1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 553-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) va uni joriy etish sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn sakkiz oy oʻtgach amalga kiritilsin.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilishi munosabati bilan ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllanilishida ixtiyoriylik kasb etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarini standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriyligini taʼminlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻrsin.
4. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyevga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi B.A. Xodjayevga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-mart,
119-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi 119-son qaroriga 1-ILOVA
Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament
1-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Maqsadi va qoʻllash doirasi
1. Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) insonning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilishidan saqlash maqsadida meva, sabzavotlar va rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlarining xavfsizligiga boʻlgan talablarni belgilaydi.
2. Texnik reglamentning texnik jihatdan tartibga solinadigan obyektlariga ishlab chiqarish texnologik jarayonlari, transportda tashish, saqlash va tashishga boʻlgan talablar oʻrnatilgan meva va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlari kiradi.
Texnik reglament odamlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish va sotib oluvchilarning (isteʼmolchilarning) adashishiga olib keluvchi harakatlardan ogohlantirish maqsadida obyektlarga nisbatan quyidagi talablarni oʻrnatadi:
mevalar va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlariga qoʻyiladigan talablar;
mevalar va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transportda tashish, saqlash va tashish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar;
mevalar va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlarini identifikatsiya qilish qoidalari;
mevalar va (yoki) sabzavotlar va (yoki) rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlarini tamgʻalashga qoʻyiladigan talablar.
3. Texnik reglament shaxsiy isteʼmol uchun ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarish uchun moʻljallanmagan hamda eksportga moʻljallangan meva va (yoki) sabzavot va (yoki) rezavor mevalardan olingan sharbat mahsulotlariga tatbiq etilmaydi.
2-§. Atamalar va taʼriflar
4. Texnik reglamentni qoʻllash maqsadlari uchun quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
sharbat — achitilmagan, ammo achishi mumkin boʻlgan sifatli, tegishli darajada pishgan, yangi meva, sabzavotlar va rezavor mevalarning yeyishli qismlariga yoki tegishli ishlov berish yordamida shikastlanmagan yangi holda saqlangan meva, sabzavotlar va rezavor mevalarga jismoniy taʼsir koʻrsatish yoʻli bilan olingan suyuqlik;
toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbat — yangi yoki yangi holatda saqlab qoʻyilgan meva, sabzavotlar va rezavor mevalarga mexanik ishlov berish yoʻli bilan ishlab chiqarilgan sharbat;
toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan yangi sharbat — isteʼmolchilar ishtirokida ishlab chiqarilgan va konservatsiya qilinmagan toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbat;
tiklangan sharbat — konsentratsiya qilingan sharbat yoki konsentratsiya qilingan sharbat va toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbat hamda ichimlik suvidan ishlab chiqarilgan sharbat. Tiklangan meva, sabzavot, rezavor meva sharbati konsentratsiya qilingan meva sharbatlari, sabzavot pastasi hamda meva yoki sabzavot pyurelarining tiklanishi yoʻli bilan ham ishlab chiqarilishi mumkin;
konsentratsiya qilingan sharbat — toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbatga nisbatan eriydigan quruq moddalar tarkibini kamida ikki barobar koʻpaytirishni taʼminlagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbatdan uning tarkibidagi suvli qismini jismoniy taʼsir ostida olib tashlash yoʻli bilan ishlab chiqarilgan sharbat;
diffuzion sharbat — bir turdagi yangi mevalar va sabzavotlar yoki quritilgan mevalar va sabzavotlardagi ekstraktiv moddalarni ichimlik suvi yordamida olish yoʻli bilan ishlab chiqarilgan sharbat, bu mevalardagi sharbat ularga mexanik ishlov berish yoʻli bilan olinmaydi;
aralashtirilgan sharbat (boyitilgan) — turli, ikki va undan ortiq turdagi sharbatlarni aralashtirish yoʻli bilan ishlab chiqarilgan sharbat (shakar yoki shakar siropi bilan);
nektar — meva yoki sabzavot pyuresi, konsentratsiya qilingan meva yoki sabzavot pyuresini ichimlik suvi bilan shakar yoki shakar moddalari yoki asal, shirin qiluvchi moddalar hamda tabiiy oziq-ovqat xushboʻy hid beruvchilarini qoʻshib yoki ularni qoʻshmagan holda aralashtirish yoʻli bilan ishlab chiqarilgan suyuq achitilmagan, achishi mumkin boʻlgan oziq-ovqat mahsuloti;
tarkibida sharbat boʻlgan mevali va sabzavotli ichimlik — meva yoki sabzavot pyuresi, konsentratsiya qilingan meva yoki sabzavot pyuresini ichimlik suv bilan aralashtirish yoʻli bilan ishlab chiqarilgan, achitilmagan, achishi mumkin boʻlgan suyuq oziq-ovqat mahsuloti. Undagi sharbatning yoki meva va sabzavot pyuresining eng kichik hajmi ulushi kamida 10 foizni yoki bunday mahsulot limon yoki laym sharbatidan yuqorida koʻrsatilgan usul bilan tayyorlangan boʻlsa kamida 5 foizni tashkil qiladi;
mors — rezavor mevalarga mexanik ishlov berish yoʻli bilan, ularga ichimlik suvi, shakar yoki shakar moddalari yoki asal qoʻshish orqali olingan sharbat va (yoki) pyuredan tayyorlangan suyuq oziq-ovqat mahsuloti. Undagi sharbatning yoki pyurening eng kichik hajmi ulushi kamida 15 foizni tashkil qiladi;
konsentratsiya qilingan mors — morsga nisbatan eriydigan quruq moddalar tarkibini kamida ikki barobar koʻpaytirishni taʼminlagan holda morsdan uning tarkibidagi suvli qismini jismoniy taʼsir ostida olib tashlash yoʻli bilan ishlab chiqarilgan mors;
meva (sabzavot) pyuresi — mexanik ishlov berish — butun yoki poʻstlogʻidan tozalangan yangi yoki yangi holatda saqlab qoʻyilgan mevalarning (sabzavotlarning) yeyishli qismini, keyinchalik sharbatni meva (sabzavot) quyqasidan (myakot) ajratib olmagan holda, maydalash va yanchish yoʻli bilan ishlab chiqarilgan achitilmagan, achishi mumkin boʻlgan oziq-ovqat mahsuloti;
aralashtirilgan meva (sabzavot) pyuresi — turli, ikki va undan ortiq turdagi pyurelarni aralashtirish yoʻli bilan ishlab chiqarilgan achitilmagan, achishi mumkin boʻlgan oziq-ovqat mahsuloti;
konsentratsiya qilingan meva (sabzavot) pyuresi — bir xil nomli pyurega nisbatan eriydigan quruq moddalar tarkibini kamida 50 foizga koʻpaytirishni taʼminlagan holda meva (sabzavot) pyuresidan uning tarkibidagi suvli qismini jismoniy taʼsir ostida olib tashlash yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsuloti. Konsetratsiya qilingan meva (sabzavot) pyuresiga bir xil nomli mevalarning (sabzavotlarning) konsentratsiya qilingan tabiiy hushboʻy hid beruvchi moddalarini qoʻshish mumkin;
