1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini taʼminlash, xususan davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyotini bekor qilish, xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, qishloq xoʻjaligida mehnat unumdorligini oshirish va manfaatdorlikni taʼminlashga qaratilgan qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining fermer xoʻjaliklari va gʻallachilik klasterlari bilan “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar oʻrtasida 2020-yil hosilidan davlat xaridlari doirasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari miqdorini har bir gʻalla yetishtiruvchi uchun 25 foizga kamaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan davlat xaridlari doirasida 2 265 ming tonna bugʻdoy (urugʻlik don uchun amaldagi ustama toʻlash tartibini saqlab qolgan holda) ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yil 10-mayga qadar jahon bozori va mintaqaviy birja narxlari hamda respublikada kutilayotgan hosilni inobatga olib, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020-yilda xarid qilinadigan gʻalla narxlarini belgilasin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2020-yil hosilidan boshlab:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik]
davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi]
ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan xarid qilinadigan bugʻdoy mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalarning donni saqlash talablariga mos keladigan omborlar (sigʻimlar)ida shartnoma asosida saqlanadi;
b) 2021-yil hosilidan boshlab:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi]
davlat tomonidan gʻallaga xarid narxini belgilash amaliyotidan toʻliq voz kechiladi;
davlat xaridi toʻliq bekor qilinadi hamda fermerlar va boshqa korxonalar tomonidan yetishtiriladigan gʻalla barcha isteʼmolchilarga, shu jumladan donni qayta ishlovchi korxonalar, gʻallachilik klasterlari va treyderlarga birja savdolari orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar (fyuchers, forvard va boshqalar) asosida erkin narxlarda sotiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.05 Qimmatli qogʻozlarning hosillari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi don Jamgʻarma tomonidan fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
don yetishtiruvchi xoʻjaliklarni sifatli urugʻlik bilan taʼminlash maqsadida sertifikatlangan urugʻlik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi hamda 2021 — 2023-yillarda urugʻlik yetkazib berish bosqichma-bosqich Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urugʻchilik klasterlari va elita urugʻchilik xoʻjaliklari, gʻallachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlarini tahlil qilgan holda, har yili 1-avgustga qadar kelgusi yil gʻalla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlarni eʼlon qilsin hamda bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritib, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borilishini taʼminlasin.
4. Respublika ichki bozorida don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish Jamgʻarma zimmasiga yuklatiladi.
Ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun Jamgʻarma tomonidan xarid qilinadigan don Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda, Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan oylik grafik asosida Jamgʻarma tomonidan birja savdolarida sotuvga qoʻyiladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.03.00 Savdoda narxni tartibga solish (shakllantirish) (shuningdek, 09.14.02.02ga qarang);
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va joʻnatishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
5. Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash uchun zarur miqdordagi bugʻdoyni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar (sotib olish, tashish, saqlash), xarid qilish va sotish narxlari oʻrtasida yuzaga kelgan tafovut (ijobiy, salbiy) Jamgʻarma moliyaviy faoliyati yakunlariga olib boriladi hamda zarur holatlarda yuzaga kelgan salbiy tafovut Jamgʻarmaga respublika budjetidan qoplab beriladi.
6. 2020-yil 1-iyundan boshlab:
a) fermer xoʻjaliklari, gʻallachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklarining gʻalla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 12 oy muddatgacha gʻalla yalpi hosili umumiy qiymatining 40 foizigacha boʻlgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 10 foiz, 50 foizigacha boʻlgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 12 foiz stavkadan (shundan bank marjasi 2 foiz) oshmagan miqdorda kreditlar ajratiladi.
Bunda:
fermer xoʻjaliklari, gʻallachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish xususiyatlaridan kelib chiqib, kredit mablagʻlaridan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlaydi;
gʻallachilik klasterlari tomonidan fermer xoʻjaliklarining gʻalla yetishtirish bilan bogʻliq xarajatlarini boʻnaklash pul mablagʻlari shaklida amalga oshiriladi;
gʻalla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kredit mablagʻlarining muddatida qaytarilmagan qismi tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi;
b) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, faqat donni qayta ishlovchi korxonalar hamda donni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan gʻallachilik klasterlari tomonidan respublikada yetishtirilgan gʻallani xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan 12 oy muddatgacha 50 milliard soʻmgacha miqdorda tijorat kreditlari ajratiladi.
milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismiga;
xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda foiz xarajatlarini qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya beriladi;
gʻallani xarid qilish uchun ajratilgan kredit mablagʻlarining muddatida qaytarilmagan qismiga Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Markaziy bankning asosiy stavkasi oʻzgargan hollarda Jamgʻarmadan ajratilayotgan kreditlar foiz stavkalariga, bank marjasiga hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan beriladigan kompensatsiya miqdoriga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.13.00 Savdo va ombor binolari. Idish. Tovarlarni saqlash. Mavjud miqdorning tabiiy kamayishi]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzdonmahsulot” AK va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda don saqlash sigʻimlariga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda, 2020-yil hosilidan boshlab yetishtiriladigan boshoqli donni qabul qilish va saqlash boʻyicha xizmat tariflarini tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot” AK, Jamgʻarma, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 2020-yilda, 1-aprelga qadar kelgusi yillarda ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun sotib olinadigan gʻallaning hududlar kesimidagi taqsimotini va ushbu gʻallani saqlashga talabgor korxonalarning hududlar kesimidagi roʻyxatini shakllantirsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi don saqlanayotgan korxonalarda uning sifati va miqdori boʻyicha toʻgʻri saqlanishi yuzasidan oylik nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari bilan birgalikda gʻallachilik klasterlari va donni qayta ishlovchi korxonalarga respublikada yetishtirilgan donni xarid qilish uchun mazkur qarorda belgilangan kredit ajratish mexanizmi boʻyicha oʻquv-seminarlarini tashkil etsin va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-mayga qadar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan gʻalla hajmini hududlar kesimida aniqlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda gʻallani saqlash tartiblarini tasdiqlasin;
“Oʻzdonmahsulot” AK tizimiga kiruvchi don korxonalarini 2020-2021-yillarda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish chora-tadbirlarini belgilasin.
12. Quyidagilar:
Gʻalla yetishtirishga davlat buyurtmasi bosqichma-bosqich bekor qilinishi hamda sohaga bozor tamoyillari keng joriy etilishini tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Respublika kengashiga (A. Aripov) quyidagi vazifalar yuklatilsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik]
gʻalla yetishtirishga davlat buyurtmasi bosqichma-bosqich bekor qilinishi hamda sohaga bozor tamoyillari keng joriy etilishini tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi]
2021-yil hosilidan boshlab don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan bugʻdoy hajmini belgilash;
hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, gʻalla ekin maydonlarini navlar boʻyicha joylashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilingan gʻallani saqlovchi korxonalar roʻyxatini shakllantirish;
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.03.00 Savdoda narxni tartibga solish (shakllantirish) (shuningdek, 09.14.02.02ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.06.00 Iqtisodiy xavfsizlik. Moddiy zaxira]
don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan barcha masalalarni hal etib borish.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ. Barnoyev:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda kalendar yilning 1-mayiga qadar talabgor korxonalarning don saqlash sigʻimlari xatlovdan oʻtkazilishini va ularning amaldagi talablarga mosligi toʻgʻrisida xulosa berilishini, ijobiy xulosa berilgan korxonalarning laboratoriyalari va tarozilarini xatlovdan oʻtkazilishini, tegishli ruxsatnomalar berilishini, don saqlashga ruxsat etilgan korxonalar roʻyxati tasdiqlanishini hamda ularning don saqlash quvvatlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borishni taʼminlasin;
qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayev, suv xoʻjaligi vaziri Sh. Hamrayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish, gʻalla yetishtirishga zamonaviy hamda energiya va resurstejamkor texnologiyalarning joriy etilishini, fermer xoʻjaliklarini suv bilan taʼminlash hamda kompleks agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishida amaliy yordam koʻrsatsin.
15. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-mart,
PQ-4634-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son qaroriga 1-ILOVA
Gʻalla yetishtirishga davlat buyurtmasi bosqichma-bosqich bekor qilinishi hamda sohaga bozor tamoyillari keng joriy etilishini tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
DASTURI
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun bugʻdoyni xarid qilish tartibini ishlab chiqish: Bunda:
don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun hududlar kesimida xarid qilinadigan gʻalla hajmini aniqlash;
xarid qilinadigan gʻalla uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil 1-may
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
2.
Don va non mahsulotlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan gʻallani saqlash tartibini ishlab chiqish.
Bunda, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash uchun sotib olinadigan donni saqlash sigʻimlarini sertifikatlash nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil 1-aprel
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK
3.
“Oʻzdonmahsulot” AK tizimiga kiruvchi don korxonalarini 2020-2021-yillarda isloh qilish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan Loyiha ofisini tuzish.
2020-2021-yillarda amalga oshiriladigan choralar “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:
korxonalarning don saqlash sigʻimlarini (quvvatlarini) xatlovdan oʻtkazish;
“Oʻzdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalari qarzdorliklarining (debitor-kreditor) hamda asosiy vositalarining xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlash;
“Oʻzdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalarini 2020-2021-yillarda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish chora-tadbirlarini belgilash.
Loyiha ofisini tuzish
Chora-tadbirlar rejasi
2020-yil 20-mart
2020-yil 10-may
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Loyiha ofisi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot” AK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
4.
“Oʻzdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalarda saqlanayotgan davlat zaxirasidagi bugʻdoyni belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxirasi qoʻmitasi bilan birgalikda uning hisobini yuritish choralarini koʻrish.
Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlari uchun xarid qilinadigan bugʻdoyning hisob-kitobi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi balansida yuritiladi hamda ushbu donning sifati, shuningdek, miqdori uchun “Oʻzdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar va xususiy korxonalar masʼul hisoblanadi.
Davlat zaxirasidagi bugʻdoyni almashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Chora-tadbirlar rejasi
2020-yil 20 aprel
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxirasi qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot” AK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi
5.
