Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirINING
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-son “Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684, 2015-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom quyidagi mazmundagi 16
1-band bilan toʻldirilsin:
“161. Nodavlat umumtaʼlim tashkilotidan oʻqishini davlat umumtaʼlim muassasasiga koʻchirgan oʻquvchilarning ota-onalari oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga taʼlim oluvchilar safidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, oʻqiganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma hamda taʼlim oluvchining baholar (oʻzlashtirish) tabelini taqdim etadi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.