

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4730312">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7312"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura);</span></div><div id="LBC7338"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-4730312">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;</span></div><div id="LS3703"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-4730969">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4730970">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-4730972">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4730975"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4730979">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son <a href="/mact/-4415478">qaroriga</a> muvofiq, shuningdek, oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, taʼlim jarayonini oʻquv-metodik taʼminlash hamda oliy taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4730985">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son <a href="/mact/-4415478">qaroriga</a> muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4730988">2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731049">oliy taʼlim muassasalari faoliyatida ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullaridan keng foydalanish asosida oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, taʼlim jarayoni sifatini izchil oshirib borish, oʻqitishning samarali shakllari va usullari hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731052">oliy taʼlim muassasalarining respublika hamda xalqaro reytingini oshirib borish choralarini koʻrish, ularga texnologik jihatdan yuqori darajada jihozlangan texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi markazlari, startap loyihalari hamda akseleratorlarni tashkil etishga metodik koʻmaklashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731055">oliy taʼlim muassasalarida tegishli tarmoq, soha va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va koʻrsatkichlarini tahlil qilish va prognozlashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731059">masofadan oʻqitish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirish imkoniyati mavjud boʻlgan taʼlim shakllarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731062">oliy taʼlim tizimi faoliyatini ilmiy-metodik taʼminlash, sohaga oid ilgʻor xorijiy tajriba asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-7711033"><a href="/mact/-4730312?ONDATE=10.02.2020 00#-4731064">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-7711033"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7711034">taʼlim dasturlariga kiradigan barcha fanlar boʻyicha yangi avlod oʻquv adabiyotlarini tahlil qilish, tayyorlash, ularni davlat xizmati asosida ekspertizadan oʻtkazish hamda nashr etishni tashkil qilish;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-7711035">(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2025-yil 22-avgustdagi 530-sonli <a href="/mact/-7696346?ONDATE=22.08.2025 00#-7699952">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 09/25/530/0768-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731068">oliy taʼlim sohasidagi huqukiy va metodik hujjatlar hamda davlat namunasidagi qatʼiy nazoratdagi hujjatlar hisobini yuritish, elektron bazani shakllantirish va ular bilan oliy taʼlim muassasalarini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731070">oliy taʼlim tizimining davlat taʼlim standartlari, malaka talablarini, talabalar mustaqil taʼlimi boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoni uzluksizligini metodik jihatdan taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731072">davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashning hukuqiy va metodik asoslarini oʻrganish, ushbu sohadagi ishlarni jadallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731076">idoraviy boʻysunuvi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, respublika oliy taʼlim muassasalarining raqobatdoshligini oshirish choralarini koʻrish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731077">oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-tadkiqot muassasalari, potensial ish beruvchilar talablari bilan integratsiyalashuvi jarayonlarini tashkil ztish boʻyicha tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731078">3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731080">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5625160"><a href="/mact/-4730312?ONDATE=10.02.2020 00#-4731081">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5625160"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5625161">ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5625162">(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli <a href="/mact/-5607138?ONDATE=28.08.2021 00#-5614829">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731082">respublika ilmiy-tadqiqot loyiha grantlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731083">xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731084">shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731085">jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6005809"><a href="/mact/-4730312?ONDATE=10.02.2020 00#-4731087">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6005809"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6005814">qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6005823">(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5940464">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731093">4. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda oliy taʼlim muassasalariga quyidagilar boʻyicha shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish huquqi berilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731094">oliy taʼlim tizimiga tegishli qatʼiy nazoratdagi, davlat namunasidagi hujjatlarni nashrga tayyorlash va ular bilan oliy taʼlim muassasalarini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731095">zamonaviy muqobil elektron va virtual oʻquv hamda laboratoriya vositalarini yaratish, ekspertizadan oʻtkazish, tavsiyalar ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731096">STEAM taʼlim texnologiyalarini joriy etishda faol ishtirok etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731097">respublika va xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish hamda taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishda oliy taʼlim muassasalariga metodik koʻmaklashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731098">idoraviy boʻysunuvi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, oliy taʼlim muassasalariga oʻquv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha metodik yordam koʻrsatish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731102">5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqikotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazining tuzilmasi <a href="javascript:scrollText(-4731183)">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731103">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda Markazni zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar, yuklatilgan vazifalar ijrosini professional darajada taʼminlash qobiliyatiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731107">6. 2020-yil 1-maydan boshlab mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Markaz direktori oliy taʼlim muassasasi rektoriga, direktor maslahatchisi va direktor oʻrinbosarlari — oliy taʼlim muassasasi prorektoriga, boshqarma va boʻlim boshliqlari — fakultet dekaniga, bosh mutaxassis — katta oʻqituvchiga, yetakchi mutaxassis — oʻqituvchiga tenglashtirilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731110">7. Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifonur koʻchasi, Talabalar shaharchasi, 75-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar tegishli hududi bilan birgalikda Markazga operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731117">8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Markaz binosini taʼmirlash hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish uchun zarur mablagʻlarni 2020-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731126">9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaz buyurtmasi asosida belgilangan tartibda uni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulashni hamda zarur telefon aloqasi bilan taʼminlasin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731143">10. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 2021-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731144">Markazga 3 ta, shu jumladan, 2 ta yengil va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731150">11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari kabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4731159">12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibitiyaga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-4731161">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4731162">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4731165">2020-yil 10-fevral,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-4731167">75-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4731183"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-4731189">Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi 75-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga <br /></a>ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4731220">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4731224"><strong>TUZILMASI</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4731226"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-4735231"><img src="/files/4735229" /></a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-4735233">Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 51 nafar.</a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-4735234">Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-4730974">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 09/20/75/0144-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.08.2025-y., 09/25/530/0768-son)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
