Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oliy Majlisning “Davlat tili toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini yangi tahrirda amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi
qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 19-fevraldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston SSRning davlat tili haqida”gi Qonunni amalga oshirish Davlat dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin, uning yangi tahriri ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar Davlat dasturini amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.