1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.01.00 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT). BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar: (Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (VOZ), Jahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Jahon pochta ittifoqi (VPS), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR), Xalqaro moliya korporatsiyasi (MFK), Xalqaro taraqqiyot va rivojlanish banki (MBRR), Investitsiya kafolatlari boʻyicha koʻp tomonlama agentlik (MAIG), Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (MVF), Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO), Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (MSE), Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (MFSR), YuNESKO, Xalqaro rivojlanish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YuNIDO), BMT ning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO))]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro va xorijiy tashkilotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi kotibiyati faoliyatini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) ishchi organi — YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi kotibiyati (keyingi oʻrinlarda Kotibiyat deb ataladi) boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 nafarni tashkil etadi;
kotibiyat boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Komissiya bosh kotibi oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi;
kotibiyat rahbari — Komissiya bosh kotibi va uning oʻrinbosari maqomi va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra, tegishlicha vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
kotibiyat xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari (xodimlarni qisqartirish hisobidan qoʻllaniladigan ustamalar, umumiy ish staji uchun qoʻllaniladigan ustamalar, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlaridan tashqari) tatbiq etiladi hamda 1-ilovaga muvofiq Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari qoʻllaniladi;
kotibiyat xodimlarining erishgan natijalaridan kelib chiqqan holda har oylik lavozim maoshlariga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) nisbatan 100 foizgacha ustamalar belgilanadi, ularning 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, 50 foizgacha ustamalar esa — xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan qoplanadi;
kotibiyat xodimlari har oylik lavozim maoshiga davlat muassasalarida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz, 20 yildan ortiq — 40 foiz oylik ustamalar qoʻllaniladi;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
kotibiyatga 2 ta yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratiladi;
kotibiyatni saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni — 2020-yil uchun tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida;
kompyuter texnikasi, mebel va boshqa jihozlarni xarid qilish xarajatlari uchun zarur mablagʻlarni — 2020-yilda kotibiyatning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan ajratilishini taʼminlasin.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatiga YUNESKO va AYSESKO xalqaro tashkilotlarining mezonlariga asosan kotibiyatning valyuta hisob raqamiga loyiha va tadbirlarni amalga oshirish uchun kelib tushgan mablagʻlar doirasida koʻrsatilgan bank xizmatlari uchun tegishli haq va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda xizmat koʻrsatish tavsiya etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi kotibiyat buyurtmanomasi boʻyicha kotibiyatni aloqaning zarur turlari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda jihozlanishini, shuningdek, keng polosali Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
5. Kotibiyat Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga ayrim qarorlariga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-fevral,
92-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-son qaroriga 1-ILOVA
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYaDLARI
Lavozim nomi
Mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar
Bosh kotib
17
Bosh kotib oʻrinbosari
16
Boʻlim mudiri
15
Bosh ekspert, bosh mutaxassis
14
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qarorida:
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Komissiya raisiga, zaruratga koʻra, kotibiyat tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
b) 2 va 3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“21. Komissiyaning bosh kotibi va uning oʻrinbosari maqomi va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra tegishlicha vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi”;
22-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “choralar koʻrish” soʻzlari “YUNESKO mezonlariga muvofiq taklif va tavsiyalar kiritish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “Komissiya bosh kotibi” soʻzlaridan keyin “va uning oʻrinbosari” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi 241-band qoʻshilsin:
“241. Kotibiyat xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari (xodimlarni qisqartirish hisobidan qoʻllaniladigan ustamalar, umumiy ish staji uchun qoʻllaniladigan ustamalar, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlaridan tashqari) tatbiq etiladi hamda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari qoʻllaniladi.
Kotibiyat xodimlarining erishgan natijalaridan kelib chiqqan holda, har oylik lavozim maoshlariga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) nisbatan 100 foizgacha ustamalar belgilanadi, ularning 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, 50 foizgacha ustamalar esa — xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan qoplanadi.
Kotibiyat xodimlari har oylik lavozim maoshiga kotibiyatda xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz, 20 yildan ortiq — 40 foiz oylik ustamalar qoʻllaniladi”.
“YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining TUZILMASI
Izoh. Komissiya raisiga, zaruratga koʻra, kotibiyat tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 9 shtat birligidan iborat. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normalarga muvofiq belgilanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 74-band qoʻshilsin:
“74. YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi kotibiyati”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 366-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga biriktirilgan kontingentga kafolatlangan tibbiy va sanatoriy-sogʻlomlashtirish yordami koʻrsatish tartibi va hajmi toʻgʻrisidagi nizomga ilovada:
a) 3-boʻlimning 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
7.
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi kotibiyati
Bosh kotib, Bosh kotib oʻrinbosari
”;
b) 4-boʻlimga quyidagi mazmundagi 161-pozitsiya qoʻshilsin:
“
161.
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi kotibiyati
Boʻlim mudiri, bosh ekspert va bosh mutaxassis
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)