib chiqish tashabbusini bildirish.
12. KSZning loyiha-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan, yer uchastkalarini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda taʼminlanadi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda KSZda tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti, shuningdek, xizmatlarni yetkazib beruvchilar mablagʻlari hisobidan KSZning boʻlinish chegarasiga qadar zarur muhandislik-texnik kommunikatsiyalar qurilishi va modernizatsiya qilinishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. KSZ ishtirokchilarini tanlab olish tartibi
14. KSZ hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalari Maʼmuriy kengash tomonidan boʻsh maydonlar, bino va inshootlar mavjud boʻlganda, ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladigan tanlov asosida tanlab olinadi.
15. Quyidagilar investitsiya loyihalarini KSZ hududida joylashtirishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilanadigan tarmoq xususiyatiga muvofiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish;
pul bilan ifodalanadigan qiymatga ega boʻlgan investitsiyalarni qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qoʻllagan holda, zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy etish asosida import oʻrnini bosadigan va (yoki) eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar turlari, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish.
16. Maʼmuriy kengash hudud iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, hududlarning mavjud mineral xom ashyo, yer, suv, qishloq xoʻjaligi resurslari, ishlab chiqarish va eksport salohiyati, ekologik sharoitlari va infratuzilmasini inobatga olgan holda, har bir KSZning tarmoq ixtisoslashuvini belgilashga haqli.
17. Direksiya Maʼmuriy kengashning qarori asosida KSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun ularni tanlab olish boʻyicha tanlov oʻtkazishning barcha tashkiliy masalalarini hal qiladi.
18. Tanlovga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tashkil etish uchun Direksiya:
Maʼmuriy kengashning qaroriga muvofiq tanlovni oldindan eʼlon qiladi va oʻtkazishni tashkil etadi;
tanlovda qatnashish uchun talabgorlarning muhrlangan buyurtmanomalarini olingan sanasi va vaqtini koʻrsatgan holda qabul qiladi;
talabgorlarning investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlar belgilangan tartibda ochilishiga qadar ularning saqlanishi va maxfiyligini taʼminlaydi;
Maʼmuriy kengash tomonidan unga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Direksiya tanlovni oʻtkazishda investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlar ochiladigan sanadan oʻttiz kun avval mahalliy bosma nashrlarda, Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining yagona portalida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida tanlov oʻtkazilishi haqida eʼlon qilinishini tashkil etadi.
Investitsiya buyurtmanomalarini qabul qilish tanlov oʻtkazilishiga uch ish kuni qolganda toʻxtatiladi.
Direksiya ishchi organga investitsiya loyihalarini tanlab olish boʻyicha tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha zarur materiallarning taqdim etilishini taʼminlaydi.
20. Investitsiya loyihalarini tanlab olish boʻyicha tanlov oʻtkazilishi haqidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
KSZning tarmoq ixtisoslashuvi;
tanlovga qoʻyilgan yer uchastkalari va ishlab chiqarish maydonlarining nomi, soni, tavsifi, ular joylashgan joy, oʻtkazilgan va ulangan muhandislik-texnik kommunikatsiyalar mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
buyurtmanomalarni qabul qilishning (kuni va soati koʻrsatilgan holda) oxirgi muddati;
ishchi organning nomi va pochta manzili, bogʻlanish uchun telefon raqami, telefaksi, elektron pochta manzili va qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin boʻlgan boshqa rekvizitlari;
tanlovni oʻtkazish (investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlarni ochish) sanasi, vaqti va joyi;
talabgor taqdim etishi lozim boʻlgan zarur hujjatlar roʻyxati;
tutash yer uchastkalari toʻgʻrisida ularning qoʻriqlanadigan zonalari (mavjud boʻlsa) hajmlari koʻrsatilgan maʼlumotlar;
investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlarni taqdim etish tartibi va shakli.
21. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili bevosita kelib yoki pochta (xabardor qilgan holda buyurtma xati) orqali direksiyaga KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda toʻldirilgan va quyidagilar ilova qilgan investitsiya buyurtmanomasini (keyingi oʻrinlarda investitsiya buyurtmanomasi deb ataladi) ikki nusxada, muhrlangan konvertlarda tanlov haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan muddatlarda taqdim etadi:
taklif etilayotgan investitsiya loyihasining biznes-rejasi;
investorning oxirgi uch yil (mavjud boʻlganda) davomidagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot;
talabgorning koʻrsatilgan sohada ish tajribasi haqida maʼlumot.
Bunda taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Talabgor taqdim etilayotgan maʼlumotlar va hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
22. Tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan soʻng tanlovda qatnashish boʻyicha kelgan investitsiya buyurtmanomalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Tanlovga qatnashish rad etilishiga boshqa asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyilmaydi.
Qabul qilinmagan buyurtmanomalar bir ish kuni mobaynida rad javobi belgisi qoʻyilib, talabgorga yoki uning vakiliga tilxat orqali qaytarib (taqdim etiladi) beriladi yoxud koʻrsatilgan hujjatlar pochta (olgani haqidagi xabardor qilgan holda buyurtma xati) orqali joʻnatiladi.
23. Direksiyaga taqdim etilgan va taklif etiladigan investitsiya loyihasining biznes-rejasi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
yuridik shaxsni tashkil etish yoki uning taʼsischilari, ularning tegishli sohadagi ish tajribasi va shunday investitsiya loyihasini amalga oshirganligi haqidagi maʼlumotlar;
investitsiya loyihasini ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish sanasini koʻrsatgan holda amalga oshirish jadvali;
xodimlarni yollash manbalarini koʻrsatgan holda yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni (bandlik markazi tomonidan yoʻnaltirilgan kollej bitiruvchilari va boshqa shaxslar, xorijiy mutaxassislar);
ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, xususiyatlari va hajmlari;
ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish hajmlarini koʻrsatgan holda, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning taxminiy qiymati va sotish bozorlari;
ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotlar ichki va tashqi bozorlarining marketing tadqiqotlari;
mahalliy va import materiallar, butlovchi qismlarni alohida koʻrsatgan holda, xom ashyo bazasining mavjudligi va investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida materiallar va xom ashyo bilan taʼminlanishini kafolatlovchi imkoniyatlar;
ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar va tayyor mahsulotlar logistikasi va transportda tashish sxemasi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishlab chiqarish barqaror ishlashi uchun muhandislik-kommunikatsiya taʼminoti vositalarining (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va texnik suv, kanalizatsiya, avtoyoʻl) zarur miqdorlari va parametrlari;
gaz, qattiq va suyuq chiqindilarning turlari va miqdorlarini koʻrsatgan holda, ishlab chiqarish tashlamalarining mavjudligi;
ishlab chiqarishni samarali joylashtirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasining (ishlab chiqarish maydonining) taxminiy hajmlari;
texnologik uskunalar, ishlab chiqaruvchilar, taʼminotchilar roʻyxati bilan birgalikda (ekologik talablarni hisobga olgan holda) ishlab chiqarish texnologiyasining tavsifi;
ishlab chiqarishda foydalanishga moʻljallanayotgan texnologik uskunalar tavsifi;
investitsiyalarning rejalashtirilayotgan miqdorlari, turi va kiritish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va kredit jalb qilingan taqdirda, majburiyatning rejalashtirilayotgan garov taʼminoti;
investitsiya loyihasini amalga oshirishning moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblari va iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlari;
ehtimoli mavjud tavakkalchiliklar tahlili.
24. Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlarning birinchi nusxalari Maʼmuriy kengash yigʻilishida ochiladi. Konvertlarning ikkinchi nusxalari ishchi organda saqlanadi va investitsiya loyihalar mazmuni boʻyicha munozarali holatlar vujudga kelganda ochiladi.
25. KSZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Maʼmuriy kengash quyidagilarni koʻrib chiqadi:
investitsiya loyihasining ushbu Nizomning 21 va 23-bandlari talablariga muvofiqligi;
investitsiyalar manbalari (oʻz mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari va boshqalar);
talabgorlarning moliyaviy barqarorligi, texnik va texnologik bazasining mavjudligi;
texnologik uskunalar parametrlarining zamonaviy texnologik talablarga mosligi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
26.Tanlovni oʻtkazish davomida Maʼmuriy kengash taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqadi va quyidagilar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
KSZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish va tadbirkorlik subyektiga shartnoma asosida umumiy maydonini koʻrsatib, yer uchastkasi va (yoki) ishlab chiqarish maydonlarini ajratgan holda, KSZ ishtirokchisi maqomini berish;
Keyingi tahrirga qarang.
KSZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish maqsadga muvofiq emasligi.
Maʼmuriy kengash aʼzolari tomonidan talabgorning ishonchsiz maʼlumotlari haqida dalolat beruvchi holatlar aniqlansa, bunday investitsiya loyihasini koʻrib chiqish toʻxtatiladi.
27. Yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni, raqobatbardosh, xaridorgir, eksportga yoʻnaltirilgan va (yoki) import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishning texnologik izchil zanjirini tashkil etish hisobga olingan holda eng jozibador investitsiya buyurtmanomasi eng yaxshi investitsiya loyihasi deb tan olinadi.
28. Agar oʻtkazilgan tanlov natijalari boʻyicha talabgorlardan investitsiya buyurtmanomalari kelib tushmasa yoki bitta investitsiya buyurtmanomasi kelib tushsa, shuningdek, KSZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, tanlov oʻtmagan deb hisoblanadi.
Maʼmuriy kengash tomonidan takroriy tanlov oʻtkazish sanasi belgilanadi va bu haqda yagona buyurtmanomani bergan ishtirokchi xabardor qilinadi.
Takroriy tanlov oʻtkazish sanasi eʼlon qilingan sanadan boshlab oʻn besh kun mobaynida belgilanadi.
29. Agar takroriy tanlovda talabgorlardan investitsiya buyurtmanomalari kelib tushmasa, Maʼmuriy kengash yagona talabgorning buyurtmanomasini koʻrib chiqish va KSZning tarmoq ixtisoslashuviga muvofiq ushbu investitsiya loyihasini KSZ hududida joylashtirish yoki joylashtirish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Maʼmuriy kengashning investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori uning aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bunda ovozlar teng boʻlganda, Maʼmuriy kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Maʼmuriy kengashning qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi hamda direksiya va KSZ ishtirokchisi oʻrtasida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitimni (keyingi oʻrinlarda loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim deb ataladi) tuzish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Maʼmuriy kengashning qarori tanlovning barcha ishtirokchilari, ularning takliflari mazmuni va investitsiya loyihasini tanlab olish toʻgʻrisidagi qarorni koʻrsatgan holda, tanlov oʻtkazilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Maʼmuriy kengash majlisining bayonnomasi majlisda qatnashgan uning barcha aʼzolari va majlis kotibi tomonidan imzolanib, Maʼmuriy kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va shu kunning oʻzida ishchi organ tomonidan Maʼmuriy kengash aʼzolariga, direksiyaga, KSZ ishtirokchisiga yoki u vakolat bergan shaxsga, shuningdek, manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Maʼmuriy kengash bayonnomasining asl nusxasi va unga tegishli materiallar ishchi organda saqlanadi.
32. Direksiya tanlov natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Maʼmuriy kengashning bayonnomasi rasmiylashtirilgan kunning oʻzida tanlov toʻgʻrisidagi eʼlon avval nashr qilingan Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining yagona portalida va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining yaqin sonlarida eʼlon qilinadi.
33. Maʼmuriy kengash, ishchi organ va direksiya talabgor tomonidan taqdim etilgan maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilgani uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Maʼmuriy kengash KSZ hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihasini tanlab olish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovning oshkoraligini taʼminlashga majbur.
4-bob. KSZ ishtirokchilarini joylashtirish tartibi
35. Maʼmuriy kengashning bayonnomasi qabul qilinganidan boshlab uch ish kuni mobaynida direksiya va tanlov gʻolibi oʻrtasida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida quyidagilarni nazarda tutadigan bitim tuziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha majburiyatlar bajarilishining hajmlari, turlari va jadvali, shu jumladan, yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha majburiyatlar;
bitimni bekor qilish shartlari.
Tomonlarning ixtiyoriga koʻra, KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham aks ettirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Direksiya va KSZ ishtirokchisi oʻrtasida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim tomonlar imzolagan sanadan boshlab kuchga kiradi va KSZ faoliyat yuritishining butun davrida amal qiladi.
37. KSZda investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi:
KSZ ishtirokchisi bitimda koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarmasligi;
KZS ishtirokchisi maqomidan mahrum boʻlganda;
KSZning faoliyati muddatidan oldin tugatilganda;
tomonlarning kelishuvi yoki sud qarori mavjud boʻlganda;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Direksiya investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim imzolangan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyektini KSZ ishtirokchisi sifatida roʻyxatga oladi va ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha KSZ ishtirokchisi guvohnomasini beradi.
39. Tanlov natijalari boʻyicha tanlab olingan investitsiya loyihasini KSZ hududida amalga oshirish uchun yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi qaror tuman (shahar) hokimining yer uchastkasini ajratish haqida alohida qarori qabul qilinmasdan, Maʼmuriy kengashning bayonnomasi shaklida rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Maʼmuriy kengashning yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi bayonnomasi imzolangandan soʻng uch kun mobaynida KSZ direksiyasi va tanlov gʻolibi — KSZ ishtirokchisi oʻrtasida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha KSZ hududida joylashgan yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuzilgandan soʻng direksiya “bir darcha” tamoyili boʻyicha quyidagilar amalga oshirilishini taʼminlaydi:
