1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini yanada kengaytirish hamda bolalarning maktabgacha taʼlimi bilan kengroq qamrab olinishini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
1. Quyidagilar:
2018-2019-yillarda maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda xalqaro moliya institutlaridan ekvivalenti 200,0 mln AQSH dollari miqdoridagi kreditlar jalb qilinganligi;
mazkur kreditlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va xususiy sheriklar oʻrtasida 140,1 ming oʻrinli nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun imzolangan 1 412 ta davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlardan (keyingi oʻrinlarda — bitimlar) 992 tasi boʻyicha imtiyozli kreditlar moliyalashtirilganligi;
420 ta bitimlarning 100 dan ortigʻi boʻyicha xususiy sheriklar tomonidan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash (keyingi oʻrinlarda — maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish) ishlari hajmi 25 va undan ortiq foizi bajarilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish dasturini davom ettirish maqsadida belgilangan tartibda tuzilgan bitimlar boʻyicha kreditlarni moliyalashtirish uchun tijorat banklariga qoʻshimcha mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
3. Belgilansinki:
a) 2019-yil 1-dekabrga qadar maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish ishlari 25 foizdan kam boʻlmagan hajmda bajarilgan bitimlar boʻyicha kreditlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan 182 mlrd soʻm mablagʻlar Moliya vazirligi tomonidan 2020-yil uchun Davlat budjetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha xarajatlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida 2020-yil 1-martga qadar ajratiladi. Bunda, kreditlar 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foizli stavka boʻyicha beriladi;
b) davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun ajratiladigan hamda xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan kreditlar:
Toshkent shahrida — 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka boʻyicha;
Nukus shahri, viloyatlarning maʼmuriy markazlari va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda — 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka boʻyicha;
tumanlarda — 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka boʻyicha beriladi.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi PQ-316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 07/23/316/0729-son)
v) 2021-yil va kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar xalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar), shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval ajratilgan kreditlar boʻyicha xususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan moliyalashtiriladi.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi PQ-316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 07/23/316/0729-son)
g) 2018-2019-yillarda belgilangan tartibda imzolanib, moliyalashtirilmagan hamda kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar boʻyicha kreditlar ushbu bitimlarda nazarda tutilgan xususiy sherikning oʻz mablagʻlari hisobidan bajarilishi (sotib olinishi) lozim boʻlgan ishlar (tovarlar) toʻliq amalga oshirilganidan soʻng, tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladi.
4. Belgilab qoʻyilsinki mazkur qarorning:
3-bandi “a” kichik bandida koʻzda tutilgan kreditlar boʻyicha xususiy sherik tomonidan toʻlanadigan foizlar xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankida toʻliq qoldiriladi;
3-bandi “b” kichik bandida koʻzda tutilgan kreditlar boʻyicha xususiy sherik tomonidan toʻlanadigan foiz stavkasining 1 foizi xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankida qoldiriladi, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-apreldagi PQ-5071-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 07/21/5071/0319-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini (qarzlarini) jalb qilish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi PQ-316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 07/23/316/0729-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilinadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini ustuvor tartibda Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat boʻysunuvidagi shaharlar, shuningdek, viloyat va tumanlarning maʼmuriy markazlarida tashkil etilishiga eʼtibor qaratsin;
hududlarda mavjud maktabgacha taʼlim tashkilotlarining quvvati va qamrovini oʻrganib chiqsin hamda unda yashayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yangi va faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarning qoʻshimcha oʻrinlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlasin;
2020-yil va kelgusi yillarda bitimlarning faqatgina xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) hamda davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval ajratilgan kreditlar boʻyicha xususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan maxsus ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlangan mablagʻlar doirasida tuzilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xususiy sheriklarga berilgan kreditlar hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ajratilgan budjet subsidiyalari maqsadli va samarali ishlatilishi boʻyicha doimiy monitoringni yoʻlga qoʻysin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-son qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov — mazkur qaror ijrosini sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida taʼminlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin — shakllangan mablagʻlar doirasida bitimlarni oʻz vaqtida tuzish va amalga oshirish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrsin, xususiy sheriklarga imtiyozli kreditlar olishda koʻmaklashsin, tadbirkorlik subyektlari tomonidan bitim talablarini bajarilishi ustidan doimiy monitoringni yoʻlga qoʻysin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — maktabgacha taʼlim sohasida xususiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsinlar;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-yanvar,
PQ-4581-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun kredit ajratishda alohida shartlar qoʻllaniladigan viloyat boʻysunuvidagi shaharlar
roʻyxati
1. Olmaliq
2. Angren
3. Bekobod
4. Yangiyoʻl
5. Ohangaron
6. Chirchiq
7. Kattaqoʻrgʻon
8. Qoʻqon
9. Margʻilon
10. Quvasoy
11. Shahrisabz
12. Xiva
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar va maxsus kontingentdan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli miqdorlarini (mazkur joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilanganidan oshmaydigan miqdorlarda) belgilab qoʻyish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi;”.