Don saqlashga talabgor boʻlgan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha don qabul qilish korxonalarining laboratoriyalari va tarozilarini xatlov hamda attestatsiyadan oʻtkazish, ruxsatnomalar berish, don saqlashga ruxsat etilgan korxonalar roʻyxati hamda ularning don saqlash quvvatlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.
Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun sotib olingan gʻalla saqlanayotgan omborlarda gʻallaning sifati va miqdori boʻyicha toʻgʻri saqlanishi yuzasidan oylik nazorat oʻrnatilishini taʼminlash.
Chora-tadbirlar dasturi
2020-yil 25-aprel
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzdonmahsulot” AK, Tegirmonchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
6.
Don va non mahsulotlariga boʻlgan talabni tahlil qilish, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash uchun xarid qilinadigan bugʻdoy hajmining prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.
Chora-tadbirlar rejasi
Har yili mavsum oldidan
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
7.
2020-yil hosilidan don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash uchun sotib olinadigan bugʻdoy uchun shartnoma munosabatlarini qayta koʻrib chiqish.
Bunda, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari hajmini 25 foizga kamaytirib, 2020-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarma tomonidan 2 265 ming tonna (tovar don va urugʻlik don) bugʻdoyni xarid qilish choralari koʻriladi.
Namunaviy shartnoma loyihasi
Kompleks chora-tadbirlar
2020-yil 15 mart
Adliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
8.
Fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qolgan donni don saqlovchi sigʻimlarga ega boʻlgan korxonalarda shartnoma asosida saqlashni tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil 15-may, doimiy
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
9.
Fermer xoʻjaliklari tomonidan donni birjada sotish mavzusida oʻquv seminarlari oʻtkazish, xoʻjaliklar bilan birja brokerlari oʻrtasida shartnomalar tuzilishini tashkil etish.
Chora-tadbirlar rejasi
2020-yil 1-aprel, har yili gʻalla oʻrim-yigʻim mavsumidan oldin
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Respublika tovar xom ashyo birjasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
10.
Jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlari hamda gʻalla yetishtirishning prognoz xarajatlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan minimal narxlarni eʼlon qilib borish.
Byulleten chop etish, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish
Har yili 1-avgust
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
11.
Ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilingan donni temir yoʻlda tashishda imtiyozli tariflarni belgilash mexanizmlarini ishlab chiqish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil 5-aprel
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi
12.
Donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga moʻljallangan loyihalarni koʻpaytirish choralarini koʻrish.
Bunda, donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga moʻljallangan uskunalarni olib kirganlik uchun mavjud bojxona toʻlovlari stavkalarini kamaytirish koʻzda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil 1-iyun
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, tijorat banklari
13.
“Omborxona guvohnomasi” va “Agrar guvohnomasi” kabi moliyaviy hujjatlardan foydalanishni amaliyotga kiritishning huquqiy asoslarini yaratish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil 1-iyun
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar
14.
2020-yil don hosilini oʻrish-yigʻish davrida texnika taʼminoti uzluksizligini taʼminlash maqsadida tumanlar kesimida muvofiqlashtiruvchi shtablarni tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil may
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroservis” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
15.
Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash uchun sotib olingan bugʻdoyning sifati va miqdori yuzasidan monitoring yuritish hamda choraklik va yillik maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish.
Amaliy chora-tadbirlar
2020-yil iyul-avgust Davriy oʻrganishlar oʻtkazish davrida
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi
16.
Hududlarda donni qayta ishlashga moʻljallangan loyihalarni koʻpaytirish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
17.
Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyxatidan donni (xarid narxlari) chiqarish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil 1-aprel
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK
18.
Ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari toʻgʻrisida maxsus telekoʻrsatuvlar tashkil etish, reklama roliklari tayyorlash orqali ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash.
Amaliy chora-tadbirlar
Har hafta
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son qaroriga 2-ILOVA
Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi
TARKIBI
1.
A. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi
2.
Oʻ. Barnoyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
3.
R. Gulyamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi
4.
B. Mavlonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari
5.
J. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri
6.
M. Nurmuratov
—
Markaziy bank raisi
7.
J. Xodjayev
—
qishloq xoʻjaligi vaziri
8.
A. Ergashev
—
moliya vaziri oʻrinbosari
9.
S. Bekenov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
10.
A. Ravshanov
—
Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri
11.
A. Ortiqov
—
Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri
12.
A. Vaxobov
—
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
13.
B. Musayev
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisi
14.
A. Abdullayev
—
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi raisi
15.
R. Mamatqulov
—
“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi
16.
M. Abdullayev
—
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi
17.
A. Xaitov
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
18.
F. Poʻlatov
—
“Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi
19.
R. Xaitov
—
“Oʻzagroservis” AJ boshqaruvi raisi
20.
J. Mirzamahmudov
—
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi
21.
A. Isroilov
—
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi direktori, Kengash kotibi
Izoh:Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2020-y., 07/20/4634/0270-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son; 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)