Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. “Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 2518, 2013-yil 18-oktabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2020-yil 19-fevraldagi 03/034-576-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2013-yil 26-sentabrdagi 179a, 96 va 49-son “Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2518, 2013-yil 18-oktabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 26-maydagi 26, 29, 114-son “Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2518-1, 2016-yil 20-iyun).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.