toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi PQ-3200-son qaroriga muvofiq, shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini taʼminlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda bu boradagi ilgʻor yutuqlarni ularning faoliyatiga tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini; jazoni ijro etish muassasalari va ularning hududlarini jihozlashga qoʻyiladigan umumiy talablarni, muassasalarda rejim turlarini, ularni qoʻriqlash va xavfsizligini taʼminlashni; mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlashni; mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni, ular oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishni; jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishni va mahkumlarning bandligini taʼminlashni nazarda tutuvchi Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
b) 14 ta jazoni ijro etish koloniyalarining 60 ta yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga oʻzgartirish yoʻli bilan rekonstruksiya qilish va 3 ta yangi bino qurishni nazarda tutuvchi 2020 — 2024-yillarda jazoni ijro etish koloniyalarining yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga oʻtkazgan holda ularni bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, zamonaviy texnik qoʻriqlash vositalari va videokuzatuv moslamalarini xarid qilish boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
Bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tender (tanlov) asosida aniqlanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
mavjud va tashkil etiladigan maydonlardan samarali va oqilona foydalanishni hisobga olib, keyinchalik ular asosida koloniyalardagi yashash yotoqxonalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlar tayyorlanishini;
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda sanitariya qoidalari va normalari hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini;
loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertiza va tender oʻtkazish, shuningdek, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha harajatlar har yilgi Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida;
Oldingi tahrirga qarang.
jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv vositalari va videoregistratorlar bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan budjet mablagʻlari, Jazoni ijro etish departamentining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobiga amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi 2020 — 2024-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida koloniyalardagi yashash yotoqxonalarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun belgilangan tartibda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga tegishli limitlar ajratilishini nazarda tutsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va ushbu qaror doirasida obyektlarda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati ustidan zarur davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari kelgusida ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalaridan 50 metr masofada maʼmuriy, maishiy, xoʻjalik bino va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishiga, ular ijaraga berilishiga, shuningdek, balandligi 6 metrdan yuqori boʻlgan bino va inshootlar qurilishiga yoʻl qoʻymasinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 5-mart,
128-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 128-son qaroriga

