Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4391-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur karordan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1.
4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. 2-ilovaning
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: