1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.03.00 Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Qarori
“Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2914-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2017-yil 14-iyuldagi 22, 30 va 82-son “Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2914, 2017-yil 22-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 901-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
45-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
104-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
38-son
Kelishildi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
2019-yil 25-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 10/20/2914-1/0117-son)