tuman (shahar) qurilish va kadastr organlari bilan birgalikda — yer uchastkasining chegaralarini naturada belgilash (Maʼmuriy kengashning yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida bayonnomasi qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida);
Keyingi tahrirga qarang.
ekspluatatsiya tashkilotlari bilan birgalikda — KSZ ishtirokchisi tomonidan taqdim etiladigan ehtiyojlarga muvofiq muhandislik-texnik kommunikatsiyalarga ulanishning texnik shartlarini tayyorlash (Maʼmuriy kengashning yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida bayonnomasi qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida);
bino va inshootlarni qurish loyihasi boʻyicha davlat ekspertizasi xulosasini belgilangan tartibda ishlab chiqish, kelishish va olishda amaliy yordam berish;
tuman va shahar qurilish organi bilan birgalikda — arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish (texnik shartlarni olgandan soʻng bir hafta muddatda);
Keyingi tahrirga qarang.
obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha qurilish-montaj ishlari bajarilishining nazoratini belgilangan tartibda taʼminlash uchun qurilish sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalar bilan shartnoma tuzishda yordam berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasining chegaralarini naturada belgilash va arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha ishlar qiymati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda KSZ ishtirokchisi tomonidan toʻlanadi.
42. Vakolatli organ KSZ hududida qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilishda, foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomani majburiy tartibda Direksiya bilan kelishadi.
43. Agar KSZ hududida ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish tanlov predmeti hisoblansa, investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim tuzilgandan soʻng uch kun mobaynida direksiya va tanlov gʻolibi oʻrtasida ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha KSZ hududida joylashgan ishlab chiqarish maydonlarining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Uzoq muddatli ijara shartnomasida, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqib, tegishli koeffitsiyentlarni qoʻllamagan holda ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer uchastkalarining uzoq muddatli ijara shartnomasining muddati tugaganidan soʻng KSZ ishtirokchilari avval tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajargan boʻlsa, shartnoma muddatini belgilangan tartibda uzaytirish huquqiga ega.
5-bob. KSZ ishtirokchilarining majburiyatlarni qabul qilishi
45. Maʼmuriy kengashning direksiya xulosasi asosida tegishli qarorining qabul qilinishi KSZ ishtirokchilari tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan muddatlar tugagandan soʻng oʻzlari qabul qilgan barcha ijtimoiy va investitsiya majburiyatlari bajarilganining tasdigʻi hisoblanadi.
Bunda kiritilgan investitsiyalar miqdori KSZ ishtirokchisining mablagʻlari hisobidan mustaqil baholash tashkilotlarini jalb etish orqali aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
46. KSZ ishtirokchisi tomonidan investitsiya loyihasi KSZ hududiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oy davomida uni amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrilmasligi, shuningdek, obyektdan ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer uchastkalarining uzoq muddatli ijara shartnomasida koʻrsatilgan maqsaddan tashqari foydalanish shartnomani bir tomonlama bekor qilish uchun asos boʻladi.
47. Agar KSZ ishtirokchisi tomonidan obyektiv sabablarga koʻra investitsiya loyihasini ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer uchastkalarining uzoq muddatli ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatda amalga oshirish taʼminlanmasa yoxud olti oy mobaynida ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilmasa, Maʼmuriy kengash:
loyihani amalga oshirishni tezlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlagan holda, unga qoʻshimcha muddat berish;
yoxud u bilan shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
6-bob. KSZ hududlarida yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish tartibi
48. KSZ hududida yer uchastkalari 10 yilgacha uzoq muddatli ijaraga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijara shartnomasining barcha shartlarini bajargan ijarachi yer uchastkasi uzoq muddatli ijarasining muddatini uzaytirishda ustuvor huquqqa ega boʻladi.
49. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olgan ijarachi yer uchastkasini saqlash majburiyatlarini bajarganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu yer uchastkasida bino, qurilmalar va inshootlarni qurish yoki buzishga haqli.
Ijarachiga ijaraga berilgan yer uchastkasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzi tomonidan qurilgan binolar va inshootlarga ular foydalanishga topshirilgani toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng bir oy muddatda egalik huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Ijaraga olingan yer uchastkasini yoki uning qismini subijaraga berish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
51. Uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, garov, hadya, almashtirish obyekti boʻla olmaydi.
Ijarachi oʻzining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqlarini faqat qonunchilik hujjatlarida yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan holatlardagina ijaraga beruvchining roziligisiz garovga berishi mumkin.
KSZ ishtirokchisi tomonidan ijaraga olingan yer uchastkasida barpo etilgan bino va (yoki) inshootlar garov boʻyicha qarzlarni qoplash bilan bogʻliq holda sotilganda, hadya qilinganda, almashtirilganda yoki yoʻqotilganda, ushbu binolar va (yoki) inshootlar Maʼmuriy kengashning qaroriga asosan KSZ ishtirokchisi maqomini olgan yangi mulkdorga oʻtadi.
Bunda KSZ ishtirokchisi maqomini yangi olgan shaxs bilan belgilangan tartibda KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim va yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuziladi.
52. KSZ hududida joylashgan yer uchastkasi Maʼmuriy kengashning yer uchastkasini uzoq muddatli foydalanishga ajratish toʻgʻrisidagi bayonnomasi asosida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim tuzilganidan soʻng uch kun muddatda uzoq muddatli ijaraga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Direksiya va KSZ ishtirokchisi yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi Maʼmuriy kengashning bayonnomasi tasdiqlangandan soʻng uch kun muddatda yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasini tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Direksiya yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuzilgandan soʻng uch ish kuni mobaynida Maʼmuriy kengashning yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi bayonnomasi va ijara shartnomasining nusxasini davlat yer tuzish korxonasining filialiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Davlat yer tuzish korxonasining filiali tuman (shahar) qurilish boʻlimi bilan birgalikda Maʼmuriy kengashning bayonnomasi olingandan soʻng ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasi chegaralarini naturada belgilaydi, yer uchastkasining chegaralarini natura shaklida ijarachiga koʻrsatadi hamda yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Yer tuzish davlat korxonasi filialining va tuman (shahar) qurilish boʻlimining yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlash, yer uchastkasining rejasini tuzish, yer uchastkasi chegaralarini naturada belgilash va koʻrsatish boʻyicha bajargan ishlarining qiymati qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlar qiymati KSZ ishtirokchisi tomonidan shartnoma asosida toʻlanadi.
57. Yer uchastkasining ijara toʻlovi qonun hujjatlarida belgilangan yer soligʻini toʻlash muddatlarida va stavkalari boʻyicha toʻlanadi.
Yer uchastkasining ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovi miqdori mazkur yer uchastkasiga qonun hujjatlarida belgilangan yer soligʻi miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Ijarachi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq shaharsozlik faoliyati bilan bogʻliq qurilish va boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.
Qurilish loyihasisiz barpo etilgan bino yoki inshootlarga egalik huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish taqiqlanadi.
59. Uzoq muddatli ijara shartnomasiga rioya qilinmagan taqdirda, ijaraga beruvchi uni bekor qilish uchun tashabbus koʻrsatishga haqli.
60. KSZ ishtirokchisidan yer uchastkasi uzoq muddatli ijara shartnomasi bekor boʻlganda yoki Maʼmuriy kengashning KSZ ishtirokchisi maqomini bekor qilish haqidagi qarori asosida yoxud sud tartibida olib qoʻyiladi.
Alohida loyihalarni ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni bogʻlash belgilangan tartibda tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan Maʼmuriy kengashning yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisidagi bayonnomasi, qurilish tashkiloti tomonidan beriladigan loyihalash topshiriqlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tomonidan beriladigan arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. KSZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni xususiylashtirish tartibi
61. KSZ ishtirokchilariga quyidagi huquqlar beriladi:
KSZ xududida oʻz mablagʻlari hisobidan qurilgan binolar va inshootlarga (ularning qismiga) egalik huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
ularga berilgan bino va inshootlarni (yoki ularning qismini) investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajarish sharti bilan, ammo KSZ ishtirokchisi maqomini olgan sanadan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddatda xususiylashtirish;
oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital taʼmirlangan bino va inshootlarni (yoki ularning qismini) KSZ ishtirokchisi maqomini olgan sanadan boshlab uch yildan soʻng xususiylashtirish.
62. KSZ ishtirokchisi tomonidan bino va inshootlarni (yoki ularning qismini) rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar vakolatli organning xulosasi asosida ularni xususiylashtirishda inobatga olinadi.
63. KSZ hududidagi bino va inshootlar (yoki ularning qismi):
KSZ ishtirokchisining oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital taʼmirlangan bino va inshootlar (yoki ularning qismi) KSZ ishtirokchisi maqomini olgan sanadan boshlab uch yildan soʻng — rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash xarajatlarini chegirib tashlagan holda, belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati boʻyicha;
investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajarish sharti bilan (ishtirokchining oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni amalga oshirmasdan), ammo KSZ ishtirokchisi maqomini olgan sanadan boshlab besh yildan soʻng — toʻlovlarni besh yil mobaynida teng ulushlarda amalga oshirish huquqini bergan holda, belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati boʻyicha xususiylashtiriladi.
64. KSZ hududidagi bino va inshootlar ushbu Nizom talablarini inobatga olgan holda, davlat tasarrufidagi obyektlarni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun.
KSZ hududidagi koʻchmas mulklarga egalik huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan tartibda hududiy yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
KSZ hududida joylashgan bino va inshootlarni xususiylashtirish masalalari ushbu Nizom talablarini bajarish sharti bilan Maʼmuriy kengashning tegishli qarori asosida belgilangan tartibda ilgari suriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. KSZ ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari
65. KSZ ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
uzoq muddatli ijara shartnomalari doirasida ajratilgan yer uchastkalari va (yoki) ishlab chiqarish maydonlariga mustaqil egalik qilish va ulardan foydalanish;
tashqi muhandislik-texnik kommunikatsiyalarning barqaror ishlashini taʼminlashni talab etish;
ishlab chiqarish faoliyatining boshlanishi kechikishiga obyektiv sabablar mavjud boʻlganda, Maʼmuriy kengashning qarori asosida investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish muddatini uzaytirish.
66. KSZ ishtirokchilari:
qonun hujjatlari va Maʼmuriy kengashning talablariga, shu jumladan, KSZ ixtisoslashuvi boʻyicha tegishli talablarga rioya etishga;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish boshlanishi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitimda nazarda tutilgan va ijtimoiy sugʻurta badallari toʻlayotgan xodimlarning haqiqiy soni toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan miqdorda yangi ish oʻrinlari yaratish va xodimlarni qoʻshimcha yollashni taʼminlashga;
investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida tuzilgan bitim va uzoq muddatli ijara shartnomasi shartlarini bajarishga;
investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish jadvalining muddatlari va parametrlariga rioya etishga;
ishlab chiqarish maydonlarining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuzilganidan boshlab olti oydan kechikmasdan, KSZ hududida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishni boshlashga majbur.
9-bob. KSZ ishtirokchisi maqomini toʻxtatish yoki undan mahrum qilish
67. KSZ ishtirokchisi maqomini toʻxtatish yoki undan mahrum qilish belgilangan tartibda direksiya yoki ishchi organning asoslantirilgan takliflariga koʻra Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
68. KSZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish haqidagi qaror KSZ ishtirokchisining uni ushbu maqomdan mahrum qilish haqida bergan arizasiga asosan yoxud qonun hujjatlariga muvofiq u tugatilgan hollarda Maʼmuriy kengash tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
KSZ ishtirokchisi maqomini olish, KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan bahs va kelishmovchiliklar Maʼmuriy kengashning qarori asosida direksiyaning arizasi boʻyicha sud tartibida hal etiladi.
Direksiya Maʼmuriy kengashning qarori qabul qilingandan soʻng yoki KSZ ishtirokchisini ushbu maqomdan mahrum qilish toʻgʻrisida sud qarori kuchga kirgan kunning oʻzida KSZ ishtirokchilari reyestriga KSZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilingani haqidagi yozuvni kiritadi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
69. KSZ faoliyatini tugatish haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
70. Maʼmuriy kengash raisi, uning aʼzolari va ishchi organi, direksiya direktori va xodimlari, KSZ ishtirokchilari, shuningdek, manfaatdor tashkilotlar rahbarlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishiga shaxsan javob beradi.
71. Ushbu Nizomning talablarini bajarishda vujudga keladigan nizo va munozaralar sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Direktor