1-ILOVA

Ozodlikdan mahrum etish turidagi jazoni ijro etish muassasalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ozodlikdan mahrum etish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining (keyingi oʻrinlarda jazoni ijro etish muassasalari deb ataladi) maqomi, vazifalari, huquq va majburiyatlarini, jihozlanishini va faoliyatini tashkil etishga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
2. Jazoni ijro etish muassasalari ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq jazolarni ijro etish sohasidagi davlat muassasasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Jazoni ijro etish muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jazoni ijro etish muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (keyingi oʻrinlarda — JIED) tizimi tarkibiga kiradi va quyi turuvchi boshliqlarning yuqori turuvchi boshliqlarga va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga boʻysinishi asosida faoliyat yuritadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
5. Jazoni ijro etish muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, faoliyatini amalga oshirish uchun oʻz mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga va bank hisobvaragʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrlarga, shuningdek, oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun muassasaning nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan blankalarga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish muassasalari xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish huquqiga ega.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jazoni ijro etish muassasalarining binolari va hududlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rejimli obyektlar toifasiga kiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 71-moddasi.
7. Jazoni ijro etish muassasalariga rasmiy nom Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan beriladi.
2-bob. Jazoni ijro etish muassasalarining turlari
8. Jazoni ijro etish muassasalariga quyidagilar kiradi:
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan, davolash huquqi asosidagi;
tarbiya koloniyalari;
turmalar;
mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonalar.
Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan (keyingi oʻrinlarda mahkumlar deb ataladi) va xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari funksiyalarini bajaradi.
Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus rejimli koloniyalarga boʻlinadi va voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
9. Mahkuma ayollar, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlariga mansub mahkumlar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan mahkum shaxslar ushbu toifa mahkumlar uchun moʻljallangan, jazoni ijro etish muassasalarining sud tomonidan tayinlangan rejimi turiga muvofiq ajratilgan uchastkalarida jazoni oʻtaydilar.
10. Jazoni ijro etish muassasalarining rejimi turi va toʻldirilish limiti Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Jazoni ijro etish muassasalarining sigʻimi mahkumlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan yashash maydonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bitta jazoni ijro etish muassasasida mahkumlar soni 3000 nafardan oshmasligi lozim.
3-bob. Jazoni ijro etish muassasalarini jihozlashga qoʻyiladigan umumiy talablar
12. Jazoni ijro etish muassasalarining hududi yashash va ishlab chiqarish hududidan, shuningdek, tutash va yordamchi hududlardan tashkil topadi.
13. Mahkumlar yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, ajratilgan hudud yashash hududi deb ataladi.
14. Yashash hududida:
mahkumlar uchun yashash joylari — umumiy yashash yotoqxonalari, xonalar, kameralar;
madaniy-maishiy binolar — oshxonalar, klub, kutubxona, maktab, hammom va kir yuvish majmuasi, mahkumlar tovar xarid qilishi uchun savdo shaxobchasi (doʻkon), mahkumlar saflanishi va sport bilan shugʻullanishi uchun maydonchalar, omborlar va boshqa kommunal-maishiy bino va inshootlar;
maxsus binolar — tibbiyot qismi, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlar uchun xonalar, intizomiy boʻlinma, mahkumlarni qabul qilish boʻlinmasi, muassasa maʼmuriyati uchun bino joylashtiriladi.
Ayol mahkumalarni saqlashga moʻljallangan koloniyalar huzurida bolalarning normal yashashi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilgan bolalar uyi tashkil etiladi.
15. Mahkumlar ishlaydigan ajratilgan hudud ishlab chiqarish hududi deb ataladi.
Ishlab chiqarish hududi doirasida:
ishlab chiqarish sanoat va ishlab chiqarish qurilish obyektlari;
omborxona binolari;
ishlab chiqarish xodimlari uchun bino va inshootlar;
boshqa yordamchi bino va inshootlar joylashtiriladi.
16. Tarbiya koloniyalari va manzil-koloniyalarning yashash va ishlab chiqarish hududlari ajratilgan uchastkalarga boʻlinmaydi.
17. Tutash va yordamchi hududlar ularda jazoni ijro etish muassasasining normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida jihozlangan bino va inshootlarni joylashtirish uchun moʻljallangan.
Tutash va yordamchi hududlarda nazorat oʻtkazish joyi, jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati xodimlari, omborlar, xizmat avtotransport vositalari uchun garaj, yongʻin xavfsizligi brigadasi, kommunal-maishiy inshootlar joylashadi.
18. Jazoni ijro etish muassasalari hududi muxandislik-texnik qoʻriqlash vositalari, qurilmalari va kommunikatsiya tarmoqlari bilan jihozlanadi.
19. Jazoni ijro etish muassasalari hududida muassasalar faoliyatini tashkil etish va mahkumlar qonunchilikda belgilangan sharoitlarda saqlanishini taʼminlash uchun boshqa bino va inshootlar ham joylashtirilishi mumkin.
20. Jazoni ijro etish muassasalarining bino va inshootlari qonunchilik tomonidan tasdiqlangan mahkumlar uchun yashash maydoni normalariga va sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
21. Jazoni ijro etish muassasalarining perimetri asosiy toʻsiq bilan jixozlanadi (manzil-koloniyalar bundan mustasno). Asosiy toʻsiq transport va odamlarning nazorat oʻtish joylaridan tashqari, boshqa joylardan kirishining oldini olish, shuningdek, qoʻriqlash chizigʻini belgilash va obyektni tashqi tomondan kuzatishni qiyinlashtirish uchun moʻljallanadi.
22. Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalaridan 50 metr masofada maʼmuriy, maishiy, xoʻjalik bino va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratish, ularni ijaraga berish, shuningdek, balandligi 6 metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlar qurilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
23. Jazoni ijro etish muassasalariga kirib-chiqish va ichki rejimlar, qoʻriqlash bilan bogʻliq tadbirlar, shuningdek, jixozlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Jazoni ijro etish muassasalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
24. Quyidagilar Jazoni ijro etish muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mahkumlarga nisbatan jinoiy jazolarni ijro etish;
jazoni ijro etish muassasalarida qoʻriqlash va xavfsizlikni taʼminlash, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
mahkumlarni tarbiyalash, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, shuningdek, ularga ozod etilganidan soʻng ijtimoiy moslashuvi uchun koʻmaklashish faoliyatini tashkil etish;
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jazoni ijro etish muassasalarining moliya-xoʻjalik va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish orqali mahkumlarning bandligini taʼminlash;
(24-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
shaxsiy tarkib va kadrlar bilan ishlash, xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, huquqiy va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish.
25. Oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda jazoni ijro etish muassasalari quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) mahkumlarga nisbatan jinoiy jazolarni ijro etish sohasida:
sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlari aniq va soʻzsiz ijro etilishini taʼminlaydi;
mahkumlar qonunchilik talablariga muvofiq joylashtirilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
mahkumlarni afv etish toʻgʻrisidagi materiallarni oʻz vaqtida rasmiylashtiradi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etish uchun JIEDga yuboradi;
(9-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
amnistiya va afv etish toʻgʻrisidagi hujjatlarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi;
mahkumlarning ajratib qoʻyilishi, qoʻriqlanishi va nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlarining jinoyat ish yurituvi sohasidagi xalqaro hamkorlik bilan bogʻliq, shu jumladan, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan mahkumlarni topshirish (ekstraditsiya qilish) bilan bogʻliq qarorlarini ijro etadi;
b) jazoni ijro etish muassasalarida qoʻriqlash va xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish sohasida:
jazoni ijro etish muassasalarida huquq-tartibot va qonuniylikka rioya etilishini taʼminlaydi;
jazoni ijro etish muassasalari hududlarida boʻlgan mahkumlar, shuningdek, xodimlar (ishchilar va xizmatchilar) va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaydi;
yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
mahkumlar orasida koʻngilli yongʻin oʻchirish otryadlarini tashkil etish va ularga tushuntirishlar berishda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi;
(24-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
jazoni ijro etish muassasalarida, mahkumlarni mehnatga jalb etadigan tashkilotlarning ishlab chiqarish obyektlarida nazorat qilishning zamonaviy muhandislik-texnik qoʻriqlash vositalaridan foydalangan holda zarur darajada kuzatuv va nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
taklif, ariza va shikoyatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
mahkumlar tomonidan jazoni ijro etishning belgilangan tartibiga rioya etilishini taʼminlaydi;
jazoni ijro etish muassasalarida tegishli belgilangan normalarga mos keladigan saqlash shart-sharoitlarini yaratadi;
mahkumlarning moddiy-maishiy taʼminotini va ularga tibbiy xizmat koʻrsatilishini tashkil etadi, shuningdek, mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash va ularning majburiy davolanishini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) mahkumlarni tarbiyalash, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, shuningdek, ularga ozod etilganidan soʻng ijtimoiy moslashuvi uchun koʻmaklashish faoliyatini tashkil etish sohasida:
(24-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
mahkumlar oʻrtasida qonunlarga itoatkorlik, shaxsga, jamiyatga, mehnatga, insoniy qadriyatlar va anʼanalarga nisbatan hurmatni shakllantirish, bilim va madaniy darajasini oshirishga qaratilgan tarbiyaviy-profilaktik va tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
mahkumlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etadi;
maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi lozim boʻlgan mahkumlar toifasini aniqlab, tegishli taqdimnomalarni sudga kiritadi;
tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiradi;
jazoni ijro etish muassasalariga taqiqlangan predmetlarning (narkotik vositalar, psixotrop, portlovchi va zaharli moddalar, diniy-ekstremistik tusdagi adabiyotlar va boshqalar) kirib kelishi yoʻllarini aniqlanishi va bartaraf etilishini taʼminlaydi;
mahkumlar oʻrtasida huquqiy targʻibot ishlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;
mahkumlarni ozod etilganidan soʻng keyinchalik ishga joylashtirish maqsadida ularni mehnat bozorida talab boʻlgan kasbni egallashlari uchun kasbga tayyorlashni tashkil etadi;
jazoni ijro etish muassasalaridan qochgan mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar, shuningdek, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan va ushbu muassasalar hududini oʻzboshimchalik bilan tark etgan mahkumlarni qidirish va ushlashni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) jazoni ijro etish muassasalarining moliya-xoʻjalik va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish orqali mahkumlarning bandligini taʼminlash sohasida:
(24-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va buxgalteriya hamda statistika hisobotlarini zarur darajada yuritish, olib borilayotgan moliyaviy va xoʻjalik faoliyatining maqsadga muvofiqligi hamda qonunchilikka mosligi ustidan nazorat qilishni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
jazoni ijro etish muassasalari ishlab chiqarish hamda qishloq xoʻjaligi faoliyatini tashkil etadi va rivojlantirishga koʻmaklashadi;
(24-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
jazoni ijro etish muassasalarini moddiy-texnik taʼminlash, mol-mulkdan maqsadga muvofiq foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish va qoʻriqlash, shuningdek, ularning saqlanishi va oqilona ishlatilishi boʻyicha zarur choralarni koʻradi;
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritishni amalga oshiradi;
ishlab chiqarish (qishloq xoʻjaligi) uchastkalarida, alohida hollarda esa boshqa korxonalarda mahkumlarning axloqiy va moddiy manfaatdorligi uchun shart-sharoitlar yaratish yoʻli bilan ularning ish bilan bandligini taʼminlash.
d) kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish sohasida:
axborot-tahlil ishlarini amalga oshiradi, jazoni ijro etish muassasasi faoliyatini rejalashtiradi va prognoz qiladi;
kadrlarni tanlash va joy joyiga qoʻyish, ularni qayta tayyorlash va jangovor, jismoniy hamda ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi, professional darajasini oshirish boʻyicha tadbirlarni tashkil qiladi;
jazoni ijro etish muassasalari shaxsiy tarkibining jangovar va safarbarlik tayyorgarligini oshiradi, favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarning harakatlanishga shayligini nazorat qiladi;
xodimlar (ishchilar va xizmatchilar) va ularning oila aʼzolarini huquqiy, ijtimoiy himoyasini va shaxsiy xavfsizligini taʼminlaydi;
xodimlar orasida oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish va bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi, odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilinishini taʼminlaydi;
xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha ishlarini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish muassasasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(25-band “d” kichik bandining sakkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5-bob. Jazoni ijro etish muassasalarining huquq va majburiyatlari
26. Jazoni ijro etish muassasalari yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
jazoni ijro etish muassasalari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari va boshqa muassasalarning maʼlumotlar bazalaridan (shu jumladan, elektron bazalaridan) axborot, statistik va boshqa materiallarni soʻrash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, jazoni ijro etish muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha takliflarni JIEDga kiritish;
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
huquqni muhofaza qilish, davlat organlari, jamoat tashkilotlari vakillarini tarbiyaviy profilaktik tadbirlarga, mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga va moslashtirishga jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
JIED bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
mahkumlarning axloqiy saviyasini rivojlantirish, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilayotgan shaxslarga ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatishga fuqarolik jamiyati institutlari, jamoatchilik vakillari va fuqarolarni jalb etish;
mahkumlarni boshqa joyga koʻchirishda belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha ichki ishlar organlarining tegishli boʻlinmalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
mahkumlarni oʻqitish (umumiy, kasb-hunar va oliy taʼlim) jarayoni masalalari boʻyicha taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish;
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
ozod etilayotgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish, ularni ishga joylashtirish va ularning maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklarining ijtimoiy moslashuv markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
mahkumlarga pensiya tayinlash va ularga pensiya toʻlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
(26-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
JIED bilan birgalikda saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari bilan hamkorlik qilish;
(26-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
sogʻliqni saqlash organlari bilan hamkorlikda mahkumlarga malakali davolash-diagnostika va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish, ularni turli ekspertizadan oʻtkazish, tekshirish, shu jumladan, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlarni dori-darmonlar bilan taʼminlash masalalari yuzasidan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bilan mahkumlarning nogironligini tasdiqlash va belgilash, ularning kasbiy mehnatga qobiliyatini yoʻqotganligi darajasini aniqlash masalalari boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish;
(26-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarning moddiy-texnik va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha takliflarni JIEDga kiritish;
(26-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
JIED bilan kelishgan holda ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi jazoni ijro etish muassasalarini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish uchun investitsiyalar (shu jumladan, xorijiy investitsiyalar) jalb qilish choralarini koʻrish.
(26-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish muassasalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(26-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Jazoni ijro etish muassasalari:
mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida zarur choralar koʻrishga;
Oldingi tahrirga qarang.
muassasa faoliyati boʻyicha zarur maʼlumotlarni tayyorlash va JIED rahbariyatiga taqdim etishga;
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishini taʼminlashga majburdir.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish muassasalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(27-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Jazoni ijro etish muassasalari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun javob beradi.
6-bob. Jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Jazoni ijro etish muassasalariga jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari rahbarlik qiladilar.
Toshkent shahrida joylashgan jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari JIED boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari JIED boshligʻi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari boshliqlari taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari JIED boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Ish yuritish va maxfiylik tartibotini tashkil etish va taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
32. Jazoni ijro etish muassasalarini moddiy-texnik vositalar va boshqa mol-mulk bilan taʼminlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
7-bob. Yakunlovchi qoida
33. Jazoni ijro etish muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 128-son qaroriga