tabiiy hushboʻy meva (sabzavot) moddalari — meva (sabzavotlar) yoki ulardan olingan sharbatlarga tabiiy taʼm va hid bagʻishlovchi va shunday mevalar yoki sabzavotlar va ulardan olingan sharbatlardan fizik usullar bilan olingan uchuvchan va nouchuvchan tabiiy birikmalar aralashmasi;
konsentratsiya qilingan tabiiy hushboʻy meva (sabzavot) moddalari — bir xil nomli mevalar yoki sabzavotlar va ulardan olingan sharbatlardan fizik usullarni qoʻllagan holda ishlab chiqarilgan, tarkibida tabiiy hushboʻy meva (sabzavot) moddalari (uchuvchan va nouchuvchan tabiiy birikmalar) boʻlgan suyuq mahsulotlar boʻlib, ularning miqdori meva yoki sabzavotlar va ulardan olingan sharbatlardagi tabiiy miqdoridan kamida toʻrt barobar koʻpdir;
sitrus mevalar hujayralari — tarkibida sharbat boʻlgan yoki boʻlmagan, sitrus mevalarning yeyishli qismining ichki segmentini shakllantiruvchi va sitrus mevalarning epidermis hamda subepidermal hujayralaridan tuzilgan katta miqdordagi hajmli qobiqli tuzilmalar;
meva (sabzavot) quyqasi (myakot) — mevalarga (sabzavotlarga) ishlov berish vaqtida ularning buzilgan toʻqimalaridagi erimaydigan muallaq zarrachalardan iborat aralashma;
sharbat mahsuloti — bu meva, sabzavot, rezavor mevalar sharbati; meva, sabzavot, rezavor mevalar nektari; tarkibida sharbat boʻlgan ichimliklar; morslar; ishlab chiqarilishi va ishlov berilishi usullaridan qatʼi nazar meva (sabzavot) pyurelari;
bolalar ozuqa mahsulotlari uchun sharbat mahsulotlari — kichik yoshdagi (3 yoshgacha), maktabgacha yoshdagi (3 dan 6 yoshgacha) va maktab yoshidagi (6 va undan yuqori) bolalar ozuqasi uchun moʻljallangan va tegishli yosh guruhidagi bolalar organizmining fiziologik ehtiyojlariga javob beruvchi sharbat mahsuloti;
sharbat mahsulotini konservatsiya qilish — mikrobiologik barqarorlik va mahsulotning yaroqlilik muddati davomida ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan sharoitlarda saqlashda ularning xavfsizligini taʼminlovchi, sharbat mahsulotini germetik yopilgan qadoqqa joylashtirilishidan avval va joylashtirilganidan soʻng unga teplofizik ishlov berish jarayoni;
mevalar — ushbu Texnik reglamentga 1-ilovada sanab oʻtilgan ekiladigan va yovvoyi mevali oʻsimliklarning yeyishli shirali mevalari;
sabzavotlar — ushbu Texnik reglamentga 1-ilovada sanab oʻtilgan oʻtsimon oʻsimliklarning yeyishli shirali qismlari mevalari;
rezavor mevalar — ushbu Texnik reglamentga 1-ilovada sanab oʻtilgan yupqa qobiqli, shirali magʻizga ega, odatda ichida bir nechta qattiq ulugʻlari boʻlgan mevalar.
3-§. Sharbat mahsulotining muomalasi qoidalari
5. Sharbat mahsuloti Texnik reglament talablariga javob bergan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi bozoriga muomalaga kiritiladi.
6. Texnik reglament talablariga mos keluvchi va muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) jarayonidan oʻtganidan soʻng sharbat mahsuloti bozordagi mahsulot muomalasi (muvofiqligi)ning yagona belgisi bilan tamgʻalanadi.
7. Sharbat mahsulotining har bir turkumi muomalaga kiritilganida unga sifat toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinadi.
Hujjat quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
sharbat mahsulotining nomi;
ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining nomi, ularning joylashgan joyi;
sharbat mahsulotiga talablarni belgilovchi Texnik reglamentning belgisi;
sharbat mahsulotining Texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sinovlarning normativ koʻrsatkichlari va haqiqiy natijalari;
sharbat mahsulotlarida komponentlar va oziq-ovqat qoʻshimchalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ishlab chiqarish sanasi;
sharbat mahsulotlarining yaroqlilik muddati;
saqlash sharoitlari;
Texnik reglament talablariga javob bermaydigan yoki yaroqlilik muddati tugagan sharbat mahsulotlarini utilizatsiya qilish yoki ularni yoʻq qilish shartlari;
sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
sifatni tasdiqlovchi hujjatning berilgan sanasi va raqami;
8. Texnik reglament qoʻllaniluvchi sharbat mahsulotining texnik jihatdan tartibga solinuvchi obyektlar sirasiga tegishliligini belgilash maqsadida sharbat mahsulotining identifikatsiyasi manfaatdor shaxslar tomonidan isteʼmol qadoqlariga tushirilgan yoki muhsulotlarga ilova qilinadigan hujjatlarda koʻrsatilgan nomlarini ushbu Texnik reglamentning 2-paragrafida nazarda tutilgan nomlari bilan solishtirish orqali tadqiqotlar (sinovlar) oʻtkazmagan holda amalga oshiriladi.
9. Sharbat mahsulotining oʻz nomiga muvofiqligini belgilash maqsadida sharbat mahsulotining identifikatsiyasi mahsulotning fizik-kimyoviy, organoleptik va boshqa koʻrsatkichlarini birgalikda baholash yoʻli bilan amalga oshiriladi va ularga quyidagilar kiradi:
sharbat mahsulotining ushbu Texnik reglamentning 2-paragrafida koʻrsatilgan belgilari;
Barcha ishlab chiqariladigan mahsulotlar amaldagi identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash Qoidalariga rioya etgan holda raqamli markirovkalangan boʻlishi zarur.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son)
tegishli sharbat mahsulotini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan meva, sabzavot va rezavor mevalar nomlari;
eriydigan quruq moddalarning sharbatlar va mevali (sabzavotli) pyurelar tarkibidagi miqdori;
meva (sabzavot) nektarlaridagi, morslardagi, meva va sabzavot ichimliklaridagi sharbat, meva (sabzavot) pyurelarining eng kichik hajmi ulushi, shuningdek, isteʼmolchilarning (sotib oluvchilarning) adashishiga shubha tugʻilganidagi sharbat, meva va sabzavot pyurelarining ular uchun xos boʻlgan sortli, geografik, iqlimiy, qishloq xoʻjaligi va texnologik omillarni hisobga olgan holdagi kimyoviy tarkibining mumkin boʻlgan tabiiy xususiyatlari haqidagi maʼlumotlar.
2-bob. Sharbat mahsulotlari xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
1-§. Sharbat mahsulotlari xavfsizligiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
10. Respublika hududida muomala boʻlgan sharbat mahsulotlari inson hayoti va sogʻligiga zarar yetkazmasligi va ushbu Texnik reglamentga 2-ilovaga muvofiq konservatsiya qilingan sharbat mahsuloti (sanoat sterilligi talablari) sharbat mahsulotlari xavfsizligining kimyoviy koʻrsatkichlari talablari va rN 3,8 va undan past miqdorda uglekislota qoʻshilgan gazlangan va konservatsiya qilingan sharbat mahsulotlari hamda konsentratsiya qilingan morslar va konsentratsiya qilingan meva (sabzavot) pyurelari xavfsizligining mikrobiologik koʻrsatkichlari talablariga javob berishi lozim.
11. Bolalar ozuqasi uchun sharbat mahsuloti ushbu Texnik reglamentga 2-ilovaga muvofiq patogen mikroorganizmlarning gigiyenik va mikrobiologik koʻrsatkichlari qismi talablari, shuningdek, uning xavfsizlik talablariga javob berishi lozim.
