1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2905-4]
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 10-iyuldagi 90-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2905, 2017-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 756-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablargailovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-yanvar,
108-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 14-yanvardagi 108-son buyrugʻiga ILOVA
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 5-bob quyidagi mazmundagi 71 — 73-bandlar bilan toʻldirilsin:
“71. Parazitologik laboratoriya diagnostikasidan iborat boʻlgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona);
sterillash va distillash uchun moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari;
tonometr va fonendoskop;
rentgenangiografiya kompleksi;
magistral tomirlarni kateterlash toʻplamlari;
qonning quyulishini aktiv vaqtini aniqlash uchun portativ apparat;
bemorlar uchun aravachalar;
bemorlar uchun zambil;
tibbiyot termometri;
koronar stentlar;
ballonli katetyerlar;
koronar oʻtkazgichlar;
oʻtkazuvchi katetyerlar;
diagnostika katetyerlari (JL, JR);
diagnostika oʻtkazuvchilari;
introdyusyerlar;
ballonli katetyerlar periferik tomirlar uchun;
periferik tomirlar uchun stentlar;
kava-filtrlar;
bir martalik qoʻlqoplar;
funksional toʻshaklar;
toʻshak oldi tumbasi;
markazlashgan, har bir toʻshakka ulangan kislorod, havo, vakuum oʻtkazgichi;
konsol-elektr rozetkalari;
vakuumli aspirator;
soyasiz operatsiya lampasi;
bikslar va biks ushlagichlar;
xirurgik elektr soʻrgich bakterial filtr bilan;
EKG portativ;
EKG apparati (koʻp kanalli);
ExoKG apparati (qiziloʻngach uchun datchik bilan);
yurakni miokardial, transvenoz, endokardial va tashqi elektrostimulatsiyasi uchun elektrokardiostimulyator;
markazlashgan kompyuter va 5 ulagichli EKGli, yurak qisqarishlari, nafas olish chastotasi, invaziv va noinvaziv arterial bosimni oʻlchash, oʻpka arteriyasining bosimini oʻlchash, markaziy venoz bosimni oʻlchash, yurak qon haydashi, qondagi gemoglobinning kislorod bilan taʼminlanganligini aniqlash, badan haroratining oʻzgarishlari, SOS signalini avtomatik ravishda beruvchi (signal trevogi) karavot oldi kardiomonitorlari;
IVL apparati tashqi nafas funksiyasini monitoringlaydigan va gazoanalizatorli;
transportirovka uchun portativ nafas olish apparati;
printerli personal kompyuter programmalashgan tarmoq bilan, tez xabar berish va javob qilish sistemasi, nusxa olish, chop etish va skanerlash uchun koʻp funksiyali moslamalar;
ultratovushli ingalyator;
infuzion va transfuzion vositalarni vena ichiga tez yuborish sistemasi;
intubatsiyali va vena ichi narkozlash toʻplamlari;
koʻp funksiyali narkozli nafas olish apparati;
tarozi;
tibbiyot termometri.”.
6. 12-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-bob. Akusherlik va ginekologiya, oʻsmirlar (bolalar) ginekologiyasi ixtisoslik turlari boʻyicha”.
shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga moʻljallangan kamida 2 dona);
sterillash va distillashga moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari;
boʻy oʻlchagich;
chanoqni oʻlchash asbobi;
tonometr va fonendoskop;
bachadon zondi (kamida 4 dona);
Simps oyna toʻplami (kamida 8 dona);
Kusko oynasi (kamida 6 dona);
kornsang (kamida 6 dona);
uchli qisqich (kamida 2 dona);
tarozi;
kuraksimon oynacha;
yarani kengaytirgich (kamida 2 dona);
Gegar kengaytirgichi (7 oʻlchamdan 12 oʻlchamgacha) (kamida 2 ta toʻplam);
bir martalik qoʻlqoplar;
bir martalik ginekologik toʻplam (turli oʻlchamlarda);
laboratoriya oynachalari;
kyuretkalar (2, 4, 6 oʻlchamli) (kamida 2 ta toʻplam);
Koxer qisqichi;
Mikulich qisqichi;
igna ushlagichlar;
katetyerlar;
akusherlik qisqichi;
xirurgiya ignalari va tikish toʻplami (kamida 10 ta);
pianalar (kamida 5 dona);
xirurgiya pichogʻi (skalpel 2 dona);
qaychilar (kamida 2 dona);
intubatsiya trubkalari 4 dona turli oʻlchamda;
tikuv materiallari;
Ambu qopi;
kislorod maskasi;
gemodinamika monitori;
xirurgiya choyshabi;
xirurgiya pichogʻi uchun bir martali olmoslar;
suyuqliklar uchun idishlar;
tibbiyot termometri.”.
8. Quyidagi mazmundagi 121 va 122-boblar bilan toʻldirilsin:
“121-bob. Reproduktologiya ixtisoslik turi boʻyicha
271. Maslahat, diagnostika, konservativ, kichik operativ davolashdan iborat boʻlgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
“47. Maslahat, diagnostika konservativ va kichik (kaminvaziv, endoskopik) operativ davolashdan iborat boʻlgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar boʻlishi lozim:
sterillash va distillash uchun moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari yoki sterilizatsiyani oʻtkazish uchun imzolangan shartnoma (faoliyatida invaziv muolajalar mavjud boʻlganda);
karavotlar;
tonometr va fonendoskop;
tibbiyot termometri.
xijoma uchun toʻplam;
zulukni saqlash uchun idishlar (girudoterapiya uchun);
arilarni saqlash uchun moslama (apiterapiya uchun);
koʻp ignali bolgʻacha (akupunktura uchun);
nevrologik bolgʻacha (akupunktura uchun);
dezinfeksiya vositalari va yorliqlangan idishlar (xijoma va girudoterapiya uchun);
Petri likobchalari (xijoma, girudoterapiya, akupunktura, apiterapiya uchun);
leykoplastr (xijoma va girudoterapiya uchun);
bir martalik choyshablar;
bir martalik ignalar (akupunktura, akupressura, su-djok uchun);
muolaja vaqtini belgilash uchun signalli soat (akupunktura, su-djok uchun);
bir martalik stakanlar (fitoterapiya, gomeopatiya uchun);
grafinlar (fitoterapiya, gomeopatiya uchun);
fitoichimlik tayyorlash uchun apparat (fitoterapiya uchun);
fitobar-stoyka, stol-stullar va idishlar uchun shkaf (fitoterapiya uchun);
mokslar, magnitlar, massajyerlar, tabiiy toshlar, metall yulduzlar (su-djok uchun);
koʻp martali stakanlardan foydalanilganda, ularni ivitish, yuvish,
dezinfeksiyalash vositalari (fitoterapiya, gomeopatiya uchun);
standart oʻlchamdagi uqalash kushetkasi (manual terapiya, akupressura uchun).”.
14. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2020-yil 14-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi R. IZAMOV
2020-yil 14-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2020-y., 10/20/2905-4/0169-son)