Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-son “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 27-dekabrdagi 203-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2180, 2011-yil 12-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Psixiatriya kasalxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1
. 1 va
145-bandlardagi “ruhiy kasallikka chalingan” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“8. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik nafar va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.”.
3.
141-banddagi “ruhiy qoʻzgʻalishni” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilishini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
147-banddagi “Ruhiy” degan soʻz “Ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.