12. Bolalar ozuqasi uchun sharbat mahsulotini ishlab chiqarishda tarkibida genetik jihatidan modifikatsiya qilingan (genetik-injenerlik, transgen) organizmlar (keyingi oʻrinlarda GMO deb ataladi) boʻlgan mevalar va sabzavotlar, konsentratsiya qilingan diffuzion sharbat, shuningdek, tarkibida GMO boʻlgan qoʻshimcha komponentlar va ozuqaviy qoʻshimchalar, shirin qiluvchi moddalar (qandli diabet bilan kasallangan bolalar uchun moʻljallangan maxsus sharbat mahsulotlari bundan mustasno), xushboʻy hid beruvchilar (tabiiy xushboʻy hid beruvchilardan tashqari) va boshqa komponentlar va ozuqaviy qoʻshimchalar qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Kichik yoshdagi bolalar uchun sharbat mahsulotlariga xushboʻy hid beruvchilar, rang beruvchi moddalar, konservantlar va rang beruvchi ekstraktlarni qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Bolalar uchun tayyor sharbat mahsulotlari tarkibidagi eriydigan quruq moddalar miqdori quyidagicha boʻlishi lozim:
a) kichik yoshdagi bolalar uchun:
kamida 4 foiz va 16 foizdan koʻp emas — mevadan tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun va ularning sabzavot sharbati qoʻshilgan mahsulotlari uchun;
kamida 4 foiz va 10 foizdan koʻp emas — sabzavotdan (sabzi va qovoqdan tayyorlangan sharbat mahsulotlari bundan mustasno) tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun va ularning meva sharbati qoʻshilgan mahsulotlari uchun;
kamida 4 foiz va 11 foizdan koʻp emas — sabzi va qovoqdan tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun va ularning meva sharbati qoʻshilgan mahsulotlari uchun;
b) maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun:
16 foizdan koʻp emas — mevadan tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun va ularning sabzavot sharbati qoʻshilgan mahsulotlari uchun;
10 foizdan koʻp emas — sabzavotdan (sabzi va qovoqdan tayyorlangan sharbat mahsulotlari bundan mustasno) tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun va ularning meva sharbati qoʻshilgan mahsulotlari uchun;
11 foizdan koʻp emas — sabzi va qovoqdan tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun.
15. 5-oksimetilfurfurol tarkibi: bolalar ozuqasi uchun sitrus mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlarida 10 mg/l dan, bolalar ozuqasi uchun boshqa meva va sabzavotlardan tayyorlangan sharbat mahsulotlarida 20 mg/l dan oshmasligi lozim.
16. Kichik yoshdagi bolalar uchun sharbat mahsulotlaridagi titrlanadigan kislotalarning ogʻirlik ulushi sitrus mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlar uchun 1,2 foizdan oshmasligi (suvsiz limon kislotasiga nisbatan hisoblanganda) va boshqa mevalardan (sabzavotlardan), meva va sabzavot nektarlaridan, sitrus mevalardan tayyorlangan, tarkibida meva va sabzavot sharbati boʻlgan ichimliklardan tayyorlangan sharbat mahsulotlar uchun 0,8 foizdan oshmasligi lozim (olma kislotasiga nisbatan hisoblanganda).
17. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun meva va sabzavotlardan tayyorlangan sharbat mahsulotlaridagi titrlanadigan kislotalarning ogʻirlik ulushi 1,3 foizdan oshmasligi lozim (sitrus mevalardan tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun suvsiz limon kislotasiga nisbatan hisoblanganda, boshqa turdagi meva va sabzavotlardan tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun olma kislotasiga nisbatan hisoblanganda).
18. Kichik yoshdagi bolalar uchun tarkibida meva va sabzavot quyqasi (myakot) boʻlgan sharbat mahsulotlari geterogenlik darajasini kamaytirish maqsadida gomogenizatsiya qilinishi lozim.
19. Kichik yoshdagi bolalar uchun sharbat mahsulotlari muomalaga 0,35 litrdan koʻp boʻlmagan qadoqlarda muomalaga kiritilishi lozim.
20. Tarkibida meva va sabzavot sharbatlari boʻlgan ichimliklardan tashqari boshqa sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat ushbu paragrafda va ushbu Texnik reglamentga 3-ilovada nomlari, tarkibi va texnologik vazifalari koʻrsatilgan komponent va oziq-ovqat qoʻshimchalari qoʻllanilishi mumkin.
21. Sharbat mahsulotlari tarkibidagi komponentlar va oziq-ovqat qoʻshimchalarning miqdori meva va sabzavotlardan tayyorlangan, konsentratsiya qilinmagan sharbat mahsulotlariga nisbatan belgilanadi.
Koʻrsatilgan komponentlar va oziq-ovqat qoʻshimchalarining tarkibiy miqdori ushbu Texnik reglamentga 1-ilova talablariga muvofiq, konsentratsiya qilingan sharbatlar, konsentratsiya qilingan morslar va konsentratsiya qilingan meva va sabzavot pyurelariga nisbatan bir nomdagi tiklangan sharbatlardagi yoki meva (sabzavot) pyuresidagi eriydigan quruq moddalarning minimal miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
22. Tarkibida sharbat boʻlgan ichimliklarni ishlab chiqarishda ushbu paragraf va ushbu Texnik reglamentga 3-ilovada koʻrsatilgan komponentlar va oziq-ovqat qoʻshimchalari bilan bir qatorda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan boshqa komponentlar va oziq-ovqat qoʻshimchalar ishlatilishi mumkin.
23. Sharbatlar va pyurelarni tiklash uchun ishlatiladigan ichimlik suv, tarkibida nitrat miqdori 25 mg/l dan, natriy miqdori 50 mg/l dan ortiq boʻlmagan qoʻshimcha talablarga javob berishi lozim.
24. Sharbatlar, nektarlar, tarkibida sharbat boʻlgan ichimliklarni boyitish uchun ushbu Texnik reglamentning 26-bandida nomlari koʻrsatib oʻtilgan oziq-ovqat va (yoki) biologik faol moddalar ishlatilishi mumkin.
25. Sharbat mahsuloti, agar aynan shu mahsulotning 300 millilitrida kamida bitta oziq-ovqat va (yoki) biologik faol moddalarning miqdori Texnik reglamentga asosan tavsiya qilinadigan asosiy oziq-ovqat moddalariga boʻlgan oʻrtacha kunlik ehtiyojga nisbatan kamida 15 foiz va koʻpi bilan 50 foizni tashkil etsa, boyitilgan hisobanadi.
26. Boyitilgan sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarishda oziq-ovqat va (yoki) biologik faol moddalar sifatida oziq-ovqat sanoatida belgilangan tartibda ruxsat etilgan vitaminlar, vitaminga oʻxshash moddalar, karotinoidlar, mineral moddalar, organik kislotalar, oziq-ovqat tolalari, politoʻyinmagan yogʻ kislotalari, polisaxaridlar, polifenol kislotalar, periodiklar, fitosterinlar, flavonoidlar ishlatilishi mumkin.
Boshoqli oʻsimliklar, dukkakli oʻsimliklar, yongʻoqlar ekstraktlari, oziq-ovqat sanoatida belgilangan tartibda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan boshqa oʻsimlik ekstraktlari oziq-ovqat va biologik faol moddalar manbai boʻlishi mumkin.
Boyitilgan sharbat mahsulotining bir xilligini taʼminlash uchun unga letsitin oziq-ovqat mahsulotini qoʻshish mumkin. Sharbatning eriydigan quruq moddalarining oʻrnini qoplash uchun koʻrsatib oʻtilgan moddalarni qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Sharbatlar, meva va sabzavot nektarlari, meva va sabzavot pyurelari, konsentratsiya qilingan sharbatlar va konsentratsiya qilingan meva va (yoki) sabzavot pyurelarini ishlab chiqarishda xushboʻy hid beruvchilarni ishlatish taqiqlanadi.
