OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
1. Quyidagi soliq va boshqa hisobotlar hisobotining shakllari tasdiqlansin:
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha
1-ilovaga muvofiq;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq summalari va ijtimoiy soliq boʻyicha
4-ilovaga muvofiq;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha
5-ilovaga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha
6-ilovaga muvofiq;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha
7-ilovaga muvofiq;
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha
8-ilovaga muvofiq;
aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha
9-ilovaga muvofiq;
olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik boʻyicha
10-ilovaga muvofiq;
davlat boji va yigʻimlar boʻyicha
11-ilovaga muvofiq;
tijoratbop topilma bonusi boʻyicha
12-ilovaga muvofiq.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil uchun soliq hisoboti 2019-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2020-y., 10/20/3221/0203-son; 20.10.2020-y., 10/20/3221-1/1400-son; 06.05.2021-y., 10/21/3221-2/0439-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2021-y., 10/21/3221-3/1106-son; 20.04.2022-y., 10/22/3221-4/0337-son; 28.07.2023-y., 10/23/3221-5/0528-son; 14.10.2024-y., 10/24/3221-6/0818-son; 17.10.2025-y., 10/25/3221-7/0944-son; 27.11.2025-y., 10/25/3221-8/1096-son; 04.02.2026-y., 10/26/3221-9/0107-son)