2. 4-bandning ikkinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan” soʻzlaridan keyin “davlat-xususiy sheriklikni ragʻbatlantirish tadbirlarini moliyalashtirish uchun ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining alohida ochiladigan hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda — maxsus hisobvaraq)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining alohida ochiladigan hisobvaraq (keyingi oʻrinlarda — maxsus hisobvaraq)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish, davlat-xususiy sherikligi toʻgʻrisidagi bitim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashga imtiyozli kreditlarni berish uchun tijorat banklariga taqdim etiladi;
maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlardan kreditlar tijorat banklari tomonidan maktabgacha taʼlim faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddat va shartlar asosida ajratib beriladi”.
“ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar — kam taʼminlangan oilalar, aʼzolari nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari boʻlgan oilalar, toʻrt yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalar”;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“maxsus kontingent — harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va davlat umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining bolalari”;
“3. Davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat sherigining va xususiy sherikning qonun oldida tengligi;
davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishdagi qoidalar va tartib-taomillarning shaffofligi;
xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik;
kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;
korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik”;
v) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot vazirligi” va “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda matnda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi)” soʻzlari tegishlicha “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” va “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 11-banddagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 12-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qoʻmitasining” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 14 va 15-bandlardagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“xususiy sherikning sof aktivlari toʻgʻrisida axborot, davlat-xususiy sheriklik loyihasini realizatsiya qilishning moliyaviy imkoniyatini tasdiqlovchi oʻz ulushi miqdoridagi mablagʻning bank depozitlarida mavjudligi va ushbu mablagʻ faqat nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi qurilishi uchun yoʻnaltirilishini kafolatlovchi hujjat”;
“27. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri Vazirlik tomonidan yuritib boriladi va hisobini yuritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga taqdim etiladi”;
“nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash hamda zamonaviy oʻquv uskunalari va oʻqitish vositalarini xarid qilish uchun xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishida koʻmaklashishi”;
“mulk xususiy sherik ixtiyorida qoldirilsa (bekor qilish huquqi bilan), tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida va mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi ixtiyorida qoldirilsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi”;
p) 48-banddagi “Davlat raqobat qoʻmitasiga” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
r) 49-banddagi “Davlat raqobat qoʻmitasining” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
s) 50-bandning birinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “Davlat raqobat qoʻmitasining” va “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari tegishlicha “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” va “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“54. Obyektni qabul qilish-oʻtkazish hujjati imzolangach va xususiy sherik tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach, besh ish kuni ichida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organi xususiy sherikka “tasarruf etish huquqisiz” belgisi bilan egalik qilish huquqi uchun davlat orderini beradi;”
u) 55-banddagi “Davlat raqobat qoʻmitasining” va “bekor qilish” soʻzlari tegishlicha “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” va “tasarruf etish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“mulk xususiy sherik ixtiyorida qoldirilsa (bekor qilish huquqi bilan), tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida va mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi ixtiyorida qoldirilsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi”;
“59. Davlat sherigi 30 yillik muddatga bitim tuzilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida bitimni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari DUKlariga roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuboradi, shuningdek, obyektni balansida saqlovchiga yuboradi;”
“tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun 30 yil mobaynida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) obyektni oʻz mulki qilib olish huquqisiz oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi”;
“mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi ixtiyorida qolsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi”;
“Xususiy sherikning maktabgacha taʼlim muassasasini qurish, qayta qurish va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlari davlat sherigining talabnomalari boʻyicha 15 yil davomida bitimda belgilangan tartibda qoplanadi”;
“tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 20 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun 15 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdorda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi”;
“maktabgacha taʼlim muassasasining rahbarlari, metodistlari, tarbiyachilari, defektologlari, psixologlari, musiqa xodimlari ish haqiga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan shartlarda qoʻshimcha budjet subsidiyalarini olish huquqiga ega. Ushbu imtiyoz faqat shu bobga tegishli boʻlib, boshqa maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik shakllariga tatbiq etilmaydi”;
“98. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 35 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun kamida 30 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) oʻrnatish yuklatiladi. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi”;
“100. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherik (yakka tartibdagi tadbirkor shaklida) davlat sherigiga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma ilova qilinadi”;
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda taʼlim muassasasini maktabgacha taʼlim muassasalari uchun moʻljallangan mebel, ashyo va anjomlar bilan jihozlashga koʻmaklashish”;
“tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maxsus kontingentni oʻqitish, ular uchun kamida 3 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi”;
gg) 118-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari “muhtoj oilalar farzandlari” soʻzlaridan keyin “hamda maxsus kontingent” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 07/20/4581/0098-son; 12.04.2021-y., 07/21/5071/0319-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 07/23/316/0729-son)