28. Taʼmni birxillashtirish maqsadida sharbatlarga shakar yoki shakar moddalar yoki ularning eritmalari yoki siroplarini tayyor mahsulot ogʻirligining 1,5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoʻshish mumkin va sharbatning eriydigan quruq moddalari oʻrnini bosish maqsadida amalga oshirilishi mumkin emas. Toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbatlarga shakar va shakar moddalar siropini eriydigan quruq moddalar oʻrnini bosish maqsadida qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
29. Shakar yoki shakar moddalar va sharbat kislotaliligi regulatorlarining bir vaqtning oʻzida bitta sharbatga qoʻshish taqiqlanadi.
30. Bolalar ozuqasi uchun sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan komponentlar va oziq-ovqat qoʻshimchalari, Texnik reglamentning 20 — 29, 31 — 34-bandlarida belgilangan talablar va ushbu paragrafda oʻrnatilgan talablarga javob berishi lozim.
31. Kichik yoshdagi bolalar uchun sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat sut, vino, olma kislotalarining va ular tuzlarining tabiiy izomerlarini qoʻllash mumkin.
32. Osh tuzining miqdori, agar bolalar uchun moʻljallangan sabzavotlardan tayyorlangan sharbat mahsulotlariga qoʻshilsa, quyidagi miqdorda boʻlishi kerak:
koʻpi bilan 0,4 foiz — yosh bolalar uchun. 12 oydan oshgan bolalar uchun moʻljallangan tomat sharbati bundan mustasno;
koʻpi bilan 0,6 foiz — 12 oydan oshgan bolalar uchun moʻljallangan tomat sharbati uchun;
koʻpi bilan 0,6 foiz — maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun.
33. Agar bolalar ovqatlari uchun meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlari tarkibiga askorbin kislotasi va temir moddasi kirgan ozuqaviy va biologik faol moddalar bilan boyitilsa, askorbin kislotasining miqdori bir kilogramm tayyor mahsulot uchun 750 milligrammdan, temir moddasining miqdori bir kilogramm tayyor mahsulot uchun 30 milligramdan oshmasligi kerak.
34. Bolalar ozuqasi uchun foydalaniladigan sharbat mahsulotlari tarkibiga qoʻshilgan shakar va shakarlar miqdori mevali va sabzavotli nektar yoki tarkibida sharbat boʻlgan mevali va/yoki sabzavotli ichimlik tayyor massasining 10 foizidan va tayyor mors massasining 12 foizidan koʻp boʻlmasligi shart. Mevali sharbatlar tarkibiga shakar va shakarlar qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
35. Sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ushbu Texnik reglamentga 3-ilovada nomi va ruxsat etilgan qoldiq miqdori qoʻrsatilgan oziq-ovqat qoʻshimchalari va texnologik vositalar ishlatilishi kerak.
2-§. Sharbat maxsulotlarini tashish va muomalasiga qoʻyiladigan talablar
36. Ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxslar sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni muomalaga chiqarish ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Texnik reglament talablariga muvofiq amalga oshirishlari shart.
37. Sharbat mahsulotlari oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun moʻljallangan tankerlar, rezervuarlar, fleksiyon tanklarda tashilishi kerak.
38. Sharbat mahsulotlarini toʻldirilgan holda tashishda foydalaniladigan transport vositalari yuk qismlarining ichki yuzalarini (tankerlar, rezervuarlar va fleksiyon tanklarni) yuvishda ishlatiladigan suv, texnik tartibga solish doirasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga mos boʻlishi kerak.
39. Sharbat mahsulotlarini tashish uchun ishlatiladigan transport vositalari va/yoki idishlar yoki maxsus idishlar bunday mahsulotlarning zarur haroratini saqlab turish uchun mos ravishda jihozlangan boʻlishi kerak.
40. Sharbat mahsulotining har bir toʻpi muomalaga chiqarilganda Texnik reglamentning talablariga muvofiqligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan yuk hujjatlari ilova qilinishi kerak.
41. Sharbat mahsulotlarini saqlash va sotishda ularga saqlash shartlari va saqlash muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinishi kerak.
3-§. Sharbat mahsulotlarini utilizatsiya qilish jarayoniga qoʻyiladigan talablar
42. Texnik reglament talablariga javob bermaydigan sharbat mahsulotlari texnik tartibga solish doirasidagi normativ hujjatlarga muvofiq vakolatli organlarning qarori bilan qaytarilishi yoki yoʻq qilinishi kerak.
43. Sharbat mahsulotlarini utilizatsiya qilish (qayta ishlash) tarkibiga mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat nazorati organlari va jamoatchilik vakillari kiradigan komissiya ishtirokida amalga oshiriladi.
44. Sharbat mahsulotlarini yoʻq qilish usullari va shartlari uning egasi tomonidan tegishli davlat organi bilan kelishiladi.
3-bob. Tamgʻalash va qadoqlashga, namunalarni tanlashga, ularni sinashga va xavfsizlik talablariga muvofiqligini baholashga qoʻyiladigan talablar
1-§. Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarini tamgʻalash va qadoqlashga qoʻyiladigan talablar
45. Sharbat mahsulotlarini tamgʻalash Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-iyuldagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning xavfsizligi toʻgʻrisidagi Umumiy texnik reglament va qadoqlash Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi Umumiy texnik reglament talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
46. Isteʼmol idishlarga quyilgan sharbat mahsulotlarini tamgʻalash va qadoqlash texnik jihatdan tartibga solish doirasidagi meʼyoriy hujjatlar va Texnik reglamentning ushbu bob 1-paragrafi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
47. Meva va sabzavot sharbatlari mahsulotlarining nomlari, ketma-ketligidan qatʼi nazar, bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan meva va sabzavotlarning nomlaridan hosil boʻlgan olingan soʻzlarni oʻz ichiga olishi kerak. Meva va sabzavotlarning oʻzbek tilidagi nomlari ushbu Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilgan nomlarga muvofiq koʻrsatilgan.
“Mevalar”, “rezavorlar”, “sabzavotlar” yoki “mevali”, “rezavorli”, “sabzavotli” soʻzlari oʻrniga meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlar nomlariga quyida keltirilgan nomlar kiritilishi majburiydir:
“mevali sharbat”, “rezavor mevali sharbat”, “sabzavotli sharbat” yoki “mevalardan olingan sharbat”, “rezavor mevalardan olingan sharbat”, “sabzavotlardan olingan sharbat”;
“konsentratsiya qilingan mevali sharbat”, “konsentratsiya qilingan rezavor mevali sharbat”, “konsentratsiya qilingan savzavotli sharbat” yoki “mevalardan olingan konsentratsiya qilingan sharbat”, “rezavor mevalardan olingan konsentratsiya qilingan sharbat”, “sabzavotlardan olingan konsentratsiya qilingan sharbat”;
“diffuzion meva sharbati”, “diffuzion rezavor meva sharbati”, “diffuzion sabzavot sharbati” yoki “mevalardan olingan diffuzion sharbat”, “rezavor mevalardan olingan diffuzion sharbat”, “sabzavotlardan olingan diffuzion sharbat”;
“mevali nektar”, “rezavor mevali nektar”, “sabzavotli nektar” yoki “mevalardan olingan nektar”, “rezavor mevalardan olingan nektar”, “sabzavotlardan olingan nektar”;
“sharbati bor mevali ichimlik”, “sharbati bor rezavor mevali ichimlik”, “sharbati bor sabzavotli ichimlik” yoki “mevalardan olingan sharbati bor ichimlik”, “rezavor mevalardan olingan sharbati bor ichimlik”, “sabzavotlardan olingan sharbati bor ichimlik”;
“rezavor mevali mors” yoki “rezavor mevalardan olingan mors”;
“meva pyuresi”, “rezavor meva pyuresi”, “sabzavot pyuresi” yoki “mevalardan olingan pyure”, “rezavor mevalardan olingan pyure”, “sabzavotlardan olingan pyure”;
“konsentratsiya qilingan meva pyuresi”, “konsentratsiya qilingan rezavor meva pyuresi”, “konsentratsiya qilingan sabzavot pyuresi” yoki “mevalardan olingan konsentratsiya qilingan pyure”, “rezavor mevalardan olingan konsentratsiya qilingan pyure”, “sabzavotlardan olingan konsentratsiya qilingan pyure”.
