1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.15.00 Mashinasozlik va metallga ishlov berish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“TOShKENT TRAKTOR ZAVODI” IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASINI AKSIYALAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 83-sonli “Toshkent traktor zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va faoliyatini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ishlab chiqarishini boshqarishni takomillashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini zamonaviy traktorlar bilan taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi, “Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasining “Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasini davlat-aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksionerlik jamiyati (“TTZ” DAJ) aksiyalari paketini quyidagi ulushlarda taqsimlashga rozilik berilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
15 foizi mehnat jamoasiga beriladi, shu jumladan ularning bir qismi — aksiyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hisobiga tekin beriladi;
(2-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
37 foizi — yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga erkin sotiladigan ulush.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksionerlik jamiyati:
yuridik shaxs hisoblanadi, ochiq turdagi davlat-aksionerlik jamiyati shaklida taʼsis etiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va jamiyatning taʼsis hujjatlari asosida amalga oshiradi;
boshlangʻich ustav fondini davlat mulki, “Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi mulki hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” va “Oʻzagromashservis” uyushmasi pul mablagʻlari hisobiga 1,5 mlrd. soʻm miqdorida shakllantiradi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
“Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ilgari tuzilgan barcha shartnomalar va qabul qilingan majburiyatlar boʻyicha javob beradi.
4. Quyidagilar “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksionerlik jamiyatining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun raqobatbardoshli traktorlar yaratish va ishlab chiqarish, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni hamda uning turlarini koʻpaytirish;
yetakchi xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan qishloq xoʻjaligi texnikasini yaratish, ishlab chiqarish, sotish hamda ularga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlar va qoʻshma korxonalar tashkil etish;
xoʻjalik faoliyatini marketing, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish bozorini kengaytirishni, eksportga mahsulot yetkazib berishni koʻpaytirishni taʼminlash asosida amalga oshirish;
innovatsiya faoliyatini amalga oshirish, chet el investitsiyalarini jalb etish.
(4-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
5. “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksionerlik jamiyati boshqaruv organlarining, tashkiliy tuzilmasiga, ijro etuvchi apparati tuzilmasiga 1, 2-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksionerlik jamiyatining direktorlar Kengashi raisi — bosh direktori hamda direktorlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda aksionerlarning umumiy yigʻilishi (konferensiyasi) tomonidan saylanadilar.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
6. Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi ikki hafta muddatda “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksionerlik jamiyatining taʼsis hujjatlari va Ustavi loyihalarini tayyorlasinlar, 1996-yil 1-oktabrgacha taʼsis konferensiyasini oʻtkazsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksionerlik jamiyati Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksionerlik jamiyati balansidan:
uy-joy-kommunal boshqarmasi va maktabgacha bolalar muassasalari obyektlarini Toshkent shahar hokimligi balansiga;
yordamchi xoʻjalikni Toshkent viloyati hokimligi balansiga berish-qabul qilishni bosqichma-bosqich amalga oshirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 19-sentabr,
327-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-sentabrdagi 327-son qaroriga 1-ILOVA
“Toshkent traktor zavodi” davlat-aksionerlik jamiyati boshqaruv organlarining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-sentabrdagi 327-son qaroriga 2-ILOVA
“Toshkent traktor zavodi” davlat-aksionerlik jamiyati boshqaruv apparati tuzilmasi (boshqarish va muhandis-texnik xodimlar)