Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2020-yil 6-yanvardagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13 apredagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga asosan buyuraman:
1. “Tijorat banklari balansida turgan alohida obyektlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 2589, 2014-yil 28-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 24-dekabrdagi 32-12/3647-son va 30-dekabrdagi 32-12/3698-son xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 13-maydagi 332-V, 40, 69, 01/22-26/75-son “Tijorat banklari balansida turgan alohida obyektlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2589, 2014-yil 28-may);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 30-dekabrdagi 332-V-1, 111, 108, 01/22-26/28-son “Tijorat banklari balansida turgan alohida obyektlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 37-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2589-1, 2016-yil 12-yanvar);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 15-noyabrdagi 332-V-2, 152, 150, 01/16-1-10/28-son “Tijorat banklari balansida turgan alohida obyektlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 65-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2589-2, 2017-yil 17-noyabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 26-iyuldagi 332-V-3, 113, 25, 01/16-1-10/30-son “Tijorat banklari balansida turgan alohida obyektlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2589-3, 2018-yil 7-avgust).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.