48. Ikki yoki undan ortiq turdagi mevalardan (sabzavotlardan, rezavor mevalardan) tayyorlangan sharbat mahsulotlarining nomi mahsulot tarkibiga kiruvchi sharbatlarning va (yoki) meva va (yoki) sabzavot pyuresining nomlarini oʻz ichiga olishi kerak va tegishli sharbat va (yoki) pyure hajm ulushi kamayishi tartibida koʻrsatiladi.
Ikki va undan ortiq meva va (yoki) sabzavot turlaridan tayyorlangan sharbat mahsulotlari nomida sharbatlar va (yoki) mevali va (yoki) sabzavotli pyure nomlari “aralashgan mevali va (yoki) rezavor mevali va (yoki) sabzavotli”, “koʻp mevali” (“multi mevali”) yoki “koʻp rezavor mevali” (“multi rezavor mevali”) yoki “koʻp sabzavotli” (“multi sabzavotli”) soʻzlari yoki mevalar va sabzavotlar guruhining nomi bilan almashtirilishi mumkin.
49. Toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbat nomida yoki bevosita sharbat nomiga yaqin joyda “toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan” soʻzi koʻrsatilishi shart.
50. Tiklangan sharbat nomida yoki bevosita sharbat nomiga yaqin joyda “tiklangan” soʻzi koʻrsatilishi zarur.
51. Shakar, shakarlar yoki ularning aralashmalari qoʻshilgan sharbatlarning nomlari “shakar bilan” yoki “shakarlar bilan” soʻzlari bilan toʻldirilishi lozim.
52. Agar tam beruvchilar meva-sabzavot nektarini yoki meva-sabzavot sharbatli ichimlik ishlab chiqarishda ishlatilsa, bunday nektar yoki sharbatli ichimliklarning nomlariga “tam beruvchi bilan” yoki “tam beruvchilar bilan” soʻzlari qoʻshilishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi koʻrsatilgandan soʻng bevosita “tarkibida tam beruvchi (tam beruvchilar) mavjud. Haddan ziyod isteʼmol qilinganda kuchsizlantiruvchi taʼsir koʻrsatishi mumkin” soʻzlari qoʻshilishi kerak.
Agar meva va sabzavot nektarida yoki meva va sabzavot sharbatli ichimliklar tarkibida aspartam mavjud boʻlsa, isteʼmol qadoqogʻida “tarkibida fenilalanin manbai mavjud” degan yozuv joylashtirilgan boʻlishi shart.
53. Ozuqaviy tuz qoʻshib sabzavotdan ishlab chiqarilgan sharbatining isteʼmol qadoqlarida bunday mahsulotlar nomi yoniga “tuz bilan” yozuvi joylashtirilishi kerak.
54. Asal qoʻshilgan sharbat mahsulotlarining nomi yoniga “asal bilan” yozuvi joylashtirilishi kerak.
55. Bolalar oziq-ovqatlari uchun sharbat mahsulotlarining isteʼmol qadogʻida bunday mahsulotlarning nomi yoki uning yonida “bolalar ovqatlari uchun” yoki bolalarning ovqatlanishi uchun bunday mahsulotlarning maqsadini aks ettiruvchi boshqa soʻzlar, shuningdek, bolalarning yosh toifalari, bunday mahsulotlar ularga moʻljallanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi va isteʼmol tovarlari qadoqlari ochilgandan keyin ularni saqlash muddati va shartlari boʻyicha tavsiyalar joylashtirilishi shart.
56. Hayotning birinchi yilidagi bolalar uchun sharbat mahsulotlarining isteʼmol qadogʻida bolaning yoshi (oylar bilan) koʻrsatiladi, shu yoshdan boshlab mazkur mahsulotlarni bolalar ratsioniga kiritish tavsiya etiladi va uni isteʼmoli toʻgʻrisida tavsiyalar beriladi. Bunda toʻrt oydan kichik bolaning yoshini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
57. Agar konsentatsiya qilingan sharbat yoki konsentratsiya qilingan mors isteʼmolchilarga sotilishi moʻljallangan boʻlsa va isteʼmol qilishdan oldin tiklanishi lozim boʻlsa, ularni qayta tiklash qoidalari bunday mahsulotlarning isteʼmol qadoqlarida koʻrsatilishi shart.
58. Meva va sabzavot nektarlari, morslar, meva va sabzavot sharbatli ichimliklarning isteʼmol qadoqlarida sharbat va meva va sabzavot pyuresining minimal hajmi ulushi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlishi shart.
59. Sharbatlar va meva va sabzavot nektarlarining isteʼmol paketlariga tayyor mahsulot tarkibida tegishli quyqaning (myakot) hajmi ulushi kamida 8 foiz boʻlsa, yoki agar bunday mahsulot tarkibida sitrus mevali hujayralar boʻlsa, “quyqa bilan” yozuvi joylashtiriladi.
60. Sharbat mahsulotlarini isteʼmolchilar uchun qadoqlashda “tindirilgan” yozuvi, choʻkmaning massa ulushi 0,3 foizdan oshmagan taqdirda joylashtiriladi. Sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarishda askorbin kislotasidan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar tayyor mahsulotdagi askorbin kislotasining qoldiq miqdori uning tabiiy darajasidan oshmasa, bunday mahsulotlarning tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda koʻrsatilmaydi.
Askorbin kislotasini antioksidant sifatida qoʻllash sharbat mahsulotining isteʼmol qadogʻiga “S vitamini bilan” yozuvini joylashtirish uchun asos hisoblanmaydi.
61. Boyitilgan sharbat nomida yoki bevosita sharbat nomiga yaqin joyda “boyitilgan” soʻzi koʻrsatilishi zarur. Qoʻshimcha ravishda bunday mahsulotlar tarkibiga kiritilgan oziq-ovqat va biologik faol moddalarning nomlarini, shuningdek, ushbu moddalarni oʻz ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlarining nomlarini yoki ushbu moddalar guruhining nomini koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
62. Sharbat mahsulotlarining nomlari (meva, sabzavot, rezavor meva nomlaridan soʻz hosilalari) alohida va tegishli iboralarda, agar faqat mazkur nomlar va iboralardan foydalanish isteʼmolchilarni chalgʻitmasa, bunday mevalar va sabzavotlardan sharbat mahsulotlarining isteʼmol qadoqlarida koʻrsatilishi mumkin.
63. Aniq bir sharbat mahsulotini ishlab chiqarishda foydalanilmagan mevalar, sabzavotlar, rezavor mevalar, sharbatlar va pyurening grafik tasvirlari ularning isteʼmol qadoqlarida koʻrsatilishi mumkin emas.
64. Agar sharbat mahsulotlariga qoʻshilgan uglerod dioksidining massa ulushi 0,2 foizdan kam boʻlmasa, bunday mahsulotlarning isteʼmol qadoqlarida “gazlangan” soʻzi koʻrsatilishi shart.
