Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Milliy pasportlar tayyorlashni moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash hamda aholiga pasport berishni tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
1. Milliy pasportlar tayyorlashning moddiy-texnik va moliyaviy masalalarini hal etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ular bilan taʼminlashga oid tadbirlar ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalariga koʻra ilova qilinayotgan tadbirlarga muvofiq budjetdan zarur pul va valyuta mablagʻlari ajratsin.
Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi import boʻyicha olinadigan pasportga oid poligrafiya materiallari va ximikatlarni sotib olish uchun “Goznak” davlat ishlab chiqarish birlashmasiga zarur mablagʻlarni konvertatsiya qilish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqsin va hal etsin.
2. “Goznak” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha milliy pasportlarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlashni taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari pasportlarini tasdiqlangan jadvalga muvofiq rasmiylashtirishni, berishni va almashtirishni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.