Tashkiliy masalalar, monitoring va tahlil sektori

1

Bosh buxgalter

1



Shartnomalarni roʻyxatga

olish sektori

(yuriskonsult)

1

Investorlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1


Infratuzilma bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Har bir kichik sanoat zonasiga biriktirilgan bir nafardan masʼul xodimlar (zaruratga koʻra)

Izoh. Har bir kichik sanoat zonasiga biriktiriladigan masʼul xodimlarning soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining Maʼmuriy kengashlari tomonidan hududdagi kichik sanoat zonalari sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni tasdiqlangan meʼyorlar boʻyicha belgilanadi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Kichik zonalarni boshqarish boʻyicha yagona direksiyaning tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boshqarishning oʻziga xos tartibini kiritish boʻyicha xuquqiy tajriba toʻgʻrisida” 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoniga muvofiq erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

__________ viloyatining

Erkin iqtisodiy zonalar

va kichik sanoat zonalarining

maʼmuriy kengashiga


“______________________” kichik sanoat zonasida joylashgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun

INVESTITSIYA BUYURTMANOMASI


1. Talabgor haqida maʼlumot:

Talabgor tashkilotning nomi, joylashgan mamlakati

Talabgor haqida maʼlumotlar, shu jumladan davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi va joyi, taʼsischisi(lari) va boshqalar.

Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, ustav fondida taʼsischilar ulushlarining taqsimlanishi va ulushlar shakli

Talabgor tashkilot joylashgan joy (manzili)

2. Investitsiya loyihasi haqida maʼlumotlar:

Investitsiya loyihasining nomi

Investitsiya loyihasining tavsifi i maqsadi, shu jumladan rejalashtirilayotgan yillik ishlab chiqarish quvvati

Ishlab chiqariladigan mahsulotning nomi, maqsadi va asosiy xususiyatlari

Mahsulot ishlab chiqarishning oʻrtacha yillik hajmi, shu jumladan eksport qilish va ichki bozor uchun moʻljallangan hajmlar (fizik va qiymat koʻrinishida)

Xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarning asosiy turlari (mahalliy va import), ularning tayyor mahsulotdagi ulushi ( % da)

Xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarga boʻlgan yillik ehtiyoj (soʻmda yoki AQSH dollari ekv.), shu jumladan mahalliy va import.

Mahsulot standartlari — O`zDst, ISO 9001 va ISO 14001 va boshqalar.

Ishlab chiqarish ishga tushgan sana

Yaratilgan yangi ish oʻrinlarining soni, shu jumladan mahalliy ishchilar

3. Zarur maydon va infratuzilma haqidagi maʼlumot:

Talab etiladigan maydon (ga)

Talab etiladigan ishlab chiqarish maydoni (kv. metr)

Elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj (bir yilda kVt/soat), belgilanayotgan quvvat (kVt yoki MVt)

Tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj (bir yilda kub metr), bosim (atm.)

Ichimlik va texnik suviga (yiliga kub metr) hamda kanalizatsiyaga boʻlgan ehtiyoj

Mavjud tashlamalar, shu jumladan gazlar (nomi) kg yiliga yoki soatiga, qattiq chiqindilar (nomi) t/oyiga, suyuq chiqindilar (nomi) t/oyiga va boshqalar.

4. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari:

Investitsiya loyihasining qiymati (soʻmda yoki AQSH dollari ekv.)

Moliyalashtirish manbalari (toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, taʼsischilarning mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari)

Mashina va uskunalarning qiymati (soʻmda yoki AQSH dollari ekv.), shu jumladan mahalliy va import

QMI qiymati (soʻmda yoki AQSH dollari ekv.)

Aylanma kapitalning summasi (soʻmda yoki AQSH dollari ekv.)

Investitsiyalar kiritish jadvali va shakli

Loyihaning qoplash muddati (biznes-rejaga muvofiq)



Rahbar

______________

(imzo)

_________________________________

(F.I.O.)

Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

“_________________________________” KICHIK SANOAT ZONASI
‎HUDUDIDA INVESTITSIYA LOYIHASINI
‎AMALGA OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
‎NAMUNAVIY BITIM

“_________________________________ KICHIK SANOAT ZONALARINI
‎BOSHQARISH DIREKSIYASI” DAVLAT MUASSASASI

va
‎“________________________________” oʻrtasida
‎(kichik sanoat zonasi ishtirokchisi)

20____ yil “____” _____________dagi
‎__________-son

Keyingi oʻrinlarda “___________” KSZ direksiyasi deb nomlanadigan va .................... asosida harakat qiladigan “___________” kichik sanoat zonasi direksiyasi” DM bir tomondan hamda keyingi oʻrinlarda KSZ ishtirokchisi deb nomlanadigan ............... va ……………. asosida harakat qiladigan, birgalikda Tomonlar deb nomlanuvchilar mazkur Bitimni quyidagilar haqida tuzdi:

1-MODDA
‎TUSHUNCHALAR VA IZOHLAR

Investitsiya loyihasi — “___________” KSZ hududida investitsiya obyektini qurish (tashkil etish) boʻyicha oʻz kapitali va (yoki) turli manbalardan jalb qilinadigan (toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar) kapitaldan foydalangan holda loyihaoldi, tayyorgarlik, loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, ishga tushirish-sozlash ishlari, xom ashyo va butlovchi qismlarni yetkazib berish va keyinchalik foydalanish maqsadida investitsiya obyektini oldindan belgilangan vaqt davomida ishga tushirish shaklidagi tashkiliy-texnik chora-tadbirlar majmui.

2-MODDA
‎BITIM PREDMETI

2.1. Iqtisodiy imkoniyat, texnik va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan KSZ ishtirokchisi KSZ hududida __________ ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish majburiyatini oladi.
‎2.2. Investitsiya loyihasi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, taʼsischilarning oʻz mablagʻlari yoki KSZ ishtirokchisining javobgarligi ostida jalb etiladigan kredit resurslari hisobidan amalga oshiriladi.
‎2.3. Investitsiya loyihasi bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Investitsiyalarning umumiy miqdori ______yil davomida (investitsiya kiritish jadvaliga muvofiq) ________ soʻmni tashkil etadi.

3-MODDA
‎“____________________” KSZ DIREKSIYASINING
‎HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

3.1. Ushbu bitimga muvofiq “________________” KSZ Direksiyasi unga berilgan vakolatlari doirasida quyidagi majburiyatlarni qabul qiladi:
‎3.1.1. Investitsiya loyihasining Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) tomonidan tasdiqlangan investitsiya loyihasini amalga oshirish jadvaliga muvofiq oʻz vaqtida amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
‎3.1.2. KSZ ishtirokchisi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng “________________” KSZ ishtirokchilari reyestriga tegishli maʼlumotlarni kiritish va unga “________________” KSZ ishtirokchisi guvohnomasini berish;
‎3.1.3. Investitsiya loyihasini ishga tushirish va faoliyat koʻrsatishi uchun zarur infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash, hududni obodonlashtirishga doir masalalarni hal etishda yordam berish.
‎3.2. “________________” KSZ quyidagi huquqlarga ega:
‎3.2.1. KSZ ishtirokchisidan investitsiya loyihasini amalga oshirish holati haqidagi maʼlumotlar va KSZ ishtirokchisining ushbu bitim boʻyicha qabul qilgan majburiyatlarini bajarishi haqidagi hisobotlarni olish;
‎3.2.3. “________________” KSZ hududida joylashgan davlat tasarrufidagi koʻchmas mulk obyektlarini oʻziga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
‎3.2.4. KSZ ishtirokchisi Bitim boʻyicha majburiyatlarini jiddiy buzgan holatlarda, shu jumladan oʻz vaqtida investitsiya kiritish, investitsiya loyihasini ishga tushirish va uning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari normalariga amal qilmaslik masalalarida Maʼmuriy kengashga “________________” KSZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish haqida takliflar kiritish.

4-MODDA
‎KSZ ISHTIROKCHISINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. Ushbu Bitimga muvofiq KSZ ishtirokchisi quyidagi majburiyatlarni qabul qiladi:
‎4.1.1. _____ yil davomida ______________soʻm miqdordagi (yoki mln. AQSH dollari ekv.) investitsiyani ilovaga muvofiq investitsiya loyihasini tarmoq jadvaliga asosan amalga oshirishda toʻliq miqdorda kiritish;
‎4.1.2. Ilovaga muvofiq tarmoq jadvaliga asosan ishlab chiqarish obyektining qurilishini yoki kapital taʼmirlanishini boshlash va tugatish;
‎4.1.3. Ishlab chiqarishning oʻrtacha yillik hajmini investitsiya loyihasining biznes-rejasiga muvofiq eksport qilish va ichki bozorga yetkazib berish;
‎4.1.4. Qurilish-montaj ishlari, uskunalarni oʻrnatish va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda tegishli meʼyorlar va qoidalar, shu jumladan ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish;
‎4.1.5. Standartlarga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini boshqarish tizimi joriy etilishini taʼminlash;
‎4.1.6. Mehnat sharoitini va mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishini taʼminlash, mahalliy aholi bandligini taʼminlash maqsadida yangi ish oʻrinlari yaratish;
‎4.1.7. Har chorakda “________________” KSZ Direksiyasiga investitsiya loyihasining bajarilishini (shu jumladan, investitsiyalar hajmi, ishlab chiqarishni ishga tushirish muddati, eksport, yangi ish oʻrinlari) haqida tarmoq jadvalida koʻrsatilgan muddatda hisobotlar taqdim etish;

5-MODDA
‎TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. Ushbu Bitim boʻyicha tomonlar oʻz majburiyatlarini bajarmaganda va/yoki tegishli darajada bajarmasa, Bitim shartlariga muvofiq javobgar boʻladi. Bitimda belgilanmagan hollarda esa tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
‎Ishtirokchi oʻzi qabul qilgan majburiyatlarni bajarmasa, ushbu Bitimga muvofiq Maʼmuriy kengashning qaroriga asosan “________________” KSZ ishtirokchisi maqomidan maʼrum etilib, belgilangan barcha imtiyoz va afzalliklar, shu jumladan uzoq muddatli ijara shartnomasi tegishli ravishda tugatiladi.
‎5.2. KSZ ishtirokchisi “________________” KSZ direksiyasining majburiyatlari uchun javobgar emas, shuningdek, “________________” KSZ Direksiyasi ham KSZ ishtirokchisining majburiyatlari boʻyicha javobgar emasdir.

