toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 5-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2342-10]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-son qarori (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 5-bandi “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan berilgan budjet ssudasi, kredit liniyasi va ular boʻyicha hisoblangan foizlar;
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi resurslari hisobidan berilgan kreditlar boʻyicha qarzlar va ular boʻyicha toʻlovlar;”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-dekabr,
321-V-10-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-dekabr,
115-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-dekabr,
2019-63-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 10/20/2342-10/0064-son)