2-ILOVA

2020 — 2024-yillarda jazoni ijro etish koloniyalarining yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga oʻtkazgan holda ularni bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish
DASTURI

T/r

Jazoni ijro etish muassasasi nomi

Joylashgan

joyi

Binolar

nomi

Bajariladigan ishlar

soni

Bajarish muddatlari

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

Umumiy tartibli jazoni ijro etish muassasalari

1.

1-son JIEK

Buxoro viloyati

Kogon tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

6

2

2

2

2.

2-son JIEK

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

4

2

2

qurish

1

1

3.

3-son JIEK

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

4

2

2

4.

4-son JIEK

Navoiy viloyati

Navoiy shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

2

2

5.

5-son JIEK

Navoiy viloyati

Qiziltepa shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

2

2

qurish

1

1

6.

6-son JIEK

Namangan viloyati

tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

6

2

2

2

7.

7-son JIEK

Toshkent viloyati

Boʻstonliq tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

9

2

3

4

Aralash tartibli jazoni ijro etish muassasalari

8.

21-son JIEK

Toshkent viloyati
Zangiota tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

4

2

2

9.

22-son JIEK

Toshkent viloyati
Zangiota tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

2

2

Qattiq tartibli jazoni ijro etish muassasalari

10.

10-son JIEK

Qashqadaryo viloyati
Koson tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

6

4

2

11.

11-son JIEK

Navoiy viloyati
Karmana tumani

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

3

1

2

12.

12-son JIEK

Navoiy viloyati
Zarafshon shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

1

1

qurish

1

1

13.

13-son JIEK

Toshkent viloyati
Chirchiq shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

5

2

3

14.

14-son JIEK

Toshkent viloyati
Olmaliq shahri

yotoqxona

rekonstruksiya qilish

6

2

4

JAMI:

rekonstruksiya qilish

60

6

8

14

16

16

qurish

3

1

1

1

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 09/20/128/0261-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son; 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son; 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)