6-MODDA
‎BITIMNI OʻZGARTIRISH YOKI BEKOR QILISH

6.1. Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan Bitimga Maʼmuriy kengashning tegishli qaroriga asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilib, tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanishi lozim.
‎6.2. Bitimning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
‎6.2.1. Ajratib berilgan hududdan maqsadli foydalanilmasa yoki qurilish-montaj ishlarini boshlash belgilangan muddatlarda taʼminlanmasa.
‎6.2.2. Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmasa;
‎6.2.3. Tadbirkorlik subyekti “________________” KSZ ishtirokchisi maqomidan mahrum etilsa;
‎6.2.4. “________________” KSZ faoliyati muddatidan oldin tugatilsa;
‎6.2.5. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
‎6.3. Ushbu Bitim bekor qilinganda, KSZ ishtirokchisiga berilgan barcha imtiyoz va preferensiyalar ham toʻxtatiladi.

7-MODDA
‎FORS-MAJOR

7.1. Tomonlar ushbu Bitim boʻyicha majburiyatlarining toʻliq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgarlikdan quyidagi holatlarda ozod etiladi: agar bu holat bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar taʼsiri natijasi boʻlganda, yaʼni favqulodda va oldini olib boʻlmaydigan tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqinlari va boshqalar), tashqi obyektiv omillar (epidemiyalar, Tomonlarning oqilona nazorati ostida boʻlmagan boshqa hodisalar), ushbu holatlar taʼsiri mavjud boʻlgan vaqtda, agar bu holatlar toʻgʻridan-toʻgʻri ushbu Bitimning bajarilishiga taʼsir etgan boʻlsa.
‎7.2. Tomonlar bir-birlarini fors-major holatlari vujudga kelish toʻgʻrisida xabardor qilishga majbur. Agar, bir Tomon boshqa Tomonni bunday holat sodir boʻlishi haqida 30 kun muddatda oʻz vaqtida xabardor qilmasa, mazkur Tomon koʻrsatib oʻtilgan holatlarni fors-major sifatida eʼtirof etish huquqini yoʻqotadi.
‎Fors-major holatlari sodir boʻlgan hududdagi vakolatli tashkilot tomonidan berilgan tasdiq bunday holatlar mavjudligi va ularning davomiyligiga yetarli dalil boʻladi.
‎7.3. Agar bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar vujudga keltirgan holatlar bir yildan ziyod davom etsa, Tomonlar ushbu Bitimni, jarimalar va (yoki) boshqa tegishli mablagʻlarni toʻlamasdan, oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshqa Tomonning koʻrgan ziyonini kamaytirish boʻyicha barcha imkoniyati boʻlgan choralarni koʻrib, davom ettirishdan bosh tortish huquqiga ega.
‎7.4. Ikkala Tomon ham fors-major holatlari oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrishga majbur.

8-MODDA
‎NIZOLARNI HAL ETISH

8. Tomonlar ushbu Bitimning ijrosi natijasida kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklarni oʻzaro muzokaralar va maslahatlar yoʻli bilan hal qilish uchun harakat qiladi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.

9-MODDA
‎QOʻSHIMCHA SHARTLAR

9.1. Ushbu Bitim shartlari va Tomonlarning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi har qanday maʼlumot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinmaydi.
‎9.2. Tomonlar toʻlov va pochta rekvizitlaridagi barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birini zudlik bilan xabardor qilishlari shart. Eski manzil va hisob raqamlari boʻyicha, ularning oʻzgarishi toʻgʻrisida xabardor boʻlishdan oldin amalga oshirilgan harakatlar majburiyatlarni bajarishda hisobga olinadi.
‎9.3. Ushbu Bitim har bir tomon uchun bittadan ikki nusxada davlat (yoki rus) tilida tuzilgan. Hamma nusxalar teng yuridik kuchga ega.
‎Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar vujudga kelgan taqdirda Tomonlar tegishli ravishda oʻzbek (yoki rus) tilidagi matnga murojaat etadi.

10-MODDA
‎BITIMNING KUCHGA KIRISHI
‎VA AMAL QILISH MUDDATI

10.1. Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va “____________________” KSZ faoliyatining butun davrida amal qiladi.
‎10.2. Mazkur Bitimdagi barcha qoidalar Tomonlar uchun imzolangan sanadan boshlab majburiydir.

TOMONLARNING MANZILI VA BANK REKVIZITLARI:

“_________________”” kichik sanoat
‎zonasi ‎Direksiyasi” DM _______________________________________
‎_______________________________________
‎_______________________________________
‎_______________________________________
‎_______________________________________
‎_______________________________________
‎_______________________________________
‎_______________________________________

“_______________” KSZ
‎ishtirokchisi
‎_______________________________________
‎_______________________________________
‎_______________________________________
‎_______________________________________
‎_______________________________________
‎_______________________________________
‎_______________________________________
‎_______________________________________

Keyingi tahrirga qarang.
Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

“____________________”
‎kichik sanoat zonasi direksiyasi”
‎davlat muassasasi
‎GUVOHNOMA

Tartib raqami: ________________
Berilgan: ______________________________________________________________________________________________

(tashkilot nomi)

KICHIK SANOAT ZONASI ISHTIROKCHISI SIFATIDA

Berilgan sanasi: __________________________
Asos:

____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________

(“_______________” viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari
‎maʼmuriy kengashi qarorining raqami va sanasi)

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR kodi): _______________________________________

KZS Direksiyasi direktor:______________

________________________

(F.I.O.)

(imzo)

Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Kichik sanoat zonasi hududida joylashgan yer uchastkasini
‎uzoq muddatli ijaraga olishning
‎NAMUNAVIY SHARTNOMASI

20__y. “___” _______________

________ - son

___________________ sh.

Keyingi oʻrinlarda “Ijaraga beruvchi” deb nomlanadigan “______________” kichik sanoat zonasi direksiyasi” DM bir tomondan ______________ direktori (hokimi) nomidan va keyingi oʻrinlarda Ijaraga oluvchi deb nomlanuvchi ikkinchi tomondan _________________ nomidan mazkur shartnomani Maʼmuriy kengashning 20___ yil “__”___________ dagi ___- son majlis Bayoni qaroriga asosan quyidagilar toʻgʻrisida tuzdi.

I. Shartnoma predmeti

1.1. Ijaraga beruvchi yer uchastkasini 20_____ yil “___” _________ dan _____ yilga uzoq muddatli ijaraga beradi, Ijaraga oluvchi esa _______ viloyatining _______tumanidagi (shahridagi) __________ KSZda joylashgan ________ ga. yer uchastkasini ijaraga oladi.
‎Yer uchastkasining chegaralari shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan va ilova qilinadigan xaritada koʻrsatiladi.
‎1.2. Yer uchastkasi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun beriladi va quyidagi maqsadda foydalaniladi:

_______________________________________________________________________________________________________

(investitsiya loyihasining nomi)

va quyidagi maqsadda ishlatiladi:________________________________________________________________________

(loyihadan kelgusida foydalanish maqsadi, mahsulotning nomi, qurilish turi va boshqa rejalar)

1.3. Ajratilgan yer uchastkasida quyidagilar joylashgan:
_______________________________________________________________________________________________________

(yer uchastkasining xolati, yer maydonida joylashgan bino va inshootlar)

1.4. Yer uchastkasiga quyidagi kommunikatsiyalar oʻtkazilgan: ___________________________________________________

( muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari va ularning ayni damdagi texnik holati,

_______________________________________________________________________________________________________

elektr tarmogʻi, gaz, ichimlik suvi va oqava suv, yoʻllar va boshqalar)

II. Ijara toʻlovi

2.1. Yer uchastkasiga yillik ijara toʻlovi quyidagi miqdorda belgilanadi: ______________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________
‎‎2.2. Yillik ijara toʻlovi quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: ___________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

(yillik ijara toʻlovi toʻlash muddati va miqdori koʻrsatiladi)

2.3. Oʻz vaqtida toʻlanmagan ijara toʻlovi uchun quyidagi miqdorda penya undiriladi: _____________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