65. Ziravorlar va ularning ekstraktlari qoʻshib ishlab chiqarilgan sharbat mahsulotlarining isteʼmol qadoqlalarida “ziravorlar bilan” yozuvi boʻlishi va tegishli ziravorlarning nomlari koʻrsatilishi shart.
66. Sharbat mahsulotlarining tarkibi isteʼmol qadogʻida quyidagi ketma-ketlikda koʻrsatilishi zarur:
a) sharbatga nisbatan:
sharbat nomi;
meva (sabzavot) pyuresining nomi;
ozuqaviy qoʻshimchalar va komponentlarning nomi (ular qoʻllanilgan holatlarda);
b) sharbatli ichimlik, mors, nektarga nisbatan:
sharbat nomi;
meva (sabzavot) pyuresining nomi;
ozuqaviy qoʻshimchalar va komponentlarning nomi (ular qoʻllanilgan holatlarda);
suv miqdori.
67. Agar sharbatlar ishlab chiqarishda oziq-ovqat qoʻshimchalari yoki boshqa komponentlar ishlatilmagan boʻlsa, isteʼmol qadoqlarida sharbat tarkibi koʻrsatilmasligi mumkin.
68. Agar sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarishda konsentratsiya qilingan sharbatlar, konsentratsiya qilingan meva (sabzavot) pyuresi ishlatilganda, bunday mahsulotlarning tarkibi tegishli sharbatlar, meva (sabzavot) pyure nomlarining hajmi ulushi kamayishi tartibida koʻrsatiladi va bevosita ushbu koʻrsatilgan tarkib yonida “konsentratsiya qilingan sharbatlardan tayyorlangan”, “konsentratsiya qilingan pyuredan tayyorlangan”, “konsentratsiya qilingan sharbat va pyuredan tayyorlangan” yozuvi joylashtiriladi.
69. Aralashtirilgan sharbat mahsulotlarining tarkibi ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ishlatilgan barcha sharbatlar va meva (sabzavot) pyuresi kamayish tartibida koʻrsatilishi shart.
70. Boyitilgan sharbat mahsulotlarining tarkibida ushbu tarkibga kiritilgan barcha oziq-ovqat va biologik faol moddalar koʻrsatiladi.
71. Sharbat mahsulotlarining taʼmini va hidini tiklash uchun ishlatilgan konsentratsiya qilingan tabiiy xushboʻylashtiruvchi mevali yoki sabzavotli moddalar va tiklangan sharbatlar ishlab chiqarishda konsentratsiya qilingan sharbatlar va pyureni qayta tiklash uchun ishlatilgan ichimlik suv, tayyor mahsulotlar tarkibida koʻrsatilmaydi.
72. Sharbat mahsulotlarining isteʼmol qadoqlarida ushbu mahsulotni isteʼmol qadogʻi ochilganidan keyin saqlash shartlari toʻgʻrisida tavsiyalar koʻrsatiladi.
73. Isteʼmolchilar uchun moʻljallanmagan transport idishlariga (tankerlarga, rezervuarlarga, fleksiyon tanklarga) joylashtirilgan sharbat mahsulotlarini tamgʻalash Texnik reglamentda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
74. Sharbat mahsulotining partiyasi, ishlab chiqarilgan sana, ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchining vazifalarini bajaradigan shaxs (manzil, shu jumladan, mahsulot ishlab chiqarilgan mamlakat va joyi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bunday mahsulotlarning transport qadoqlarida identifikatsiya kodi bilan almashtirilishi mumkin. Ushbu kod yuk tashish hujjatlarida aniq koʻrsatilishi shart.
75. Agar kaliy kazeinat va natriy kazeinatning qoldiq miqdori konsentratsiya qilingan sharbatlar va konsentratsiya qilingan pyure tarkibida boʻlsa, bunday mahsulotning transport qadogʻida va yuk tashish hujjatlarida “tarkibida kaliy kazeinat mavjud” va “tarkibida natriy kazeinat mavjud” degan soʻzlar koʻrsatilishi shart.
76. Qadoqning yuzasida mahsulotning isteʼmol hususiyatlarini yoʻqotganidan yoki foydalanilgandan keyin, ham mahsulotni, ham qadoqni utilizatsiya qilish masalasini aks yettiruvchi tamgʻa nazarda tutiladi.
Shuningdek, ixtiyoriy tamgʻa sifatida mahsulotning ekologik hususiyati “ekologik xavfsiz” ifodasi nazarda tutiladi.
Manipulyativ belgilarga misollar:
77. Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingan tasdiqlovchi sertifikatlar (sinov bayonnomalari) mavjud boʻlmagan taqdirda mahsulot tamgʻasida sifat menejmenti tizimining qoʻshimcha xususiyatlari toʻgʻrisida mahsulotning standart belgilarini “Bio”, “Eko”, “Konservantlarsiz”, “GMOlarsiz”, “Ekologik toza mahsulot”, “Halol” (“HALAL”), “Organik” (“ORGANIC”) qoʻyish taqiqlanadi.
4-bob. Davlat nazoratini amalga oshirish
78. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, oʻz vakolatlari doirasida boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan taʼminlanadi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
5-bob.Texnik reglamentga rioya qilmaslik uchun javobgarlik
79. Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Oʻtish davri
80. Texnik reglament kuchga kirgandan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi va sharbat mahsulotlarining xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ hujjatlar Texnik reglament bilan muvofiqlashtirilgunga qadar Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismlari boʻyicha qoʻllaniladi.
81. Texnik reglament kuchga kirgunga qadar majburiy ravishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq, muvofiqlik tasdiqlanishi shart boʻlgan meva va sabzavot sharbatiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Milliy sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
82. Sharbat mahsulotlari uchun Texnik reglament kuchga kirgunga qadar olingan sanitariya-epidemiologiya xulosalari va muvofiqlik sertifikatlari ushbu hujjatlarda belgilangan muddat mobaynida amal qiladi.
Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga 1-ILOVA
Sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan meva va sabzavotlar. Qayta tiklangan sharbatlar, toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbatlar va meva pyuresi yoki sabzavot pyuresi tarkibida eriydigan quruq moddalar miqdoriga qoʻyiladigan talablar. Meva va sabzavotli nektarlar tarkibida meva yoki sabzavot sharbatining, meva yoki sabzavot pyuresining hajm ulushi.
Umumiy kislotalilikka erishish uchun zarur boʻlgan miqdor,
kamida 0,5%
120.
Yuqori darajadagi etli yoki intensiv boshqa xushboʻy mevalar
Drugiye frukti s visokim soderjaniyem myakoti ili intensivnim aromatom
-
-
25,0
121.
Past daraja nordonlikdagi, past darajada etli yoki oʻrtacha xushboʻy boshqa mevalar
Drugiye frukti s nizkoy kislotnostyu, nizkim soderjaniyem myakoti i nizkim ili srednim aromatom
-
-
50,0
1 Meva sharbatida yoki sabzavotli sharbatda yoxud konservatsiya qilingan sharbatdan va (yoki) mevali va (yoki) sabzavotli pyuredan tiklangan pyureda eriydigan quruq moddalar miqdori ularda istalgan boshqa qoʻshilgan komponentlarning quruq moddalari miqdori hisobga olinmasdan ushbu ilovada koʻrsatilgan darajadan kam boʻlmasligi kerak.
