Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oliy Majlisning “Davlat tili toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini yangi tahrirda amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi
qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 19-fevraldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston SSRning davlat tili haqida”gi Qonunni amalga oshirish Davlat dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin, uning yangi tahriri ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar Davlat dasturini amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Lotin grafikasiga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish respublika Davlat komissiyasiga yuklansin.