Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qishloq xoʻjaligi korxonalariga mavsumiy qishloq xoʻjaligi texnikasini oʻz vaqtida yetkazib berishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019yil 12-iyuldagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
beshinchi xatboshidagi “Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida” soʻzlari “Markaziy bankining asosiy foiz stavkasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshidagi “Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasining” soʻzlari “Markaziy bankining asosiy foiz stavkasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 1,5 baravarigacha boʻlgan foiz stavkasi bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Kredit yoki lizing oluvchilarning soʻroviga asosan ushbu bandda koʻrsatilgan muddatlar qisqartirilishi mumkin”.
4.
8-banddagi “bir” soʻzi “ikki” soʻzi bilan almashtirilsin.
“b) lizing yoki kredit shartnomasida belgilangan foiz va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasi oʻrtasidagi farq miqdorida, lekin 10 foizlik punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi”.
6.
10-banddagi “xalqaro” soʻzi “davlat kafolati ostida olingan xalqaro” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7.
21-banddagi “punktini” soʻzi “punktigacha” soʻzi bilan almashtirilsin.
8. Nizomga
ilovada “punktini” soʻzi “punktigacha” soʻzi bilan almashtirilsin.