2 Ushbu ilovada tiklangan sharbatda yoxud mevali yoki sabzavotli pyureda eriydigan quruq moddalarning minimal miqdori meʼyorlari mavjud boʻlmagan taqdirda minimal qiymat tegishli konsentratsiya qilingan sharbatni yoki konsentratsiya qilingan mevali pyure va sabzavotli pyureni ishlab chiqarishda foydalaniladigan quruq moddalar miqdori asosida toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbatda yoxud mevali pyure yoki sabzavotli pyureda belgilanadi.
3 Toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbatlarda yoxud mevali pyureda yoki sabzavotli pyureda eriydigan quruq moddalar miqdori ushbu ilovada belgilangan meʼyorlarga muvofiq boʻlishi kerak.
4 Ularga nisbatan ushbu ilovada eriydigan quruq moddalarning minimal miqdori meʼyorlari mavjud boʻlmagan toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbatlar yoxud mevali pyure yoki sabzavotli pyure uchun eriydigan quruq moddalarning minimal miqdori birlamchi mevalar yoki sabzavotlarni qayta ishlashda hosil boʻladigan meva sharbatida yoki sabzavotli sharbatda yoxud mevali pyure yoki sabzavotli pyureda bunday moddalar miqdoriga muvofiq boʻlishi kerak.
5 Toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbatga yoxud mevali pyurega yoki sabzavotli pyurega ulardagi eriydigan quruq moddalarning miqdorini pasaytirish maqsadida suv qoʻshish taqiqlanadi.
6 Kislotalik boʻyicha tuzatish kiritish hisobga olingan holda.
7 Hindiston yongʻogʻi mevasini siqib chiqarmasdan olingan “Hindiston yongʻogʻi suvi”ga mos keladi.
8 Tiklangan ananas sharbatida eriydigan quruq moddalarning minimal miqdori meʼyorlarini belgilashda ananas yetishtiriladigan va qayta ishlanadigan har xil joylarda eriydigan quruq moddalar miqdori ushbu ilovada belgilangan darajadan kam boʻlishi mumkinligi hisobga olinadi. Ushbu holatda ananas sharbati muomalasiga undagi eriydigan quruq moddalar miqdori kamida 10 foizni (kislotalik boʻyicha tuzatish kiritish hisobga olingan holda 20oS boʻlganda) tashkil etsa, tiklangan ananas sharbati esa ushbu Texnik reglament talablariga toʻliq muvofiq boʻlsa yoʻl qoʻyiladi.
Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga 2-ILOVA
1-jadval
Meva va sabzavotlardan olingan konservatsiya qilingan sharbat mahsulotlari xavfsizligining kimyoviy koʻrsatgichlari (sanoat sterilligi talablari)
1g (sm3) da yoʻl qoʻyilmaydi, boshqalarda 1 KOYE/g (sm3) koʻp emas
1g (cm3) da yoʻl qoʻyilmaydi
1g (cm3) da yoʻl qoʻyilmaydi
6.
rN 3,7 dan kam
Meʼyorlanmaydi
Meʼyorlanmaydi
1g (cm3) da yoʻl qoʻyilmaydi
1g (cm3) da yoʻl qoʻyilmaydi
1 20 °C dan yuqori haroratda saqlanadigan meva va (yoki) sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarida spora hosil qiluvchi termofil aerobik va fakultativ anaerob mikroorganizmlarning 1g (sm3) da boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2 Bolalar ozuqalari uchun meva va (yoki) sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarida mezofil klostridiyaning 10g (sm3) da va spora hosil qiluvchi termofil aerob va fakultativ anaerob mikroorganizmlarning 1g (sm3) da boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-jadval
Yangi siqilgan sharbatlar havfsizligining mikrobiologik koʻrsatkichlari
Bir hujaylari organizmlarning patogen ichak kistalari
KMAFAnM, KOYE/g(cm3)
Yangi siqilgan sharbat g(cm3) miqdorida yoʻl qoʻyilmaydi
BGKP (koliformlar)
E. coli
S. aureus
Yoʻl qoʻyilmaydi
Yoʻl qoʻyilmaydi
1*103
1,0
1,0
1,0
3-jadval
Meva va (yoki) sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlari, konservatsiya qilingan va rN 3, 8 va undan past uglekislota miqdorida gazlangan, hamda konsentratsiya qilingan sharbatlar, konsentratsiya qilingan morslar va konsentratsiya qilingan meva va sabzavot pyuresi havfsizligining mikrobiologik koʻrsatkichlari
T/r
Meva va (yoki) sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlari
KMAFAnM KOYE/g(cm3), koʻp emas
g(cm³) da BGKP (koliformlar) boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydigan meva va (yoki) sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotining miqdori
Achitqi KOYE/g (cm3), koʻp emas
Mogʻor KOYE/g (cm3), koʻp emas
Boshqa mikroorganizmlar
0
1
2
3
4
5
6
1.
Meva sharbatlari, sabzavot sharbatlari, mevali va (yoki) sabzavotli nektarlar, morslar va mevali va (yoki) sabzavotli sharbatli ichimliklar, konservatsiya qilingan va rN 3,8 va undan past uglekislota miqdorida gazlangan
50
1000
1g (cm3) da yoʻl qoʻyilmaydi
50
sut kislotasi mikroorganizmlari 1g (cm3) da yoʻl qoʻyilmaydi
2.
Konsentratsiya qilingan meva sharbatlari, konsentratsiya qilingan morslar, konsentratsiya qilingan meva pyuresi, konservatsiya qilingan
Meʼyorlanmaydi
Meʼyorlanmaydi
1g (cm3) da yoʻl qoʻyilmaydi
1g (cm3) da yoʻl qoʻyilmay-di
Spora hosil qilmaydigan mikroorganizmlar 1g (cm3) 1 da yoʻl qoʻyilmaydi
3.
Konsentratsiya qilingan sabzavot sharbatlari, Konsentratsiya qilingan sabzavot pyuresi (pomidor sharbatlari va pyuresidan tashqari), konservatsiya qilingan
Meʼyorlanmaydi
Meʼyorlanmaydi
1g (cm3) da yoʻl qoʻyilmaydi
1g (cm3) da yoʻl qoʻyilmay-di
Mezofil klostridiya 1g (cm3) da yoʻl qoʻyilmaydi, spora hosil qilmaydigan mikroorganizmlar 1g (cm3) 1da yoʻl qoʻyilmaydi
4.
Konsentratsiya qilingan meva sharbatlari, konsentratsiya qilingan sabzavot sharbatlari, konsentratsiya qilingan morslar, konsentratsiya qilingan meva va (yoki) sabzavot pyuresi, jumladan, tez muzlatilgan
Mezofil klostridiya 1g (cm3)da yoʻl qoʻyilmaydi, sut kislotasi mikroorganizmlari 1g (cm3)da yoʻl qoʻyilmaydi spora hosil qilmaydigan mikroorganizmlar1g (cm3)1 da yoʻl qoʻyilmaydi
1 Chakana savdoda sotiladigan meva va/yoki sabzavotlardan olingan sharbatlar mahsulotlari uchun.
2 Govardga koʻra mogʻorlarning ruxsat etilgan soni vizual maydonlarning 40% dan koʻp emas.
4-jadval
Pasterizatsiyalangan meva sharbati mahsulotlari xavfsizligining mikrobiologik koʻrsatkichlari
Pasterizatsiyalangan sharbat mahsulotida (g/cm3)da, yoʻl qoʻyilmaydi
Bakteriyalaroilasi
Enterobacteriaceae
B. cereus
Achitqi
5
1x102
1,0
0,1
0,1
Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga 3-ILOVA
Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish uchun ruxsat berilgan oziq-ovqat qoʻshimchalari va texnologik vositalar roʻyxati
Qayta tiklangan sharbatlarda, diffuzion sharbatlarda, konsentratsiya qilingan sharbatlarda, konsentratsiya qilinganmevali va (yoki) sabzavotli pyureda, toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbatlarda va rN 4,2 dan yuqori boʻlgan mevali va (yoki) sabzavotli pyureda.