III. Yer uchastkasini berish
‎va undan foydalanish tartibi

3.1. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 1.2.-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish shart.
‎3.2. Ijara�a oluvchi ichki xoʻjalik obyektlarini qurida ziyon yer uchastkalari Ijaraga oluvchining mablagʻi va kuchlari hisobidan qayta oʻz holatiga keltiriladi.
‎3.3. Yer uchastkasini berish va foydalanishning boshqa shartlari:
‎_______________________________________________________________________________________________________

IV. Ijaraga beruvchining huquqlari
‎va majburiyatlari

4.1. Ijaraga beruvchi quyidagi xuquqlarga ega:
‎Ijaraga oluvchi shartnoma shartlarini buzgan taqdirda, ushbu Shartnomani oʻzgartirish kiritish yoki bekor qilishni talab qilish;
‎yer uchastkasini cheklashni belgilash.
‎Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari:
‎4.2. Ijaraga beruvchi:
‎yer uchastkasini ushbu shartnoma shartlarida koʻrsatilgan holatda va belgilangan muddatda berilishini taʼminlash;
‎ijaraga beruvchining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya etishga majbur.
‎Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari: _______________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari

5.1. Ijaraga oluvchi:
‎yer uchastkasida uning maqsadli yoʻnalishi va investitsiya loyihasiga muvofiq xoʻjalik faoliyatini yuritish;
‎ushbu Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun belgilangan tartibda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi va qurilish loyihasiga muvofiq ishlab chiqarish va boshqa qurilma va inshootlarni qurish;
‎uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkasida oʻz mablagʻlari hisobidan qurilgan qurilma va inshootlarga, ishlab chiqargan mahsulotlarga va ularni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;
‎belgilangan tartibda sugʻorish, drenaj, texnik va boshqa melioratsiya ishlarini bajarishga haqli.
‎Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
‎5.2. Ijaraga oluvchi:
‎ushbu Shartnomaning 1.2-bandiga muvofiq yer uchastkasining ixtisoslashuvini saqlash;
‎mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish (ixtisoslashuvni hisobga olgan holda);
‎yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan ishlab chiqarish texnologiyalarini qoʻllash va oʻz faoliyati natijasida ushbu hududda ekologik holat yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik;
‎mavjud irrigatsiya tarmoqlari va muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash;
‎yerlarni muhofaza qilish boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
‎ijara toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlash;
‎boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari Ijaraga oluvchilari va egalarining huquqlarini buzmaslik;
‎belgilangan hisobot shakllarini oʻz vaqtida taqdim etib borish;
‎boshqa mulkdorlar, foydalanuvchilar, Ijaraga oluvchilar va yer egalariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash;
‎arxitektura-shaharsozlik normalari va talablariga rioya etish, shu jumladan belgilangan tartibda obyektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlash va ularni qurilish organlari bilan kelishish, shuningdek, obyektni qurish va foydalanishga topshirishga ruxsat olishga majbur.
‎Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.

VI. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish

6.1. Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin, agar tomonlar kelishuvga erishmasa, sud qarori boʻyicha bekor qilinadi.
‎6.2. Ushbu Shartnoma quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
‎ijaraga beruvchi tugatilganda, shu jumladan bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy nochor holatga kelsa;
‎yer uchastkasining ijara huquqidan ixtiyoriy voz kechsa;
‎yerlardan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanilganda;
‎ijaraga oluvchining aybi bilan atrof-muhitga ziyon yetkazilganda;
‎ijaraga oluvchi tomonidan yer uchastkasi olingandan soʻng olti oy mobaynida ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini boshlanmagan taqdirda.
‎Shartnoma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.

VII. Tomonlarning javobgarligi

7.1. Agar tomonlardan biri ushbu Shartnoma shartlarini bajarmagan yoki qonun hujjatlarini muntazam ravishda buzgan taqdirda, ikkinchi tomon belgilangan tartibda ushbu Shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
‎7.2. Bartaraf etilishi mumkin boʻlgan har qanday buzish holatlari shartnomaning bekor qilinishiga sabab boʻla olmaydi.
‎7.3. Ushbu shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon ikkinchi tomonni sabablarni asoslagan holda, shartnoma muddatining taxminiy tugashidan bir oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.

VIII. Nizolarni hal qilish

8.1. Ushbu Shartnomani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

IX. Shartnomaning maxsus shartlari*

9.1. Ushbu boʻlimda Shartnomada nazarda tutilmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shartlar koʻrsatiladi.

X. Yakunlovchi qoidalar

10.1. Ushbu shartnoma uch nusxada tuzilgan boʻlib, ulardan bir nusxasi Ijaraga oluvchiga beriladi, ikkinchi nusxasi tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining filialida saqlanadi.
‎10.2. Mazkur shartnoma yer uchastkasi joylashgan hududdagi Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Tomonlarning yuridik manzillari:

Ijaraga beruvchi:
‎___________________________________
‎___________________________________
‎___________________________________

Ijaraga oluvchi:
‎___________________________________
‎___________________________________
‎___________________________________

Tomonlarning imzolari:

Ijaraga beruvchi: ‎___________________________________ ‎___________________________________
‎‎___________________________________

Ijaraga oluvchi: ‎___________________________________ ‎___________________________________
‎‎___________________________________

Imzo oʻrni _________________________

Imzo oʻrni _________________________

Shartnoma ____________ viloyati ____________shahar/tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining filialida roʻyxatdan oʻtkazildi.

20 ___ y. “___” ____________________ ______- son

___________________________

_____________________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

Kichik sanoat zonasi hududida joylashgan ishlab chiqarish
‎maydonlarini uzoq muddatli ijaraga olishning
‎NAMUNAVIY SHARTNOMASI

20___ y. _____________________

____________________________

(shartnoma tuzilish manzili)

“Kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” DM (keyingi oʻrinlarda Ijaraga beruvchi deb ataladi) Ustav asosida ish yurituvchi ___________________ direktor nomidan bir tomondan va ikkinchi tomondan, _____________________________ (xoʻjalik subyektining nomi) (keyingi oʻrinlarda Ijaraga oluvchi deb ataladi) _______________________ direktor nomidan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdi:

I. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchi”ga kichik sanoat zonalari hududida (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) joylashgan ________________________manzildagi umumiy maydoni _____ kv. metr boʻlgan binoni, inshootni (uning qismini) (keyingi oʻrinlarda Obyekt deb ataladi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar xokimi tomonidan tasdiqlangan (oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllamasdan) eng kam stavkasi boʻyicha ijaraga beradi, “Ijaraga oluvchi” esa oʻz navbatida, “Obyekt”ni qabul qilib oladi va “Ijaraga beruvchi”ga mazkur ijara shartnomasida belgilangan ijara haqini toʻlaydi.
‎1.2. “Ijaraga oluvchi”ga ushbu Shartnomaga 1-ilovaga muvofiq ijara toʻlovi belgilanadi. Ijara toʻlovi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar xokimining har yilgi ijara toʻlovining eng kam stavkalari toʻgʻrisidagi qarorlari asosida oʻzgaradi va kalendar yilning oxirida tomonlar oʻrtasida yilning boshida qayta rasmiylashtiriladi.
‎1.3. “Ijaraga oluvchi” mazkur Shartnomaga asosan “Obyekt”dan foydalangani uchun 1-ilovaga muvofiq har oyning 10 kuniga qadar 100 foiz miqdorida “Ijaraga beruvchi”ga ijara toʻlovini oldindan toʻlaydi.

II. UMUMIY QOIDALAR

2.1. Mazkur Shartnoma va unga ilova barcha ogʻzaki va yozma kelishuvlarni, bitimlarni va tomonlar oʻrtasidagi qarorlarni va boshqa hujjatlarni bekor qiladigan toʻliq kelishuvni anglatadi. Shartnomaga ilova uning ajralmas qismi hisoblanadi va bir xil yuridik kuchga egadir.
‎2.2. Ijara shartnomasining barcha qoida va shartlari majburiy tusga ega boʻlib, tomonlarga va ularning vorislariga yoki tomonlar oʻrtasidagi bitimga muvofiq huquq va majburiyatlari berilishi mumkin boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
‎2.3. “Ijaraga beruvchi” va “Ijaraga oluvchi” boshqalarning yozma roziligisiz ushbu Shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlarini toʻliq yoki qisman boshqa shaxsga berishga haqli emas.
‎2.3.1. Ijara shartnomasining shartlarini buzgan holda, huquq va majburiyatlar boshqa shaxslarga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, aks holda mazkur harakatlar haqiqiy emas deb topiladi. Xususan, “Ijaraga oluvchi” tomonidan binoni ijaraga (subijaraga) berishga yoʻl qoʻyilmaydi. “Ijaraga oluvchi”ning shartnoma qoidalariga zid boʻlgan xatti-harakatlarni amalga oshirganligi, “Ijaraga beruvchi” tomonidan shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish uchun asos boʻladi.
‎2.3.2. Ijara shartnomasi boʻyicha barcha huquqlarni yoki ularning bir qismining kelishmasdan va rejalashtirilmasdan boshqa shaxsga oʻtkazilishi, huquqlarini boshqa shaxsga berayotgan tomonni mazkur Shartnoma boʻyicha majburiyatlardan ozod qilmaydi, basharti majburiyatlardan bu tarzda ozod etish ishtirokchilar tomonidan yozma ravishda taqdim qilinmagan boʻlsa.
‎2.4. Ijara shartnomasi davlat tilida uch nusxada tuziladi, har bir nusxa bir xil yuridik kuchga ega boʻlib, “Ijaraga beruvchi”, “Ijaraga oluvchi”, shuningdek, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DKda saqlanadi.
‎2.5. Ijara shartnomasini “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DKda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun barcha xarajatlar “Ijaraga oluvchi” tomonidan amalga oshiriladi.
‎2.6. Ijara shartnomasi boʻyicha tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar, kelishmovchiliklar yoki eʼtirozlar yoxud ijara shartnomasini bekor qilish, uning amal qilishini toʻxtatish va uni haqiqiy emas deb topish tomonlarning kelishish imkoniyati boʻlmasa, qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida koʻrib chiqiladi.
‎Tomonlar sud organlariga murojaat qilishdan oldin, yuzaga kelish ehtimoli boʻlgan kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal etish uchun mumkin boʻlgan barcha choralarni qoʻllash majburiyatini oladi.
‎2.7. Tomonlar mazkur ijara shartnomasi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarga nisbatan qoʻllaniladigan va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan huquqni tan oladi.
‎2.8. Ushbu shartnoma amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davlat organlarida roʻyxatga olingan paytdan boshlab kuchga kiradi va tomonlar davr mobaynida barcha majburiyatlarini bajarmagunicha amal qiladi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
‎2.9. Ushbu shartnomaga kiritiladigan keyingi barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilib, tomonlar imzolagan taqdirda haqiqiy deb hisoblanadi, shuningdek, ushbu Shartnomaning 2.8-bandiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
‎2.10. Ushbu shartnomaning amal qilish muddati tomonlar kelishuvi asosida tartibga solinadi va belgilangan tartibda (barcha soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash, shuningdek, loyihani amalga oshirish boʻyicha bitimni ijrosi taʼminlash sharti bilan) 5 yil muddatiga uzoq muddatli ijaraga beriladi.

III. “OBYEKT”NI IJARAGA BERISH VA QAYTARIB OLISH TARTIBI

3.1. “Obyekt” “Ijaraga oluvchi”ga ushbu Shartnomaga 2-ilovaga muvofiq bayonnomaga asosan “Ijaraga beruvchi” ishtirokida shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtidan boshlab 3 kun ichida topshiriladi.
‎3.2. Ijara shartnomasining muddati tugagandan soʻng “Ijaraga oluvchi” 3 kun muddat mobaynida “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini tuzish orqali “Ijaraga beruvchi”ga topshiradi.
‎3.3. Tomonlar oʻrtasida “Obyekt”ni qabul qilish va qaytarish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi imzolanib, tasdiqlangan paytdan boshlab, “Obyekt” topshirilgan va qaytarilgan hisoblanadi.

IV. TOMONLARNING XUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. “Ijaraga beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
‎ijara toʻlovining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
‎“Ijaraga oluvchi” tomonidan ijaraga olingan mulkdan foydalanish shartlariga, uchinchi shaxslarning huquqlariga (servitut, garov va boshqalar) rioya etilishini nazorat qilish;
‎“Ijaraga oluvchi” “Obyekt”ni subijaraga bermaganligini nazorat qilish.
‎4.2. “Ijaraga beruvchi” quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
‎“Ijaraga oluvchi” tomonidan ushbu shartnomada belgilangan miqdorlarda va muddatlarda ijara toʻlovlari toʻlanishini nazorat qiladi;
‎ushbu ijara shartnomasining shartlariga muvofiq “Ijaraga beruvchi” tomonidan “Obyekt”ning “Ijaraga oluvchi”ga topshirilishini, ijara muddati tugagandan soʻng “Ijaraga oluvchi” tomonidan “Obyekt” “Ijaraga beruvchi”ga qaytarilishini tashkil etadi.
‎4.3. “Ijaraga oluvchi” quyidagi huquqlarga ega:
‎ijaraga olingan “Obyekt”da oʻz hisobidan kapital va/yoki joriy taʼmirlash, “Ijaraga beruvchi” bilan kelishgan holda belgilangan tartibda rekonstruksiya qilish va yangi qurilishni amalga oshirish;
‎shartnomaga muvofiq xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻz majburiyatlarini zarur darajada bajarganida, ijara shartnomasini yangi muddatga tuzishda ustuvor huquqqa ega boʻlish.
‎4.4. “Ijaraga oluvchi” quyidagi majburiyatlarga ega:
‎ijaraga olingan “Obyekt”ni garovga topshirmaslik va uchinchi shaxslar tomonidan undan boshqa maqsadlarda foydalanishiga yoʻl qoʻymaslik;
‎ijaraga olingan “Obyekt”ni subijara shartlarida topshirmaslik;
‎ushbu ijara toʻgʻrisida shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda va miqdorlarda ijara toʻlovini amalga oshirish;
‎ushbu Shartnomaning 4.1-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida “Ijaraga beruvchi”ning masʼul shaxslarining ijaraga olingan hududga hech qanday toʻsiqlarsiz kirishini taʼminlash;
‎bank rekvizitlari va pochta manzili, bogʻlanish uchun raqamlar (shu jumladan, masʼul shaxslarning uyali telefon raqamlari) oʻzgarganda, bu haqda 10 kun mobaynida “Ijaraga beruvchi”ga xabar berish;
‎“Ijaraga beruvchi” bilan ekspluatatsiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha alohida shartnoma tuzish;
‎shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda va miqdorda ekspluatatsiya xizmatlari uchun toʻlov qilish;
‎“Ijaraga beruvchi” bilan kelishilgan holda elektr energiyasi, suv va gazdan foydalanishda hisoblagichlarni oʻrnatish;
‎oʻzining aybi bilan “Obyekt”da kommunal tizimining buzilishiga yoʻl qoʻyilsa, oʻz hisobidan taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish;
‎ijaraga olingan hududda noqonuniy qurilishni amalga oshirmaslik, koʻchmas mulklarni (konteyner, garaj va boshqalarni) joylashtirmaslik, shuningdek, KSZda umumiy yotoqxona tashkil etmaslik;
‎ijaraga olingan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish uchun ruxsat olish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni rekonstruksiya qilish;
‎shartnoma muddati tugaganidan soʻng 2 hafta mobaynida “Ijaraga beruvchi”ga “Obyekt”dan foydalanish davomida yetkazilgan zararni qaytarib berish dalolatnomasi boʻyicha baholash tashkilotining xulosasiga koʻra qoplab berish;
‎ushbu shartnoma bekor qilingan taqdirda, 3 kun mobaynida “Obyekt”ni “Ijaraga beruvchi”ga dalolatnoma asosida qaytarib berish.
‎4.5. “Ijaraga beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
‎“Ijaraga oluvchi”ning xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda, mulkining jismoniy holatini kuzatib borish;
‎“Ijaraga oluvchi”dan ijara toʻlovini ijara shartnomasida koʻrsatilgan miqdor va muddatlarda amalga oshirishni talab qilish;
‎“Ijaraga oluvchi”da ekspluatatsiya xizmatlari uchun har yili rasmiylashtiriladigan shartnoma boʻyicha oʻz vaqtida toʻlovni amalga oshirishini talab qilish;
‎“Ijaraga oluvchi” tomonidan “Obyekt”ga zarar yetkazilgan hollarda, “Ijaraga oluvchi”dan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash tashkilotining xulosasiga koʻra zarar summasini qoplashni talab qilish.
‎4.6. “Ijaraga beruvchi” quyidagi majburiyatlarga ega:
‎“Obyekt”ni topshirish va qabul qilish daloaltnomasini imzolashi va tasdiqlash;
‎“Ijaraga oluvchi”ning ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish shartnomasiga muvofiq toʻlovlarni koʻrsatilgan muddatlarda va miqdorda amalga oshirilishini nazorat qilish;
‎“Ijaraga oluvchi”ning “Obyekt”ni subijaraga bermasligini nazorat qilish, agar bunday holatlar aniqlansa, bu haqda “Ijaraga beruvchi”ni xabardor qilish;
‎ichki qoidalarga asosan “Ijaraga oluvchi”ning “Obyekt”ga toʻsiqlarsiz kirishi va chiqishini taʼminlash uchun sharoit yaratish;
‎“Ijaraga oluvchi” bilan ekspluatatsiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha alohida shartnoma tuzish;
‎‎“Ijaraga oluvchi”ning aybisiz kommunal tizimda buzilish sodir boʻlsa, oʻz hisobidan darhol taʼmirlash ishlarini oʻtkazish;
‎“Ijaraga oluvchi” tomonidan ijaraga olingan hududda noqonuniy qurilish amalga oshirilmasligi, koʻchmas mulkni joylashtirmaslik, shuningdek, KSZda umumiy yotoqxonalar tashkil etilmasligini nazorat qilish.

V. SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH YOKI BEKOR QILISH TARTIBI

5.1. Shartnoma majburiyatlarini bajarishdan bir tomonlama boʻyin tovlash va shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
‎5.2. “Ijaraga beruvchi” 5.3-bandda koʻrsatilgan tartibga muvofiq ushbu shartnomani quyidagi holatlarda bir tomonlama bekor qilishga haqli:
‎agar “Ijaraga oluvchi” ushbu Shartnomaga 1-ilovada koʻrsatilgan ijara toʻlovi muddatini ikki oy mobaynida kechiktirsa yoki toʻlov intizomini doimiy ravishda buzib kelsa;
‎agar “Ijaraga oluvchi” ekspluatatsiya xarajatlarini ekspluatatsiya xizmatini koʻrsatish shartnomasiga muvofiq koʻrsatilgan muddatlarda va miqdorida toʻlamasa;
‎agar “Ijaraga oluvchi” ijaraga olgan mulkini subijaraga topshirgan boʻlsa.
‎5.3. Agar “Ijaraga oluvchi” ushbu Shartnomaning 5.2-bandida koʻrsatilgan oʻz majburiyatlarini bajarmasa, 10 kun mobaynida “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchi”ga majburiyatlarini bajarishi yoki bartaraf etishi haqida xat yuboradi.
‎5.3.1. Agar “Ijaraga oluvchi” ushbu Shartnomaning 5.2-bandda koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarish haqidagi xatga 10 kun mobaynida javob bermasa yoki hech qanday harakatni amalga oshirmasa, “Ijaraga beruvchi” Maʼmuriy kengash bilan kelishib, Shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin.
‎5.4. Tomonlar oʻrtasidagi ijara shartnomasi bekor qilinsa, “Ijaraga oluvchi” tomonidan “Obyekt”ga kiritilgan investitsiya (ajratilgan mulklardan tashqari) qaytarilmaydi va ular uchun badal toʻlanmaydi.
‎5.5. Shartnomani bekor qilish davomida, agar “Obyekt”ning holati “Ijaraga oluvchi” investitsiya majburiyatlarini bajarmagani yoki ularni tegishli darajada bajarmagani oqibatida yomonlashsa, keltirilgan zarar aybdor tomonidan qoplanadi.
‎5.6. Ushbu shartnoma ikki tomonning kelishuvga koʻra yozma shaklda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, bunda shartnomani bekor qilayotgan tomon 30 kun mobaynida ikkinchi tomonni xabardor qiladi, shuningdek, ikkinchi tomon bilan kelishuvga erishishi mumkin.
‎5.7. Shuningdek, ushbu shartnoma Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa asoslarga muvofiq bekor qilinadi.

VI. SHARTNOMA MAJBURIYATLARINI BUZGANLIGI UCHUN
‎TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

6.1. “Obyekt” dalolatnomaga asosan topshirilmasa yoki oʻz vaqtida topshirilmasa, “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchi”ga har bir oʻtkazilgan kun uchun ijaraning oylik toʻlovning 0,4 foizini toʻlaydi, ammo penya umumiy miqdori 1-ilovada nazarda tutilgan oylik ijara toʻlovi qiymatining 50 foizidan oshmasligi kerak.
‎6.2. Agar “Ijaraga oluvchi” ushbu Shartnomaning 1.3-bandda koʻrsatilgan muddatda ijara toʻlovini amalga oshirmasa, toʻlov kechiktirilgan har bir kun uchun “Ijaraga oluvchi” “Ijaraga beruvchi”ga toʻlovi kechiktirilgan summaning 0,4 foizi miqdorda penya toʻlaydi, ammo bu muddati oʻtgan toʻlov summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
‎Bunda agar “Ijaraga oluvchi” tomonidan 1.3-bandida nazarda tutilgan muddat tugaganidan soʻng ikki oy davomida ijara toʻlovi va penya toʻlanmasa, “Ijaraga beruvchi” mazkur Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
‎6.3. Ushbu Shartnomada koʻrsatilmagan holatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, “Xoʻjalik subyektlari faoliyatining shartnomaviy-huquqiy asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

VII. FORS-MAJOR

7.1. Agar tomonlarning biri bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar (toshqin, yongʻin, zilzila, sel, doʻl va boshqalar) oqibatida shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli darajada bajarmaganini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi.
‎7.2. Har ikkala tomon ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarishga toʻsqinlik qiladigan fors-major holatlarning boshlanishi va tugashi haqida bir-birini darhol xabardor qilishi shart.
‎7.3. Agar fors-major holatlari oqibatida ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uch oydan ortiq muddatga choʻzilsa, tomonlarning har biri shartnoma qismini bajarishdan bosh tortishga haqli.

VIII. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

8.1. Tomonlar oʻrtasida ushbu Shartnoma boʻyicha yuzaga keladigan nizolar tomonlarning kelishuviga binoan hal etiladi. Agar bunday kelishuvga erishilmasa, ular sud tartibida hal qilinadi.

IX. TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI:

“IJARAGA BERUVCHI”
‎Kichik sanoat zonasini
‎‎boshqarish direksiyasi
‎‎Tel.: _______________________________
‎Manzil:_____________________________
‎‎____________________________________
‎‎H/R:_________________________________
‎‎‎filial MFO: ________________________
‎‎STIR: _______________________________
‎‎‎Direktor ____________________________
‎‎‎_______________
‎‎(imzo, muhr)

“IJARAGA OLUVCHI”
‎‎__________________________________
‎‎__________________________________
‎‎Tel.:______________________________
‎‎Manzil:___________________________
‎‎__________________________________
‎‎H/R:_______________________________
‎‎Bank:______________________________
‎‎___________________________________
‎‎MFO______________________________
‎‎STIR:_____________________________
‎‎Boshliq ____________________________
‎‎(imzo)

20___ yil “___” ________ dagi -son Ijara shartnomasiga
1-ILOVA

“Obyekt”ning ijara toʻlovi

T/r

Ijara binosi maqsadi

Maydoni
(kv. m.)

1 kv.m (soʻm) uchun ijara stavkasi

Oylik ijara summa

(sum)

Ijaraning yillik summasi

(sum)

1.

________________
ishlab chiqarish

Jami


“Obyekt”ni topshirdim

“Ijaraga beruvchi”

______________________

(imzo, muhr)

“Obyekt”ni qabul qildim

“Ijaraga oluvchi”

______________________

(imzo)

20___ yil “___” ________ dagi -son Ijara shartnomasiga
2-ILOVA

“Obyekt”ni topshirish-qabul qilish
‎Dalolatnomasi

20___yil “___”______________

Toshkent sh.

Mazkur bayonnoma _____________ sonli ijara shartnomasiga binoan 20___ yil “___” __________ “Kichik sanoat zonasi Direksiyasi” DM (kelgusida “Ijaraga beruvchi”) _____________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

(tashkilot, korxona nomi)

nomidan va_____________________________________________________________________________________________

nomidan quyidagilar haqida imzoladirlar (tashkilot, korxona nomi)

1. “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchiga” ________________________________________________________________
‎________________________________________________ manzilida joylashgan “Obyekt”ni topshirdi, “Ijarachi” esa bu “Obyekt”ni “Ijaraga beruvchi”dan qabul qilib oldi.

2. “Obyekt”ning texnik maʼlumotlari:

1. Qurilish yili:_______ Qavatlar________________________.
‎2. Berilgan maydon: ____________kv.m.
‎3. Kommunikatsiya tarmoqlari:__________________________________________
‎3.1. Issiqlik energiyasi:_______________________________________________
‎3.2. Suv bilan taʼminlanishi:__________________________________________
‎3.3. Sovuq suv: _______________________________________________________
‎3.4. Issiq suv: _______________________________________________________
‎3.5. Elektro energiya: _________________________________________________
‎‎3.6. Tabiiy gaz:_______________________________________________________
‎3.7. Telefon:_________________________________________________________
‎3.8. Lift: ____________________________________________________________

3. “Ijaraga beruvchi” yuqorida koʻrsatilganlarning texnik maʼlumotlari uchun masʼuldir.
‎4. “Ijaraga beruvchi” ijara shartnomasining 2.2.b.da koʻrsatilgan muddatlarda bu obyektni topshiradi-qabul kiladi.
‎5. Bu “obyekt”ning texnik koʻrsatkichlari ijara shartnomasida koʻrsatilgan maqsadlar uchun foydalanishga mosdir. “Ijarachi” ushbu “obyekt”ning texnik holatiga hech qanday eʼtirozi yoʻq.

Bayonnoma uch nusxada tuzildi.

“Obyekt”ni topshirdim
‎“Ijaraga beruvchi”
‎______________________
‎(imzo, muhr)

“Obyekt”ni qabul qildim
‎“Ijaraga oluvchi”

‎______________________
‎(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/134/0272-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)