Tarkibida sharbat boʻlgan mevali va (yoki) sabzavotli ichimliklarda, morslarda.
4.
Olma kislotasi
296
3
Qayta tiklangan ananas sharbatida, konsentratsiya qilingan ananas sharbatida,mevali va (yoki) sabzavotli nektarlarda,tarkibida sharbat boʻlgan mevali va (yoki) sabzavotli ichimliklarda, morslarda.
5.
Uzum kislotasi
334
4
Qayta tiklangan uzum sharbatida (qizil va oq), konsentratsiya qilinganuzum sharbatida (qizil va oq), mevali va (yoki) sabzavotli nektarlarda,tarkibida sharbat boʻlgan mevali va (yoki) sabzavotli ichimliklarda, morslarda.
Sabzavotlardan olingan sharbatlarda, sabzavotli nektarlarda, tarkibida sharbat boʻlgan sabzavotli ichimliklarda (sut kislotasi orqali tayyorlangan mahsulotlardan tashqari).
1 INS — oziq-ovqat qoʻshimchalarini kodlashning xalqaro raqamli tizimi, E — Yevropa Ittifoqining oziq-ovqat qoʻshimchalarini kodlash tizimi.
2 Isteʼmol qilish uchun moʻljallangan tayyor mahsulotga oziq-ovqat qoʻshimchalarining dozasi.
3 Oziq-ovqat qoʻshimchasi ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarda belgilangan dozalarda foydalanilishi zarur.
Toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbatlarda, qayta tiklangan sharbatlarda, diffuzion sharbatlarda, mevali va (yoki) sabzavotli pyureda, konsentratsiya qilingan sharbatlarda, konsentratsiya qilingan mevali va (yoki) sabzavotli pyureda, tarkibida sharbat boʻlgan mevali va (yoki) sabzavotli ichimliklarda, morslarda.
0,25
Bolalar ozuqa mahsulotlari uchun mevali va (yoki) sabzavotli sharbat mahsulotida.
Mevali va (yoki) sabzavotli boyitilgan sharbat mahsulotida.
1 INS — oziq-ovqat qoʻshimchalarini kodlashning xalqaro raqamli tizimi, E — Yevropa Ittifoqining oziq-ovqat qoʻshimchalarini kodlash tizimi.
2 Isteʼmol qilish uchun moʻljallangan tayyor mahsulotga oziq-ovqat qoʻshimchalarining dozasi.
3 Oziq-ovqat qoʻshimchasi ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarda belgilangan dozalarda foydalanilishi zarur.
Toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbatlarda, qayta tiklangan sharbatlarda, diffuzion sharbatlarda, mevali va (yoki) sabzavotli nektarlarda, tarkibida sharbat boʻlgan mevali va (yoki) sabzavotli ichimliklarda, morslarda.
1 INS — oziq-ovqat qoʻshimchalarini kodlashning xalqaro raqamli tizimi, E — Yevropa Ittifoqining oziq-ovqat qoʻshimchalarini kodlash tizimi.
2 Isteʼmol qilish uchun moʻljallangan tayyor mahsulotga oziq-ovqat qoʻshimchalarining dozasi.
3 Oziq-ovqat qoʻshimchasi ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarda belgilangan dozalarda foydalanilishi zarur.
Quyqa bilan toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan sharbatlarda, quyqa bilan qayta tiklangan sharbatlarda, quyqa bilan diffuzion sharbatlarda, quyqa bilan mevali va (yoki) sabzavotli nektarlarda, tarkibida sharbat boʻlgan mevali va (yoki) sabzavotli ichimliklarda, morslarda.
2.
Atsetat-izobutirat saxarozalar
444
0,3
Tarkibida sharbat boʻlgan mevali va (yoki) sabzavotli ichimliklarda 4.
1 INS — oziq-ovqat qoʻshimchalarini kodlashning xalqaro raqamli tizimi, E — Yevropa Ittifoqining oziq-ovqat qoʻshimchalarini kodlash tizimi.
2 Isteʼmol qilish uchun moʻljallangan tayyor mahsulotga oziq-ovqat qoʻshimchalarining dozasi.
3 Oziq-ovqat qoʻshimchasi ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarda belgilangan dozalarda foydalanilishi zarur.
4 E419, E444, E445 va E466 oziq-ovqat qoʻshimchalari tarkibida sharbat boʻlgan mevali va (yoki) sabzavotli ichimliklarda ishlatiladi, bolalar uchun moʻljallangan sharbat mahsulotlari bundan mustasno.
Pektinazlar (pektin gidrolizi uchun), amilazalar (kraxmal gidrolizi uchun) i sellyulozalar (hujayra devorlarini buzishni osonlashtirish maqsadida tor doirada foydalanish uchun)
1 Tayyor mahsulotdagi maksimal qoldiq miqdori 10 mg/l.
2 Faqat uzum sharbatini ishlab chiqarishda.
3 Tayyor mahsulotdagi maksimal qoldiq miqdori 10 mg/l (jami SO2 hisobida).
4 Ushbu texnologik vositalarni ishlatishda ularning potensial allergenligini hisobga olish lozim. Ushbu texnologik vositalarning qoldiq miqdori isteʼmol uchun moʻljallangan meva va/yoki sabzavot sharbatlari tarkibida boʻlsa, bu mahsulotlar ushbu Texnik reglamentning 8-moddasida belgilangan talablarga muvofiq tamgʻalanadi.
5 Tayyor mahsulotdagi maksimal qoldiq miqdori 8 mg/l.
6 Agar ferment preparatlaridan foydalanish xomashyoning toʻliq suyultirilishiga olib kelmasa va qayta ishlanadigan meva yoki sabzavotlardagi sellyuloza miqdoriga taʼsir qilmasa, bunda ferment preparatlari texnologik vositalar sifatida ishlatilishi mumkin.
7 Vaqtincha konservatsiya qilishda ishlatilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi 119-son qaroriga 2-ILOVA
Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni joriy etish
“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalariga meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni (keyingi oʻrinlarda Texnik reglament deb ataladi) yetkazish.
Uch kun muddatda
II bosqich
“Oʻzstandart” agentligi,Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
1. Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarini standartlashtirish boʻyicha mavjud normativ hujjatlar roʻyxatini tuzish va xatlovdan oʻtkazish.
2. Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarini standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylikni bekor qilish va ixtiyoriylikni taʼminlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilish.
Bir oy muddatda
Oʻn kun muddatda
III bosqich
“Oʻzstandart” agentligi
Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish koʻlamini kengaytirish choralarini koʻrish.
Olti oy muddatda
IV bosqich
“Oʻzstandart” agentligi,Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, davlat organlarini, tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilishni taʼminlash.
Jadvalga muvofiq
V bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organi
1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosani olish uchun ariza va unga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim qilish.
2. Sinovdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda mahsulot namunalarini olish.
3. Laboratoriya sinovlari natijasi ijobiy boʻlganda ariza beruvchiga sanitariya-epidemiologikxulosani berish.
Belgilangan tartibda (ariza olingan kundan boshlab 14 kundan kechiktirmay)
VI bosqich
Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari
Muvofiqlik sertifikatini berish yoki qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda muvofiqlik sertifikatini berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish.
Uch ish kuni mobaynida
VII bosqich
“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini taʼminlash.
Belgilangan tartibda
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)